Ekologiya lotinda p65


Yer (tuproq)ni himoya qilish



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə20/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Yer (tuproq)ni himoya qilish


202





  • gidrotexnika tadbirlari (kanallar, tuproq ko‘tarmalar (roshlar), ariq, zovurlar va h.k.).

Tuproq eroziyasining rivojlanishini gidrotexnik tadbirlar — darhol, agrotexnik tadbirlar — bir necha yillardan keyin, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari 10—20 yildan keyin to‘xtatadi.


Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida almashlab ekish va yerga ishlov berish tizimini joriy etish tuproq eroziyasiga qarshi samarali kurash vositalaridan biridir. «Paxta — bug‘doy», «paxta — sholi», «paxta — beda» va boshqa ekin turlari bo‘yicha xilma-xil ketma-ketlikdagi almashlab ekishlarni joriy etish tuproqlar unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Tuproq ikkilamchi sho‘rlanishining oldini olish — muhim meliorativ tadbir. Ikkilamchi sho‘rlanish — tuproqning ustki qat- lamida o‘simliklarga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi tez eriydigan (kar- bonatli, natriyli, xloridli, sulfatli) tuzlarning to‘planish jarayoni. Sho‘rlanish, asosan, drenaj (yer zaxini qochirish maqsadida quril- gan zovur tizimi) yo‘qligi yoki ishlamasligi sharoitida yerni haddan tashqari va tartibsiz sug‘orish, sug‘orish tizimida suv muvozanati- ning buzilishi, ekin dalalarini minerallashgan suv bilan ortiq sug‘o- rish, sug‘orish kanallarini gidroizolatsiyasiz qurish va hududlarning tabiiy-iqlim xususiyatlari (bug‘lanish, quruq atmosfera yog‘inlari va h.k.) kabilar tufayli ro‘y beradi. Tuproqlar, hatto yengil darajada sho‘rlanganda ham ayrim ekin turlari, masalan, paxta va bug‘doy hosildorligi 50—60 % ga, makkajo‘xoriniki 40—50 % ga kamayib ketadi. Ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish uchun drenaj o‘tka- zish, dalalarga suv berishni tartibga solish, suv tejovchi texnolo- giyalarni (tomchilatib sug‘orish) joriy etish va sug‘orish tizimida gidroizolatsiya ishlarini bajarish zarur bo‘ladi. Bu tadbirlar katta xarajatlarni talab qiladi, biroq ularsiz ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olib bo‘lmaydi.

Tuproq ifloslanishining oldini olish uchun pestitsid va boshqa zararli moddalardan foydalanishga chek qo‘yib, o‘simliklarni himoya qilishning ekologik metodlarini (biologik, agrotexnik) joriy etish, tuproqning o‘z-o‘zidan tabiiy tozalanish xususiyatini oshirish, o‘ta xavfli va turg‘un insektitsidlar (zararli hasharotlarga qarshi mod-


203





dalar)dan foydalanmaslik lozim. Masalan, talovchi hasharotlarni (xonqizi, sassiq qo‘ng‘iz, qumursqa) ko‘paytirib, agroekotizimlarga qo‘yib yuborish.


Hozirgi paytda pestitsidlar va mineral o‘g‘itlardan mutlaqo voz kechilib, biologik dehqonchilikka o‘tish «ekologik toza» mahsulotlar olishga imkon bermoqda. Ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlik harakatlari qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shuningdek, tabiiy murakkab birikma yoki qorishmalar (masalan, yashil qalampirning sarimsoq va tamaki bilan qorishmasi) asosida pestitsidli moddalar yaratish borasidagi ishlarni kuchaytirish ham ijobiy ekologik samara keltiradi.

Haydaladigan yerlarni qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqarish qurilish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi, biroq unga faqat asoslangan zaruriyat tufayli yo‘l qo‘yilishi nazoratga olinishi lozim.

Buzilgan hududlarni rekultivatsiya qilish yer maydonlarini qayta tiklash va xavfsiz holatga keltirish maqsadida amalga oshiriladi. Foydali qazilmalar ochiq usulda qazib olingan yerlar (konlarning o‘yilgan va o‘pirilgan joylari, yaroqsiz jinslar uyumi va h.k.), qurilish ishlari tufayli buzilgan yerlar, qattiq chiqindilar joylangan maydonlar hamda suyuq va gazsimon chiqindilar bilan ifloslanish natijasida buzilgan yerlar o‘zining dastlabki qadr-qimmatini yo‘qo- tadi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Rekultivatsiya jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichga oladi:

  1. texnik rekultivatsiya — buzilgan hududni qayta foydalanishga dastlabki tayyorlash: hudud yuzasi planini tuzish; rekultivatsiya qilinadigan yerga unumdor tuproqni keltirib tashlash; o‘yilgan joylarda qiyaliklar hosil qilish; o‘zlashtirish uchun maydonchalar tayyorlash va h.k.;

  2. biologik rekultivatsiya — tayyorlangan maydonchalarda o‘simliklar qoplamini vujudga keltirish. Bunda buzilgan yerning mahsuldorligi qayta tiklanadi, yashil landshaft shakllanadi, o‘sim- lik, hayvon va mikroorganizmlar uchun yashash sharoitlari yara- tiladi; yer yuzasi suv va shamol eroziyasiga qarshi mustahkam- lanadi va h.k.;


204





  1. rekultivatsiyaning qurilish bosqichi — zaruriyatga qarab
    amalga oshiriladi va tayyorlangan maydonchalarda binolar,
    inshootlar va boshqa obyektlar barpo etiladi.


Rekultivatsiya o‘rmon, qishloq va suv xo‘jaligi, rekreatsiya,
sanitariya-gigiyena va qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.


Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar uchun quyidagilar shart:

  • hududni oqilona tashkil etish;

  • tuproq unumdorligini tiklash va oshirish;

  • yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosish-
    dan, zaxlashdan, qayta sho‘r bosishdan, qaqrab qolishdan, ishlab
    chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan iflos-
    lanishdan himoya qilish;


  • qishloq xo‘jaligi yerlarini dov-daraxt, buta va yovvoyi o‘tlar
    bosib ketishidan va madaniy holatini yomonlashtirishdan himoya
    qilish;


  • buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantirish;

  • yerlarni buzishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish
    va undan foydalanish.


O‘simliklarning populatsiya-tur tarkibi
va sonini saqlab qolish uchun quyidagi tabiat
muhofazasi tadbirlari amalga oshiriladi:


  • o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash;

  • o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;

  • ihota daraxtzorlari barpo qilish;

  • o‘simlik dunyosidan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • o‘simliklar dunyosining ayrim turlarini muhofaza qilish.

O‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash o‘simliklar dunyosidan

foydalanish joylarida yong‘in xavfsizligiga rioya etish va yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yong‘in chiqqan hollarda uni o‘chirish choralarini ko‘rishni qamrab oladi. Shu maq- sadda vertolyot, kuchli o‘t o‘chirish mashinalari va suv purkagich- lar, har qanday sharoitda yura oladigan mashina va buldozerlardan keng foydalaniladi. O‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yong‘inga qarshi to‘siq-g‘ovlar, maxsus mintaqalar tashkil etish ham katta ahamiyat kasb etadi.


Nabotot dunyosini himoya qilish


205





Eng asosiy kuchni yong‘inni o‘chirishga emas, balki uning oldini olishga qaratish lozim. Zero, aksariyat o‘rmon yong‘inlari odamlarning o‘t bilan mas’uliyatsiz munosabati tufayli sodir bo‘ladi. Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.


O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda ularning oldini olish chora-tadbirlari, xususan, nazorat qilish, karantin xizmati va boshqa o‘rmon xo‘jaligi tadbirlari yaxshi natija beradi.

O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda quyidagi davolash-qiruvchi metodlardan foydalaniladi:

  • agrotexnik metodlar (to‘g‘ri almashlab ekish, urug‘larni sara- lash — navlarga ajratish va tozalash, madaniy ekinlarning shikast- lanmaydigan navlarini yetishtirish va h.k.);

  • kimyoviy metodlar (zararkunandalar uchun zaharli bo‘lgan maxsus moddalardan foydalanish);

  • biologik metodlar (zararkunandalarni yirtqich va parazit hasharotlar — entomofaglar, mikroorganizmlar, nematodalar, hasharotxo‘r qushlar yordamida yo‘qotish).

Ihota daraxtzorlari — dalalar, bog‘lar, o‘tloqlar tashqi tomonlari, chegaraviy hududlarida biologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlash uchun chidamli va tez o‘sadigan o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan o‘rmon mintaqasini barpo etish atrofdagi tabiiy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ekin dalalari, yaylov o‘simliklari, mevali daraxtlar va uzumzorlarni sovuq urib nobud bo‘lishdan, shamollar, chang bo‘ronlari, qurg‘oqchilik kabilarning zararli ta’sirlaridan himoya qilinadi. Masalan, Orol dengizining qurigan tubida har yili saksovul va boshqa qumda o‘sadigan o‘simliklardan iborat 15—20 ming gektar ihotazor barpo etilmoqda. Ular qum-tuproqning ustki qatlamini mustahkamlaydi, o‘t-o‘lanlar paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi va biotsenotik xilma-xillikka yordam beradi. Shuningdek, ihotazor shamollar tezligini pasaytirib, zararli qum zarrachalari havoga ko‘tarilishining oldini oladi.

O‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun chorva mollarini o‘tlatish, oziqa mahsulotlari tayyorlash, yovvoyi o‘simliklardan oziq-ovqat va dorivor xomashyosi


206





tayyorlash (yig‘ish), daraxt va butalarni kesish, o‘simlik dunyosidan
ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish,
rekreatsion, estetik va tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foyda-
lanish ishlarini belgilangan me’yorlar va qoidalar asosida tashkil
etish zarur.


O‘simliklar dunyosining ayrim turlarini muhofaza qilish uchun
qo‘riqxonalar, qo‘riqlanadigan tegralar va tabiat yodgorliklarida
ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. «Qizil kitob»ga kiritilgan
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlarini
tayyorlash (yig‘ish) man etiladi. Shuningdek, yo‘qolib ketayotgan
turlarni ko‘paytirish uchun urug‘chilik parvarishxonalari tashkil
etish; yaylovlarda avtomashina va boshqa texnika yurishini taqiq-
lash; fitomeliorativ ishlarni amalga oshirish, chorvani o‘tlatish
me’yorlariga rioya etish kabi tadbirlarni amalga oshirish zarur
bo‘ladi.


Atrofdagi muhitda tabiiy erkinlik holatida
yashaydigan va sun’iy yaratilgan yashash
muhitida boqilayotgan yovvoyi hayvonlarni
muhofaza qilish va ulardan foydalanish dol-


zarb muammolardan biridir. Hayvonot dunyosi — umummilliy
boylik, undan oqilona foydalanish zarur.


Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar:

  • hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan me’yorlari va muddatlariga rioya etishlari;

  • hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta’minlashlari;

  • hayvonot dunyosidan tabiiy galalarining butligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan foydalanishlari;

  • hayvonlar yashash muhitining buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari;

  • hayvonlar miqdori va undan foydalanish hajmini bilishlari;

  • hayvonot dunyosini tiklash va takror yetishtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari shart.

Hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ov qilish; baliq ovlash; hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy- ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish; hayvonlar- ning foydali xususiyatlari va ulardan mahsulotlar olishda foydalanish.


Hayvonot dunyosini himoya qilish


207



Hayvonot dunyosi muhofazasi quyidagilar orqali amalga
oshiriladi:


  • hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan to‘g‘ri foydala-
    nish va ularni takror ko‘paytirish qoidalari va me’yorlarini belgilash;


  • hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklash va taqiqlar
    belgilash;


  • hayvonot dunyosidan foydalanishda belgilangan tartibbuzar-
    liklar va ulardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning oldini
    olish;


  • hayvonlar yashash muhiti, ularning urchish shart-sharoitlari
    va ko‘chib yurish yo‘llari muhofazasini tashkil etish;


  • xo‘jalik faoliyatni amalga oshirish va transport vositalaridan
    foydalanishda hayvonlar nobud bo‘lishining oldini olish;


  • alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish;

  • kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini
    tutqunlikda urchitish;


  • hayvonlarga kasallikka chalinsa yoki tabiiy ofat va boshqa sabablar
    tufayli nobud bo‘lishi xavfi tug‘ilsa yordam ko‘rsatish va h.k.


Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonot dunyosi
turlari «Qizil kitob»ga kiritiladi. Bu toifadagi hayvon turlarining
nobud bo‘lishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash
muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga
yo‘l qo‘yilmaydi.


Hayvonot olamining biologik xilma-xilligi muayyan tabiiy-iqlim
sharoitlariga muvofiq shakllangan tabiiy ekologik tizimlar tufayli
saqlanib turadi. Hayvonot dunyosi O‘zbekiston Respublikasining
«Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq himoya qilinadi.


Yer yoki suv kengliklarining ustuvor
ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekrea-
tsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish aha-
miyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadida


doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqa-
rilgan maydonlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisob-
lanadi.



Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar


208





Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘pay- tirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish hamda foydalanish rejimi o‘rnatiladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljal- langan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.


Tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlab qolish uchun O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda «Xalqaro biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya»ga (Rio-de-Janeyro) qo‘shil- gan. 1998-yilda «O‘zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy strategiya» va Harakatlar rejasi tasdiq- langan. Zero, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muvaffaqiyatli, samarali amalga oshiriladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqsadi va tartiblariga muvofiq quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  • davlat qo‘riqxonalari — tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiyatini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. Masalan, «Baday-to‘qay» davlat qo‘riqxonasi — 2011-yildan «Quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervati»;

  • majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari — alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • tabiat bog‘lari — alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • davlat tabiat yodgorliklari — noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmay- digan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlari bor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;


209





  • ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar — ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar buyurtma qo‘riqxonalar, tabiiy pitomniklar va baliq xo‘jaligi zonalari tariqasida tashkil etiladi;

  • buyurtma qo‘riqxonalar — ayrim tabiiy obyektlar va maj- mualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘l- jallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (biologik — botanik, zoologik; paleontologik, gidrologik — botqoq, ko‘l, daryo; geologik va mineralogik buyurtma qo‘riqxonalar. Masalan, «Sudochye» davlat ornitologik buyurtmaxonasi);

  • tabiiy pitomniklar — o‘simlik va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo‘li bilan ularni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • baliq xo‘jaligi zonalari — suv obyektlarini yoki ularning qismlarini o‘z ichiga oladigan, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun, shuningdek, baliq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • muhofaza etiladigan landshaftlar — kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yerusti va yerosti suvlarining hosil bo‘lish zonalari;

  • kurort tabiiy hududlar — davolash va sog‘lomlashtirish xossa- lariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • rekreatsiya zonalari — turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay geografik va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

  • suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yerusti va yerosti suvlarining hosil bo‘lish zonalari — daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar hamda boshqa suv obyektlarining


210





o‘zanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar; bu zonalar
ifloslanish, bulg‘anish, sayozlanishning hamda suv obyektlari loyqa
bilan to‘lib qolishining oldini olish maqsadida, shuningdek, eng
maqbul suv rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi;


  • ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan
    hududlar — eroziyaga qarshi barpo etilgan o‘rmonlar, shahar
    o‘rmonlari, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markaz-
    larining yashil mintaqalari atrofidagi o‘rmonlar, alohida qimmatli
    o‘rmonlar, yong‘oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy
    ahamiyatga molik o‘rmonlar egallagan yerlar, shuningdek, ovchilik
    xo‘jaliklarining o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish
    uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari; ularga o‘rmon va ovchilik
    xo‘jaliklari misol bo‘ladi.


Atrof-muhitni alohida ta’sirlardan himoya-
lash deyilganda, ishlab chiqarish va iste’mol
chiqindilaridan, shovqinlar, elektromagnit
maydonlari va nurlanishlardan, shuningdek,


biologik ta’sir ko‘rsatishlardan himoyalash tushuniladi.

Chiqindilar fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli, ularning oldini olish, hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalikda oqilona foydalanilishni ta’minlash eng dolzarb muammolardan biriga aylangan.

Bu boradagi vazifalarni to‘g‘ri va samarali hal etish uchun quyidagi tushunchalar mohiyatini bilish va ularni amalda qo‘llash talab etiladi:

  • chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlardan hosil bo‘lgan qoldiqlar, shuningdek, o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);

  • chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindilar- ning hosil bo‘lishi, ularni to‘plab olib ketish, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;

  • chiqindilarni joylashtirish me’yori — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori;


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə