Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173
 
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning 
rivojlanishi haqida bilimlar berish.
 
Tayanch so’zlar va iboralar:
Algebra, algoritm — «Hozirgi zamon algebrasining otasi» 
Al- Xorazmiy nomi bilan bog`liqdir. Uning «Al — Jabr val — muqobala» risolasi keyinchalik 
Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi.
Zij — yil hisobi jadvallari, trigono’letrik jadvallari, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar 
ro`yxati bor.
 
Reja: 
1. Muxammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin 
al-Koshiy, Ulug`bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi xakidagi dastlabki ma'lumotlar. 
2. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika 
elementlariga o`rgatish to`g`risida.
1-savolning bayoni. 
Xayotimizda chuqur o`zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka 
tinch, parlament yo`li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o`zbek halqi o`zining haqiqiy tarixini, jahon 
tan olgan madaniy va ma'rifiy boyliklarini, urf-odat va an'analarini tiklash imkoniyatiga ega 
bo`ldi.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma'naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan 
qo’lusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan. Muxammad ibn 
Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyo’l, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al -Koshiy, Ulug`bek va 
boshqa ko`plab buyuk ajdodlarimiz o`z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa 
qo`shdilar, halqimizning milliy iftixori bo`lib qoladilar. Ularning no’llari, jahon sivilizatsiyasi 
taraqqiyotiga qo`shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma'lum. Biz ularning 
asarlari bilan tanishib chiqamiz. 
MUXAMMAD IBN MUSO XORAZMIY

1. Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug`ilgan.Yoshligidan ilm-
fanga qiziqqan. Kunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o`rgangan. Donishmand sifatida 
tanilgan, 9-asr boshlarida o`z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisobla Bog`dodga taklif 
qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, Sharqning dastlabki akademiyasi («Bayt- ul — 
Xikmat») «Donolar uyi "da faol ishtirok etdi. 
Xorazmiy juda ko`p asarlar yaratgan bo`lsa ham ularning hammasi bizga etib kelmagan. 
Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni o`rta asrlar 
matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga 
bekiyos hissa qo`shdi. 
O’quvchilar algebra, algoritm so`zlarini ko`p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir 
bo`limi, algoritm esa xozirgi zamon xisob texnikasining, matematikasining asosiy termini.
Algebra, algoritm so`zlari matematik, astronomva geograf, «Xozirgi zamon algebrasining 
otasi «al — Xorazmiy nomi bilan bog`liqdir. Uning «Al — jabr val-muqabala» risolasi 
keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi.
Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida «algoritm» termini paydo 
bo`ldi.
Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari Fapb va Sharq xalqlari tillariga tarjima 
qilinib, ko`p asrlardan buyon qo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Xorazmiyning «Xind hisobi va sonlari haqida», “Al-Jabr”, «Arifmetika», «Marmar soat 
haqida», «Yer surati», “Tarix kitobi”, «Yaxudiy eralari va bayramlari» haqida asarlari, ayniqsa 
ma'lum va mashhurdir. Uning «Ziji» nomi asari dastlabki astronomik asar sifatida Sharqdagina 
emas, Garbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat ko`rsatgan.


14 
Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan merosi 
bebaho boylik bo`lib, hozirgacha ham qimmati va axamiyatini yuqotmagan.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə