Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш


Tayanch so’zlar va iboralar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/173
tarix13.12.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#149215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   173
Tayanch so’zlar va iboralar:
didaktik materiallar, to’plam, iniversal to’plam, ta’lim, 
predmet, maqsad vazifa, o’qitish mazmuni, umumiy tafsiv.
 
Reja: 
1.To’plam xaqida tushuncha. 
2.Universial to`plamlar. Didaktik materiallar. 
1-savolning bayoni: 
Bolalarni komil inson qilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy 
shakllarini birinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishiga 
bog‘liqdir. 
Zamonaviy matematikada «son», «figura» va boshqa tushunchalarni asoslashda to‘plamlar 
nazariyasidan 
foydalaniladi. 
Bu o‘z navbatida bolalarda miqdoriy munosabatlarni 
shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchani paydo qilishga sharoit yaratadi. 
To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha bolib, misollar asosida beriladi, masalan bog‘chadagi 
bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoq- lar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami haqida gapiriladi. 
Bundan tashqari, to‘plam biror narsaning yig‘indisini anglatuvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llaniladi, 
masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig‘indida bitta element yoki birorta ham element 
bo‘lmasligi mumkin. 
To‘plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 10 sonlari orasidagi butun sonlar 
to‘plami, bog‘cha hovlisidagi daraxtlar to‘plami, viloyatdagi bog‘chalar to‘plami va hokazo, 
umuman to‘plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalaming 
xususiyatlarini aytish bilan beriladi. 


10 
Narsalaming sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo‘lgan bitta belgi asosida 
bir guruhga birlashtirish—sifat kuzatish- laridan miqdor kuzatishlariga o‘tishning muhim sharti 
hisoblanadi. 
Bolalar bilan ishlash narsalaming umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga 
birlashtirish («barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol» va shu kabilar)ni topshirishdan 
boshlanadi. 
To‘plam uning ayrim elementlarini ajratish, elementlarini to‘plamga birlashtirish yo‘li bilan 
bolalar to‘plamini uning elementlari birdan bir butun narsa deb idrok etishga o‘rganadilar. 
Kichkintoylarga to‘plamlarni taqqoslash va to‘plam tarkibiga kiruvchi elementlarni 
miqdoriga ko‘ra teng quvvatliligini aniqlash usullari o‘rgatiladi («echkilar qancha bo‘lsa, qo‘ylar 
ham shuncha», «ruchkalarga qaraganda qalamlar ko‘p»). 
Bolalar ustma-ust yoki yonma-yon qo‘yish usullari yordamida to‘plam elementlari o‘rtasida 
o‘zaro bir qiymatli moslik bor yoki yo‘qligini aniqlaydilar. 
Ikki to‘plam uchun o‘zaro bir qiymatli moslik tushunchasi shundan iboratki, birinchi 
to‘plamning har bir elementiga ikkinchi to‘plamning faqat bitta elementi mos keladi va aksincha 
(taqsimchalar qancha boisa, piyolalar ham shuncha; qiz bolalar qancha bo‘lsa, o‘g‘il bolalar ham 
shuncha va hokazolar chekli to‘plamlardir). 
Natural son tushunchasi taqqoslanayotgan to‘plamlarning elementlari o‘rtasidagi bir qiymatli 
moslik o‘rnatish asosida tarkib toptiriladi. 
Kichkintoylarga narsalar bilan turli xil ishlarni bajartirib, ulami sanoqni o‘zlashtirishga olib 
kelinadi, ularda natural son haqida tushuncha paydo qilish uchun imkoniyatlar yaratiladi. 
Kichik guruhda narsalami bo‘yiga, eniga, balandligiga, hajmiga qarab taqqoslash 
mashqlariga katta e’tibor beriladi. Bolalarda kattalik (miqdor) va ularning xususiyatlari 
to‘g‘risida dastlabki tasawur hosil qilinadi, ular figuralar bilan tanishtiriladi, doira, kvadrat, 
uchburchak shaklidagi narsalarning rangi va katta-kichikligidan qat’iy nazar, bir-biridan farq 
qilishga, ularning nomini aytishga, bu shakllarning modelini tanlay olishga o‘rgatiladi. 
Bolalar narsalarning o‘rnini (oldinda, orqada, chapda, o‘ngda) bilishga va shuningdek, 
vaqtni to‘g‘ri aniqlashga, tong, kun, kech, tun so‘zlarini to‘g‘ri, o‘rinli qo‘llanishiga o‘rgatiladi. 
Bajariladigan ishlar 2-sentabrdan bolalarni (6-8 bola) guruhlarga bo‘lib va oktabr oyidan 
boshlab rejaga ko‘ra butun guruh bilan baravariga matematikadan mashg‘ulotlarda olib boriladi. 
Ishni bolalarning nimalami bilishlarini va nimalar qila olishlarini bilgan holda, ularga yangi 
bilimlar oz-ozdan, asta-sekin berish bilan tashkil qilinadi. Ish hajmini taqsimlashda bolalarning 
imkoniyatiga yetarlicha baho bermaslikka yoki ortiqcha baho berib yuborishga yo‘l qo‘ymaslik 
muhim ahamiyatga ega, chunki har ikkala hoi ham muqarrar sur’atda kichkintoylarni 
mashg‘ulotlarda faoliyatsizlikka olib kelishi mumkin. 
Bilimlami puxta o‘zlashtirishga mashqlarni bir necha marta takrorlash orqali erishiladi 
so‘ngra ko‘rgazma material almashtirilib, ish usullari o‘zgartirib turiladi. 
Kichkintoylar faoliyatining xarakterini o‘zgartirib turish ularning aktivliklarini saqlashga va 
charchab qolishlarining oldini olishga imkon beradi: bolalar pedagog yoki tarbiyachini tinglay- 
dilar, uning ishlarini kuzatadilar, o‘zlari ba’zi bir ishlami baja- radilar, umumiy o‘yinda ishtirok 
etadilar. Bolalarga 2-3 tadan ortiq bo‘lmagan bir xil va 2 tadan 4 tagacha har xil vazifa 
beriladi.Bu vazifalarning har biri ko‘pi bilan 2-3 marta takrorlanadi. 
Bolalar yangi material bilan 10-12 minut davomida tani- shishlari mumkin, chunki yangi 
materialni o‘zlashtirish kichkin- toylardan ancha diqqat-e’tibor va kuch talab qiladi; takrorlash 


11 
mashqlari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni 15 minutgacha davom ettirish mumkin. Tarbiyachi 
mashg‘ulot vaqtida bolalaming fe’l- atvorini kuzatib boradi va ularda charchaganlik alomatlari 
(tez-tez boshqa narsalarga chalg‘ish, ilgari o‘zlari to‘g‘ri javob bergan savollarga noto‘g‘ri javob 
berish, hayajonga tushish kabi hollar) paydo boiishi bilanoq mashg‘ulotni to‘xtatadi, o‘z 
navbatida kichkintoylaming kayflyatini ko‘taradi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə