Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


-MAVZU: MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
1-MAVZU: MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA
METODIKASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga matematik tasavvurlarni shakllantirish kursining maqsad 
vazifalari, predmeti haqida bilimlar berish. 
Tayanch so’zlar va iboralar:
didaktik materiallar, to’plam, iniversal to’plam, ta’lim, 
predmet, maqsad vazifa, o’qitish mazmuni, umumiy tafsiv.
 
Reja: 
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda matematik ta'limning ahamiyati.
2. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik 
xususiyatlari.
1-savolning bayoni: 
Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy 
ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof 
etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda 
noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk 
bo’g’ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo’lgan – barkamol 
avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha 
ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-
yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy 
talablarga mos ravishda jihozlandi. SHu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim 
muassasalarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini 
takomillashtirish 
dolzarb 
masalaligicha 
qolmoqda. 
Aksariyat 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi.Bolalarni 
maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud 
muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SH.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng 
ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: bolalarning har tomonlama 
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg’or xorijiy tajribalarni inobatga 
olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog 
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik 
texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida 
yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan 
inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Qaror 
bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga 
erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni 
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga 
tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 
yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini 
metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil 
etishga; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud 
muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali 
kengaytirishga; qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to’lovini 
30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga 



oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar ijrosining 
borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo’ladi. 
Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko`p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va 
ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog`liq ekanini ta'kidladi: «Biz mamlakatimizning 
istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga 
etishiga, farzandlarimizning hayotiga nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy 
maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutmog`imiz kerak». Yosh 
avlodni o`z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta 
oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruxida 
jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo`lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi 
bilan shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi.
1. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta'limni bir 
butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo`yiladigan 
talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog`liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o`quv 
yurtlaridagi ta'lim — tarbiya jarayonini tako’lillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi.
Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida Matematik tasavurlarini 
shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o`rin tutadi. So`nggi yillarda 
mamlakatimizda bolalar bog`chasida matematika o`qitish butun sistemasida o`z ko`lami va 
ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgartirishlar amalga oshirildi.
Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo`yilishi bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida
matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.
Maktabgacha ta’limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo`lajak tarbiyachi 
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda 
matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o`qish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib 
olmog`i lozim.
2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika 
o`qitiladi, o`rgatiladi?).
2. Maktabgacha ta’limda matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani 
o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va 
madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi.
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?), ya'ni 
bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy faoliyati, 
qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? 
Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va 
shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma 
qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish).
5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg`ulotdan tashqari 
formalarini qanday o`tkazish kerak?) 
Mashg`ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak? Mashg`ulot protsessidagi 
ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning 
asosiy komponentlaridir.
2. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta'lim, seminar va tarbiyaviy 
maqsadlaridan iboratdir. Seminar maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan seminar 
maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog`lay olishidan, ya'ni olingan bilimlarni seminar 
masalalarni hal qilishga, bolalar to`plam va son haqida; kattalik (mikdor)larning bir-biriga nisbati 
haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy va 
vaqtni bilishni o`rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o`zlarining kundalik mehnat va o`yin 



faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga 
tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə