Blackcurse



Yüklə 488,58 Kb.
səhifə8/9
tarix11.03.2018
ölçüsü488,58 Kb.
#31122
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Germaniyaning dunyo savdo yo’llarida qulay joylashuvi hunarmandchilikning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. XV asrda yung mahsulotlari uzoq bozorlarga olib chiqilgan. Shimoliy Germaniyada chorvachilikning rivojlanishi va mahalliy bo’yash vositalarining mavjudligi esa bunga yordam beradi. Ip – gazlama va bo’z mahsulotlari Italiya, Ispaniyaga sotilgan. Metallga ishlov berishga Nyuryberg shaxri ixtisoslashgan.


Turli hududlardan xom-ashyo keltirish va mahsulotni uzoq bozorlarga chiqarishdagi qiyinchiliklar XV asrda tarqoq hunarmandlarni savdogar-tadbirkorlarga qaram bo’lib qolishga olib keladi. Chunki ularga xom-ashyo keltirish va mahsulotni sotish ishlari ma’lum bo’lgan. Bazi buyumlarni tayyorlash uchun kerak bo’ladigan jihoz-uskunani hunarmand sotib ololmaganlar. Shuning uchun savdogar ishlab chiqarish jarayonini to’la tashkil qilgan. Shu tariqa hunarmand o’z uyida ishlashiga qaramasdan yollanma ishchiga aylanib borgan .Hunarmandchilikda tarqoq manufaktura shaklidagi ilk kapitalistik ishlab chiqarish belgilari paydo bo’ladi. Ishlab chiqarishning bunday ko’rinishi dastlab to’qimachilik sohasida, tsex tartiblari bo’lmagan qishloq joylarida paydo bo’ladi. Konchilik ishlarida ham kapitalistik munosabatlar uchun sharoit yaratiladi. Shaxtalarda erkin mehnatdan foydalanilgani uchun qochoq dehqonlar agar shaxtada ishlasa feodal uni talab qila olmagan.

Knyazlar va imperatorlar pulga muhtoj bo’lganda savdo-so’dxo’rlik firmalaridan pul olib, o’z hududlaridagi metall konlarni ularga qarovga qo’yganlar. XV asrda shunday firmalardan birining egasi Fugger o’z konlarini tadbirkorlarga berib, ularni uskunalar bilan ta’minlagan, yollanma mehnat asosida ishlab chiqarishni tashkil qilgan.

Nemis shaharlarining iqtisodiy yuksalishi va ayrim sohalarda paydo bo’lgan kapitalistik munosabatlar jiddiy to’siqqa uchraydi.

1)Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining notekisligi;

2) viloyatlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning zaifligi; (bu yagona ichki bozorni vujudga kelishiga yo’l qo’ymagan)

3) feodal tarqoqlik.

Germaniya tarixiy rivojlanishining xususiyatlari-hududlar o’rtasida iqtisodiy aloqalarning kuchsizligi, markazlashuvning viloyatlar miqyosida sodir bo’lishi-territorial knyazlar hokimiyatining kuchayishi va imperator hokimiyatning zaiflashuvida o’zining siyosiy ifodasini topdi.

Karl IV (1347-1378) 1356 yil tasdiqlagan “Oltin bulla”da mamlakatning siyosiy tarqoqligi huquqiy maqom oladi. Knyazlar o’z yerlarida to’la mustaqil bo’ldilar, sud huquqi, soliq, pul zarb qilish, qazilma boyliklardan foydalanish knyazlar ixtiyoriga beriladi. Xususiy urushlar qonunlashtiriladi . Imperatorning 7 kurfyurstdan iborat (3-ruhoniy, feodal) kollegiya tomonidan saylanish tartibi qonunlashtiriladi.

Muqaddas Rim imperiyasiga Germaniyadan tashqari rasman Niderlandiya, Italiya davlatlari: P’emont, Modena, Genuya, Lukka, Florentsiya, Mantuya, Monferrato, Shveytsariya, Chexiya ham kirgan. Amalda bu davlatlar mustaqil bo’lgan. Italiya respublikalari imperiya bilan real aloqalar o’rnatmagan. Imperiya chegaralari ham noaniq bo’lgan. Imperatorlar hududiy knyazlardan deyarli farq qilmagan. Umumimperiya boshqaruv idoralari, umumimperiya harbiy kuchlari bo’lmagan. Imperator deyarli faqat o’z shaxsiy qo’shiniga egalik qilgan. Mamlakatda oliy hokimiyat imperatorga emas, knyazlarga tegishli bo’lgan.

Qonun chiqaruvchi organ – Reyxstag kurfyurst, knyazlar va shaharlar vakillaridan tuzilgan va knyazlarning siyosiy hayotiga aralashmagan. Lyuksemburglargan bo’lgan oxirgi qirol Sigizmund Vengr malikasiga uylanib, Vengriyani imperiyaga qo’shib oladi. 1437 yil taxt Gabsburglarga o’tadi. Bu sulola davrida imperiyada ichki aloqalar juda zaiflashadi.




ITALIYA XI – XV ASRLARDA .

Reja:


  1. Shimoliy va O’rta Italiya shaharlari. Kommunalarning paydo bo’lishi.

  2. Shimoliy va O’rta Italiya shaharlarining siyosiy tuzumi. Papa viloyati. Rim respublikasi.

  3. Janubiy Italiya iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining xususiyatlari.

  4. Italiya respublikalarida kapitalistik munosabatlarning paydo bo’lishi.

Frantsiya va Angliyadan farq qilib, rivojlangan feodalizm davrida Italiya yagona davlatga birlashmaydi. Siyosiy tarqoqlik sharoitida uning qismlari – Lombardiya, O’rta Italiya, Papa viloyati va Janubiy Italiya iqtisodiy va siyosiy jihatdan o’ziga xos rivojlanadi. Iqtisodiy rivojlanishiga ko’ra Shimoliy va O’rta Italiya ilk va rivojlangan feodalizm davrida boshqa Evropa davlatlaridan oldinda turgan. XI-XII asrlarda Lombardiya va Toskan shaharlarida hunarmandchilik va savdo jadal rivojlanadi. Movutsozlik, metallga ishlov berishda, kemasozlikda siljishlar ro’y beradi XII asr oxirida ko’p shaharlarda tsexlar paydo bo’ladi.

Savdo rivojlanib, doimiy bozorlardan tashqari yarmarkalar tashkil qilinadi. Italiya shaharlari avval sen’orlar-epeskoplar hokimiyatiga tobe bo’lgan. IX asr oxiridan Shimoliy va O’rta Italiya shaharlari sen’orlar bilan kurashi natijasida XII asrda mustaqil kommunalarga aylanadi. Kommunalar tuzilishi bilan hokimiyat bir yilga saylanadigan konsullar qo’liga o’tadi. Konsullar ma’muriy, sud, moliyaviy ishlarni amalga oshirgan boshqa davlatlar bilan aloqalarni yo’lga qo’ygan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat “kredensa” (ishonchli kishilar kengashi) ixtiyorida bo’lgan.

Kommunalar paydo bo’lishi bilan savdo va hunarmandchilikdan tushadigan mablag’ feodalga emas, shahar xazinasiga tushishi XII-XIII asrlarda Italiya shaharlari rivojlanishining sabablaridan biri edi. Kommuna o’z atrofidagi qishloq okrugini va u yerda yashayotgan feodallarni bo’ysundirgan. (kontado) XII asrda shaharning atrof qishloqqa iqtisodiy va siyosiy ta’siri o’rnatiladi. Shimoliy va O’rta Italiyada Florensiya, Siena, Milan, Ravenna, Paduya, Venetsiya, Genuya, Piza kabi shahar-davlatlar shu tariqa paydo bo’ladi.

Sen’orlar ustidan g’alaba kommunalarning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi. Italiya shaharlari mamlakatning siyosiy birlashuvi markaziga aylanmaydi, aksincha, ba’zida to’siq bo’ladi. Chunki XII asrda ular tashqi bozor bilan bog’langan edilar. Bundan tashqari Sharq va Evropa davlatlarida savdo hududlarini egallash uchun Italiya shahar-davlatlari bir-birlari bilan raqobatlashganlar va bu o’zaro urushlarga olib kelgan. Tashqaridan xavf tahdid solgandagina shaharlar bir-birlariga jipslashganlar.

XI-XII asrlarda shaharlarning yuksalishi bilan feodallar hokimiyatining kuchsizlanish natijasida qishloq jamoalari jonlanadi. Shimoliy va O’rta Italiyada Langobardlar davridan saqlanib kelayotgan erkin jamoa IX-X asrlarda qaram jamoaga aylanadi. XI-XII asrlarda jamoalar ixtiyorida yaylovlar, o’rmon, haydaladigan yerlar bo’lgan va ular feodalga chinsh to’laganlar. XII-XIV asrlarda sen’orlarga qarshi qattiq kurashlardan keyin qishloq jamoalari o’z-o’zini boshqaruvchi qishloq kommunalariga aylanadi. Shaharlar bu kurashda ularga yordam bergan va ular ustidan o’z nazoratini o’rnatganlar. Qishloq okrugini shahar-davlat tarkibiga qo’shilishi tovar-pul munosabatlari rivojiga va krepostnoylikning yo’qolishiga yordam bergan. Qishloq kommunalari o’z konsullarini saylaganlar, ma’muriy-moliya boshqaruvini tuzganlar, kommunalarda munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi qonun (statut)lar chiqarganlar. XIV asrdan boshlab shaharlar ularni o’z boshqaruviga kiritishga urinib, huquqlarini cheklay boshlaydilar.


Shimoliy va O’rta Italiya Shaharlarining siyosiy tuzumi.

Papa viloyati. Rim respublikasi.
Hunarmandchilik va savdoning rivoji bilan Shimoliy va O’rta Italiya shaharlarida popalanlarning (savdo-hunarmandchilik bilan shug’ullanuvchilar) ahamiyati ortib feodallarning-grandlarning ta’siri kamayib boradi. Popolanlar kommuna boshqarishda ishtirok etishuchun kurash boshlaydilar. XIII asrda popolanlar bunga erishadilar. Parmada 1244 yil kommuna kengashidagi ko’p o’rinlarni tsex va kvartal vakillari egallashadi.

Floronsiyada 1250 yil birinchi popolonlar konstitutsiyasi kuchga kiradi. Boshqa shahardan taklif qilinib, maosh olib ishlaydigan podesta bilan bir qatorda (XII asr oxirida ko’p shaharlarda konsullik o’rniga shunday lavozim joriy qilingan) “xalq kapitani” saylangan. U harbiy va ma’muriy hokimiyatga rahbarlik qilgan. 1293 yilgi yangi konstitutsiyaga ko’ra, Grandlar shahar magistraturalaridan haydalgan, kommunaga qarshi harakati uchun o’lim jazosuga mahkum qilingan.

Venetsiya va Genuya respublikalarida hokimiyat tepasida savdo oligarxiyasi turgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Venetsiyada Katta kengash ixtiyorida bo’lib, XIII asr oxirida u 242 kishidan iborat bo’lgan. Unga 27 taniqli patrisiyatlar oilasi a’zolari kirgan. Ma’muriy va harbiy hokimiyatni bir umrga saylanadigan doj boshqargan.

XIII asrda Genuyada hokimiyatni patrisiat oligarxiyasi boshqargan. 1339 yilda bir umrga saylanadigan doj lavozimi o’rnatiladi. Milanda popolanlar mayda va o’rta dvoryanlar bilan birlashadilar. Kommuna boshqaruvida dvoryanlar ko’pchilikni tashkil qilgan. XII asr oxirida tsexlar kommunaga qarshi o’zlarining kengashlarini tuzadilar. Ijro etuvchi podesta lavozimiga dvoryan-della Torre oilasi vakillari saylangan. XIII asr o’rtasidan ular merosiy huquq asosida hukm surganlar.

XIV asr o’rtalarida Milanda feodal Viskontilar urug’i hukmronligi boshlangan. Shunday qilib, Shimoliy va O’rta Italiya Shaharlarida siyosiy boshqaruvning turli usullari qaror topadi. Ulardan Florensiyada popolar respublikasi, Venetsiyada patrisiat oligarxiyasi va Milanda tiraniyaga yaqin monarxiya tuzumi yaqqol ajralib turgan.

XII asr oxirida imperator hokimiyatidan mustaqillikka erishib, papalar imperator, qirollardan ustin turishini va ular ustidan hukmronlik qilishga haqli ekanliklarini da’vo qila boshlaydilar. Innokentiy III (1198-1216) Papa viloyati ustidan hokimiyatini kuchaytirdi. Keyingi asrda Papa viloyati ilgari mustaqil bo’lgan Bolonya, Ferrari, Urbino, Rimini, Perudja shahar-davlatlarini o’ziga qo’shib oladi. Iqtisodiy taraqqiyotiga ko’ra Papa viloyati Lombardiya va Taskandan ortda turgan. XIII-XV asrda bu yerda feodal-krepostnoylik munosabatlari hukm surgan va dehqonlarning asosiy qismi krepostnoy bo’lgan. Shaharlar feodallar hokimiyatiga bo’ysungan.

XIV asr boshida markazlashgan davlatlarning qaror topishi bilan papalikning obro’yi tushib ketadi. Bonifatsiy VIII Frantsuz qiroli Filipp IV bilan to’qnashuvda engilgach, papa rezidensiyasi 1309 yil Rimdan Avinonga ko’chiriladi. Uzoq yillar papalik frantsuz qirollariga qaram bo’lib qoladi. Bu Rimda kommunaning kuchayishiga ta’sir etadi. XIV asr boshida kommuna feodallarni shahardan haydab, ularning qasrlarini buzib tashlashga farmon chiqaradi.

1347 yil baronlar o’zlarining huquqlarini tiklab shaharga qaytishganda, popolanlar va ular o’rtasida kurash boshlanadi. Popolanlar harakatiga Kola di Rienso rahbarlik qiladi. 20 may 1347 yilda qo’zg’olonchilar hukumat idorasini qo’lga olib, Rimni respublika deb e’lon qilishdi. Kola di Rienso raxbarligida yangi hukumat soliq islohoti o’tkazadi, yagona og’irlik va o’lchov birligi joriy etildi, yangi pul chiqarildi. Baronlar respublikaga sodiqlik haqida qasamyod qilishlari kerak edi. Rienso Italiya shaharlarini Rimga qo’shilishlariga, “Muqaddas Rim imperiyasi” tuzishga da’vat etadi. Mustaqilligini saqlab qolishni afzal hisoblagan shaharlar bu taklifga befarq qarashadi.

O’zini “Ozodlik tribuni” deb e’lon qilgan Riensoning yakka hokimligi norozilik uyg’otadi. 1347 yil Rimda feodallar hokimiyati tiklanadi va Rienso shahardan qochib ketishga majbur bo’ladi. Keyinchalik, 1354 yilda papa Innokentiy IV ning vakili sifatida Rimga kelgan Rienso yana xalq yordamida Rim respublikasiga rahbarlikni qo’lga oladi. Soliqlar oshishi tufayli kelib chiqqan qo’zg’olon vaqtida u halok bo’ladi. Rimda popolonlarning hali kuchsizligi tufayli respublika o’rnatilmaydi.

1378 yil papalar Rimga qaytishadi , lekin avvalgi ahamiyatini yo’qotadi. XV asr oxirida papa O’rta Italiyada hukmronligini o’rnatdi. Bu vaqtda papalar xristian dunyosiga hokimlik davolaridan voz kechib, Papa viloyatida mustahkamlanib olishga uringanlar.



Yüklə 488,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə