Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173
2-savolning bayoni : 
Odatda birorta xossalar bilan aniqlangan predmetlar, oldindan berilgan asosiy yoki 
universial to`plamlar predmetlardan ajralib turadi (shu xususiyatga ega bo`lgan predmetlarning 
to`plami), masalan, Navoiy ko`chasida yashovchi bolalarning to`plamidan biz anig`ini (konkret, 
bizga ma'lum) guruhini (to`plamini) xossalarga qarab ajratdik. Bu holda bu guruhning hamma 
bolalarning to`plami universal to`plam sifatida rol o`ynaydi. Agar universial to`plam sifatida shu 
bog`chaning hamma bolalarini olsak (faqatgina bitga guruhni emas), Navoiy ko`chasida 
yashovchi bolalar to`plami boshqalar bo`lishi mumkin. Xamma to`plamlarga bog`liq bo`lgan 
masalalar (to`plamlar ustidagi amallar, ular orasidagi munosabatlar, to`plamlarning sinflarga 
bo`linishi va boshqalar), odatda oldindan berilgan yoki nazarda tutilgan to`plamning ichida 
echiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga predmetlar to`plami bilan bog`liq tushunchalarni 
o`rgatishda didaktik materiallarga asoslangan «mantiqiy bloklardan» foydalanish qulaydir. Bu 
bloklarning «mantiqiy» deb atalishi shuning uchunki, har xilini modellashtirish, aniq tashkil 
qilingan holatlar yordamida mantiqiy masalalarni echish, ya'ni 4-6 yoshdagi bolalarni erta 
mantiqiy provedevitki usulida ishlatish mumkin.
Jamlama (universial to`plam) 49 yogoch yoki plastmassa bloklardan iborat. Xar qaysi blok 4 
xossadan, ya'ni to`rtta xossani bildiradi, bular tuzilishi, rangi, kattaligi va qalinligi.
To`rtta forma mavjud: - doira; - kvadrat, uchburchak, to`g`ri to`rtburchak . Uch xil rang: 
qizil, ko`k, sariq. Ikkita miqdor: katta va kichik, ikkita qalinlik: qalin va ingichka. Bu didaktik 
materialning «fazoviy varianti».
Maktab yoshidagi bolalarni o`qitishda «tekislik varianti»ning imkoniyatlari katta, buni biz 
qisqacha «figura»lar deb ataymiz.
Jamlama (universial to`plam) 24 figuradan iborat bo`lib, ular qalin qog`oz varag`iga 
tushirilgan. Tarbiyachi ko`rsatmasiga asosan bolalar ularni qiyadilar. Figuralarning har biri uchta 
xossasi bilan tuliq aniqlanadi: rangi bilan: qizil, ko`k, sariq ( q, k, s), kattaligi jihatidan: katta, 
kichik (k, k). qalinligi jihatidan figuralar bir xil. Shunday qilib har qaysi figuraning no’li uchta 
harf-no’lidan iborat (formasi, rangi, kattaligi). Xar xil o`yinlarni o`tkazish va masalalarni echish 
uchun blok (yoki) figuralardan foydalanishdan oldin, blok (yoki figuralardan) universial 
to`plamning har bir elementini bilish, ya'ni uning to`liq no’lini bilish lozim.
To`plam osti. To`plamni to`ldiruvchi va ifodani inkor qilish 
Quyida universial to`plamdagi ayrim elementlarning namoyon bo`lish xossalaridan 
ayrimlarini ko`rib chiqamiz.
Universial to`plamdan «qizil bo’lish» xossasini to`plam osti qizil bloklar va shakllarni 
ajratadi. «Aylanma bo`lish» xossasi esa shu to`plamdagi boshqa to`plam osti-aylanali bloklar 
(shakllarni) ajratadi.
«To`plam osti» atamasi matematikada «to`plam qismi» ma'nosini anglatadi. Bunda ikki 
xossa istesnodir: qachonki to`plam qismlari (to`plam osti) barcha to`plamga mos, ya'ni 
to`plamning hamma elementlari ko`rilayotgan xossani namoyon etadi va qachonki bu qism 
birorta elementni mujassam etmaydi. Masalan, birorta blok «yashil bo`lish» xossasini namoyon 
etmaydi. Oxirgi holat bo`sh to`plam deyiladi. 
Bu holatlarni bloklar «shakllar» yordamida aniq moslashtirish mumkin. 
4. To`plam kesishuvi va konstruktsiya ifodalari 


12 
Uyinni ikki aylana bo`yicha yozib chiqamiz. Tekislikda ikkita aylana kesishgan holda 
joylashtiriladi (deylik qizil va qora). Kesishgan jo’rida ikkita aylanaga mansub umumiy qism 
hosil qilinadi. Bolalarga shunday vazifa beriladiki, masalan qizil aylana ichida qizil bloklar. Qora 
aylana ichida hamma yumaloq bloklar. 
Avvalda ayrim bolalar xatoliklarga yo`l qo`yishadi. Qizil aylana ichiga qizil bloklar bilan 
qizil aylanalarni ham joylash oqibatida, yumoloqlari qora aylanadan tashqarida bo`lib qoladi, 
hamma yumoloq bloklar qora aylana ichiga joylashtiriladi. Natijada ikki aylana uchun umumiy 
bo`lgan qism bo`sh qoladi.
Masalan: natural sonlar qatori deyilsa undan kichik munosabatli N ko`pligiga kiruvchi 
barcha natural sonlarni aytadi yoki (1,2,3,4,5,6} 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə