Ekologiya lotinda p65


Atrof-muhitni alohida ta’sirlardan himoyalash



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə21/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Atrof-muhitni alohida ta’sirlardan himoyalash


211





  • chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda ko‘mib tashlash uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;

  • chiqindilarni ko‘mib tashlash — chiqindilarni kelgusida foydalanish imkoniyatidan voz kechgan holda ajratib qo‘yish;

  • chiqindilarni saqlash — ko‘mib tashlash, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida chiqindilar olib ketilguncha ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;

  • chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qim- matli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;

  • chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarni amalga oshirish;

  • chiqindilarning hosil bo‘lish me’yori — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;

  • xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.

Har bir fuqaro (jismoniy shaxs) chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda muayyan huquqlarga ega bo‘lgani holda ular belgilangan sanitariya me’yorlari va qoidalariga rioya qilishlari hamda maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plab olib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalan- ganlik uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishlari shart.


Korxona, tashkilot va muassasalar (yuridik shaxslar) chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda quyidagilarga majbur:

  • chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda belgilangan sanitariya-ekologik me’yorlar va qoidalarga rioya etish;

  • chiqindilar hisobini yuritish, ular to‘g‘risida hisobot taqdim etish;


212





  • chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlash;

  • resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning to‘planishi, lozim darajada saqlanishini ta’minlash hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • chiqindilarning ruxsat etilmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va ko‘mib tashla- nishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • chiqindilar joylashtirilgan o‘z obyektlarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat olib borish;

  • chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish paytida holati buzilgan yer maydonlarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazish;

  • chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindi bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga berish, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda ko‘mib tashlanishini ta’minlash;

  • chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash;

  • chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va h.k.

Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga yoki atrof-muhitga zarar yetkazilganda, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlashning texnikaviy yoki boshqa imkoniyati bo‘lmay turib, xavfli chiqindilar hosil bo‘lgan hollarda korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi mumkin.


Chiqindilarni saqlash sanitariya me’yorlari va qoidalari va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanilishni ta’minlovchi usullarda amalga oshiriladi. Chiqindilar ko‘mib tashlanadigan joy mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi. Xavfli chiqindilarni tashish ruxsatnoma asosida maxsus jihozlangan transport vositalarida amalga oshiriladi.

Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-


213





madaniy ahamiyatga molik yerlarda, suvni muhofaza qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari atrofida, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda obyektlarga tahdid kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.


Chiqindilarni yig‘ish va tashishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yetishmovchiliklar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • chiqindilarni olib ketadigan maxsus avtomobillar yetishmasligi;

  • chiqindi konteynerlari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik;

  • korxonalar va aholi tomonidan chiqindilarni mo‘ljallanmagan hududlarga noqonuniy olib chiqish va yig‘ish;

  • aholi istiqomat qiladigan hududlarda chiqindixonalarning tartibsiz ko‘payishi va h.k.

Chiqindixonalar tegishli muhandislik-himoya chorasi ko‘rilgan holda tashkil etilishi, ularning atrof-muhitga yetkazayotgan ta’siri nazoratga olinishi, chiqindixonalar joylashgan maydonlarda yoqim- siz changlar paydo bo‘lishi, qo‘lansa hidlar tarqalishi, suv obyekt- lari ifloslanishi va havoga metan va boshqa zaharli gazlar ajralib chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

Zaharli chiqindilar, jumladan, margimush, og‘ir metallar va pestitsidlar inson organizmida o‘tkir va surunkali xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tez yonuvchan moddalar, jumladan, turli xil erituvchilar va bo‘yoqlar qoldig‘i esa tirik organizmlar to‘qimalarini shikastlantiradi. Kimyoviy faol chiqindilarga foydalanish muddati tugagan preparatlar va kislotalar mansub bo‘lib, ular suv va havo- dagi moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, portlash yoki zaharlovchi moddalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ayrim toifadagi shifoxonalar chiqindilari ham aholi salomatligiga katta xavf tug‘diradi. Atrof-muhitni shovqin, elektromagnit maydonlari va nurlanishlardan, shuningdek, biologik ta’sir ko‘rsatishlardan himoyalashga ham jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.

Atrof-muhitning ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish, shovqin va nurlanishlardan himoyalash tabiiy sharoit hamda resurslardan bioekologik muvozanatni


214





buzmasdan oqilona, majmuiy foydalanishga, turmushda, xo‘jalik
yuritishda ekologik xavfsiz zamonaviy texnika-texnologiyalarning keng
joriy etilishiga, shuningdek, aholining ekologik madaniyat darajasi
va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatiga chambarchas bog‘liqdir.


Odamlar qurbon bo‘lishi, ularning sog‘-
lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishi,
jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishi
hamda hayot faoliyatining sharoiti izdan
chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki


olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa
ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat favqulodda
vaziyat deyiladi.


Muayyan hududda favqulodda vaziyatlar ro‘y berish xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa odamlar sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmuyi qo‘llanilib, favqulodda vaziyatlarning oldi olinadi.

Muayyan hududda favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda, odamlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalar chegaralanib, xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar majmuyi o‘tkazilib, favqu- lodda vaziyatlar bartaraf etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududi mavjud ekologik vaziyat murakkabligi darajasidan kelib chiqilgan holda quyidagi zonalarga taqsimlangan:

  • 0-zona — qulay ekologik vaziyatli;

  • 1-zona — og‘ir ekologik vaziyatli;

  • 2-zona — favqulodda ekologik vaziyatli;

  • 3-zona — ekologik ofat (halokat).

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ekologik vaziyatni majmuiy baholash ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, ekologik ofat (halokat) zonasida respublika hududining 8 % i joylashgan bo‘lib, unda mamlakat aholisining 0,1 % i yashaydi, favqulodda ekologik


Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish


215





vaziyatli zonada 29 % i hudud joylashgan bo‘lib, unda aholining 12 % i yashaydi. Og‘ir ekologik vaziyatli zonada mamlakat hududi- ning 37 % i joylashgan bo‘lib, unda aholining 41 % i yashaydi, qulay ekologik vaziyatli zonada esa mamlakat hududining 26 % i joylashgan bo‘lib, unda jami aholining 47 % i istiqomat qiladi.


Orolbo‘yida tang ekologik vaziyat vujudga kelgan. Qoraqalpo- g‘iston Respublikasida qulay ekologik vaziyatli zonalar mavjud emas. Mo‘ynoq tumani ekologik ofat (falokat) zonasiga kiritilgan, Shumanay tumani og‘ir ekologik vaziyatli zonada joylashgan, qolgan hududlar favqulodda ekologik vaziyatli zonada joylashgan. Xorazm viloyatida favqulodda ekologik vaziyatli (Urganch, Xazorasp, Yangibozor tumanlari, Urganch shahri), og‘ir ekologik vaziyatli (boshqa tumanlar) va qulay ekologik vaziyatli (Pitnak shahri) zonalar farqlanib, ekologik ofat (halokat) zonasi mavjud emas.

Tabiiy ofatlar (zilzila, sel, toshqin va boshq.) xavfi tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda ko‘plab qurbonlar va katta moddiy zararlarga olib kelishi mumkin. Yuz berishi mumkin bo‘lgan transchegaraviy favqulodda vaziyatlar manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • kuchli zilzilalar o‘choqlari, sel-toshqinlari xavfi mavjud bo‘l- gan baland tog‘ ko‘llari to‘g‘onlarining buzilish xavfi;

  • gidrotexnik qurilmalardagi falokatlar va yirik suv omborlari to‘g‘onlarining yorilishi hollari natijasida aholi yashash joylarini suv bosishi xavfi;

  • Qirg‘iziston va Tojikiston hududidagi chegaraoldi zonalarda radioaktiv va kimyoviy xavfli bo‘lgan chiqindixonalar va tarkibida kimyoviy modda bo‘lgan tog‘ jinslari uyumlari mavjudligi, daryolar va atmosferaga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning tashlanish xavfi;

  • Sarez ko‘li to‘g‘onining buzilishi natijasida falokatli sel-toshqin oqimi xavfi;

  • qo‘shni davlatlardan xavfli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilarning (o‘tishi) olib kirilish xavfi va h.k.

Xavfli gidrometeorologik holatlarni kuzatish tizimi, noqulay vaziyatlar ro‘y berishini bashorat qilish va tegishli chora-tadbirlar ko‘rish usullarini ishlab chiqish zarurati quyidagilarni talab qiladi:


216





  • sel oqimlari, toshqinlar, qor uyumlari ko‘chishi va shu kabi- larni yerdan, aerokuzatuv va sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish tarmog‘ini tashkil qilish;

  • xavfli gidrometeorologik holatlarni bashorat qilish usullarini ishlab chiqish hamda transchegaraviy oqimlar holati va tuproq, atmosfera havosi va yerusti suvlari ifloslanishini baholash;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va yuqori sifatli aerokosmik suratga olish materiallari asosida yerlarni monitoring qilishni tashkil etish hamda harakatdagi sel va toshqinga qarshi himoyalash tizim- larini tiklash va yangilarini qurish;

  • yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik holatlar haqida oldindan xabar berish tizimlarni tashkil qilish va ularni boshqarish qoidalarni ishlab chiqish, shuningdek, bu borada o‘zaro harakatlar tizimlarini takomillashtirish.

Texnogen falokatlar va ofatlar quyidagi sabablar tufayli sodir bo‘lishi mumkin:


  • xavfli moddalarni ishlab chiqaruvchi, ishlatuvchi, qayta ish- lovchi, saqlovchi, hosil qiluvchi yoki tashuvchi obyektlardagi halokatlar;

  • yonilg‘i-energetika, kimyo va kommunikatsiya tarmoqlari obyektlaridagi halokatlar;

  • temiryo‘l va aviatsiya transportidagi, avtomobil yo‘llari va magistral truboprovodlardagi falokatlar;

  • gidrotexnika inshootlardan foydalanish tartibi va qoidalarini buzish;

  • qurilmalarning to‘satdan buzilishi va texnologik tarmoqlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa xavflar.

Aholi va ichki hududlarga xavf soluvchi manba bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • atmosferaga kuchli ta’sir etuvchi va yonish tufayli zaharli moddalar chiqishi, sanoatlashgan tumanlarda yerosti va yerusti suvlari ifloslanishi natijasida katta zaharlanish zonalarining vujudga kelishi;

  • aloqa, energiya va suv ta’minoti tizimlari me’yorda ishlashining buzilishi, transport tizimi ishidagi uzoq muddatli buzilishlar;

  • hayot faoliyatini ta’minlash tizimlaridan foydalanish tartibi va yashash sharoitlarining buzilishi;


217





  • aholining salomatligiga zarar yetishi yoxud tiklab bo‘lmas yo‘qotishlar, odamning moslashuvchanlik imkoniyatlari chegara- lanishi natijasida ruhiy faoliyatining buzilishi va h.k.

Korxona, tashkilot va muassasalar (yuridik shaxslar) xodimlar hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni favqulodda vaziyatlar- dan muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni rejalashtirishlari, moliyalashlari va amalga oshirishlari shart. Shuningdek, fuqarolar zimmasiga quyidagilar yuklatilgan:


  • xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texno- logiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • muhofazalanish usullari, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganish hamda o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish;

  • avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar sezilsa, tegishli organlarga xabar berish;

  • avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarni o‘tkazishda yordam berish.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Nima uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tabiatdan to‘g‘ri foydalanish bilan birga qo‘shib olib borish talab etiladi?

  2. Atrofdagi tabiiy muhit sifati va unga ta’sir ko‘rsatishning asosiy ekologik me’yorlariga tavsif bering.

  3. Tabiatdan ekstensiv va muvozanatli foydalanish nimani anglatadi?

  4. Atmosfera havosiga chiqariladigan bug‘li gazlar chiqindilarini kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?

  5. Yerusti suvlarini ifloslanishdan himoya qilishda qanday himoyaviy chora- tadbirlar ko‘zda tutiladi?

  6. Oqova suvlarni tozalashning mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik usullarini tavsiflang.

  7. Tuproqning ekologik himoyasi nimalarni o‘z ichiga oladi?

  8. Tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish uchun qanday chora- tadbirlar zarur bo‘ladi?

  9. Ikkilamchi sho‘rlanish va tuproqlar ifloslanishining oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

  10. Rekultivatsiya jarayoni qaysi bosqichlarni o‘z ichiga oladi?

  11. Nabotot dunyosini himoya qilish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi lozim?


218



23-bob. EKOLOGIYA HUQUQI ASOSLARI


Ekologiya huquqi — huquqning tabiat va
jamiyat o‘zaro aloqadorligi sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
tarmog‘i. Ekologiya huquqi tabiiy resurs-


lardan foydalanish va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishning
muhim vositasi hisoblanadi.


Ekologiya huquqining asosiy manbalari quyidagi hujjatlar hisoblanadi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi atrofdagi tabiiy muhit muhofazasining konstitutsion asoslarini «fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» (50- modda) tarzida mustahkamlaydi. Shuningdek, unda mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi shartligi (54-modda), yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik, ulardan oqilona foyda- lanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi (55-modda) kabilar belgilab berilgan.

  2. Atrof-muhit muhofazasi sohasidagi qonunlar va kodekslar tabiiy boyliklarning huquqiy asoslarini ta’minlaydi. Ular sirasiga yer, yerosti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Qonunlar kiradi.

Ekologik qonunchilik tizimini O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni boshqaradi. Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizim- lari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir. Atrof-muhit muhofazasi masala- lari bo‘yicha boshqa qonunlar me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunga zid bo‘lmasligi lozim.


219


Ekologiya huquqi manbalari





O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi yerdan ilmiy asos- langan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni qat’iy belgilab beradi. Kodeks yuridik va jismoniy shaxslarning yer maydonlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishni, shuningdek, bu sohadagi qonuniylikni belgilaydi.


Atmosfera havosini muhofaza qilishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunida aks etgan. Havo havzasini muhofaza qilishning eng muhim umumiy tadbirlaridan bin atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi me’yorlari belgilanishi hamda atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompen- satsiya to‘lovlarini undirish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Yerosti boyliklari to‘g‘risida»gi Qonuni mineral xomashyo va yerosti suvlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun yerosti boyliklaridan oqilona, kompleks foydala- nishni, yerosti boyliklari va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishni ta’minlash maqsadida yerosti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga soladi, shuningdek, yerosti boyliklaridan foydalanuvchilar huquqlarini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasining «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik dunyosini, shuningdek, takror yetishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o‘stiriladigan yovvoyi o‘simlik- larni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi muno- sabatlarni tartibga soladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan


220





yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.


O‘zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonunida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi. Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonunining maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘li- shini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalani- lishini ta’minlashdan iborat.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘ri- sida»gi, «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi, «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi, «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi kabi Qonunlarida ham eng muhim ekologik me’yorlar va talablar o‘z aksini topgan.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya va tabiatdan foydalanish masalalari bo ‘yicha Qarorlari, Farmonlari va Farmoyishlari g‘oyat keng doiradagi ekologik masalalarga daxldor. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-avgustdagi «Xalqaro shart- nomalarga qo‘shilish to‘g‘risida»gi («Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha Konvensiya»ga (1992-yil 17-mart, Xelsinki) hamda «Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish to‘g‘risidagi Konvensiya»ga (1997-yil 21-may, Nyu- York)) Qarori misol bo‘ladi.


221





O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eko-
logiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi masalalari
bo‘yicha ko‘plab qarorlar qabul qilinib, amaliy chora-tadbirlar
belgilanadi. Bunga 1992-yil 9-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qizil
kitobi to‘g‘risida»gi, 1998-yil 1-apreldagi «Biologik xilma-xillikni saqlab
qolish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy harakatlar rejasi va
strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2004 -yil 10-martdagi «Suv toshqini va sel
oqimlarini bexatar o‘tkazish bilan bog‘liq oldini olish va bartaraf
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar misol bo‘ladi.


  1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
    qo‘mitasining me’yoriy rasmiy hujjatlari
    qarorlar, yo‘riqnomalar,
    buyruqlar ko‘rinishida ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-
    muhit muhofazasining turli masalalari bo‘yicha chiqariladi. Tabiatni
    muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy hujjatlari boshqa vazirlik
    va idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.


  2. Mahalliy hokimiyatlarning me’yoriy qarorlari ekologiya,
    tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha amaldagi
    me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘ldiradi va ularga aniqliklar kiritadi.


Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish
va tabiat resurslaridan foydalanishning dav-
lat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Res-
publikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat


qo‘mitasi, davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradi.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga taalluqli huquqiy munosa- batlarni tartibga soluvchi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari: tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish; hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlar maqomini belgilash; tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish va h.k.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə