Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Kursning ta'limiy maqsadlari



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Kursning ta'limiy maqsadlari

Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni 
tushunishga va olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural son, geometrik figura, 
miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo`lgan 
bog`lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish, Bu bilimlar fazovoy 
tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak.
Matematikani o`rgatish bolalarda o`z ona tilida xatosiz so`zlashga, o`z fikrini aniq va ravon 
qilib bayon eta bilishga o`rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda 
sergaplikka yo`l qo`yish mumkin emas, bunda har bir so`zni o`z o`rnida ishlata bilish ayniqsa 
muhimdir.
Maqsad:
1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o`rgatish (shu qatorda matematikadan 
ham).
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish. 
Tarbiyaviy maqsadlar
: Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan 
bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka, tiripqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o`z fikr va 
xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan 
fikrlarining ravon bo`lishiga e'tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik 
bilimlarga bo`lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr — toqat va tirishqoqlik 
bilan kechish ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang`ich 
ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya'ni analiz qilish, sintez qilish, taqqoslashni, 
abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, 
fazoviy tasavvurlarni va hayolni o`stirishga matematik ta'lim berish katta yordam qiladi. 
2-savolning bayoni : 
Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quv-tarbiya jarayonini 
takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tushunchalarni 
rivojlantirishdir. 
Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, 
psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o‘rganiladigan xususiyatlar va 
qonuniyatlarni bilish kerak. 
Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dun- yoni chuqurroq, to‘laroq 
o‘rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo‘lgan 
g‘oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g‘oya paydo bo‘ladi, keyin shu yangilik 
haqida fikr yuritiladi. Fikr o‘z qarorini topishi uchun voqealarni taqqoslaydi, ko‘rib chiqadi va 
ularga asoslanib, kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu 
natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə