Ekologiya lotinda p65


Atrof-muhit sifatini me’yorlash



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə19/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Atrof-muhit sifatini me’yorlash


192



xojalik-ishlab chiqarish me’yorlari:

  • zararli moddalarning ruxsat etilgan otqindilari;

  • zararli moddalarning ruxsat etilgan tashlamalari;

  • tabiiy muhit tarkibiy qismlarining ruxsat etilgan istisnolari;

  • ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari hosil bo‘lishining belgilangan me’yorlari;

majmuiy ko‘rsatkichlar:

  • atrofdagi tabiiy muhitga ruxsat etilgan antropogen yuklama.

Ruxsat etilgan chegaraviy ulush (RECHU) — tuproq, havo va

suv muhitidagi ifloslantiruvchi moddalarning odamga doimiy yoki vaqtincha ta’sir ko‘rsatganda uning salomatligiga ta’sir etmaydigan va avlodlarida noqulay oqibatlar keltirib chiqarmaydigan miqdori.

Rivojlangan mamlakatlarda kimyoviy moddalarning suv havzalari uchun 1900 ga yaqin, atmosfera havosi uchun 500 dan, tuproqlar uchun 130 dan ortiq RECHU belgilangan. RECHU atrof-muhitni majmuiy tekshirishlar asosida o‘rnatiladi va tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olinadi. RECHU o‘zgar- mas, doimiy miqdor emas, u vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi va zaruriyatga qarab, aniqliklar kiritilib boriladi. Tegishli me’yorlar tasdiqlanganidan keyin yuridik kuchga kiradi.

Ishlab chiqarish korxonalari uchun atmosferaga chiqariladigan yoki suv havzasiga tashlanadigan zararli moddalarning ruxsat etilgan otqindi yoki tashlamalarning eng ko‘p miqdori, shovqin, teb- ranish, magnit maydoni kabi zararli fizikaviy ta’sirlar uchun ruxsat etilgan chegaraviy daraja belgilanadi.

Atrofdagi tabiiy muhit sifatini belgilaydigan asosiy majmuiy me’yor — antropogen yuklamaning ruxsat etilgan me’yori hisoblanadi. Bu me’yor — ekologik tizimlar barqarorligini buzmagan holda tabiiy resurslar yoki majmualarga mumkin bo‘lgan eng ko‘p antropogen ta’sirlarni o‘z ichiga oladi.

Ekologik tizimlarning antropogen ta’sirlarga umumiy chidam- liligini baholashda quyidagi omillardan foydalaniladi:

  • ekologik tizimdagi jonli va jonsiz organik moddalar zaxirasi;

  • ekologik tizimda organik moddalar hosil bo‘lishi samaradorligi yoki o‘simliklar qoplami mahsulotlari;


193



  • ekologik tizimdagi turlar xilma-xilligi.

Ekolog olimlar fikricha, nabotot, hayvonot va odam yashash muhitining barqarorligi, birinchi navbatda, tirik organik moddalar massasi, uning asosiy qismi — fitomassa (daraxtlar, o‘t o‘simliklari va h.k.) bilan aniqlanadi. Fitomassa qancha ko‘p bo‘lsa, muhit shuncha barqaror bo‘ladi. Ekotizim tur va tuzilmaviy jihatdan qanchalik xilma-xil bo‘lsa, uning antropogen ta’sirlarga bardosh berish xususiyati shuncha kuchli bo‘ladi.

Tabiiy muhitning ekologik tizimlar ishini buzmagan holda u yoki bu darajadagi antropogen yuklamalarga bardosh berish qobiliyati «tabiiy muhit sig‘imi» yoki «hududning ekologik sig‘imi» deyiladi.

Atrofdagi tabiiy muhitga ruxsat etilgan antropogen yuklama haqidagi tushuncha tabiatdan foydalanish asosini tashkil qilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan ekstensiv (sifatni e’tiborga olmay, faqat miqdorni oshirishga qaratilgan) va muvozanatli tabiatdan foydalanish farqlanadi.

Tabiatdan ekstensiv foydalanish — bunda ishlab chiqarishning o‘sishi tabiiy majmualarga muttasil kuchayib boruvchi antropogen yuklamalar hisobiga ta’minlanadi va bu yuklamalar hajmi ishlab chiqarish miqyosiga nisbatan tez oshib boradi. Tabiatdan ekstensiv foydalanish tabiiy majmualarning to‘liq buzilishiga olib kelishi mumkin.

Tabiatdan muvozanatli foydalanish — bunda tabiiy muhitga ko‘rsatiladigan umumiy antropogen yuklama tabiiy tizimning o‘z- o‘zidan tiklanish imkoniyatidan oshib ketmasligi uchun jamiyat tomonidan nazoratga olinadi va tartibga solinadi. Demak, tabiiy muhit sifatini boshqarish (tartibga solish) ekologik nuqtayi nazardan ruxsat etilgan antropogen yuklamalarni aniqlashdan boshlanishi, minta- qaviy tabiatdan foydalanish esa tegishli hududning ekologik «chidamliligi»ga muvofiq bo‘lishi lozim.

O‘zbekistonda sobiq sho‘ro tuzumi davrida tabiatdan ekstensiv foydalanish ustun bo‘lib, paxtadan yuqori hosil olish maqsadida har yili gektariga o‘rtacha 50 kg pestitsid (xorijiy davlatlarda 2—3 kg),

  1. 30 kg defoliant va desikant (xorijiy davlatlarga nisbatan bir


194





necha o‘n marta ko‘p), 400—500 kg azotli mineral o‘g‘it (xorijiy
davlatlarda 150—250 kg) belgilangan me’yorlardan bir necha marta
ortiq ishlatilgan. 30—40 yil davomida bunday holatning uzluksiz
takrorlanib turishi deyarli barcha ekin maydonlari va atrof-muhitni
haddan ziyod ifloslangan, tuproq va suvlar tarkibi buzilgan. Atrof-
muhitga tushgan pestitsidlarning yemirilish davri 50 yildan ortiq
ekanligi hisobga olinsa, muammoning qanchalik jiddiyligi ma’lum
bo‘ladi.


O‘sha davrda samolyot, maxsus traktorlardan paxta va boshqa
ekin dalalariga purkalgan minglab tonna «zaharli yomg‘irlar» hamda
azotli mineral o‘g‘itlar natijasida chorva mollari yem-xashakdan,
baliqlar suvdan, qushlar va hasharotlar havodan zaharlanib, o‘lish
holatlari bot-bot kuzatilgan. Oqibatda, ayrim hududlarda tirik
organizmlar uchun o‘ta xavfli ekologik vaziyatlar vujudga kelgan.


Mustaqillik yillarida atrofdagi tabiiy muhit sifatini yaxshilash
masalasiga alohida e’tibor qaratilib, tabiatdan muvozanatli foyda-
lanishga faol kirishilgan.


O‘zbekiston hududida atmosfera havosi
tarkibiga tabiiy va antropogen ifloslanish man-
balari ta’sir ko‘rsatadi.


O‘zbekiston chang bo‘ronlari tez-tez ku-

zatiladigan Qizilqum, Qoraqum va Orol dengizining qurigan qismi
(Orolqum) kabi aerozollar (qattiq zarrachalar) atmosferaga doimiy
ko‘tarilib turadigan yirik tabiiy sahrolar mintaqasida joylashgan.
Tarkibida oltingugurt, uglerod va azot oksidi bo‘lgan aerozollar
havoni tabiiy ifloslantiruvchi asosiy manbadir. Shu sababli, hudud-
larda keng ko‘lamli fitomelioratsiya ishlari va ihota daraxtzorlari barpo
etish havoga aerozollar ko‘tarilishining oldini oladigan samarali
tadbirlardan biriga aylangan.


Yog‘inlar (shudring, qirov, yomg‘ir, jala, do‘l, qor), ularning miqdori va yer yuzasida taqsimlanishi, takrorlanib turishi va jadalligi havodagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan muhim ekologik mezonlardan biridir. Yog‘in miqdori atmosfera havosi tozaligi hamda tabiiy va antropogen landshaftlar uchun xavfli hodisa — qurg‘oqchilikni kuzatishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Atmosfera havosini himoya qilish


195





Qurg‘oqchilik paytida tuproqning sho‘rlanishi va yemirilish jarayoni kuchayadi, ko‘llarda suv hajmi kamayadi. Yog‘inlar bo‘lmagan yoki kam bo‘lgan qurg‘oqchilik yillarida dehqonchilik va chorvachilik samarasi kamayib, tabiiy ekologik tizimlar nobud bo‘lishi kuzatilishi mumkin.


Yilning sovuq davrida qor to‘planishi va uning uzoq vaqt turib qolishi mahalliy dehqonchilik, chorvachilik va suv xo‘jaligi uchun muhimdir. Keyingi yillarda qorli kunlar sonining kamayishi qayd etilib, havo haroratining ko‘tarilishiga moyillik kuzatilmoqda.

Havoning chang bilan ifloslanishiga tabiiy chang-to‘zonlarning yuqoriligi va mahalliy sanoat tarmoqlari chiqindilari ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlar havosini ifloslaydigan chang tarkibida, asosan, qurum mavjud bo‘ladi. Qurumning asosiy miqdorini yog‘inlar yuvib ketadi, biroq yog‘ingarlik kamligi bois bu omil katta ahamiyat kasb etadi.

Yirik sanoat markazlari atrofida o‘rnashib qoladigan changlar tarkibida turli mineral moddalar, metall oksidlari, silikatlar, qurum, ftoridlar, margimush oksidi va boshqa metallar borligi aniqlangan hamda ularning miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshmasligi zarur.

Atmosferadan tabiiy kuchlar ta’sirida yer yuzasiga tushadigan qattiq chang zarrachalari ko‘pincha quruq atmosfera yog‘inlari deb ham ataladi. Quruq atmosfera yog‘inlari atmosferaning changlilik darajasini baholashda miqdoriy o‘lchov birligi (kg/ga) hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillik yillarida amalga oshirilayot- gan samarali chora-tadbirlar tufayli atmosferaga chiqarilgan umumiy otqindilar hajmi 2,1 baravarga (taxminan 2 mln t.ga) qisqargan.

Bug‘li gazlar chiqindilari miqdorini kamaytirish eng muhim vazifalardan biridir. Yoqilg‘i yoqish bilan bog‘liq jarayonlar uglerod oksidi chiqindilarining, energetika (neft-gaz) sohasi esa metan chiqindilarining asosiy manbayi hisoblanadi. Metan chiqindilari ko‘payishiga tabiiy gaz iste’molining o‘sishi, sholi-guruch yetish- tirish va aholi sonining ortishi kabilar ham sabab bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida ishlov beriladigan va sug‘oriladigan yerlar azot oksidi chiqindilari manbayi bo‘lib, keyingi yillarda uning salmog‘i 3—4 martaga kamaygan.


196





Atmosferaga chiqariladigan bug‘li gazlar chiqindilari quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali kamaytiriladi:


  • yoqilg‘i va energiya tejamkor asbob-uskunalar hamda ekologik xavfsiz texnologiyalardan foydalanib, isrofgarchilik va chiqindilar chiqishining oldini olish;

  • tabiiy gaz, issiqlik, suv va energiya iste’molini qat’iy hisobga oladigan asbob-uskunalar, shuningdek, biogaz va tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanishni joriy etish;

  • aholining iqlim o‘zgarishi, energiyani tejash zarurati va samarali texnologiyalardan foydalanishga oid ekologik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish tadbirlaridan biri avtomobillar motorida ishlatilgan gazlar zaharliligi va tutun miq- dorini nazoratdan o‘tkazish hisoblanadi. Shu maqsadda avto- transport vositalari, avtota’mirlash korxonalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish va texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining ekologik holatini muntazam tekshiruvdan o‘tkazish ishlari kuchay- tirilib, karburatorli avtomobillar uglerod oksidi va uglevodorodlar bo‘yicha, dizelli avtomobillar tutunlilik tarkibi bo‘yicha nazoratdan o‘tkazilib turilishi lozim. Avtomobillar otqindilari tarkibida zaharli qo‘rg‘oshinli qorishmalar bo‘lmasligi shart.

Ma’lumotlarga ko‘ra, antropogen manbalarning havoni ifloslan- tirish kuchi tabiiy manbalarga nisbatan birmuncha kam va yiliga o‘rtacha 1,3 million tonnani tashkil etadi.

Tiklanadigan energiya — atrof-muhitdagi energiya oqimidan olinadigan quyosh, shamol energiyasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilardan olinadigan bioenergiya. Ulardan foydalanish atmosferaga bug‘li gazlar chiqindilari chiqarilishini keskin kamaytiradi.

O‘zbekistonda tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish katta istiqbolga ega. Yil fasllarining, asosan, ochiq, bulutsiz bo‘lishi va issiq kelishi quyosh energiyasidan foydalanishda beqiyos imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Hozirgi paytda suv isituvchi quyosh panellari, quyosh fotoelektr tizimlari, kichik gidroelektr stansiya- lari, shamol generatorlari, elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqa-


197





ruvchi biogaz qurilmalari, «Quyosh—shamol» chatishma tizimlari kabi tiklanadigan energetika texnologiyalari ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Agar bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanilsa, bir necha mln tonna miqdordagi neft, tabiiy gaz, ko‘mir tejaladi va ayni paytda atmosferaga chiqariladigan bug‘li gazlar chiqindilari miqdori ham keskin kamayishiga erishiladi.


Istiqbolda atmosfera havosini muhofaza qilish borasida quyidagi vazifalar belgilangan:

  • havoning transport va boshqa vositalar orqali ifloslanishini kamaytirish orqali uning tabiiy tarkibini saqlab qolish;

  • atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa ta’sirlarning oldini olish va kamaytirish (ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish va to‘xtatish; bug‘li gazlar otqindilarini qisqartirish va h.k.);

  • atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etish.

Bu vazifalarni hal etishda quyidagi chora-tadbirlardan keng foydalanish talab etiladi:

  • texnologik jarayonlarni ekologiyalashtirish (ishlab chiqarish- ning yopiq, uzluksiz texnologik jarayonlari; chiqitsiz va kam chiqitli ishlab chiqarish texnologiyalari; yoqilg‘i va xomashyoni zararli aralashmalardan tozalash; ko‘mir va mazutni tabiiy gazga almash- tirish; elektr mashinalari va asbob-uskunalaridan foydalanishga o‘tish va h.k.);

  • gazli otqindilarni zararli aralashmalardan tozalash (quruq va ho‘l changtutqichlar; to‘qimali, donador va elektr filtrlar; zaharli gazli-bug‘li aralashmalardan tozalashning kataliz va absorbsiya metodlari va h.k.);

  • atmosferaga chiqariladigan gazli otqindilarni to‘zitib yuborish (tutun chiqadigan baland mo‘rilar qurish va h.k.);

  • sanitariya-himoya mintaqalarini (aholini zararli omillardan himoya qilish uchun yashash joylari binolarini sanoat ishlab chiqa- rishining ifloslantiruvchi manbalaridan ajratib turuvchi ko‘kalam- zor mintaqa) yaratish va arxitektura-rejalashtirish tadbirlarini (joyning relyefi va shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda aholi


198





istiqomat joylari va ifloslantiruvchi manbalarni o‘zaro to‘g‘ri
joylashtirish) amalga oshirish.


Yerusti suvlari xas-cho‘p, qum, mayda
tosh va balchiq bilan to‘lib qolishdan, o‘t
bosishi, turli xil ifloslanishlar va suv kamayib
ketishidan himoya qilinadi. Shu sababli, suv


obyektlariga (irmoqlar, daryolar, suv omborlari, kanallar, ariqlar
va zovurlar) salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil chiqindilar va axlatlar
tashlamaslik chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim.


Suvni ifloslanishdan himoya qilish muhim va murakkab muam- molardan biridir. Shu maqsadda quyidagi himoyaviy chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi:

  • chiqindisiz va suvsiz texnologiyalarni rivojlantirish; aylanma suv ta’minoti tizimini joriy etish;

  • sanoat, kommunal-maishiy va boshqa oqova suvlarini tozalash;

  • oqova suvlarni nasos bilan yerning chuqur qatlamlariga tashlash;

  • yerusti suvlarini tozalash va qatron qilish.

Oqova (oqindi) suvlar yerusti suvlarini ifloslantiruvchi asosiy manbadir. Shu sababli oqova suvlarni tozalashning samarali metodlarini yaratish va joriy etish dolzarb ekologik vazifa hisoblanadi. Avvalo aylanma suv ta’minoti tizimini joriy etish, shu asosda chiqindisiz va suvsiz texnologiyalarga o‘tish o‘z yechimini kutayotgan vazifalardan biridir.

Oqova suvlarni tozalashning mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik va aralash usullari mavjud. Oqova suvlar suzgichdan o‘tkazish, tindirish va filtrlash kabi yo‘llar, shuningdek oqindi suv yuzasida suzib yuruvchi moddalar (neft, chirkay, yog‘, moy, polimer va h.k.) neft va moy tutqichlar bilan mexanik tozalanadi.

Oqova suvlarni tozalashda kimyoviy va fizik-kimyoviy metod- lardan foydalaniladi. Neytrallash (oqova suvga ishqor qo‘shib, uning kislotalik xususiyatini yoki kislota qo‘shib, ishqorlik xususiyatini yo‘qotish) va oksidlash asosiy kimyoviy usullar hisoblanib, oqova suv ular yordamida zaharli moddalardan tozalanadi. Oqova suvlarni tozalashda koagulatsiya (ammoniy tuzlari, temir, mis kabilardan foydalanib, cho‘kmalar hosil qilish), sorbsiya (loy, ko‘mir, torf


Suv resurslarini himoya qilish


199





kabilardan foydalanib, ifloslovchi moddalarni shimib olish), flotatsiya (oqova suvdan havo o‘tkazish yo‘li bilan neft, moy kabi ifloslov- chilarni o‘ziga ilaktirib oluvchi gazli pufakchalar hosil qilish) kabi fizik-kimyoviy metodlardan foydalaniladi.


Oqova suvlarini tozalashda biologik (biokimyoviy) metoddan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda oqova suv tarkibidagi organik va anorganik moddalardan foydalanib rivojlanadigan mikroorganizmlarga tayaniladi. Biologik (biokimyoviy) tozalash jarayoni tabiiy (sug‘orish maydoni, filtrlash maydoni, biologik hovuz va h.k.) va sun’iy (kislorod bilan boyitilgan va balchiq aralash- tirilgan suv sekin oqib o‘tadigan maxsus yopiq idish, biofiltrlar, oksidlash kanallari va h.k.) metodlar yordamida amalga oshiriladi.

Keyingi yillarda oqova suvni tozalash jarayoniga yangi samarali metodlar joriy etilmoqda: elektrokoagulatsiya va elektroflotatsiyaga asoslangan elektrokimyoviy metodlar; membranali tozalash jarayonlari (ultrafiltrlar, elektrodializ); flotatsiyani yaxshilashga imkon beruvchi magnitli ishlov berish; suvdagi ifloslovchi modda- larni qisqa muddatda oksidlash, koagulatsiyalash va parchalashga imkon beruvchi nurlanishli tozalash; ozonlash — ozon ta’sirida tozalash va h.k.

Ma’lumki, dehqonchilikda pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar suv obyektlarini ifloslashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu jarayonning oldini olish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

  • o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy vositalardan foydalanish me’yorlari va muddatlariga qat’iy amal qilish;

  • dalada pestitsidlarni yoppasiga qo‘llamasdan, tegishli joylarga lentasimon ishlov berish;

  • o‘g‘itlarni donador shaklda, imkoni bo‘lsa, suv bilan birga qo‘llash;

  • zaharli kimyoviy vositalarni o‘simliklarni himoya qilishning biologik metodiga to‘liq almashtirish.

Chorvachilik oqova suvlaridan foydalanish juda murakkab bo‘lib, zararli suvlar sentrifugalash (qorishma suvni mexanik ravishda qismlarga ajratish) yordamida qattiq va suyuq qismlarga ajratiladi. Qattiq qism kompostga (har xil chiqindilardan chiritib tayyorlangan


200





organik o‘g‘itga) aylantirilib, dalaga chiqariladi; suyuq qism (shaltoq) esa maxsus qurilmadan o‘tkazilib, gumusga (chirindiga) aylantiriladi. Parchalanish jarayonida metan, uglerod oksidi va vodorod sulfidi ajralib chiqadi. Ushbu biogaz energiyasidan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.


Sanoat oqova suvlarini yerning chuqur suvli qatlamlariga nasos bilan haydash yerusti suvlari ifloslanishini kamaytiruvchi usullar- dan biridir. Bu usuldan oqova suvlarni amaldagi texnologiyalar yordamida to‘liq tozalash imkoniyati bo‘lmagan vaqtda foydalanish maqsadga muvofiq.

Ichimlik suv ta’minotida foydalaniladigan yerusti suvlarini tozalash va qatron qilishning samarali metodlarini ishlab chiqish va joriy etish muhim muammolardan biri hisoblanadi. Yetarlicha tozalanmagan ichimlik suvi ekologik va ijtimoiy jihatdan xavflidir.

Uzoq yillar davomida suvning biologik ifloslanishiga qarshi kurash usullaridan biri — suvni xlor yordamida tozalash va qatron qilish hisoblangan. Biroq xlorlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi ayon bo‘lgach, uni ozonlash yoki ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berishga o‘tilgan. Ichimlik suvlari tarkibidagi neft mahsulotlari, pestitsidlar va xlorli organik birikmalar esa sorbsiyalash (shimdirish) jarayoni orqali tozalanadi.

Suvni ifloslanishdan himoya qilishda agromelioratsiya va gidro- texnik chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadbirlar yordamida ko‘llar, suv omborlari va kichik daryolarni loyqa va o‘t bosishi, shuningdek, suv havzalari qirg‘oqlarining qulashi, o‘piri- lishi va yemirilishining oldi olinib, ularning tozaligi ta’minlanadi.

Suv obyektlarining sohil bo‘ylarida suv bulg‘anishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish, ularning maqbul suv rejimi va tegishli holatini saqlab turishga mo‘ljallangan suvni muhofaza qilish tegralari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi. Barcha suv obyektlari (hamma suvlar) turli xil ko‘ngilsiz hodisalar yuz berishi hollaridan muhofaza qilinishi kerak. Korxona, tashkilot va muassa- salar, shuningdek, fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:

  • suv obyektlariga ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa xil chiqit hamda chiqindilarni tashlash;


201



  • suvga moy, xas-cho‘p, kimyoviy va neft mahsulotlarini to‘kish;

  • suv havzalarini sanoat, maishiy va boshqa tashlandiq chiqit-
    lar, shuningdek, yerusti va yerosti suvlari sifatini yomonlashtiradigan
    neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg‘atish va ifloslantirish;


  • suvlarni o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalar bilan bul-
    g‘atish.


Tuproqni tobora kuchayib borayotgan
zavolli tanazzul va talafotdan himoya qilish
dehqonchilikda o‘z yechimini kutayotgan o‘ta
jiddiy ekologik muammo hisoblanadi.


Tuproqning ekologik himoyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish;

  • tuproq unumdorligini oshirish maqsadida almashlab ekish va tuproqqa ishlov berish tizimini joriy etish;

  • melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish (tuproq sho‘rlanishi, botqoqlanishi va shu kabilarga qarshi kurash);

  • buzilgan tuproq qatlamini rekultivatsiya qilish — qayta tiklash va yaxshilash tadbirlari majmuyini amalga oshirish;

  • tuproqni ifloslanishdan, uning foydali florasi va faunasini qirilib ketishdan himoya qilish;

  • yerlarni qishloq xo‘jaligida foydalanishdan asossiz istisno qilishga barham berish.

Tuproqlar himoyasi mahalliy-mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi yer-suvlariga murakkab tabiiy hosila (ekotizim) sifatida majmuiy yondashish asosida ta’minlanishi lozim.

Tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

  • yer tuzish ishlariga oid tadbirlar (ekinlarni eroziya jarayonlariga chidamlilik darajasi bo‘yicha taqsimlash);

  • agrotexnik tadbirlar (tuproqni himoya qiluvchi almashlab ekish; ekinlarni o‘stirishda suv oqib ketishini to‘xtatuvchi tashqi tizim va h.k.);

  • o‘rmon melioratsiyasiga oid tadbirlar (dalani to‘sib, suvni tartibga soluvchi ihota o‘rmonli yer bo‘laklari; jarlik va soyliklarga o‘tqazilgan daraxtlar va h.k.);


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə