Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə15/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22

Atrof-muhitning

shovqindan

ifloslanishi


146






Qishloq joylari


Avtomobil

saloni


Og‘ir yuk avtomobili


Yashin


Kosmik kemaning parvoz qilishi


Zambarakdan o‘q uzish


Tovush kuchi va darajalari ko‘rsatkichi (dB)


Antropogen tovushlar hayvonlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tovush ta’sirlari jadalligida sutemizuvchilarda sut miqdori, tovuqlarda tuxum soni kamayib, asalarilar yo‘lidan adashgan, qushlar erta tullagan va h.k. 100 dB.dan yuqori shovqin ta’sirida o‘simlik urug‘ining unib chiqishi sekinlashgan. Infratovushlar odamning ichki organlari va asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.


17.1-jadval




170

®

160

®

150

®

140

®

130

®

120

© 110

© 100

© 90

© 80




70




60




50




40




30




20




10




0





Miltiqdan o‘q uzish


Samolyotning parvoz qilishi


Pop-musiqa


Tog‘ jinsini ko‘chirish bolg‘asi


Kutubxonaning o‘quv zali


Shivirlash (1 m)


Shamolsiz o‘r- mon (qishda)


' — ruxsat etilgan © — imkon boricha ruxsat etilgan ® — ruxsat etilmagan


Atrof-muhitning

biologik

ifloslanishi


Biologik ifloslanish deyilganda xilma-
xil antropogen ta’sirlar natijasida ekologik
tizimga xos bo‘lmagan, tabiiy biotik uyush-
malarning yashash sharoitini og‘irlashti-



147





radigan yoki odam sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa tirik organizmlarning kiritilishi tushuniladi.


Biologik ta’sir ko‘rsatishning asosiy manbalari oziq-ovqat va teri sanoati korxonalari, maishiy va sanoat chiqindilarini joylashtirish obyektlari, qabristonlar, kanalizatsiya — axlat, chiqindi va yog‘in suvlari oqiziladigan quvurlar tarmog‘i va sug‘oriladigan maydonlarning oqova suvlari hisoblanadi. Ushbu manbalardan xilma- xil organik birikmalar va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar tuproqqa, tog‘ jinslari va yerosti suvlariga tushadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzasidan 300 m chuqurlikkacha bo‘lgan yerosti suvlari tarkibida kasallik qo‘zg‘atuvchi ichak tayoqchalari topilgan.

Atrof-muhitning yuqumli va parazitar kasallik qo‘zg‘atuvchi- lari bilan ifloslanishi alohida xavf tug‘diradi. Shuningdek, biologik texnologiyalar va gen muhandisligi rivojlanishi bilan bog‘liq holda yangi ekologik xavf-xatarlar paydo bo‘lishi mumkinligi bashorat etilmoqda.

Elektromagnit maydonlari va nurlanishlar ham atrof tabiiy muhitning ortiqcha darajada ifloslanishi, tabiat tizimlarining shi- kast topishi, inson salomatligi va hayotiga ziyon yetishi mumkin. Ayniqsa, Quyosh faolligi davrida yer atmosferasida paydo bo‘la- digan magnit bo‘ronlari ekotizimlar, jumladan, odam organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yurak-qon tomir tizimlari, asab va ko‘z kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning ahvolini yomonlashtiradi.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Biosferaga ta’sir ko‘rsatilishining alohida turlari qanday tasniflangan?

  2. Chiqindilar deganda nimalar tushuniladi?

  3. Chiqindilarning qanday turlari farqlanadi?

  4. Odam va atrof-muhitning xavfsizligi ta’min etilishiga eng ko‘p tahdid soladigan chiqindilar nima deb ataladi?

  5. Atrof-muhitning shovqindan ifloslanishi qanday paydo bo‘ladi?

  6. Antropogen shovqinlarning asosiy manbalari nimalar?

  7. Tovush kuchi va darajalarida nimalar ifodalanadi? Odam qanday che- garalardagi tovushlarni eshita oladi?

  8. Biologik ifloslanish nima?

  9. Elektromagnit maydonlari odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?


148



18-bob. BIOSFERAGA FAVQULODDA TA’SIRLAR


Atrofdagi tabiiy muhitga favqulodda ta’sirlar o‘z xususiyatiga
ko‘ra,
antropogen (harbiy harakatlar, falokatlar va h.k.) va tabiiy
(tabiiy ofatlar) tusda bo‘lishi mumkin.

Atrof-muhitda falokatlar, halokatlar, harbiy harakatlar yoki
tabiiy ofatlar natijasida odamlar sog‘lig‘iga, tabiiy ekologik ti-
zimlar holatiga, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondiga xavf
soluvchi salbiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yoki mumkin bo‘lgan
hududlar
favqulodda ekologik vaziyatli zonalar deyiladi.

O‘tgan asr davomida tabiat va jamiyat tarixida ro‘y bergan
turli xil va darajadagi falokatlar, halokatlar, harbiy harakatlar va
tabiiy ofatlar tufayli biosferada keskin, ba’zan qaytmas o‘zga-
rishlar sodir bo‘ldiki, aksariyat tabiiy va madaniy ekotizimlar
aziyatlar girdobiga tortildi.


Atrof-muhitga odamlarning barcha xildagi
ta’sir ko‘rsatish turlari ichida harbiy hara-
katlar eng qudratli vayrona keltiruvchi omil
hisoblanadi. Urush odam populatsiyasi va
ekotizimlarga misli ko‘rilmagan talafot keltiradi.


Masalan, faqat Ikkinchi jahon urushi davrida harbiy harakatlar
doirasiga 3,3 mln km
2 yer yuzasi (O‘zbekiston Respublikasi
maydonidan taxminan 7 marta katta hudud) qamrab olingan,
55 mln kishi halok bo‘lgan va Yevropa qit’asidagi aksariyat hudud-
larda tabiiy va antropogen ekotizimlar u yoki bu darajada vayron
qilingan.


Shuningdek, 1991-yilda Fors ko‘rfazida bo‘lib o‘tgan urush harakatlari davrida 1250 ta neft quduqlari portlatilib, 1 mln t.ga yaqin neft yonib ketgan va atrof-muhitga misli ko‘rilmagan darajada zarar yetkazilgan. 1999-yilda sobiq Yugoslaviya hududida bo‘lib o‘tgan urush harakatlarida esa tuproq, havo va Dunay daryo- sining suvlari zaharli kimyoviy birikmalar va neft mahsulotlari bilan me’yorlardan bir necha marta ortiq darajada ifloslangan.

Hozirgi kunda ommaviy qirg‘in qurollari deb ataladigan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik qurollar atrof-muhitga say-


Ommaviy qirg‘in qurollarining atrof-muhitga ta’siri


149





yoraviy va mintaqaviy miqyoslarda vayronalik keltiruvchi ajal qu- rollari deb baholanmoqda.


Yadro quroli yadroviy o‘q-dorilar, ularni nishonga yetkazish va boshqarish vositalari majmuyi bo‘lib, u atrof-muhitni portlashning zarbali to‘lqini, yorug‘lik energiyasi, nurlanish va radioaktiv zaharlash bilan vayron qiladi. Zarbali to‘lqin odamlar va hayvonlarni nobud bo‘lish darajasiga qadar og‘ir jarohatlaydi, o‘rmonlar va daraxtlarni ildizi bilan yakson qiladi, yorug‘lik energiyasi va nurlanish esa kuchli kuyish holati va nur kasalliklarini vujudga keltiradi. Masalan, AQSH tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarida amalga oshirilgan yadro portlashida kuchli kuyish holati va nurlanish hodisasi qayd etilgan.

Kimyoviy qurol zaharlovchi moddalar — gazlar, suyuqliklar yoki qattiq moddalar yordamida odamlar va biotani zaharlashga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘q-dorilar yoki samolyotlar vositasida nishonga yetkaziladi. Kimyoviy zaharlovchi moddalar organizmlarning oziqlanish (trofik) zanjirida harakat qilib, ularning hayot faoliyatiga katta xavf tug‘diradi. Masalan, Birinchi jahon urushida iprit deb nomlangan zaharlovchi modda ishlatilib, undan 10 ming odam nobud bo‘lgan, 1,2 mln kishi nogironga aylangan.

Hozirgi zamonaviy kimyoviy qurollar negizini organizmlarning asab tizimiga ta’sir ko‘rsatib, ularni falaj qiluvchi va bo‘g‘uvchi kimyoviy moddalar — zarin, tabun, zoman va h.k. tashkil qiladi. Bularning barchasi tabiiy ekotizimlarga o‘nglab bo‘lmas darajada juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Vyetnam urushida defoliant (gerbitsid) ko‘rinishida katta miqdorda (100 ming t.dan ortiq) kimyoviy qurol ishlatilishi natijasida o‘simliklarning barglari tush- gan, ular o‘sishdan to‘xtagan va katta maydonlardagi o‘simliklar (12 % o‘rmon, 5 % ekin dalalari) nobud bo‘lgan. Bu, tabiiyki, barcha ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, qushlarning 158 turidan 18 turi qolgan, hasharotlar butunlay yo‘qolgan, ko‘p- lab o‘simliklar biologik tur sifatida qirilib ketgan, 1,8 mln nafar vyetnamlikning sog‘lig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ziyon yetkazilgan, 7 mln.dan ortiq kishi kimyoviy qurol ishlatilgan hududlarni tark etishgan.


150



Bakteriologik (biologik) qurol deyilganda odamlarni ommaviy
shikastlantirishga mo‘ljallangan bakteriyali vositalar (bakteriyalar,
viruslar va h.k.) va zaharlar (zaharli moddalar) tushuniladi. Kasallik
tarqatuvchisi sifatida tirik organizmlar (kemiruvchilar, hasharotlar
va h.k.) yoki o‘q-dorilardan foydalaniladi. Bakteriologik qurol odam-
lar va hayvonlarda o‘lat, vabo, Sibir yarasi kabi ommaviy yuqumli
kasalliklarni keltirib chiqarishga qodir. Hatto ayrim bakteriyalar
sporalar hosil qilib, o‘n yillar davomida tuproqda saqlanishi mumkin.


Biosferadagi ekologik halokatlarning oldini olishda ommaviy
qirg‘in qurollarini tag-tomiri bilan yo‘qotish eng ishonchli yo‘l
hisoblanadi.


Jahonda deyarli har yili kuzatiladigan
yirik texnogen halokat va falokatlar atrof-mu-
hit sifatiga, odam va biota hayot faoliyatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Cher-
nobil atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan


ekologik halokat bunga yorqin misoldir.

Texnogen ekologik halokat — texnik qurilmalarning (atom elektr stansiyalari, tankerlar va h.k.) falokatga uchrashi (ishdan chiqishi) tufayli atrof-muhitda noqulay salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lib, tirik organizmlarning ommaviy nobud bo‘lishi va katta iqtisodiy yo‘qotishlar kuzatiladi.

Falokat va halokatlar birdan sodir bo‘lib, mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi, ayni paytda ularning ekologik oqibatlari katta may- donlarda o‘z aksini topishi mumkin. Texnogen ekologik halokatlar hatto yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan mamlakatlarda ham sodir bo‘ladiki, ularning kelib chiqish sabablari quyidagilar bo‘- lishi mumkin: texnika xavfsizligiga rioya etmaslik, odamlarning xatolarga yo‘l qo‘yishi yoki loqaydligi, turli xil buzilish yoki si- nishlar, tabiiy ofatlarning ta’siri va h.k. Nurlanishga aloqador obyektlar (atom elektr stansiyalari, yadro yoqilg‘isini qayta ish- lash korxonalari, uran konlari va h.k.), kimyo korxonalari, neft va gaz quvurlari, transport tizimlari (dengiz, temiryo‘l, aviatsiya transporti va h.k.), suv ombori to‘g‘onlarida ro‘y beradigan halokatlar katta ekologik xavf tug‘diradi.


Texnogen ekologik halokatlarning atrof-muhitga ta’siri


151





Yadro energetikasidagi yirik halokatlardan biri 1979-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining (Pensilvaniya shtati)Xarrisberg shahri yaqinidagi Trimayl-Aylend atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan.


Eng katta texnogen halokatlardan biri 1986-yilda Ukrainadagi Chernobil atom elektr stansiyasining to‘rtinchi energiya blokida sodir bo‘lgan. O‘tkir nur kasalligidan 29 kishi halok bo‘lgan, 120 ming aholi ko‘chirilgan, umumiy aziyat chekkanlar soni 9 mln.ni tashkil etgan. Genetiklarning ta’kidlashicha, insoniyat genotipida bu «hodisa»ning izlari 40 avloddan keyin yo‘qolishi mumkin. Bu halokat atom elektr stansiyasining mas’ul xodimlari va rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibati deb baholangan. Radioaktiv ifloslanish Rossiya, Belorus, Bolgariya, Polsha, Ruminiya, Germaniya kabi mamlakatlarga tarqalib, 200 ming km2.dan ortiq maydonni qamrab olgan. Nurlanish oqibatlari ekotizimning tarkibiy qismlarida qayd etilgan.

Ekologik oqibatiga ko‘ra, kimyoviy obyektlarda sodir bo‘la- digan falokat va halokatlar ham dahshatli hisoblanadi. Masalan, 1976-yilda Italiyaning Sevezo shahridagi kimyoviy korxonada xa- toga yo‘l qo‘yilishi oqibatida 2,5 kg zaharli dioksin moddasi atrof- muhitga oqib chiqqan.

  1. yilda Hindistonning pestitsid ishlab chiqaruvchi korxo- nasidan 30 t fosgen va metilizotsianat aralashmasining oqib chi- qishi natijasida 3 ming odam halok bo‘lgan, 20 ming kishi ko‘r bo‘lib qolgan, 200 mingdan ortiq kishi bosh miya, shol kabi kasalliklar bilan jiddiy shikastlangan. Halokatdan keyingi avlodda ko‘p sonli mayib-majruhlik kuzatilgan. Falokat texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik natijasida sodir bo‘lgan.

Dengiz transport tizimlari bilan bog‘langan ekologik halokatlar dengiz (okean) ekotizimlariga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 1971-yilda Boltiq dengizida «Globe Asimi» tankerining halokati tufayli 16 ming t mazut okean yuzasini qamrab olgan. Shuningdek, 1989-yilda «Ekson Valdes» tankerining halokati tufayli 50 ming t, 1983-yilda «Kastilo de Belver» tankerining yonib ketishi tufayli 250 ming t, 1978-yilda «Amoki Nadis»


152





tankerining cho‘kib ketishi tufayli 230 ming t neft okeanga «to‘-
kilgan». Dengiz transport tizimida sodir etilgan shu kabi falo-
katlar suv ekotizimlariga jiddiy ziyon yetkazgan.


Tabiiy ofatlar juda katta insoniy va mod-
diy yo‘qotishlar bilan kechadigan halokatli
ekologik vaziyatlarni vujudga keltiradigan ta-
biiy hodisalardir. Tabiiy ofatlar qadimdan


olimlarning diqqat markazida turadi. UNESCO huzurida bu
masalalar bilan shug‘ullanadigan maxsus komissiya tuzilgan. Eng
xavfli va keng tarqalgan tabiiy ofatlarga zilzila, sunami, vulqonlar
otilishi, o‘pirilish, toshqin, po‘rtana (dovul-bo‘ron, girdob, to‘-
fon), qurg‘oqchilik va shu kabilar kiradi.


Tabiiy ofatlar Yer evolutsiyasining tabiiy kechish jarayonini
aks ettiradi. Ularning u yoki bu hududlarda paydo bo‘lishi geo-
logik, geomorfologik va iqlim o‘zgarishlari kabi sabablar maj-
muyi bilan shartlangan bo‘ladi. Biosfera barqarorligining pasa-
yishi va iqlim o‘zgarishlari katta miqyosli tabiiy ofatlarni ko‘pay-
tirishi mumkin.


Tabiiy ofatlar kelib chiqishiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi: Yer-
ning ichki energiyasi bilan bog‘langan endogen va Quyosh ener-
giyasi va og‘irlik kuchi bilan bog‘langan ekzogen tabiiy ofatlar.
Birinchi turga zilzila, sunami va vulqonlar otilishi, ikkinchi turga
o‘pirilish, toshqin, po‘rtana (dovul-bo‘ron, girdob, to‘fon), qur-
g‘oqchilik va shu kabilar mansub bo‘ladi.


Zilzila — Yer ichki energiyasining dah-
shatli ko‘rinishlaridan biri. Yer yuzasida to‘-
satdan vujudga keladigan seysmik to‘lqinlar


va tebranishlar halokatli ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yerda ikki eng xavfli seysmik mintaqa mavjud: birinchisi, Tinch okean qirg‘oqlari bo‘ylab davom etadigan «olovli halqa», ikkinchisi, Pireney yarimorolidan Malay arxipelagigacha davom etadi. Karpat, Qrim, Kavkaz, Oltoy, Uzoq Sharq, Saxalin, Kuril orollari, Kamchatka va O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston birmuncha xavfli seysmik hududlarda joylashgan.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə