“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92

 
7
ular o`zaro bir-biri bilan bog`liq. Dialektik usul real olamni ilmiy bilishning eng umumiy usuli bo`lib, u barcha fanlar 
uchun, jumladan, tarixiy-huquqiy fanlar uchun ham metodologiyadir. Dialektik usul xususiy fanlar erishgan yutuqlardan 
foydalanib, ularning usullari bilan birgalikda rivojlanadi, ular bir-birini to`ldiradi va boyitadi. Davlat va huquq tarixini 
o`rganishdagi bunday usul davlat va huquqdek ijtimoiy hodisaning mohiyatini jamiyat moddiy hayot sharoitlari bilan, 
iqtisodiy bazis bilan bog`lab o`rganishni ta’min etadi. 
 Dialektik 
usul 
davlat va huquq rivojlanadi, o`zgaradi, bir shakldan ikkinchi shaklga o`tadi, deb qaraydi. Davlat 
va huquqni o`rganish, bilish, tadqiq qilishning dialektik usuli - bu ilmiy bilimlar dunyosiga kirishning, davlat va 
huquqni bilishning asosiy kalitidir. 
 
Dialektika hodisalarni rivojlanishda, boshqa hodisalar bilan aloqadorlikda, bir-biri bilan bog`liq holda, 
harakatda, miqdoriy va sifat o`zgarishida olib qaraydi. U real mavjud, muayyan vaziyatda, muayyan vaqtda va hududda 
vujudga kelgan. Binobarin, ularni tushunish uchun ularni vujudga keltirgan sharoitni, mavjud bo`lgan va yashayotgan 
davrni bilmoq kerak. 
 
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, davlat va huquq muayyan ijtimoiy kuchlar, ya’ni hukmron sinflar 
tomonidan yaratilib, keyin mustaqil kuchga, ustqurmaga aylanadi, shundan keyin o`zini vujudga keltirgan iqtisodiy 
bazisga ta’sir ko`rsatadi. 
 
Davlat va huquq tarixini o`rganishda dialektik usul bilan bir qatorda tadqiqotning boshqa qator falsafiy 
umumiy usullari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Keling, shulardan ba’zilari bilan tanishib chiqaylik. 
 Ma’lumki, 
analiz (tahlil qilish)da o`rganilayotgan narsa va hodisa, fikr mayda bo`laklarga, ya’ni elementlarga 
bo`linadi va ular o`rtasidagi bog`lanishlar, o`zaro munosabat va ta’sir o`rganiladi. Tarkibiy qismlarni sintez qilish 
(umumlashtirish) uchun analiz qilinadi. Elementlarni yana qaytadan birlashtirganimizda analiz natijalari o`rganiladi. 
Turli mamlakatlarda yoki bir guruh mamlakatlarda (masalan, Sharq yoki antik dunyoda) davlat va huquqning kelib 
chiqishi va rivojlanishi xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Ana shunday ko`p qirrali, murakkab davlat va huquq 
hodisalarini o`rganish va bilish, ular to`g`risidagi tushunchalarimizni chuqurlashtirish uchun mamlakatlarning davlat va 
huquq tarixini alohida-alohida, tarkibiy qismlarga ajratib analiz qilish zarur bo`ladi. Lekin bu usul bilan davlat va huquq 
tarixini, uning alohida mamlakatlarda kelib chiqishi va rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlarini to`la bilish mumkin 
emas, shuning uchun u sintez yo`li bilan to`ldiriladi. 
 Sintez 
analizning natijalariga suyanib, davlat va huquqning butun sifatini, bir guruh mamlakatlardagi umumiy 
xususiyatlarini va alohida mamlakatlardagi o`ziga xos xususiyatini o`rganadi. Sintez analiz natijasida fikran bo`lingan 
elementlarni qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni fikran vujudga keltirish usulidir. 
 
Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik ko`rish bosqichi hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Analiz va 
sintez natijasida davlat va huquq tarixi bo`yicha umumiy tushuncha, muhokamalar tarkib topadi, ular yordamida davlat 
va huquq rivojlanishining o`ziga xos va umumiy sifatlari va muayyan qonuniyatlari aniqlanadi, shakllanadi. 
 
Bilish jarayonida induksiya va deduksiyaning ham roli katta. Induksiya va deduksiya aqliy xulosaning asosiy 
shakli bo`lib, bilish jarayonida ma’lumdan noma’lumga tomon bo`lgan fikr harakatini ifodalaydi. 
 Induksiya 
ayrim fikriy bilishdan umumiy xulosalar chiqarishda qo`llaniladigan muhokama usulidir. 
Xususiylikni o`rganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik narsa va hodisalar bilan uzviy aloqada bo`ladi. Bilishda 
induktiv usul asosida qonuniyatlar ochiladi, tushunchalar maydonga keladi. Bu usul davlat va huquq hodisalarining 
sababiy bog`lanishlarini tekshirish usuli hamdir. Fanimizda ushbu usuldan foydalanib, masalan, qadimgi Sharq 
davlatlarini alohida-alohida o`rganish asosida ularning barchasida jamoalarning roli kuchli bo`lganligi, doimiy 
irrigatsiya ishlari talab qilinadigan xo`jalikning mavjudligi, boshqarishni monarxiya shakli tanho hukmronligi (Sharq 
despotiyasi degan xulosa ham shundan kelib chiqqan), umuman, ularning ijtimoiy tuzilishida, davlat tizimida va 
huquqiy tizimida urug`chilik munosabatlarining qoldiqlari uzoq saqlanib qolganligi va hokazolar haqidagi umumiy 
xususiyatlarni bilib olamiz. 
 Deduksiya 
esa umumiylikdan xususiylikka olib boruvchi mantiqiy usuldir. Fandagi nazariyalar deduktiv usul 
natijasida yuzaga keladi. Bu usul asosan daliliy materiallar to`plash natijasida ularni chuqur o`rganish, tizimga solishda 
qo`llaniladi. Deduktiv usul turli shakllar: aksio-matik, gipotetik-deduktiv usul shaklida uchraydi. Deduktiv usul aqliy 
xulosa chiqarishning barcha shakllari bilan, birinchi navbatda, induksiya bilan bog`langandir. Induktiv va deduktiv 
usullar bir-biri bilan dialektik bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldiradi. Shuning uchun ularni bir-biriga qarama-qarshi qo`yish 
yoki ajratib qarash aslo mumkin emas.  
Analogiya (moslik, aynanlik, o`xshashlik) usulida davlat va huquq rivojlanishining turli mamlakatlardagi 
biror xususiyatlarining o`xshashligini o`rganamiz. Bu usul yordamida ikki yoki bir necha mamlakatning ayrim olingan 
davrda yoki turli rivojlanish bosqichlaridagi davlati va huquqi rivojlanishining o`xshash xususiyatlari o`rganiladi. 
 
Tarixiylik va mantiqiylik davlat va huquq taraqqiyoti jarayonining muhim xususiyatlarini bilish usullaridir. 
Tarixiylik usuli davlat va huquqning kelib chiqishi va rivojlanib borishi aniq vaqtini, davrini bilish usulidir. Har bir 
davlat-huquqiy hodisani tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajriba asosiga bog`lab o`rganmoq zarur. Tarixiylik usulining 
o`ziga xos xususiyati tarixiy harakatni uning butun boyligi bilan payqab olishga intilishdir. Davlat va huquq tarixini 
ochib berish uning taraqqiyotidagi asosiy tarixiy bosqichlar, ularning sabab-oqibat aloqalarini ajratib ko`rsatishni talab 
qiladi. Buning uchun esa uning mohiyati haqida nazariy bilim bo`lishi kerak. 
 Mantiqiylik 
usuli 
predmetning nazariy shaklda tadqiq qilish usuli hisoblanadi. U tadqiqot ob’yektining eng 
muhim aloqalarini bilib olishga imkon beradi. 
 
Mantiqiy bilish usuli davlat va huquqning tarixan ob’yektiv real mavjudligini, ularning o`zaro aloqalarining 
butun rang-barangligini aks ettirish vazifasini bajaradi. Tafakkur uslubi orqali vujudga kelgan nazariy bilimlar nisbatan 
tugallangan bilimlar tizimi bo`lib, o`z taraqqiyoti jarayonida o`zgarib boradi. Mantiqiy tafakkur uslubida ko`r-ko`rona 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə