Ekologiya lotinda p65


Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə11/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22

Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalar


110





0,05 t uglerod oksidi, shuningdek, kam miqdorda qo‘rg‘oshin,
marganes, fosfor, simob kabi xavfli ifloslovchilar, bug‘-gaz ara-
lashmasi tarkibida esa formaldegid, ammiak, fenol, benzol kabi
zaharli moddalar chiqariladi.


Kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida kam miqdorda bo‘lsa-
da, eng zaharli gazlar atmosfera havosiga chiqariladi, masalan,
oltingugurt oksidi, ftorli va xlorli birikmalar, ammiak va h.k.


Avtotransport shaharlar havosini ifloslantiruvchi eng katta
omillardan biridir. Yirik shaharlarda atmosferaga chiqariladigan jami
moddalarning 70—80 % avtotransport ulushiga to‘g‘ri keladi.


Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida atmosfera ha-
vosini ifloslantiruvchi manbalar chiqindilarining tarkibi va sal-
mog‘i taxminan quyidagicha: uglerod oksidi — 40 %; oltingugurt
dioksidi — 20 %; azot oksidi — 9 %; uglevodorodlar — 20 %;
qattiq moddalar — 6,5 %; boshqalar — 4,5 %.


O‘zbekistonda antropogen manbalarning atmosferani iflos-
lantirish kuchi tabiiy manbalarga nisbatan ancha kam bo‘lib, yiliga
o‘rtacha 1,3 million tonnani tashkil qiladi. Ta’kidlash joizki,
antropogen chiqindilardagi qattiq zarrachalar ulushi ham tabiiy
manbalarga nisbatan ancha kam. Qattiq zarrachali chiqindilar aso-
san avtotransport, qurilish materiallari va paxta sanoati korxo-
nalari chiqindilari hisoblanadi.


Atmosfera havosining ifloslanishi odam
salomatligi va atrofdagi tabiiy muhitga turli
yo‘llar bilan bevosita va bilvosita tahdidlar
ko‘rinishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Atmosfera havosini mahalliy ifloslan-

tiruvchi asosiy moddalar, masalan, oltingugurt dioksidi inson va
hayvonlar organizmiga fiziologik salbiy ta’sir ko‘rsatib, nafas
yo‘llari va to‘qimalarda turli kasalliklarni paydo qiladi. Jumladan,
tarkibida kremniy dioksidi bo‘lgan chang og‘ir o‘pka kasalligini,
azot oksidi ko‘z kasalligini, uglerod oksidi (is gazi) umumiy
holsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi holatlarini, og‘ir metall
qoldiqlari onkologik kasalliklarni, qo‘rg‘oshin va simob mutatsiya
o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi.



Atmosfera ifloslanishining ekologik oqibatlari


111





Ayniqsa, avtomobilda ishlangan tutunli gaz tarkibidagi zararli
moddalar (uglerod va azot oksidlari, qo‘rg‘oshin, ozon, og‘ir
metallar) salomatlikka o‘ta xavfli ta’sir ko‘rsatib, odamda fikrlash
qobiliyatini susaytiradi, reflekslarni pasaytiradi, seruyqulik, yo‘tal,
bronxit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi; virusli va jinsiy tizim
kasalliklariga yo‘l ochib beradi.


Shaharlar atmosferasida vujudga keladigan smog — havodagi
tutun, tuman va chang aralashmasi tufayli nafaqat odam yoki
hayvonlar, balki o‘simliklar ham qattiq aziyat chekadi. Masalan,
oltingugurt dioksidi 30 km naridagi, ftorli vodorod esa 5 km nari-
dagi daraxtlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.


Atmosfera havosining umumiy iflosla-
nishi sayyoramizda bir qator ekologik oqi-
batlarni vujudga keltiradi. Bu oqibatlarga qu-
yidagilar mansubdir:


  1. iqlimning isishi (bug‘li gazlar samarasi);

  2. ozon qatlamining buzilishi;

  3. kislotali yomg‘irlarning yog‘ishi.

Iqlimning isishi yoki bug‘li gazlar samarasi

Harorat — havoning asosiy xossalaridan bin bo‘lib, uning qizish darajasini ifodalaydi. Harorat yer atmosferasining istalgan nuqtasida uzluksiz o‘zgarib turadi va turli hududlarda bir vaqtning o‘zida turlicha bo‘ladi. Harorat ob-havo va iqlim tavsifining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, odamlar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tuproq, suv va boshqa ko‘pgina omillarga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

Harorat — muayyan hududda kechayotgan iqlim o‘zgarishi- ning ko‘zgusidir. Bu mezon hududlarda kuzatilayotgan harorat- ning qizish sur’atini, ya’ni haroratning umumsayyoraviy isishiga mahalliy iqlimning ta’sirini o‘zida ifoda etadi.

Sayyoramizda iqlimning isishi yoki bug‘li gazlar samarasi at- mosfera havosida, asosan, karbonat angidrid (CO2 ), metan (CH4), azot oksidi (NO2), ozon (O3) va xlorftoruglerodli birikma-


Atmosfera umumiy ifloslanishining ekologik oqibatlari


112





lar — freonlar to‘planishi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, o‘rta yillik haroratning asta-sekin ko‘tarilib borishida o‘z ifodasini topa- yotgan iqlim ko‘rsatkichidir. Bug‘li gazlar bilan to‘yingan atmosfera go‘yoki issiqxona tomini eslatadi. U, bir tomondan, quyosh nur- larining katta qismini ichkariga o‘tkazib yuboradi, ikkinchi tomondan, yerdan qaytgan issiqni yuqoriga-tashqariga o‘tkazmaydi.


Dunyo bo‘yicha neft, gaz, ko‘mir kabi qazilma yoqilg‘ilarning yonishi (yiliga 9 mlrd t shartli yonilg‘i) tufayli atmosferada karbonat angidrid (CO2) miqdori oshib bormoqda, metan (CH4) miqdori yiliga 1—1,5 % ga, azot oksidi (NO2) esa 0,3 % ga ko‘paymoqda.

Mazkur gazlarning atmosferada ko‘payishi oqibatida bug‘li gazlar samarasi paydo bo‘lib, atmosferada o‘rtacha harorat ko‘- tarilib bormoqda. Bug‘li gazlar yer atmosferasidagi issiqlikni o‘ziga yutadi va saqlaydi. Yerning umumiy issiqlik muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha suv bug‘i (36—72 %), karbonat angidrid (9—26 %), metan (4—9 %), ozon (3—7 %), azot oksidlari va freonlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Suv bug‘i — tabiiy bug‘li gaz. Haroratning ko‘tarilishi bug‘la- nishning kuchayishi va atmosferada suv bug‘lari miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bug‘li ta’sirning imkoniyatini oshi- radi, ya’ni haroratni ko‘taradi.

Karbonat angidrid — qazilma yoqilg‘ilarining yonishi, bio- massa, shuningdek, to‘qaylarning yonishi, ayrim sanoat ishlab chiqarishi jarayonlari karbonat angidridning antropogen manbalari hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra (2011), sayyoramiz atmosferasida karbonat angidrid miqdori keyingi 100 yil davomida 39 % ga oshgan. Bu gazning asosiy iste’molchilari o‘simliklar hisoblanadi.

Metan — unda bug‘ faolligi ko‘rsatkichi karbonat angidridga nisbatan 21 marta katta. Metan gazining asosiy manbalari chorvachi- lik, sholichilik, biomassa va to‘qaylarning yonishi, tabiiy gaz konla- ridan sirqib chiqishi, chiqindilar «ombori»da biogazlarning paydo bo‘lishi, neft, ko‘mirdan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra (2011), sayyoramiz atmosferasi tarkibida metanning miqdori keyingi 100 yil davomida 58 % ga oshgan.


113





Ushbu chiqindilar miqdorini oldindan aytish kelgusida kutilayot- gan salbiy ta’sirlarni chamalash imkonini beradi. Bug‘li gazlar borasida energetika, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, yerdan foydalanish hamda chiqindilar asosiy manba hisoblanadi.


O‘zbekistonda keyingi yillarda bug‘li gazlar chiqindilari miq- dorining kamayishi kuzatilmoqda. Masalan, azot oksidi chiqindilari miqdori keyingi yillarda 3—4 marta kamaygan. Shuningdek, havo haroratining har o‘n yilda isish sur’ati o‘rtacha 0,2°C ni tashkil qilmoqda. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, 2035—2050-yillarda Orol- bo‘yi mintaqasi harorati 1,5—2,5°C ga ko‘tarilish ehtimoli bor.

O‘zbekistonda havo harorati mezonidan, asosan, qishloq xo‘- jaligida agroiqlim va gidrologik xususiyatlarni hisoblashda keng foydalaniladi. Haroratga oid shart-sharoitlar hududdagi tabiiy o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘sish va rivojlanish davrini belgilaydi. Korxona, tashkilot va muassasalar hamda xona- donlarni isitish davri, shuningdek, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ko‘mir, o‘tin kabi yoqilg‘i turlaridan foydalanish davomiyligi ham yillik haroratga oid shart-sharoitlar bilan uzviy bog‘liqdir.

Ozon qatlamining buzilishi

Ozon — Yer sayyorasini samodan keladigan ultrabinafsha nur- laridan tabiiy himoya qiladigan (to‘sadigan) atmosferaning yupqa qatlami bo‘lib, asosan, 20—25 km balandlikda joylashgan. U azot va uglerod oksidlarining havodagi organik birikmalar bilan quyosh nuri ta’sirida kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida paydo bo‘ladi.

Ultrabinafsha nurlari A, B, C toifadagi spektr diapazonlariga ajratiladi. C toifadagi nurlanish eng xavflisi hisoblanib, u mik- roblar va viruslarni nobud qiladi. Mazkur nur atmosferaning yuqori qismidagi ozon qatlami bilan to‘liq yutiladi va yer yuzasiga yetib kelmaydi. B toifadagi nur ham atmosferaning ozon qatlami tomonidan yutiladi, lekin uning taxminan 6 % yer yuzasiga yetib keladi. Aynan mana shu miqdor tirik tabiatga va inson salomatli- giga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy xavf hisoblanadi. A toifadagi nur atmosferada deyarli yutilmaydi, lekin uning salbiy biologik ta’siri amalda nihoyatda zaif bo‘lib, sezilmaydi.


114





Ozon qatlamining yemirilishi uning atmosferaga chiqarilgan antropogen moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida yuzaga keladi. Atmosfera tarkibida ozonni buzuvchi modda- larning (galogenli uglevodorodlarning) me’yoridan ortiq ko‘pa- yishi mazkur qatlamda o‘nglab bo‘lmas buzilishlarni keltirib chiqa- radi: V toifadagi nur atmosferada tutilmasdan yer yuzasiga bema- lol yetib keladi va tirik mavjudotlar hayot faoliyatiga xavf soladi.


O‘zbekistonda ozonni yemiruvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni hududga olib kirish va olib chiqish jarayonlari qat’iy tartibga solingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbe- kistonda ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanish 1986-yilga nisbatan 99,8 % ga kamaygan va ularning miqdori xalqaro va milliy talablar me’yorlariga to‘liq javob beradi.

Kislotali yomg‘irlarning yog‘ishi

Eng muhim sayyoraviy ekologik muammolardan bin kislotali yomg‘irlar — tabiiy muhitning oksidlanishi hisoblanadi. U atmo- sferaga chiqarilgan oltingugurt dioksidi va azot oksidining havodagi nam bilan birikib, sulfat va azot kislotalarining hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Natijada muayyan muhitga yog‘adigan yog‘in turi kislotali muhitga (pH ko‘rsatkichi 5,6 dan past) ega bo‘ladi. Yer yuzasiga yiliga o‘rtacha 250 mln t miqdorida nordon yog‘in yog‘adi.

Kislotali yomg‘irlar, ular tarkibidagi og‘ir metallar tirik orga- nizmlar hayotiga jiddiy ziyon yetkazadi. Masalan, agar 1 litr nordon suv tarkibida 0,2 mg alumin bo‘lsa, bu miqdor baliqlarni nobud qila oladi. Bugungi kunda Yevropadagi 25 ta (masalan, Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va h.k.) mam- lakat o‘rmonlari kislotali yomg‘irlardan aziyat chekmoqda.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Nima uchun atmosfera havosini muhofaza qilish atrofdagi tabiiy muhitni sog‘lomlashtirishda hal qiluvchi muammo hisoblanadi?

  2. «Atmosfera havosining ifloslanishi» nima? Uni izohlang.

  3. Atmosfera havosi ifloslanishining qanday turlari farqlanadi?


115



  1. Orolbo‘yida atmosfera havosining tabiiy ifloslanishini izohlang.

  2. Qaysi moddalar atmosfera havosini asosiy ifloslantiruvchilar hisoblanadi?

  3. Atmosferaning ifloslanishida turli xo‘jalik tarmoqlarining tutgan o‘rniga
    baho bering.


  4. Atmosfera ifloslanishining ekologik oqibatlarini odam salomatligi nuqtayi
    nazaridan izohlang.


  5. Sayyoramiz iqlimining isishi yoki bug‘li gazlar samarasining mohiyatini
    tushuntiring.


  6. Havodagi tutun, tuman va chang aralashmasi nima deb ataladi?

  7. B toifadagi ultrabinafsha nurlarining necha foizi tirik organizmlarga sal-
    biy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy xavf hisoblanadi?


  8. Atmosferada kislotali yomg‘irlar qanday paydo bo‘ladi?

  1. bob. GIDROSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR

Suv resurslari tabiiy ekotizimlarning barqaror muvozanatini
saqlash va istalgan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
eng asosiy omil hisoblanadi. Suvdan foydalanishga qo‘yilgan eko-
logik talablar mahalliy noyob endemik turlar, biologik xilma-xillik,
o‘ziga xos landshaft va estetik xususiyatlarga ega bo‘lgan suv
ekotizimlarini himoya qilishni nazarda tutadi.


Hisob-kitoblarga ko‘ra, Markaziy Osiyo hududida bir yilda
havo massalari bilan o‘rtacha 2700 km
3 suv «suzib» o‘tadi. Uning
taxminan 490 km
3 yoki o‘rtacha 20 % yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi
suv sifatida yer yuzasiga tushadi. Tog‘li joylarda ushbu yog‘in-
larning bir qismidan o‘rtacha 132 km
3.ni tashkil etadigan daryo
oqimlari hosil bo‘ladi. Umuman, Orol dengizi havzasining muz-
liklarida o‘rtacha 466 km
3 suv to‘plangan. Keyingi o‘n yilda Amu-
daryo oqimi muayyan darajada o‘zgarishlarga uchrab, 2000—
2001-yillarda Amudaryo etagi va deltasida keskin suv taqchilligi
kuzatilgan. Amudaryo suv resurslaridan u oqib o‘tadigan davlatlar
hamkorlikda foydalanadi, bu esa suv xo‘jaligi muammolarining
transchegaraviy tusda ekanligini bildiradi.


Suv havzalarining ifloslanishi suvga turli za-
rarli moddalarning tushishi bilan tavsiflanadi.
Suv ifloslanishi uning fizikaviy xossalari (tiniq-


ligi, rangi, hidi, ta’mi) o‘zgarishida, tarkibida sulfatlar, xloridlar,
nitratlar, zaharli og‘ir metallar miqdorining ko‘payishida, kislo-



Gidrosferaning

ifloslanishi


116






Suvni ifloslantiruvchi moddalarning asosiy guruhlari


14.1-jadval


rod miqdorining kamayishida, radioaktiv elementlarning paydo bo‘lishida, kasallik tug‘diruvchi bakteriyalar mavjudligida na- moyon bo‘ladi.


400 dan ortiq turdagi moddalar suvni ifloslashi mumkinligi aniqlangan. Agarda suv tarkibida ularning miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yordan ortib ketsa, suv ifloslangan bo‘ladi.

Suvni ifloslantiruvchi moddalarni uch guruhga ajratish mumkin: kimyoviy, biologik va fizikaviy ifloslantiruvchilar (14.1-jadval). Kimyoviy ifloslantiruvchilar ichida neft va neft mahsulotlari, sintetik yengil-faol moddalar, pestitsidlar, og‘ir me- tallar, dioksin keng tarqalgan. Biologik ifloslantiruvchilar ichida viruslar va boshqa kasallik tug‘diruvchi mikroblar, fizikaviy iflos- lantiruvchilar ichida radioaktiv moddalar va issiqlik eng muhim- lari hisoblanadi.

Suvning kimyoviy, bakteriyali, radioaktiv, mexanik va issiq- likdan ifloslanishi kuzatiladi.

Suvning kimyoviy ifloslanishi birmuncha keng tarqalgan. Bu ifloslanish organik (fenollar, pestitsidlar va h.k.), noorganik (tuz- lar, kislotalar, ishqorlar), zaharli (margimush, simob, qo‘rg‘oshin va kadmiyli birikmalar), zaharsiz bo‘lishi mumkin.

Kimyoviy

Biologik

ifloslantiruvchilar

Fizikaviy

ifloslantiruvchilar

Kislotalar

Viruslar

Radioaktiv elementlar

Ishqorlar, og‘ir metallar

Bakteriyalar

Issiqlik

Tuzlar (ammoniy va nitrit tuzlari)

Kasallik tug ‘ diruvchi organizmlar

Kukunlar

Nef va neft mahsulotlari

Suvo‘tlari

Qum

Pestitsidlar, dioksinlar, fenollar

Xamirturush va mog‘or zamburug‘lari

Loy

Sintetik yengil-faol moddalar




Balchiq

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə