Blackcurse


Janubiy Italiya iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning xususiyatlari



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə9/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
#31122
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Janubiy Italiya iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning xususiyatlari .




Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga ko’ra Janubiy Italiya va Sitsiliya shimoliy viloyatlardan farq qilgan. Feodal-krepostnoylik tartiblari bu erda kech shakllanib, XI-XIII asrlarda to’la hukm surgan. Dehqonlarning katta qismi krepostnoylardan iborat bo’lib, ularni yer bilan qo’shib sotish va sotib olish mumkin edi. Biroq yirik xo’jaliklar janubda bo’lmagan. Yarim erkin va erkin dehqon qatlami saqlanib qolganligi feodal munosabatlar sekin rivojlanganligini ko’rsatadi.


XI-XII asrlarda janubiy Italiya shaharlari rivojlanadi kuzatiladi. Shaharlar vositachilik savdosi bilan bog’langan bo’lib, ichki savdo va ishlab chiqarish hali rivojlanmagan edi. Shuning uchun va XII asrda kuchli davlat mavjud bo’lgani uchun Janubiy shaharlar mustaqilligini qo’lga kirita olmagan.

Janubiy Italiya va Sitsiliysda feodal munosabatlar xorijiy istilochilar hukmronligi davrida rivojlanishi bu hududning tarixida o’z ta’sirini qoldiradi. XI asrda bu yerda normannlar o’rnashadilar. 1130 yil Janubiy Italiya va Sitsiliya Rodjer II davrida yagona Sitsiliya qirolligiga birlashadi. Normannlar istilosi feodal munosabatlarni tezlashtirdi: qirol bosib olingan yerlarni va aholini feod tariqasida feodallarga va cherkovga taqsimlab beradi.

XII-XIII asrlarda qiqollik O’rta Yer dengizi havzasidagi eng qudratli davlatga aylanadi. Qirol hokimiyati mayda va o’rta feodallarga, ritsarlarga tayangan. Ular vassallik munosabatlari bilan qirolga tobe bo’lib, kuchli qirol hokimiyati bo’lishidan manfaatdor edilar. Qirol hokimiyatining yana bir tayanchi cherkov bo’lgan. Istilo davrida yerlarning katta qismi domen sifatida qirol ixtiyorida qoldirilganligi qirol xazinasining moddiy jihatdan ta’minlab turgan. Shuning uchun baronlar qirol hokimiyatiga tazyiq o’tkaza olmaganlar. XIII asr oxirida Sitsiliya qirolligida markazlashuv yanada kuchayadi. XII asr oxirida normannlar sulolasi Shtaufenlar bilan sulolaviy nikoh orqali bog’lanib, 1212 yildan 1250 yilgacha Sitsiliya qirolligi Fridrix I Barbarossaning nabirasi Fridrix II qo’liga o’tadi. Fridrix II 1220 yildan bir vaqtning o’zida Muqaddas Rim imperiyasi imperatori ham hisoblangan. Fridrix II yoshlik yillari qirollik papa Innokentiy III hokimiyati tasiriga tushib qoladi. Innokentiy III vafotidan keyin Fridrix II hokimiyatni o’z qo’liga olib, Sitsiliya qirolligini papalikni, Shimoliy va O’rta Italiyani egallash uchun tayanch nuqtasiga aylantirishga uringan.

1231 yil Fridrix II chiqargan “Melfiy konstitutsiyasi”ga ko’ra mamalakatda yagonama’muriy birlik o’rnatilib, shaharlar va baronlar siyosiy mustaqillikdan mahrum bo’lganlar. Feodal qasrlar buzib tashlanadi, qurol taqib yurish taqiqlanadi, feodal sudlar bekor qilinadi. Episkoplik to’la qirollikka bo’ysundiriladi.

Feodallardan mustaqil bo’lish uchun Fridrix II saratsinlardan yollanma qo’shin tuzadi. Flot barpo etiladi. Fridrix II davrida Sitsiliya Italiyaning eng markazlashgan davlatiga aylanadi. Xazina daromadlarini oshirish uchun soliqlar ko’paytiriladi. Bazi buyumlar savdosi davlat monopoliyasiga o’tkaziladi (tuz, metall, g’alla, shoyi) Soliqlar oshishi aholining qashshoqlashishiga va mamlakat rivojiga salbiy tasir etadi. Fridrix II vafotidan keyin 1268 yildan Sitsiliya qirolligi papa yordami bilan frantsuz qirolining ukasi Karl Anjuy tomonidan egallanadi. Karl Italiyaning ko’plab shaharlarini qo’lga oladi, Tunisga qaratilgan salib yurishlarida qatnashadi. Bu xarajatlarni qoplash uchun yangi soliq joriy qiladi. Bunga javoban 1282 yil “Sitsiliya oqshomi” nomini olgan xalq qo’zg’oloni boshlanadi. Qo’zg’olonchilar frantsuz garnizonini qirib tashlaydi. Bu voqealardan keyin Sitsiliya qirolligi bo’linib ketadi. Neapolitan qirolligi Anjuy sulolasi qo’lida qoladi, Sitsiliya 1302 yil Aragon qirolligiga qo’shiladi.

XIV-XV asrlarda Janubiya Italiya iqtisodida tushkunlik boshlanadi. Mahalliy savdo va hunarmandchilik izdan chiqadi, shaharlarning ahamiyati yuqoladi. Neapolitan qirollari Sitsiliya uchun Aragon sulolasi bilan o’zaro urushlar olib borganlar. Urushlarni tashkil qilish uchun Shimoliy Italiya savdogarlari qirollarga qarz berib, evaziga yerlar va dvoryanlik unvonlari olganlar. Iqtisodiy asosga ega bo’lmagan Janubiy Italiyaning erta davlat markazlashuvi uzoqqa bormadi. Neapolitan qirolligining iqtisodiy tushkunligi uni siyosiy zaiflashuviga olib keldi. Anjuy qirollari feodallarga yon berishga majbur bo’lganlar. 1442 yil Janubiy Italiya ham Aragon sulolasi qo’liga o’tadi va Sitsiliya yana Neapolitun qirolligi bilan birlashtiriladi. Bu hududda ko’p asrlar Ispaniya hukmronligi qaror topadi.



Italiya respublikalarida kapitalistik munosabatlarning paydo bo’lishi.

Yuksak rivojlangan hunarmandchilik, tovar-pul munosabatlarining keng tarqalishi va krepostnoy qaramlikning yo’qolishi Shimoliy va O’rta Italiyada XIV asrda kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishiga olib keldi. Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishi o’rta asrlarda Italiya tarixining muhim xususiyati hisoblanadi. Shahar-davlatlardagi siyosiy vaziyat-hokimiyatni boy popolonlarga yoki savdogar-so’dxo’rlarga o’tishi bunga yordam beradi.

XIV asr boshida tsex tartiblari hunarmandchilikning ilg’or tarmoqlarining keyingi rivojiga to’siq bo’lib qoladi. Tsexlar “katta” va “kichik” tsexlarga bo’inadi, ular orasida ijtimoiy tengsizlik kuchayadi, xalfa va shogirdlarni ishlatish kuchayadi.

Tadbirkorlarni, savdogarlarni, bankirlarni o’z ichiga kiritgan katta tsexlar kichik tsexlarni bo’ysundirib, mayda hunarmandlar va ishchilarni ishlatganlar.

Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishining yana bir sharoiti-dehqonlarning shaxsan ozod bo’lishi va ularning yerlardan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Yersiz dehqonlar kun ko’rish uchun shaharlarga ketib, XIV asrda paydo bo’layotgan yangi ijtimoiy qatlam – yollanma ishchilar qatlamiga asos bo’lganlar. Manufaktura ko’rinishidagi yirik ustaxonalar dastlab Florensiya, Siena, Lukka, Milan, Bolonyada paydo bo’ladi. XIV asr o’rtasida Florensiyada 300ga yaqin yirik korxona yiliga 80 ming bo’lak movut tayyorlagan. (uning qiymati shahar byudjetidan 3 marta ko’p bo’lgan) Movutsozlikda 30 ming kishi faoliyat ko’rsatgan. Har bir ishchining alohida operatsiyani bajarganligi mehnat mahsuldorligini oshirgan. Yollanma ishchilar eng oddiy ishlarni bajarganlar. (Yung yuvganlar, quritganlar, taraganlar, urganlar, tashiganlar, bog’laganlar va h.) Hech qanday ishlash vositasiga ega bo’magan yollanma ishchilar (chompi) Florensiyada 10000mingga etgan. Ishlab chiqarishning ba’zi operatsiyalari xom-ashyoga ishlov berish, yigirishni hunarmandlar uylarida bajarganlar, qolganlari ustaxonada bajarilgan.

XV asrda Florensiya va boshqa shaharlarda eksportga ishlaydigan shoyi sanoati rivojlanadi. Venetsiya va Genuya kemasozligida ham yirik manufaktura korxonalari paydo bo’ladi. Manufakturalarda asosiy ischi kuchini yollanma ishchilar tashkil qilgan. Mehnat qo’lda bajarilganligi uchun ilk kapitalistik ishlab chiqarish manufaktura deyilgan (lotinchamanus – qo’l , fakere – qilmoq) XIV-XV asrlardagi Italiya manufakturalari ilk kapitalistik korxona bo’lgan. Ishchilarning ish vaqti 14-16 soat davom etgan. Ular boshqa shahardan taklif qilingan kuzatuvchi nazorati ostida ishlaganlar. Ishchilar hech qanday siyosiy huquqqa ega bo’lmaganlar.

Italiyada kapitalistik munosabbatlarning erta paydo bo’lishi uning XIV-XV asrlarda gitarixiy rivojlanishining xususiyatlarini belgilab beradi. Yangi munosabatlar mehnat mahsuldorligini oshishiga, iqtisodni yuksalishiga va XIV asrda Italiyani Evropaning eng ilg’ordavlatiga aylanishiga olib keldi. Yangi munosabatlar “Uyg’onish davri” deb ataladiganyangi, ilk burjua dunyoqarashning va realistik san’atning manbai edi. Shuni hisobga olish kerakki, XIV-XV asrlarda ilk kapitalistik munosabatlar Italiyaning ayrim shaharlarida va ishlab chiqarishning ayrim sohalarida paydo bo’ldi. Manufaktura iqtisodning feodal mazmunini o’zgartirmaydi. U mamlakatda ichki aloqalar o’sishiga va yagona bozor vujudga kelishiga ta’sir etmaydi. Ishlab chiqarish uzoq bozorlarga qaratilgan edi.
Skandinaviya mamlakatlari XI – XV asrlarda .


  1. Ilk O’rta asrlarda Sksndinaviya.

  2. XII-XIV asrlarda Daniya, Norvegiya, Shvetsiya.

  3. XV asrning II yarmida Skandinaviya mamlakatlari.

Skandinaviya mamlakatlari – Daniya, Shvetsiya va Norvegiya tabiiy iqlim sharoitining o’ziga xosligi va antik dunyo ta’siridan tashqarida rivojlanganligi uchun urug’-qabila munosabatlari va patriarxat qulchilik uzoq vaqt saqlanib qoladi. XII-XIII asrlargacha Skandinaviyada ilk feodalizm davri davom etadi. Bu davrda qaror topgan feodalizm ham o’ziga xosligi bilan ajralib turgan: Skandinaviya mamlakatlarida dehqonlarning shaxsan qaramligi va barshchina keng tarqalmaydi. (Norvegiyada umuman bo’lmagan), feodallarning lenga huquqi cheklangan, vassal munosabatlar to’la shakllanmagan edi. Feodal ierarxiyasi) Tabiiy geografik sharoitlar – qahraton iqlim, tog’ landshafti, dehqonchilik uchun yaroqli yerlar kamligi Skandinaviya mamlakatlarining sekin rivojlanganisini belgilab berdi. Bunday sharoitda chorvachilik muhim o’rin tutgan. O’rmonli hududlarda va shimolda tundrada mo’ynali hayvonlarni ovlash va bug’uchilik, sohil bo’ylarida baliq tutish tarqalgan. Aholisi kam bo’lgan xutor tipidagi manzilgohlar juda tarqoq joylashgan. Faqat Skandinaviya yarim orolining janubida – Skone viloyatida hamda Yutlandiya yarim orolida dehqonchilik uchun sharoit bo’lgan.

Bunday sharoitda germanlarning jamoa-urug’ munosabatlari mustahkam saqlanib, sinfiy munosabatlar paydo bo’lishi sekin borgan. IX asrgacha katta oilalar saqlanib qolgan. Ilk o’rta asrlarda Skandinaviya aholisining asosiy qismini erkin kishilar – bondlar tashkil qilgan. Bular – dehqonlar, chorvadorlar, ovchilar, baliqchilar bo’lib, alohida xutorlarda (Norvegiya va Shvetsiyaning ba’zi hududlarida) yoki kichik qishloqlarda (Daniya va Shvetsiyaning katta qismida) yashaganlar. Daniya jamoalarida yer bo’lib berish taomilda bo’lgan. Katta oila haydaladigan yerning egasi hisoblangan, bunday mulk odal deyilgan. Katta oilalar Individual oilalarga parchalangandan keyin ham uchastkalar shaxsiy mulkka aylanmaydi. Odal faqat urug’doshlarga sotilishi mumkin bo’lgan. O’rmon, yaylov va b. butun okrugning umumiy mulki (almenda) hisoblangan. Umumiy ishlar xalq yig’ini – tinglarda hal bo’lgan. Unda sud qilganlar, bitimlar tuzulgan. Uzoq vaqt ma’jusiylikka e’tiqod qilganlar. Xristianlikni tarqatishga bo’lgan urinishlar Skandinaviya xalqlarining qattiq qarshiligiga uchragan. Skandinaviya mamlakatlarida davlat hokimiyati sekin paydo bo’ladi. Daniyada davlat paydo bo’lish jarayoni VIII asrda boshlanib, X asrning II yarmida Xarald Ko’ktish davrida nihoyasiga etadi. Norvegiyada esa davlat hokimiyati XI asr boshlarida mustahkamlanadi. Patriarxal demokratik tartiblarni yoqlab chiqqan qabila zodagonlari va dehqonlar qirolga qarshi turganlar. Olaf Xaralafsonning xristian cherkoviga tayanib qirol hokimiyatini mustahkamlashga harakati tufayli boshlangan qo’zg’olon davrida qirol halok bo’ladi. Zodagonlar va dehqonlar ma’jusiylikni va jamoa erkinliklarini yoqlab chiqqanlar. Kurash natijasida kuchsizlashgan Norvegiya davlati Knut Buyukning Daniya davlatiga qo’shib olinadi. Knut vafotidan keyin Angliya va Norvegiya mustaqillikni qo’lga kiritishadi.

Shvetsiyada uzoq vaqt ikki qirollik mavjud bo’lgan. Poytaxti Upsala bo’lgan sveylarning Shimoliy qirolligi va janubda gyot qabilalari qirolligi. XI asr boshida Upsala qiroli janubni ham qo’shib oladi. Ba’zi hududlarda hali ham mahalliy zodagonlar hukm surgan.

Skandinaviya qirollari cherkovga katta yerlar hadya etib, hokimiyatni mustahkamlashda undan foydalanishga harakat qilganlar. Aholini cherkov ushri to’lashga majbur qilishgan. Buning natijasida ma’jusiylikni tiklash uchun qo’zg’olonlar boshlanib ketadi. Faqat XII asr oxirida xristianlashtirish nihoyasiga etadi, Cherkov mulklarida shaxsan va yer qaramligi o’rnatildi.

Skandinaviya mamlakatlarida feodal munosabatlar G’arbiy Evropa davlatlaridan bir necha asr keyin qaror topib, o’zining farqli ko’rinishlariga ega bo’lgan. Buning sababi shundaki, feodalizm bu yerda ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi asosida shakllanadi. Feodal munosabatlar qaror topishi IX asrda boshlanib, XIII asrda tugatiladi. Skandinaviya feodalizmining o’ziga xos belgilaridan yana biri shuki, dehqonlarning katta qismi erkinligini qolgan. Bond faqat dehqonchilik bilan emas, balki chorvachilik, ovchilik, baliqchilik bilanshug’ullanib, alohida xutorda yashagan va mustaqil xo’jalik yuritgan. Dehqonchilik kam rivojlangan yoki bo’lmagan joylarda bond ma’lum hudud bilan bog’lanmagan edi. Dehqonchilik imkoniyatlarining cheklanganligi ham feodalga yirik xo’jaliklar tashkil qilishga imkon bermagan. Shunga ko’ra bondni qaramga aylantirish qiyin bo’lgan.

Qirol chaqirig’iga binoan qo’shinga ishtirok etishi kerak bo’lgani uchun bondlar qurolyarog’ saqlaganlar. O’z mablag’lari hisobidan harbiy kemalar tayyorlaganlar va jihozlaganlar. Harbiy ishda dehqonlarning ahamiyati katta bo’lgani uchun qirollar ular bilan hisoblashishga majbur bo’lganar.

Ijtimoiy tabaqalanish kuchayishi bilan harbiy xizmat dehqonlar uchun og’irlashib boradi. Urushlar va qo’shinda xizmat dehqonlarning kasod bo’lishiga olib keladi. Qirol xizmatidan va soliqlardan qutilish uchun dehqonlar o’zlarini yirik feodallarga topshirganlar. Biroq mustaqil xo’jalik olib borgani va jamoa tartiblari uzoq vaqt saqlanib qolgani sababli Skandinaviya dehqonlari (mashg’uloti asosan dehqonchilik bo’lgan Daniyadan tashqari) o’rta asrlarda shaxsiy huquqiy layoqatini saqlab qoladi. Ularning feodal qaramligi asosan mahsulot rentasi to’lashdan iborat bo’lgan. Shvetsiyada dehqonlarning ma’lum bir qatlami yerga egalik huquqini saqlab, davlatga soliq to’lab turgan.


XII – XIV asrlarda Daniya , Shvetsiya , Norvegiya
Skandinaviya davlatlari orasida Daniyada feodalizm ertaroq qaror topadi. XII asrda dehqonlarning katta qismi cherkov, feodallar va qirolga qaram bo’lib qoladi. Avval egallanmagan yerlar qirol mulki deb e’lon qilinib, bu yerlarda joylashgan dehqonlar qirolga soliq to’lab, obrok o’taganlar. XIV asrgacha Daniyada qulchilik saqlanib qolgan.

Qirol Valdemar I (1157-1182) cherkovga tayanib qirollik hokimiyatini mustahkamlaydi. Cherkov qiroldan immunitet imtiyozlarini oladi. Qirolning yana bir tayanchi ritsarlar edi. XII asr II yarmida qirol qo’shini asosan ritsarlardan tuziladi. Mayda va o’rta feodallar har qanday soliqdan ozod qilinib, faqat qirolga harbiy xizmat o’tashgan. Dehqonlar esa xizmat o’rniga soliq to’lay boshlaganlar. 1250 yilda dehqonlarga yangi soliq joriy qilinishi dehqonlar qo’zg’olonini keltirib chiqaradi. Qirol Erik IV qo’zg’olonni bostiradi.

XI asr boshlarida Daniya Angliya va Norvegiyani va Shvetsiyaning bir qismini bo’ysundiradi. XII asrda Daniya hujumi boltiq va pomor slavyanlariga qaratilib, salib yurishlari niqobi ostida olib borilgan. Slavyanlar majburan xristianlikka o’tkazilgan.

Valdemar II (1202-1241) nemislarga qarashli Golstiniya, Gamburgni bosib oladi. Frislandiyaga hujum vaqtida Shimoliy german shaharlaridan mag’lubiyatga uchraydi. Norvegiyada feodalizmning qaror topishi mamlakatda ijtimoiy ziddiyatlarni keskinlashtiradi. Qirolning cherkovga va zodagonlarga tayanib hokimiyatni mustahkamlashga harakati xalq qo’zg’olonini keltirib chiqaradi. (1174) Qo’zg’olon vaqtida qirol Magnus halok bo’lgach, qo’zg’olon boshlig’i Sverrur o’zini qirol deb e’lon qiladi. (1184-1202) Sverrir cherkov imtiyozlarini bekor qiladi va cherkovni qirol hokimiyatiga bo’ysundirishga harakat qiladi. Papa Innokentiy III qirolni cherkovdan begona deb e’lon qilib, mamlakatga interdekt qo’yadi. Bunga javoban qirol papani qo’llagan prelatlarni Norvegiyadan haydaydi. Fuqarolar urushi davrida feodallashish va dehqonlarning xonavayron bo’lishi jadallashgani uchun dehqonlar qo’zg’oloni osonlikcha to’xtamaydi. Eski zodagonlar va cherkovning Sverrir vorislari bilan yarashganlaridan keyin qo’zg’olon bostiriladi. Ruhoniylarning ba’zi imtiyozlari tiklanadi .

XIII asrda Magnus Qonunchi davrida Norvegiyada qirol hokimiyati kuchayadi. Qirol 1274 yil viloyat Sudebniklari o’rniga “Umumnorveg huquq to’plami”ni chiqaradi. Bunga ko’ra Qirollik Kengashi hokimiyatning oliy organi hisoblangan. U qirol amaldorlari va xizmatchilaidan tuzilgan. Muhim masalalar tinglarga hal qilinib, unda erkin dehqonlar ham qatnashgan. Mahalliy boshqaruv qirol vassallari qo’lida bo’lgan. Norvegiyada domen xo’jaligi va barshchina muhim o’rin tutmagan. Mahsulot rentasi keng tarqalgan. Dehqonlar davlat solig’i to’lashgan va qirolga qaram bo’lganlar. Shuning uchun Norvegiyada immunitet, sen’oriya, votchina sudi kabi feodal muassasalar yuzaga kelmaydi. Vassallik munosabatlari ham tarqalmaydi.

Shvetsiyada ham dehqonlarning qaramlikka tortilishi sekin boradi. O’zlashtirilmagan hududlarning ko’pligi aholiga feodallardan ketib qolishga imkon bergan. Shunga qaramay, zodagonlar yarim erkin dehqonlar va qullar mehnatiga asoslangan yer egaliklari tashkil qila boradi. XII asr I yarmida Shvetsiyada qirol hokimiyati va azaliy imtiyozlarini saqlab qolishga urinayotgan zodagonlar o’rtasida kurash boshlanadi. Bu vaqtda qirol harbiy qumondoniyarlning qudrati kuchayadi. Yarl Birger o’z o’g’lini taxtga qo’yib, yangi sulolani boshlab berdi (1250) XIII asr II yarmida feodal tabaqalar shakllanadi. Feodallar – frelslar soliqlardan ozod bo’lib, qirolga harbiy xizmat o’taganlar. Shved feodallari 1249-1250 yillari ma’jusiy finlar ustiga salib yurishi tashkil qilib, G’arbiy Finlyandiyani bosib oladilar va shu yerdan Rus ustiga yurishga tayyorlana boshlaydilar. Shvedlarning Rusga yurishi Neva jangida o’zlarining mag’lubiyati bilan tugaydi (1240).

Iqtisodiy taraqqiyotning sekin borishi, natural xo’jalik hukmronligi Skandinaviya mamlakatlarida shaharlar nisbatan kuchsizligini belgilab beradi. XI asrga kelib vikinglar davridagisavdo markazlari tushkunligi boshlanadi. Metallurgiya, tuz qazib olish, qurilish ishlari, to’qimachilik dehqonlar hunari darajasida mavjud edi. Ichki savdo rivojlanmagan, qishloq joylarida esa mahsulot almashinuvi saqlangan (Pul juda kamdan-kam hollarda ishlatilgan).

XII asr oxiri – XIII asr boshlarida hunarmandchilik va savdoda rivojlanish kuzatiladi. Ayniqsa tashqi savdo kengayadi: baliq, mo’yna, charm eksport qilish jonlanadi. Shimoliy Evropa savdosida Skone shahrida bo’ladigan yarmarkalar muhim o’rin tutgan. Qator Daniya va Shvetsiya shaharlari o’z-o’zini boshqarish haqida qiroldan xartiyalaroladilar. Lekin iqtisodiy kuchsiz byurgerlarning siyosiy hayotda ta’siri kam bo’lgan. XIII asr o’rtalaridan Skandinaviya savdosida Lubek va Rostok shahridan bo’lgan Ganza savdogarlari ahamiyati ortadi. Ular baliq, chorvachilik mahsulotlari savdosini o’z qo’llariga oladilar. Daniya, Norvegiya, Shvetsiya qirollari nemis savdogarlaridan qarzlar olib, evaziga mamlakatda imtiyozli savdo huquqi berganlar. Shved shaharlari munitsipial kengashlari vakillarining yarmi nemislardan iborat bo’lgan.

Nemis savdogarlari Skandinaviya iqtisodiy hayotida ijobiy ahamiyatga ega bo’lsalarda, mahalliy byurgerlarning rivojlanishiga xalal bergan.

G’arbiy Evropa davlatlarida qirol feodal jamiyatining ilg’or kuchlariga tayanib, davlat markazlashuvi siyosatini olib borayotgan paytda Skandinaviya qirollari, aksincha, byurger va dvoryanlarning hali kuchsizligi tufayli magnatlarga yon berishga majbur bo’lganlar.

1282 yil Daniya qiroli Erik Klipping zodagonlar talabi bilan imzolagan xartiyaga binoan, muhim davlat ishlarini hal etish uchun har yili zodagonlar se’zdi-danegof chaqirilishi kerakedi. Hujjatda qirol feodallar imtiyozlariga daxl qilmasligi ko’rsatiladi. Qirol bu va’dalarni buzganda qo’zg’olon boshlanib, qirol o’ldiriladi. 1320 yil magnatlar qirol Krisfot II dan ularning va cherkovning imtiyozlarini buzmaslik haqida yozma va’da oladi va shu vaqtdan boshlab mamlakat ichki va tashqi siyosatida magnatlar nazorati o’rnatiladi. Feodallar dehqonlar ustidan sud qilish huquqini ham oladilar.

Shvetsiyada ham 1284 yildan feodallar va episkoplar se’zdi – xovdag chaqirila boshlagan.Feodallar imtiyozlariga rioya qilmaganda qirol mamlakatdan haydab chiqariladi va shved taxtiga yosh norveg qiroli Magnus Erikson (1319 y) taklif qilinadi. Magnus davrida umumshved qonunlar to’plami ishlab chiqiladi. Feodallar va cherkovning moliyaviy imtiyozlariga qirol tomonidan buzulishi shved-norveg uniyasi tugatilishiga va Magnusning taxtdan mahrum bo’lishiga olib keladi. Shved feodallari nemis gersogi Albrext Meklenburgni qirol etib saylaydilar. Qirol xovdag bilan kelishib mamlakatni boshqarishga va’da beradi. Mamlakada nemislar ta’siri kuchayadi.

Shunday qilib rivojlangan feodalizm davrida Skandinaviya mamlakatlarida real siyosiy hokimiyat yirik feodallar qo’lida bo’lib, bu ularning iqtisodiy qudratini va dehqonlar ustidan hukmronligini kuchaytirgan. Feodallarning ba’zilari o’z mamlakatlaridan tashqarida ham mulklarga egalik qilganlar.

XIV asr o’rtalaridagi “qora ajal” Skandinaviya mamlakatlari xo’jaligida tushkunlikni boshlab beradi. Ayniqsa Norvegiyada uning oqibatlari kuchli seziladi. Ishchi kuchining etishmasligi dehqonchilikning keskin qisqarishiga va chorvachilikning ahamiyatini oshishiga olib keladi.

Valdemar IV Atterdag davrida Daniyada qirol hokimiyati kuchayib boshladi. Cherkov va ritsarlarga tayanib , qirol magnatlar egallab olgan yerlarni qaytarib ola boshlaydi. Qirolning Boltiq dengizidagi Ganzaning savdo nuqtasi Gotland orolining bosib olinishi Ganza bilan urush boshlanishiga olib keladi. (1367-1370) Urushda Daniya mag’lubiyatga uchraydi. Shtralzund sulhiga (1370) ko’ra Ganza savdogarlariga boj to’lovlari kamaytiriladi, Skonedagi to’rt qal’a Ganza ixtiyoriga o’tadi. Boltiq dengizida Ganza hukmronligi o’rnatiladi. Ganzaning roziligisiz Daniya qiroli taxtni egallashi mumkin emas edi. Bu voqealardan keyin, Daniya va Shvetsiya hududlari Shimoliy Germaniya knyazlari tomonidan egallanish xavfi ostida qoladi. Bunday sharoitda Daniya, Shvetsiya va Norvegiya birlashishga majbur bo’ladilar. Etnik birlik, ular xo’jaligi va madaniyatining yaqinligi bu siyosiy ittifoqni shakllanishini osonlashtiradi.

Daniya qiroli Valdemar IV ning qizi Margarita Norvegiya qiroliga turmushga uzatilgan. Uning o’g’li Olaf Daniya taxtini egallaydi. Olaf vafotidan keyin Margarita Daniya va Norvegiyani boshqaradi. Margarita 1389 yil shved feodallari roziligi bilan Shvetsiya ustidan ham hukmronlikni qo’liga oladi. Shvetsiyadagi Kalmar shahrida uch qirollik vakillari majlisida Margaritaning nabirasi Erik Pomeran Daniya, Shvetsiya va Norvegiyaning qiroli deb e’lon qilinadi. Majlisda uch davlatning abadiy ittifoqi haqida akt qabul qilinadi. Ularni bitta qirol boshqaradi, lekin har qaysi o’z qonunlarini va idoralarini saqlab qolishi ko’rsatiladi. Urush vaqtida ular bir-birlariga yordam berish majburiyatini oladilar.

Skandinaviya davlatlari orasida kuchlirog’i – Daniya bu ittifoqdan ko’proq foydalanadi, Margarita oliy davlat lavozimlariga daniyaliklarni tayinlagan. Qirol hokimiyati kuchayadi. Qirol Erik Ganzaning imtiyozlarini kamaytirib Zund bug’ozida ularning mahsulotlariga boj tayinlaydi.

XV asrning II yarmida Skandinaviya mamlakatlari

Norvegiya Kalmar ittifoqining nisbatan qoloq va kuchsiz davlati bo’lgan. Norvegiya hunarmandchiligi va savdosida Ganza, XV asr oxiridan esa golland savdogarlari muhim o’rin egallagan. Norvegiya dvoryanlari ittifoqqa qarshi chiqishga hali kuchsizlik qilganlar.

Norvegiya Orkney va Shetland orollarini Shotlandiyaga, Islandiyani Daniyaga berib qo’yadi. Grenlandiyadagi norveg manzilgohlari yuqolib ketadi. Bu vaqtda Shvetsiyada Daniya hukmronligiga qarshi muxolifat kuchayib boradi. Ittifoqning ikki davlatida ham mulklarga ega bo’lgan dvoryanlar va feodallar ittifoqni saqlab qolishga harakat qilganlar. Yirik shved feodali Karl Knutson muxolifat yordamida taxtni egallab 1448 yildan 1470 yilgacha Shvetsiyani boshqaradi. Daniyaning Shvetsiyani qaytarishga urinishi natija bermaydi. Daniyaliklarga qarshi Sten Sture rahbarligidagi byurgerlar va dehqonlar qo’zg’oloni Daniyaliklarni mag’lubiyatga uchratadi. Shahar kengashlaridan nemislar haydaladi. Upsalada birinchi shved universiteti ochiladi. Mamlakatdan qimmatbaho metallar olib ketish cheklanadi, temir va mis eksport qilishga davlat monopoliyasi o’rnatiladi. Hunarmandchilik va savdo shved byurgerlari qo’liga o’tadi. Cherkov yer egaliklarini qisqartirilishiga chora ko’riladi. Kalmar ittifoqi bekor qilinmasada, Shvetsiya mustaqil siyosat yurita boshlaydi.

XV asrda Daniyaning xo’jalik va madaniy hayotida yuksalish davri boshlanadi. Shaharlar rivojlanib boradi. Yirik savdo va madaniy markaz bo’lgan Kopengagen XV asrdan poytaxtga aylanadi. XV asrning oxirgi choragida universitet ochiladi. Ganza imtiyozlari bekor qilingach, Shlezvig, Golshtiniya va Shimoliy Germaniya bilan Daniya feodallari savdo qilganlar. Qirol Kristian I (1448-1481) Shlezvig va Golshtiniya gersogi etib saylangach, imperiya knyazi bo’lib oladi. Moskva knyazi Ivan III bilan 1493 yil tuzilgan ittifoq asosan Ganzaga qarshi qaratilgan edi. Rus bilan doimiy aloqalar yo’lga qo’yiladi.


Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T., 1998.

  2. Udalsova Z.V. Istoriya Yevropo'. T. 1-2. M. «Nauka». 1988.

  3. Udalsova Z.V. Istoriya srednix vekov. T. 1-2. M, «Vo'shaya shkola». 1991.

  4. Boysov M. Istoriya srednix vekov. M, 1995.

  5. Nefyodov S. Istoriya srednix vekov. M, 1996.

  6. Semyonov A. O’rta asrlar tarixi . T., 1973.

  7. Korsunskiy A.R. Vozniknovenie feodalnix otnosheniy v Zap. Evrope. M. 1969.

  8. Gurevich A.Y. Poxodi vikingov M. 1966.

  9. Qurbongaliyeva M.G. O’rta asrlar tarixidan o’quv metodik qo’llanma. Т., 1992.

  10. Istoriya Fransii. M., 1972, T.1.

  11. Istoriya Italii. M., 1970, T.1.

  12. Удальцова З.В. История средних веков. М., 1991.

  13. Бойцов М. История средних веков. М., 1995.

  14. Istoriya yujnix i zapadnix slavyan. M., 1979.

  15. Лозинский С.Г. История паптства. М., 1961.

  16. Leвandovskiy A.P. Janna d’ Ark. M., 1962 .

  17. Авдеева К.Д. Внутренняя колонизация и развитие феодализма в Англии.в XI-XIII вв. Л., 1973.

  18. Колесницский А.Ф. История средних веков. М. 1986.

  19. Колесницкий А.Ф. Исследования по истории феодального государства в Германии IX-XII вв. М. 1979.






Yüklə 488,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə