Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə18/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

NAZORAT SAVOLLARI


  1. Agroekotizim nima?

  2. Agrotexnologiyalar atrof-muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  3. Pestitsidlar qanday guruhlarga bo‘linadi?

  4. O‘g‘itlarning qanday turlari farqlanadi?

  5. Ekinlarga oziq moddalar yetishmasligi nimalarda namoyon bo‘ladi?

  6. G‘o‘za o‘sish va rivojlanish jarayonida nechta faza (davr)ni o‘taydi?

  7. G‘o‘zaning issiqlikka, yorug‘likka, suvga va tuproqqa bo‘lgan talablari.

  8. G‘o‘za agrotexnologiyasida almashlab ekishning tutgan o‘rni nimada?

  9. Yerni ekishga tayyorlash va chigit ekishning o‘ziga xos xususiyatlari.

  10. Yaganalash va qator oralariga ishlov berishning ahamiyati nimada?

  11. Nima uchun sug‘orish va o‘g‘itlash me’yorlariga amal qilish kerak?

  12. G‘o‘zani chekanka qilish va paxtani terishning o‘ziga xos xususiyatlari.


  1. bob. QISHLOQ XO‘JALIGI HAYVONLARI EKOLOGIYASI


Chorvachilik — chorva mahsulotlari ishlab
chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi hayvonlarini
boqish va urchitish bilan shug‘ullanadigan
qishloq xo‘jaligi tarmog‘i. Chorvachilikning


ilmiy asosi zootexnika hisoblanadi. Chorvachilik qoramolchilik,
qo‘ychilik, yilqichilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik,
quyonchilik, echkichilik, tuyachilik, cho‘chqachilik, mo‘ynachilik
kabi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi.


Qoramolchilik — sut, go‘sht va teri xomashyosi olish uchun yirik shoxli qoramollarni urchitishga ixtisoslashgan chorvachilikning


Chorvachilikning

ahamiyati


181





ustun sohasi. Yirik shoxli qoramollardan sut, sut-go‘sht va go‘sht mahsulotlari tayyorlanadi. Yirik shohli qoramolchilik mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Mazkur tarmoq respublikaning barcha hududlarida, ayniqsa, shahar atrofi hududlarida keng rivojlangan.


Qo‘ychilik — qo‘y boqish, uni asrash va urchitish bilan shug‘ullanadigan chorvachilik tarmog‘i. Go‘sht, jun va teri xom- ashyosi qo‘ychilikning asosiy mahsulotlari hisoblanadi. Qo‘ychilik respublikamizda, ayniqsa, yaylovlari ko‘p bo‘lgan cho‘l va chala- cho‘l hududlarida keng rivojlangan.

Yilqichilik — ot boqish, uni asrash, urchitish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan chorvachilik tarmog‘i. Ot yuk tashish, minish vositasi va uning go‘shti sifatli parhez taomlardan biri hisoblanadi.

Parrandachilik — parranda go‘shti va tuxumi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chorvachilik tarmog‘i. Parranda parlari, patlari va tezagi ikkilamchi mahsulot hisoblanadi. Parranda patlari va parlaridan maishiy turmushda, tezagidan organik o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Parranda tuxumi va go‘shtini tayyorlash uchun tovuq, o‘rdak, g‘oz, kurka kabi qushlar maxsus boqilib, ko‘paytiriladi.

Asalarichilik — asal olish uchun asalarini parvarish qilish va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan chorvachilik tarmog‘i. Asalarichilik o‘simliklarning hasharotlar vositasida changlanishida muhim o‘rin tutib, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish omilidir.

Pillachilik (ipakchilik) — qurtxonalarda ipak qurtini boqish, parvarishlash va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan chorvachilik tarmog‘i. Pilla — ipak ishlab chiqarish va to‘qimachilik sanoatining qimmatli xomashyosi.

Baliqchilik — suv havzalarida baliqlarni boqish, parvarish qilish, urchitish va ularning zaxiralarini ko‘paytirish bilan shug‘ulla- nadigan chorvachilik tarmog‘i. Baliq yetishtirishda tabiiy va sun’iy suv havzalaridan keng foydalaniladi.

Quyonchilik — quyon boqish, parvarishlash va urchitish bilan shug‘ullanadigan chorvachilik tarmog‘i. Quyon go‘shti, terisi va tiviti asosiy mahsulot hisoblanadi. Quyon go‘shti to‘yimli parhez


182





taom, tiviti yumshoq mato, terisi esa charm-ko‘nchilik sanoatining
qimmatbaho xomashyosi hisoblanadi.


Echkichilik — echki boqish, asrash va urchitish bilan shug‘ul-
lanadigan chorvachilik tarmog‘i. Uning vitaminlarga boy suti,
shuningdek, go‘shti, terisi va junidan foydalaniladi.


Tuyachilik — tuyalarni boqish, parvarishlash va urchitish bilan
shug‘ullanadigan chorvachilik tarmog‘i. Cho‘l va chalacho‘l hudud-
larda keng rivojlangan. Tuyachilikda katta xarajatlar talab etilmaydi,
uning suti, go‘shti va junidan oziq-ovqat va kiyim-kechak sifatida
foydalaniladi.


Chorvachilikda qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun eng muhim
mahalliy organik o‘g‘it — go‘ng vujudga keladi. Ekin maydonlarining
har bir gektariga yiliga o‘rta hisobda 20—30 tonna go‘ng solinsa,
tuproqning oziqa, havo, suv, issiqlik rejimlari va mexanik tarkibi,
shuningdek, meliorativ holati tubdan yaxshilanadi. Shu sababli,
dehqonchilik bilan chorvachilikni birgalikda olib borish qishloq
xo‘jaligi ekologiyasi masalalarini hal qilishda o‘ziga xos ahamiyat
kasb etadi. Buning boisi shundaki, chorvachilik moddalarning
tabiatdagi kichik aylanma harakatida, ya’ni «tuproq — o‘simlik —
hayvon — tuproq» tizimida agroekologiyaning muhim tabiiy tarkibiy
qismiga aylanib qoladi.


Chorva mollarining yemishi dag‘al xashak, sersuv oziqalar va
yaylov o‘tlaridan iborat bo‘lib, asosan, ko‘p yillik o‘tlarga (beda,
esparset, sebarga) asoslanadi. Shuningdek, ko‘p yillik o‘tlar tup-
roqning shamol va suv eroziyasiga uchrashining oldini olib, tup-
roqni organik moddalar bilan boyitadi. Parranda va cho‘chqalarni
boqishda ularning oziqasiga vitaminlar va aminokislotalar qo‘shiladi.
Odatda, qishloq xo‘jaligi hayvonlari mahsuldorligi go‘shtining sifati,
sersutligi va sutining yog‘liligi, tuxumi kabi mahsulotlarga qarab
baholanadi va tanlanadi. Bunda ularning tashqi muhitga moslashishi,
yuqumli kasalliklarga chidamliligi kabi omillar deyarli hisobga
olinmaydi.


Sifatsiz oziqalar chorva mollari organiz-
miga, ularning ovqat hazm qilish tizimiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori yoki past



Chorva mollarining kasallanishi


183





harorat chorva mollarining zich bo‘lib yashashiga, kuchli shovqinlar
yoki transportda tashishlar ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi.


Chorva mollari sog‘lig‘iga ko‘pincha molxonadagi havo rejimi
katta ta’sir ko‘rsatadi. Molxonalarda zararli gazlar ko‘p to‘planadi.
Molxonalar havosi ochiq havoga nisbatan karbonat angidrid, metan
kabi gazlar ko‘pligi bilan farqlanadi. Yorug‘lik yetishmasligi chorva
mollarining asab tizimi, ichki shira bezlari va jinsiy holatiga,
shuningdek, mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Havodagi
changlar va kasallik tarqatuvchi mikroblar katta masofalarga tez
tarqalib, mollarning havo orqali zararlanishiga sabab bo‘ladi.


Havo orqali zararlanish mollar o‘pkasining shamollashiga olib
keladi. Bunda kasallik tarqatuvchi mikroblar havo yo‘llari orqali
o‘pkaning shilliq qavatiga tez (oshqozon yo‘llariga nisbatan 20 marta
ko‘p) so‘riladi. Mollar ustida o‘tkazilgan tekshirishlar shuni
ko‘rsatdiki, havo orqali zararlanishda salmonelloz kasalligining
organizmga kirishi va tarqalishi juda tez ro‘y beradi. Shuningdek,
chorva mollari havo orqali tarqalmaydigan brutselloz (odamga
hayvonlardan o‘tadigan yuqumli kasallik), Sibir kuydirgisi kabi
kasalliklar bilan ham kasallanishi mumkin.


Chorva mollarining noqulay tashqi va
ichki omillardan kuchli ta’sirlanishiga asa-
biylashish deyiladi. Asabiylashish turli xil
omillar ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin: ha-


voning keskin o‘zgarishi (yuqori yoki past harorat); hayvonlarning
o‘zaro kelishmasligi, veterinariya xizmati, qurilish-ta’mirlash
ishlari, qo‘pol muomala va shu kabilar.


Chorva mollarining qo‘rqishi, vahimaga tushishi natijasida ularning qonida adrenalin miqdori oshgan holda organizmning asabiylashishga qarshi immuniteti (kasal yuqtirmasligi va unga qarshi kurashish qobiliyati) pasayadi. Agarda asabiylantiruvchi omillar ta’siri o‘ta kuchli yoki davomli bo‘lsa, hayvonlar oza boshlaydi va bu oxir-oqibat ularning o‘limiga olib kelishi mumkin.

Chorva mollari asabiylashishining asosiy sabablaridan biri — ularning xulq-atvori hisoblanadi. Bunday asabiylashishga psixik asabiylashish deyiladi. Qoramollar bog‘lanmasdan boqilsa, psixik


Chorva mollarining asabiylashishi


184





asabiylashish ularning mahsuldorligi va nasl berishi kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.


Chorva mollari muayyan guruhlarga ajratilsa yoki qo‘shilsa, ular o‘rtasida kelishmovchilik yoki to‘qnashuvlar kelib chiqadi. Buning asosiy sababi har bir individning guruhda o‘z o‘rni — hukmronlik o‘rnatishi va yuqori o‘rinni egallashga intilishi hisoblanadi. G‘olib chiqqan individga boshqalari dam olish joylarida, oziqa oxurida yoki suv ichiladigan joylarda yo‘l berishadi. Guruhda g‘olib individga yo‘l beradigan, lekin boshqalaridan o‘zini yuqori tutadigan boshqa individ bo‘lishi mumkin. Bunday individ guruhda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shu tariqa guruhda uchinchi o‘rinni egallaydigan individlar ham topilib qoladi. Shu asosda guruhda o‘ziga xos ichki tartib o‘rnatiladi. Bunday tartibda har qanday individ o‘zidan ustun turuvchi individ bilan to‘qnash kelmaydi. To‘qna- shuvlar tugagach, guruh tinchib qoladi. Guruh qancha kichik bo‘lsa, tinchlanish shuncha tez sodir bo‘ladi. Guruhga yangi individ kelib qo‘shilsa, tartib yana buziladi va jarayonlar qaytalanadi.

Guruh ichida to‘qnashuvlar davom etarkan, chorva mollari qisman psixik asabiylashish holatda bo‘lishi ularning mahsuldorligi keskin kamayishiga olib keladi. Ayniqsa, asab tizimi kuchsiz, hurkak, qo‘rqoq va jamoada quyi o‘rinlarni egallagan individlarga qiyin bo‘ladi. Molxonada yaxshi tartib o‘rnatilsa ham u tor bo‘lsa, dam olish joylari yetishmasa va oziqlanish oxurlari uzunligi yetarli bo‘lmasa nochor, guruhda quyi o‘rin egallagan individlar qiyna- lishadi. Bunday toifadagi individlar oziqlanish va dam olish uchun guruhda ustun o‘rin1arni egallagan individlarga nisbatan ancha kam vaqt sarflaydi.

Asab tizimi yomon, urishqoq chorva mollarini bog‘lamasdan boqib bo‘lmaydi. Hukmronlik uchun kurashish, talashish nafaqat qoramollar ichida, balki boshqa qishloq xo‘jaligi hayvonlari turlarida ham uchraydi.

Psixik asabiylashish cho‘chqa, lekoron tovuqlari kabi turlarda ko‘proq uchraydi. Cho‘chqalar turli qitiqlovchi ta’sirotlarga tez beriluvchan bo‘ladi. Buni cho‘chqa tor joyga qamalib qolganida kuza- tish mumkin. Bunday holatda cho‘chqa bor kuchini qamalib qolgan


185





joyidan chiqib ketishga sarflaydi, uning qo‘rquvi shunchalik kuchli
bo‘ladiki, hatto o‘lib qolishi ham mumkin. Undagi hayajonlanish
holati boshqa cho‘chqalarga ham ko‘chadi. Cho‘chqalarni veterinariya
ko‘rigidan o‘tkazish yoki transportga ortishda ham shunday holat
kuzatiladi. Nochor tug‘ilgan cho‘chqa bolalari ham asabiylashishga
sababchi bo‘lishi mumkin.


Cho‘chqaxonalar sharoiti va oziqlantirishning yetarli emasligi
cho‘chqalarda homilaning me’yorida rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, chala (yetilmagan, kasalliklarga chalingan) tug‘ilish sodir
bo‘lishi mumkin. Buzoqlarning kasallanishiga ko‘pincha ularni
barvaqt sutdan ajratish ham sabab bo‘ladi.


Chorva go‘ngini saqlash va undan foyda-
lanish qoidalarini buzish atrof-muhitga katta
ziyon keltirishi va xavf tug‘dirishi mumkin.
Odamlar axlati kabi yovvoyi hayvonlar va chorva


mollari tezaklari ham turli xil yuqumli kasallar keltirib chiqaradigan
manba hisoblanadi.


Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, go‘ng orqali atrof-muhitga 100 dan ortiq kasallik tarqalishi mumkin. Bunga sil kasalligi, brutselloz, Sibir kuydirgisi, cho‘chqa o‘lati, oqsim va sariq kasalliklari hamda parazit chuvalchanglar, gijjalar keltirib chiqaradigan kasalliklar kiradi.

Kasallik tarqatishda cho‘chqa go‘ngi juda xavfli hisoblanadi, uning go‘ngida kasallik tarqatuvchi qurtlar juda ko‘p bo‘ladi. Parrandalar axlati ham juda zararli hisoblanadi. Go‘ng saqlash va uni yerga solish qoidalari buzilsa, u atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanadi. Bundan tashqari, go‘ngda hayvonlar oshqozonida hazm bo‘lmagan begona o‘t urug‘lari ham bo‘ladi. Shu sababli go‘ngdagi begona o‘t urug‘lari hamda mikroorganizmlarni yo‘qotish uchun go‘ng maxsus xandaqqa solinib, chiritiladi.

Namligi 70 % bo‘lgan go‘ng termofil bakteriyalar ta’sirida 70°C gacha qizishi mumkin. Bunday sharoitda azotli va boshqa organik moddalarning bir qismi qayta o‘zgarishga uchraydi, biroq kasalliklar tarqatuvchi mikroorganizmlar halok bo‘ladi, shuningdek, begona


Go‘ng saqlash va undan foydalanish


186





o‘t urug‘lari chirib, unib chiqish xususiyatini yo‘qotadi. Bunday
go‘ng sanitariya jihatidan xavfsiz hisoblanadi.


Chorvachilik atrof-muhitni kimyoviy, me-
xanik va bakteriologik ifloslantiradi. Bu holat yirik
chorvachilik majmualari atrofida yashovchi
odamlar uchun birmuncha qiyinchiliklar kelti-
rib chiqaradi.


Chorvachilikda kimyoviy ifloslanish chorva mollarining hayot faoliyati, go‘ngi va siydigining parchalanishi tufayli vujudga kelgan zararli moddalar shaklida sodir bo‘ladi. Ular miqdorining yuqoriligi chorva mollarining ko‘zi va nafas yo‘llarini qitiqlaydi, o‘pkasini yallig‘laydi, asab tizimini zararlaydi va organizmning harakatchan- ligini pasaytiradi.

Chorvachilikda vujudga kelgan zararli moddalar odamlarda turli xil noxushliklarni (bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qon bosimining oshishi, asab tizimining buzilishi va h.k.) keltirib chiqaradi.

Molxonalardan havoga ajralib turadigan mayda zarrachalar — changlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, changlarga yopishgan holda juda ko‘p mikroorganizmlar havoga tarqaladi. Ko‘pincha, cho‘chqachilik va parrandachilik fermalari atrofidagi daraxtlarning qurib qolish holatlari kuzatiladi.

Odatda, molxonalardan 1,5—2 km.gacha bo‘lgan masofada kuchsiz va o‘ziga xos molxona hidi doimiy sezilib turadi. Molxonalardan o‘rtacha 200 metrlik masofada havoning yuqori bakteriologik ifloslanishi kuzatiladi. Shu sababli, chorvachilik majmualaridan tarqalayotgan ifloslangan havoning ta’sirini aniq- lash va kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, mol- xonadan 1,5—2 km masofada havodagi ammiak miqdori 0,44 mg/m3, 2,5 km masofada 0,40 mg/m3, 3 km masofada 0,35 mg/m3, 3,5 km masofada 0—0,22 mg/m3.ni tashkil qilishi aniqlangan (yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdor — 0,08 mg/m3). Demak, chorvachilik inshootlarini aholi yashash joylaridan kamida 4—5 km uzoqlikdagi masofada qurish ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


Chorvachilikda

muhitning

ifloslanishi


187



NAZORAT SAVOLLARI


  1. Chorvachilik qaysi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi?

  2. Nima sababdan chorva mollari kasalliklarga chalinadi?

  3. Chorva mollarining asabiylashishiga qaysi omillar kuchli ta’sir ko‘rsatadi?

  4. Go‘ng saqlash va undan foydalanish qoidalarining buzilishi nimalarga olib keladi?

  5. Qanday go‘ng sanitariya jihatidan xavfsiz hisoblanadi?

  6. Chorvachilikda muhitning ifloslanishi qanday sodir bo‘ladi?

  1. bob. QISHLOQ XO‘JALIGI EKOLOGIYASI, TABIATDAN FOYDALANISH VA ATROF-MUHIT HIMOYASI


Qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlari
ekologiyasi amaliy ekologiyaning eng muhim
yo‘nalishlari hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi
ekologiyasi abiotik va biotik omillarning mada-


niy o‘simliklarga, shuningdek, yer-suvlarda yashovchi organizmlar
to‘dalari tuzilmasi va rivojlanish sur’atiga ta’sirini o‘rganadi.


Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi agroekotizimlarda ekinlar hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida biotsenoz tamoyillarini qo‘llagan holda yangi qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ishlab chiqadi. Jumladan, sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalar, gen muhandisligi, aralash dehqonchilik, o‘simliklarni himoya qilishning biologik metodi va shu kabilar.

Agroekotizimlar — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida inson tomonidan sun’iy yaratilgan va muntazam qo‘llab- quvvatlab turiladigan o‘zgaruvchan ekotizimlar (dalalar, yaylovlar, polizlar, bog‘lar, uzumzorlar va h.k.). Agroekotizimlarda tabiiy biotsenozlarga nisbatan tirik organizmlar xilma-xilligi keskin kam bo‘lib, inson tomonidan madaniylashtirilgan turlar esa sun’iy tanlash yo‘li bilan doimo qo‘llab-quvvatlab turiladi va ularda o‘z- o‘zidan ichki tabiiy boshqarilish juda kuchsiz ifodalanadi. Odatda, agroekotizimlarda tabiiy biotsenozlarga nisbatan biologik mahsuldorlik ancha yuqori bo‘ladi. Masalan, chalacho‘l yoki dasht fitotsenozlarida sof, birlamchi mahsulot yiliga 100—1500 g/m2.ni tashkil qilsa,


Agroekotizimlar va tabiatdan foydalanish


188



haydaladigan yerlarda bu ko‘rsatkich 4000 g/m2.ni tashkil qilishi mumkin.

Dunyo yer resurslarining 30 % ga yaqinini agroekotizimlar egallagan. Ularda ekinlar hosili va chorvachilik mahsulotlari bilan, shuningdek, tuproq yemirilishi natijasida moddalar va energiyaning chiqib ketishi (ko‘chishi) ro‘y beradi. Bu yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun agrolandshaftlarga inson tomonidan qo‘shimcha oziq moddalari (azotli, fosforli, kaliyli va organik o‘g‘itlar), shuningdek, ijobiy samarasidan tashqari, salbiy oqibatlar ham keltirib chiqaradigan pestitsidlar kiritiladi. Bular barqaror agroekotizimlarni vujudga keltirishga imkon beradi.

Qishloq xo‘jaligi ekologiyasining muhim vazifalaridan biri quyidagi chora-tadbirlar orqali agroekotizimlarning biologik imkoniyatlarini faollashtirishdan iborat:

  • o‘simlik va hayvonlarning moslashgan navlari va zotlari seleksiyasi;

  • almashlab ekishdan foydalanish;

  • agroekotizimlarning biologik xilma-xilligini ko‘paytirish;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlari tuzilmasini ekologik maqbullashtirish.

Hech bir ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidek atrof-muhit bilan

bevosita va mustahkam bog‘lanmagan. Qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan har qanday chora-tadbir mahalliy tabiiy sharoitlar va resurslarni qat’iy hisobga olishni taqozo qiladi hamda atrof- muhitga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida mahalliy tabiiy sharoitlar va tabiatni muhofaza qilish qoidalarini e’tiborga olmaslik, agrotexnikadan noto‘g‘ri va qo‘pol foydalanish, agrotexnologiyalar buzilishiga yo‘l qo‘yish atrof-muhit sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi atrof-muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylanadiki, bu muayyan hududlar tabiatida jiddiy o‘zgarishlar sodir qiladi:

  • haydalma yer maydoni va yaylov chorvachiligi kengayishi oqibatida uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida vujudga kelgan tabiiy ekotizimlar — biotsenozlar o‘rnini inson tomonidan sun’iy yaratil- gan ekotizimlar— agrotsenozlar tobora ko‘p egallay boshlaydi;


189





  • qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, to‘qay va o‘rmonzorning yo‘qolishi, ko‘llarning qurishi kabilar natijasida yovvoyi hayvonlar, qushlar va hasharotlarning tabiiy yashash muhiti buzilib, ularning oziq manbayi qisqarishi bois boshqa joylarga ko‘chib ketishi yoki turlar soni va xilma-xilligi kamayishi kuzatiladi;

  • tabiiy o‘simliklar qoplamining buzilishi va yerga noto‘g‘ri ishlov berish tufayli tuproqlar tarkibi o‘zgaradi, unumdorligi pasayadi, namligi kamayib, havoda chang zarrachalari ko‘payishi ro‘y beradi;

  • ekinlarni sug‘orish usullari va me’yorlariga rioya qilmaslik dalalarning ortiqcha namlanishi va ikkilamchi sho‘rlanishiga, suv isrofgarchiligiga olib keladi;

  • mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalardan me’yoridan ortiq foydalanish va ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik atrof- muhitning tabiatga yot bo‘lgan xilma-xil moddalar bilan ifloslanishi va tirik organizmlar hayot faoliyati buzilishiga sababchi bo‘ladi;

  • yirik chorvachilik va parrandachilik inshootlari qurilishi atrof- muhitning chiqindilar bilan ifloslanish imkoniyatlarini oshiradi;

  • yaylovlardan tartibsiz foydalanish va chorva mollarini ortiqcha o‘tlatish ular maydonining qisqarishi va mahsuldorligi pasayishiga, undagi ayrim o‘simlik turlari yo‘qolib ketishiga olib keladi;

  • qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport vositalaridan epsizlik va noshudlik bilan foydalanish tuproqning zichlashuviga, nam saqlash hamda suv o‘tkazuvchanlik xossalari buzilishiga, muhitning yonilg‘i-moy qoldiqlari hamda zaharli gazlar bilan ifloslanishiga olib keladi.

Yuqorida ta’kidlangan salbiy holatlarning oldini olish yoki ularni to‘liq bartaraf qilish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tabiatdan to‘g‘ri foydalanishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari bilan birga qo‘shib olib borish talab etiladi:


  • dehqonchilik tarmoqlarini mahalliy tabiiy sharoitlar, shuningdek, ularning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini hisob- ga olgan holda tashkil qilish va rivojlantirish;

  • yer-suv, nabotot va hayvonot dunyosi, mahalliy va mineral o‘g‘itlar hamda yonilg‘i-moylash vositalaridan unumli va tejamli foydalanish;


190





  • mahalliy o‘simlik va hayvonot dunyosini tabiatning irsiy boyligi, agroekotizimlarni biosfera tarkibiy qismi sifatida muhofaza qilish;

  • dehqonchilik va chorvachilikni tashkil etishda ekologik omillar va tabiat muhofazasi tadbirlarini qat’iy hisobga olish;

  • melioratsiya ishlarini tabiatni muhofaza qilish talablariga muvofiq amalga oshirish va ihota daraxtzorlari maydonini kengay- tirish;

  • sanoat, transport va yo‘l qurilishi tufayli buzilgan yerlarni qayta tiklash va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish;

  • yaylovlar va tabiiy yem-xashak maydonlari holatini yaxshilash;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda kamchiqitli va chiqitsiz texnologiyalarga o‘tish;

  • mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalardan foydalanishning yangi usullarini qo‘llash asosida atrof-muhit ifloslanishini kamay- tirish;

  • tuproq, suv va havo sifati hamda holatini doimiy nazorat qilish.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ekologik rivojlantirishga yangicha yondashuvlardan bin — kam chiqitli va chiqitsiz texno- logiyalarni yaratish va joriy etish hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligida chiqitsiz texnologiya — bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda «xom- ashyo resurslari (yer-suv va h.k.) — ishlab chiqarish (agrotexnolo- giyalar, mahsulotlar va h.k.) — iste’molchi (odam, iqtisodiyot tarmoqlari va h.k.) — ikkilamchi resurslar (quruq poya, chiqindilar va h.k.)» majmuyida xomashyo va energiyadan oqilona va har tomonlama foydalaniladi, ya’ni atrof-muhitga ko‘rsatiladigan antropogen ta’sirlar mazkur majmuaning me’yorida ishlab turishini buzmaydi.

Qishloq xo‘jaligida eng kam miqdorda qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilar ajralib chiqishiga imkon beruvchi texnologiyalar — kam chiqitli texnologiyalarga o‘tish ham dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu atrof-muhitga antropogen ta’sirlarni mumkin qadar kamay- tirishga imkon beradi.


191





Keyingi yillarda mikroorganizmlar yordamida mahsulotlar
yaratishga asoslangan biotexnologik jarayonlarga qiziqish kuchay-
moqda. Ayni paytda biotexnologiyalar atrof-muhit muhofazasida
keng qo‘llanilmoqda:


  • oqova suvlar va maishiy chiqindilarni anaerob bijg‘ish yor-
    damida foydalanishga qayta tiklash;


  • tabiiy va oqova suvlarni organik va anorganik birikmalardan
    biologik tozalash;


  • ifloslangan tuproqlarni mikroblar yordamida qayta tiklash,
    oqova suvlar cho‘kindilari tarkibidagi og‘ir metallar ta’sirini yo‘qo-
    tishga layoqatli mikroorganizmlar yaratish;


  • o‘simlik chiqitlaridan (to‘kilgan barglar, poxol va h.k.) organik
    o‘g‘itlar tayyorlash (biologik oksidlanish) va h.k.


Atrof-muhit sifati tushunchasi orqali
tabiiy muhit xususiyatlarining inson ehtiyoj-
lari va texnologik talablarga muvofiqlik da-
rajasi tushuniladi. Tabiat muhofazasiga oid


barcha tadbirlar asosiga atrofdagi tabiiy muhit sifatini me’yorlash
tamoyili qo‘yilishi lozim. Bu atama insonning atrofdagi tabiiy muhitga
yo‘l qo‘yiladigan ko‘lamda ta’sir ko‘rsatish me’yorlari (ko‘rsat-
kichlari) o‘rnatilishini ifodalaydi.


Tabiiy muhit sifatini belgilaydigan ekologik me’yorlarga rioya qilish quyidagilarni ta’minlaydi:

  • aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash;

  • odam, o‘simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlash;

  • tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish va ularni qayta tiklash.

Ekologik me’yorlarning boshlang‘ich qiymati (kattaligi) qan-

chalik kam (kichik) bo‘lsa, atrofdagi tabiiy muhit sifati shuncha soz (yuqori) bo‘ladi.

Atrofdagi tabiiy muhit sifati va unga ta’sir ko‘rsatishning asosiy ekologik me’yorlari:

sanitariya-gigiyena me’yorlari:

  • zararli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy ulushi;

  • tabiiy (fizikaviy) ta’sirlarning (shovqin, tebranish, ionlashgan nurlanish va h.k.) ruxsat etilgan darajasi;


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə