Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə16/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22

Endogen tabiiy ofatlar


Tabiiy ofatlar va ularning turlari


153





Zilzilalar atrof-muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, minglab odam- lar hayotini qurbon qilishi mumkin. Bunga juda ko‘plab misollar mavjud. Masalan, 1976-yilda Xitoyning Tayshan shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 250 ming kishi, 1999-yilda Turkiyaning shimoli- g‘arbida, Marmar dengizi sohillari atrofida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 16 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan, bir necha ming odam turli darajada tan jarohati olib, ko‘plab imoratlar vayron bo‘lgan.


1948-yilda Ashxobod (Turkmaniston), 1966-yilda Toshkent (O‘zbekiston), 1988-yilda Spitak (Armaniston) shaharlarida ham kuchli zilzilalar ro‘y bergan. Jumladan, Spitak zilzilasida 25 ming odam halok bo‘lib, atrof-muhit kuchli darajada yemirilgan.

Agar seysmik hodisa okean tubida ro‘y bersa, uning yuzasida bir-biri bilan tortishadigan katta uzunlikdagi to‘lqinlar paydo bo‘ladi. Bu hodisa yaponcha so‘z bilan sunami deb ataladi. Bunda to‘lqinlar balandligi 1 m.dan 15—20 m.gacha ko‘tarilishi mumkin. Sunami juda katta tezlik (soatiga 800—1000 km) bilan harakatlanishi mumkin.

Zilzila va sunamining ekologik oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin:

  • odamlar va hayvonlarning ommaviy nobud bo‘lishi va shi- kastlanishi, tabiiy ekotizimlar barqarorligining buzilishi;

  • elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvlar tufayli yong‘inlar paydo bo‘lishi oqibatida atmosferaning ifloslanishi;

  • yer po‘sti qatlamlarining nishablik bo‘yicha siljishi (o‘pirilish, siljish hodisalari);

  • sunami to‘lqinlarining qirg‘oq bo‘yida joylashgan aholi isti- qomat joylarini (shahar va qishloqlar) bosishi va vayron qilishi;

  • zilzila va sunami ro‘y bergan hududda sanitariya vaziyatining to‘satdan yomonlashuvi, yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfi;

  • odamlarga kuchli ruhiy zarbalar berilishi va h.k.

Vulqon otilishi — tabiatdagi eng ajoyib maftunkor manzara, ayni paytda eng xavfli tabiiy ofat. Yer sayyorasida 4 ming vulqon mavjud bo‘lib, ulardan 540 tasi harakatdagi vulqon hisoblanadi. Kavkazdagi Elbrus (5642 m), Kamchatkadagi Klyuchevskiy (4850 m), shuningdek, Kazbek, Ararat vulqonlari eng baland vulqonlar hisoblanadi.

Eng dahshatli va halokatli tabiiy ofat 1883-yilda Yava va Sumatra orollari o‘rtasida — Krakatau vulqoni otilishida sodir bo‘lgan. Vul-


154





qon otilishi portlash shaklida yuz bergan va uning gumbirlashi
Markaziy Avstraliyada ham (3600 km uzoqlikda) eshitilgan. Vul-
qon kullari 80 km balandlikkacha ko‘tarilgan. Vulqon otilishida
vujudga kelgan sunami tufayli 36 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.


Eng baland vulqon otilishi 1815-yilda Indoneziyaning Sum-
bava orolida joylashgan Tambor vulqonida (4000 m) kuzatilgan
bo‘lib, atmosferaga 100 km
3 tog‘ jinslari chiqarib tashlangan va
chuqurligi 700 m bo‘lgan 6 • 6,5 km o‘lchamli vulqon og‘zi paydo
bo‘lgan. Taxminan Fransiya maydoniga teng bo‘lgan hudud os-
moni zimistonga aylangan, bir necha o‘n minglab odam qurbon
bo‘lgan, ekotizimlar jiddiy shikastlangan.


Ekzogen tabiiy ofatlardan toshqin, o‘pi-
rilish, po‘rtana (dovul-bo‘ron, girdob, to‘fon)
va qurg‘oqchilik birmuncha xavfli hisobla-


nadi. Oxirgi yillarda tayfun (Yaponiya, Filippin), tornado
(AQSH), suv toshqini (G‘arbiy Yevropa) kabi katta-kichik tabiiy
ofatlar tez-tez ro‘y berib, biosferaga, uning tarkibiy qismi bo‘lgan
hududiy ekotizimlarga kuchli salbiy ta’sirlar ko‘rsatilib, juda katta
ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar sodir bo‘lmoqda.


Toshqin — daryo, ko‘l yoki sun’iy suv havzasi sathining ko‘- tarilishi natijasida quruqlikning muayyan qismini vaqtincha suv bosishi. Toshqin ekotizimlar biotasi va odamlarga juda katta ziyon keltiradi. O‘tgan asrning oxirlarida Hindiston, Peru, Bangladesh, Xitoyda sodir bo‘lgan katta toshqinlar oqibatida har birida kamida 2 ming nafardan odam halok bo‘lgan.

Daryo toshqinlari natijasida katta maydonlarni suv bosadi, odamlar halok bo‘ladi, xo‘jalik ishlari to‘xtaydi. Masalan, 1824-yilda Rossiyaning Peterburg shahrida ro‘y bergan toshqin natijasida suv sathi 410 sm ko‘tarilgan, 208 nafar odam halok bo‘lgan, 3600 bosh qoramol cho‘kib qolgan, 3 ming imorat zararlangan, 94 kemadan 12 tasi butun qolgan. 2002-yilda Rossiyaning Kuban va Krasnodar o‘lkalarida ham kuchli suv toshqinlari kuzatilgan. 2013-yilda Rossiyaning Uzoq Sharq hududida sodir bo‘lgan katta suv toshqini misli ko‘rilmagan halokat bo‘lib, mahalliy tabiiy va antropogen ekotizimlar jiddiy zararlangan, juda katta ijtimoiy-iqtisodiy yo‘- qotishlar yuz bergan.


Ekzogen tabiiy ofatlar


155





Dengiz toshqinlari qirg‘oqbo‘yi hududlarini suv bosishi bilan tavsiflanadi. Bunday toshqinlar Niderlandiyada, Germaniyaning shimoliy qismida, Janubi-sharqiy Osiyo va Meksika ko‘rfazi qir- g‘oqlarida tez-tez kuzatiladi. Masalan, 1970 va 1988-yilda Bengal ko‘rfazida (Bangladesh) katta dengiz toshqinlari ro‘y berib, 7500 km
2 maydon suv tagida qolgan (1970-yildagi suv toshqi- nida 1 mln.dan ko‘p odam halok bo‘lgan). 1953-yilda Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida ham katta suv toshqini sodir bo‘lgan.

Dengiz suv toshqinlari natijasida odamlar, hayvonlar, ba- liqlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar, uzumzorlar nobud bo‘- ladi, tuproqning unumdor qatlami yuvilib, meliorativ holati yomonlashadi, unda tuzlar miqdori ko‘payib, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi pasayadi.

Tropik po‘rtanalar (dovul-bo‘ron, girdob, to‘fon), asosan, tropik kengliklarda paydo bo‘ladi va katta tezlikdagi havo massalari- ning (shamollar) harakatlanishida namoyon bo‘ladi. Dengizdan quruqlikka yo‘nalgan tropik po‘rtanalar kuchli jala va momaqal- diroqli baland to‘lqinlar bilan tavsiflanadi. Dunyoning turli mam- lakatlarida tropik po‘rtanalar turlicha nomlanadi: Amerikada dovul va siklon deb, Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda tayfun deb, Hindiston va Bangladeshda siklon deb yuritiladi.

Tropik po‘rtanalar ko‘pincha Sariq dengiz va Filippin orollari hududlarida paydo bo‘ladi. 1988-yilda Vyetnamda, 2013-yilda Filippinda ro‘y bergan po‘rtanalar juda katta tabiiy va iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelgan.

Tropik bo ‘lmagan (notropik) po ‘rtanalar tropik kengliklardan tashqarida, okeanlar ustida paydo bo‘lib, 30 m/s.dan yuqori tezlikda harakatlanadigan dovul (bo‘ron) va girdoblardir. Ular tashqaridan qaraganda katta tezlik bilan harakatlanayotgan haybatli qora bulutlarga o‘xshaydi.

Atlantika okeanida shimoliy sovuq havo oqimi bilan janubiy issiq havo oqimi o‘zaro aralashib, Islandiya hududida paydo bo‘ladigan va materik tomon harakatlanadigan «golland dovuli» katta vayronalik keltiradi. U Yevropada toshqinlar va qor bo‘ron- larini keltirib chiqaradi. Masalan, 1999-yilning dekabr oyida Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida halokatli dovul paydo bo‘-


156





lib, shamol tezligi 45 m/s.ni tashkil qilgan; odamlar halok bo‘l- gan, binolar shikastlangan, o‘rmonlar va uzumzorlarga katta ta- lafot yetkazilgan; daraxtlar ildizi bilan qo‘porilgan, elektr uzatish tizimlari yakson etilgan va h.k.


Qurg‘oqchilik — yog‘inlarning yo‘qligi yoki juda kamligi oqi- batida tuproq va havoda nam yetishmasligi bilan tavsiflanadigan yuqori haroratli quruq ob-havoning uzoq vaqt davom etishi.

Yog‘inlar — havodagi bulutlardan yog‘iladigan yoki yer yuzasi va qandaydir predmetlarga inadigan suyuq yoki qattiq shakldagi suvlar. Yog‘inlar, asosan, shudring, qirov, yomg‘ir, jala, do‘l va qor ko‘rinishida bo‘ladi. Yog‘inlar Yer sayyorasida suv aylani- shining muhim bo‘g‘inlaridan biridir. Yog‘inlarning ko‘p yillik, yillik, mavsumiy, oylik miqdori, ularning yer yuzasida taqsim- lanishi, davom etishi, takrorlanib turishi va jadalligi muayyan hududlar iqlimini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Yer sayyorasida yiliga o‘rtacha 1000 mm; cho‘l hududlariga esa 250 mm.dan kam yog‘inlar tushadi.

O‘zbekistonda, xususan, Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘z- garishlari va qurg‘oqchilikni ifodalaydigan muhim ekologik me- zonlardan biri yog‘inlar hisoblanadi. Yog‘inlar miqdori atmosfera havosining tozaligi hamda tabiiy ekotizimlar (to‘qaylar, ko‘llar, yaylovlar va h.k.) va antropogen ekotizimlar (ekin dalalari, bog‘lar va h.k.) hayot faoliyati uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Orolbo‘yi mintaqasi nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyoda, balki Yer sayyorasidagi eng qurg‘oqchil o‘lkalardan biri bo‘lib, yiliga o‘rtacha 100 mm atrofida va undan kam yog‘in tushadi. Mazkur hududda qurg‘oqchilik paytida tuproqning kuchli sho‘rlanishi va yemirilish jarayonlari kuchayadi, suv havzalaridagi suv hajmi kamayadi. Hududda yog‘inlar bo‘lmagan yoki kam bo‘lgan yillarda dehqonchilik va chorvachilik samarasi pasayib, tabiiy-ekologik tizimlarning shikastlanishi kuzatilgan. Xususan, ko‘p yillik o‘rtacha yog‘in miqdoriga nisbatan 1995—1997-yil- larda, 2000—2001-yillarda, 2007—2008-yillarda yog‘in miqdo- rining kamayish holatlari kuzatilgan.

Qurg‘oqchilik paydo bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. kuzda yetarli miqdorda yog‘in yog‘maslik;


157



  1. qorsiz (yoki kam qorli) qish;

  2. erta bahorda namning shimilishi uchun noqulay sharoit bo‘lishi;

  3. bahorning oxiri va yozning boshlanishida yog‘inlarning kam yog‘ishi. Antisiklonlar — yog‘insiz, kam bulutli va quyoshli ob-havo qurg‘oqchilik boshlanishidan darak beradi.

Uzoq muddatli qattiq qurg‘oqchilik — og‘ir ekologik oqibatlarga olib keladigan ofat bo‘lib, uning ta’sirida tabiiy ekotizimlar tanazzulga yuz tutadi, hayvonlarning tur sonida keskin o‘zgarishlar yuzaga keladi, o‘simliklar nobud bo‘ladi, biologik mahsuldorlik boy beriladi, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda esa ocharchilik yoki odamlarning ommaviy nobud bo‘lishi kuzatilishi mumkin. Masalan, 1960—1970-yillarda Afrikada kuchli qurg‘oqchilik ro‘y berib, 1,2 mln odam nobud bo‘lgan. Aynan shu qit’ada 1984—

  1. yillarda ham qattiq qurg‘oqchilik kuzatilgan.

Sayyoramiz aholisi va atrof-muhitga o‘pirilish-siljish, ko‘chki va sel oqimi kabi tabiiy ofatlar doimo tahdid solib turadi. Bu hodisalar muayyan hududlarning relyef tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, tog‘li hududlarda tez-tez sodir bo‘ladi. Og‘ir oqibatli o‘pirilish-siljish va ko‘chki hodisalari 1987-yilda Ne- palda, 1988-yilda Shveysariyada, 1989 va 1998-yillarda Shimoliy Kavkazda, 1985-yilda Kolumbiyada sodir bo‘lgan.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Qanday hududlar favqulodda ekologik vaziyatli zonalarga kiradi?

  2. Nima uchun har qanday harbiy harakat atrof-muhitdagi ekologik va- ziyatni o‘zgartiradi?

  3. Kimyoviy qurolning atrof-muhitga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?

  4. «Ekotsid» tushunchasi nimani ifodalaydi va u qachon paydo bo‘lgan?

  5. Texnogen ekologik halokatlar nima sababdan ro‘y beradi va ularga mi- sollar keltiring.

  6. Tabiiy ofatlar kelib chiqishiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi?

  7. Qurg‘oqchilik nima?

  8. Orol dengizi va Orolbo‘yi ekologik tanazzuli texnogen halokatmi yoki tabiiy ofat?


158



V bo‘lim. ATROF-MUHITNING EKOLOGIK HIMOYASI VA MUHOFAZASI


  1. bob. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI VA TABIATDAN
    TO‘G‘RI FOYDALANISHNING ASOSIY


TAMOYILLARI

Tabiat muhofazasi g‘oyalarining shakl-
lanish tarixida bir necha uzviy bosqich-
larni ajratib ko‘rsatish mumkin: «tur muho-
fazasi» — «qo‘riqxona muhofazasi» — «resurs-
lar muhofazasi» — «tabiat muhofazasi» — «ta-


biiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish» — «yashash muhiti muho-
fazasi» — «atrof-muhit muhofazasi». Shunga mos ravishda «ta-
biatni muhofaza qilish faoliyati» tushunchasining mazmun-
mohiyati ham kengayib va chuqurlashib borgan.


Tabiat muhofazasi — atmosfera, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tuproq, suv va yerostini himoya qilishga yo‘naltirilgan davlat va ijtimoiy chora-tadbirlar majmuyi. Tabiiy boyliklardan jadallik bilan foydalanish tabiatni muhofaza qilish faoliyatining yangi turini — tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish zaruriyatini kel- tirib chiqardi.

XX asr o‘rtalarida tabiatni muhofaza qilishning yana bir shakli — odamning yashash muhitini muhofaza qilish vujudga kelgan. Bu tushuncha mohiyatan tabiatni muhofaza qilish tu- shunchasiga yaqin bo‘lib, uning markaziga odam, uning hayoti, salomatligi va farovonligi uchun qulay tabiiy sharoitlarni saqlash va shakllantirish qo‘yiladi.

Atrof-muhit muhofazasi — tabiat va inson o‘zaro munosaba- tining zamonaviy shart-sharoitlarda paydo bo‘lgan yangi shakli bo‘lib, hozirgi va kelgusi avlodlar uchun mavjud ekologik uyush- malar va tabiiy resurslarni saqlash va xuddi shunday tiklashga hamda tabiat va jamiyatning o‘zaro uyg‘un aloqadorligiga yo‘- naltirilgan davlat va ijtimoiy chora-tadbirlar (texnologik, iqtisodiy, ma’muriy-huquqiy, ma’rifiy, xalqaro) tizimi.

Keyingi paytlarda «atrof-muhit himoyasi» termini ham keng ishlatilmoqdaki, uning mazmun-mohiyati «biosfera muhofazasi»


Tabiat va atrof-muhit muhofazasi haqida tushuncha


159





atamasiga yaqin keladi, ya’ni biosferaning tadrijiy tuzilmasi va
me’yoriy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uning tarkibiy
qismlariga (atmosfera, gidrosfera, tuproq qoplami, litosfera,
o‘simliklar va hayvonot dunyosi) nomaqbul antropogen yoki ta-
biiy ta’sirlarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan, milliy va xalqaro miqyos-
larda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tizimi.


Atrof-muhit muhofazasi tabiatdan foy-
dalanish bilan mustahkam bog‘langan.


Tabiatdan foydalanish — tabiiy sharoit
va resurslarning xilma-xil turlaridan foydala-


nish yo‘li bilan jamiyatning moddiy va madaniy ehtiyojlarini
qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati.


Tabiatdan foydalanish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. tabiiy resurslardan mahsulotlar olish va foyda ko‘rish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklash;

  2. inson yashash muhitining tabiiy sharoitlarini saqlash va ulardan foydalanish;

  3. tabiiy tizimlardagi ekologik muvozanatni saqlash, tiklash va to‘g‘ri o‘zgartirish;

  4. odam va ular sonining ko‘payishini tartibga solish.

Tabiatdan foydalanish noto‘g‘ri va to‘g‘ri bo‘lishi mumkin.

Tabiatdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida tabiiy resurslarni saqlash imkoniyati ta’minlanmaydi, tabiiy muhit sifati yomonla- shadi, tabiiy tizimlarning ifloslanishi va ishdan chiqishi kuzatiladi, ekologik muvozanat buziladi va ekotizimlar yemiriladi. Tabiatdan to‘g‘ri foydalanish deyilganda tabiiy boyliklardan ekotizimlarning o‘z-o‘zini tartibga solish va qayta tiklanish xususiyatini past darajada buzgan holda tabiiy resurslarni yuqori darajada saqlash imkoniyatiga erishiladigan ilmiy asosli majmuaviy foydalanish tushuniladi.

Atrof-muhit muhofazasi muammolari rivojining hozirgi bos- qichida yangi tushuncha — ekologik xavfsizlik tushunchasi paydo bo‘ldi. Ekologik xavfsizlik — insonning qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqi, uning ekologik himoyalanganlik holati. Tabiatdan


Tabiatdan foydalanish haqida tushuncha


160





noto‘g‘ri foydalanish oxir-oqibat ekologik tanazzulga olib keladi,
undan tabiiy muvozanatni saqlagan holda to‘g‘ri foydalanish esa
mazkur tanazzuldan qutulishni ta’minlaydi.


Umumiy ekologik tanazzuldan qutulish — hozirgi davrning
eng muhim ilmiy va amaliy muammosi hisoblanadi. Bu muammo
ustida dunyoning minglab olimlari, siyosat va jamoat arboblari,
mutaxassislar bosh qotirishmoqda. Asosiy vazifa — atrof-muhit
inqirozining oldini olish va jamiyatni barqaror taraqqiyot yo‘liga
olib chiqishga imkon beruvchi ishonchli chora-tadbirlar tizi-
mini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Qandaydir
faqat bitta, masalan, texnologik vositalar (tozalash inshooti,
chiqindisiz texnologiya va h.k.) bilan muammoni yechishga
urinish mohiyatan zarur natijalar bermaydi. Ekologik tanazzul
tabiat bilan odamning uyg‘un birligi va rivojlanishida, mavjud
muammolarga majmuaviy yondashish asosida bartaraf etilishi
mumkin.


Tarixiy taraqqiyot davomida tabiatning dastlabki tabiiy-resurs
imkoniyatlari uzluksiz kamayib boradi. Shunday ekan, ularga eh-
tiyotkorona munosabatda bo‘lish, ilmiy-texnika imkoniyatlaridan
keng va samarali foydalanish talab etiladi.


Yana bitta eng muhim ekologik qoidaga amal qilish lozim: atrof-
muhitning tarkibiy qismlari — atmosfera havosi, suv, tuproq va
shu kabilarni alohida (ayrim holda) emas, balki bir butun, yaxlit
ekologik tizim sifatida muhofaza qilish kerak. Faqat shunday
yondashuv asosida landshaftlarni, o‘simliklar va hayvonlarning
genetik zaxirasini saqlash mumkin.


«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi
Qonunga muvofiq atrof-muhit muhofa-
zasi va tabiatdan foydalanishning asosiy
tamoyillari va qoidalari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:


  • insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya ti- zimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihat- dan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;


161





  • fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish
    huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida eko-
    logiya o‘quvining majburiyligi;


  • jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini il-
    miy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;


  • tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umu-
    miy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;


  • ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligi;

  • tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni
    rag‘batlantirish;


  • tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson
    sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l
    qo‘ymaslik;


  • tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda osh-
    koralik;


  • tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqaviy va xalq-
    aro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;


  • tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik
    uchun javobgar bo‘lish.


Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foy-
dalanishning asosiy tamoyillari va qoidalari-
dan kelib chiqilgan holda ijtimoiy-ekologik
faoliyat yo‘nalishlarini shartli ravishda quyi-


dagilarga ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Suv resurslari muhofazasi va undan to‘g‘ri foydalanish bo- rasidagi ekologik faoliyat:

  • yerusti va osti suvlarini ifloslanishdan muhofaza qilish;

  • suvni tejaydigan va undan oqilona foydalanish tizimini joriy etish;

  • oqova suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chi- qish va amaliyotga tatbiq etish;

  • suvdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmlarni joriy etish;

  • suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha monitoring tizimini joriy etish;

  • aholining suv resurslaridan to‘g‘ri foydalanish va unga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish madaniyatini oshirish.


162





  1. Yer resurslari muhofazasi va undan to‘g‘ri foydalanish bo- rasidagi ekologik faoliyat:

  • yer (tuproq) resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilish;

  • yerdan oqilona foydalanish qonunchiligini takomillashtirish;

  • qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish;

  • yerdan foydalanishni tartibga solishni takomillashtirish;

  • yerdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmlarni keng qo‘llash;

  • qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklariga qarshi kurashning ekologik xavfsiz biologik usullarini joriy etish;

  • yer resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha monitoring ti- zimini yo‘lga qo‘yish;

  • aholining yer resurslaridan to‘g‘ri foydalanish va unga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish madaniyatini yuksaltirish.

  1. Atmosfera havosi muhofazasi va uning ifloslanishini kamaytirish borasidagi ekologik faoliyat:

  • sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi va maishiy ishlab chiqa- rishda atmosfera havosi ifloslanishiga sababchi bo‘ladigan ekologik omillarni qat’iy hisobga olish;

  • atmosfera havosi ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan faoliyat turlarini yuqori darajada rag‘batlantirishning iqtisodiy vositalarini keng qo‘llash;

  • atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida ekologik qo- nunchilikni takomillashtirish;

  • tiklanmaydigan an’anaviy yonilg‘i turlaridan tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga izchil o‘tish;

  • transport vositalarini ekologik tekshiruvdan o‘tkazish tizimini keng joriy etish;

  • atmosfera havosi sifatini kuzatish bo‘yicha monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

  • aholining atmosfera havosini muhofaza qilish va unga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish madaniyatini yuksaltirish.

  1. Biologikxilma-xillikni saqlash va cho‘lga aylanish jarayoniga qarshi kurash borasidagi ekologik faoliyat:

  • tabiiy-ekologik tizimlarni, tabiiy o‘simliklar va hayvonot turlarini muhofaza qilish;


163





  • qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tizimini tuzilmaviy qayta tiklash va takomillashtirish;

  • muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastrini yuritish;

  • muhofaza etiladigan kamyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • suv resurslarini taqsimlash, yerlarni o‘zlashtirish va yaylov- larni kengaytirish orqali cho‘lga aylanishning oldini olish;

  • keng ko‘lamda ihota daraxtzorlarini tashkil etish (fitome- lioratsiya);

  • biologik xilma-xillikni saqlash va cho‘lga aylanish jarayoni bo‘yicha monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

  • aholining biologik xilma-xillikni saqlash va cho‘lga aylanish jarayonining oldini olish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish.

  1. Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish borasidagi ekologik faoliyat:

  • ishlab chiqarishda (xo‘jalik yuritishda) va turmushda chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni keng joriy etish;

  • chiqindilar to‘planishi, ularni tashish va qayta ishlash texni- kasi va texnologiyasini tubdan takomillashtirish;

  • chiqindilarni saqlash, ko‘mish va ulardan foydalanish bo‘- yicha davlat kadastrini ishlab chiqish va joriy etish;

  • chiqindi chiqarmaslik va ularni qayta ishlash tarmoqlarini yuqori darajada rag‘batlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini joriy etish;

  • atrof-muhitning ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan ifloslanishi bo‘yicha monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

  • aholining chiqindilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish madaniyatini yuksaltirish.

  1. Tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish borasidagi ekologik faoliyat:

  • tabiiy resurslardan bioekologik muvozanatni buzmasdan, belgilangan tegishli me’yorlar doirasida foydalanish va qayta tiklanadigan tabiiy resurslarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;

  • yer resursidan (tuproqdan) uning unumdorligini pasaytir- magan holda tabiiy va madaniy landshaftlarni vujudga keltirishda foydalanish;


164





  • qazilma boyliklar va ularga qo‘shilib chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan majmuaviy va oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, yerosti boyliklari ifloslanishining oldini olish;

  • foydali qazilma konlari o‘rnida va ular atrofidagi buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish;

  • yerusti va osti suvlarining tabiiy aylanishini saqlash, ularning tozaligini ta’minlash, suv o‘simliklari va hayvonlarini asrash va suv havzalarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • suv havzalari sohilida daraxtzorlarni tiklash, dov-daraxtni ko‘paytirish va ularni saqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • hududlarda havo sifatini belgilangan me’yorlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik, ozon qatlamiga zararli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirish va kelgusida batamom to‘xtatish chora- tadbirlarini ko‘rish;

  • jonli tabiat obyektlaridan ularning qayta tiklanish qobiliyati, tur tarkibi barqarorligini saqlash hamda atrof-muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • chiqindilardan keyinchalik xo‘jalik maqsadlarida foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik imkoniyatini ta’minlaydigan texnologik usullarni joriy etish orqali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

  • tabiiy resurslardan foydalanish talablarini muttasil buzadigan yuridik va jismoniy shaxslarni tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan to‘la mahrum etish choralarini ko‘rish;

  • tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

  • aholining tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish va ularga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish madaniyatini yuksaltirish.

  1. Jamoatchilik nazoratini takomillashtirish borasidagi ekologik faoliyat:

  • ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi sohasida jamoat tashkilotlarining faoliyatini kuchaytirish va ular- ning davlat tuzilmalari bilan hamkorligini rivojlantirish;

  • ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi sohasida davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlash- tirish va takomillashtirish;


165





  • atrof-muhit va tabiiy resurslardan foydalanish monitoringi negizida jamoatchilikni ekologik axborotlar bilan ta’minlash tizimini tashkil qilish.

8. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-huquqiy sharoitni yaxshilash va barqaror taraqqiyotni ta’minlash borasidagi ekologik faoliyat:

  • suv ta’minotida: suv resurslaridan samarali foydalanish us- tidan nazoratni kuchaytirish va bu boradagi jarimalarni kuchay- tirish; suv sarfining aniq hisob-kitobini yuritish; suv iste’mol qilishning amaldagi solishtirma me’yorlarini mumkin qadar qis- qartirish; suv uzatish tarmoqlarini qayta ta’mirlash va jihozlash;

  • sanitariya va maishiy oqova suvlarni tozalashda: chiqindilarni joylashtirish obyektlarini texnik, ekologik, sanitar-epide- miologik me’yorlar, qoidalar va standartlar talablariga muvofiq qurilishini ta’minlash; chiqindilarni to‘plash, birlamchi joylashtirish va ko‘mish joylariga tashish tizimini takomillashtirish; chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish, tashish va ko‘mish bilan bog‘liq ekologik me’yorlar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazoratini takomillashtirish;

  • ifloslantiruvchi va uchuvchan zaharli moddalarni bartaraf etishda: radioaktiv va uchuvchan zaharli moddalar bo‘yicha xatarli hududlarni ajratish va xaritalashtirish; tuproq, suv, o‘simlik va shu kabilar ifloslanganligini baholash; aholini himoya qilishni nazarda tutadigan faol harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • avtomobildan chiqadigan gaz tashlamalarini bartaraf etishda: yonilg‘i sifatini oshirish — qo‘rg‘oshinli qo‘shimchalar qo‘shilgan benzindan foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish; dizel va gaz yonilg‘isiga o‘tish; zararli chiqindilar ustidan nazorat xiz- matini mustahkamlash; yo‘llarni yaxshilash va jamoatchilik trans- porti ahamiyatini oshirish;

  • iqtisodiy dastaklardan foydalanishda: ekologik cheklovlarni qat’iylashtirish va raqobat bozorini rivojlantirish; atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga mab- lag‘ ajratish bilan bog‘liq sarmoyalar tizimini takomillashtirish; muqobil tanlash imkonini beradigan rivojlangan ekologik xiz- matlar bozorini tashkil qilish; umumiy iqtisodiy-siyosiy va ekologik barqarorlikni ta’minlash;


166





  • qonunchilikni takomillashtirishda: ekologik qonunbuzarlik
    uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlaydigan tadbirlar va
    qoidalarni ishlab chiqish; tabiatdan haq to‘lab va oqilona foyda-
    lanishni, iqtisodiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan atrof-muhit
    muhofazasiga oid qonunlarni takomillashtirish;


  • inson (jamiyat) bilan atrof-muhit (tabiat) o‘rtasidagi o‘zaro
    munosabatlarni maqbullashtirish maqsadida: kafolatli sog‘lom
    turmush tarzi, yuqori ekologik madaniyat va atrof-muhitga
    mas’uliyatli munosabatni tarkib toptirishning tubdan yangi tizi-
    mini vujudga keltirish.


: Shaxs va jamiyatning ijtimoiy-ekologik

Ekologik faoliyatini rivojlantirish asosida ekologik ta-
tanazzuldan лл . , . , , . t

m . nazzuldan qutulishning besh asosiy yo‘nali-
qutulish yo‘llari . . . ^ ^

shini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. chiqindisiz, kam chiqitli va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish;

  2. atrof-muhit muhofazasining iqtisodiy mexanizmlarini ri- vojlantirish va takomillashtirish;

  3. ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy-huquqiy cho- ralar ko‘rish;

  4. ekologik ma’rifat orqali aholining ekologik tafakkuri va madaniyatini rivojlantirish;

  5. ekologik xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Tabiat va atrof-muhit muhofazasi tushunchalari o‘rtasida qanday o‘x- shashlik va farqlar bor?

  2. Tabiatdan foydalanish nimalarni o‘z ichiga oladi?

  3. Tabiatdan noto‘g‘ri va to‘g‘ri foydalanishga oid misollar keltiring.

  4. Ekologik xavfsizlik nima?

  5. Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning qanday qoidalari mavjud?

  6. Yuridik va jismoniy shaxslar ekologik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  1. Atrof-muhitning chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish borasi- dagi ekologik faoliyat mazmuni nimalardan iborat?

  2. Ekologik tanazzuldan qutulishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsating.


167



  1. bob. QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI EKOLOGIYASI - AGROEKOLOGIYA ASOSLARI


Agroekologiya — ekologik omillarni hisobga
olgan holda tabiatdan to‘g‘ri foydalanish aso-
sida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va
yuqori sifatli dehqonchilik mahsulotlarini


olish yo‘llarini o‘rganadi. Agroekologiyaning asosini agroland-
shaftlar — agrobiotsenozlar tashkil qiladi.


Agrolandshaft — yer yuzasining odam tomonidan vujudga keltirilgan va sun’iy chegaralangan qismi bo‘lib, uning ichidagi tarkibiy qismlar (tog‘ jinslari, relyef, iqlim, tuproq, suv, o‘sim- liklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar) bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan va shartlangan birlikni hosil qiladi. Agro- biotsenozlar — ekin dalasi, poliz, bog‘, uzumzor, ihota o‘rmon- lari va daraxtlari kabilar biotoplardan tashkil topgan, odam to- monidan o‘zgartirilgan, ikkilamchi biogeotsenozlar hisoblanadi. Demak, agroekologik tizim antropogen, ya’ni odam tomonidan yaratilgan va qayta o‘zgartirilgan ekologik tizimdir. Uning tu- zilmasi va biologik mahsuldorligi odam tomonidan belgilanadi: u yerni chopiq qiladi, urug‘ sochadi, ekinni parvarish qiladi, hosil oladi va h.k.

Agroekologik tizim avtotrof bo‘lib, uning asosiy energiya manbayi — quyosh hisoblanadi, biroq bu tizimga odam tomonidan qo‘shimcha energiya kiritiladi (o‘g‘itlar, pestitsidlar, mashina- mexanizmlar va h.k.). Agroekologik tizimlar tabiiy-ekologik ti- zimlar kabi uch asosiy oziqlanish (trofik) guruhiga mansub bo‘lgan organizmlarni o‘z ichiga oladi: produtsentlar (ekinlar — madaniy o‘simliklar), konsumentlar va redutsentlar.

Agrotexnologiyalar asosida atrof-muhitga mexanik (tuproqni qayta ishlash, sho‘r yuvish, ekinlarni sug‘orish, mollarni o‘tlatish va h.k.), kimyoviy (o‘g‘itlar, o‘stirish vositalari va h.k.) va biologik (ekinlar ekish, ko‘chat o‘tqazish, go‘ng solish va h.k.) ta’sirlar ko‘rsatiladi.


Agroekologik tizim haqida tushuncha


168





Dala ekinlari agroekologik tizimlarning
asosini tashkil etadi. Hozirgi kunda 90 dan
ortiq dala ekinlarining turlari farqlanadi. Ular


o‘z ahamiyatiga ko‘ra, bir qancha biologik guruhlarni o‘z ichiga
olgan quyidagi to‘rt asosiy xo‘jalik guruhi bo‘yicha tasnif-
lanadi:


  1. Donli ekinlar guruhi haqiqiy g‘alla ekinlari (bug‘doy, javdar, arpa, suli), tariqsimon g‘alla ekinlari (tariq, makkajo‘xori, jo‘- xori, sholi va h.k.), don-dukkakli ekinlar (no‘xat, yasmiq, loviya, soya va h.k.), boshqa donli ekinlar (marjumak va h.k.) kabi biologik guruhlarga bo‘linadi.

  2. Texnika ekinlari guruhi besh kichik xo‘jalik guruhlariga ajratiladi:

  1. moyli ekinlar — ular oddiy moyli ekinlar (kungaboqar, zig‘ir, yeryong‘oq, kunjut, mahsar, xantal va h.k.), efir moyli ekinlar (kashnich, arpabodiyon, sedana, yalpiz va h.k.) biologik guruhlariga;

  2. tolali ekinlar — ular urug‘ida tola hosil qiluvchilar (g‘o‘za va h.k.), poyasida tola hosil qiluvchilar (tolali zig‘ir, kanop, jut, nasha va h.k.), bargida tola hosil qiluvchilar (yukka, Yangi Ze- landiya zig‘iri va h.k.) biologik guruhlariga;

  1. qandli ekinlar — ular ildizmevali ekinlar (qandlavlagi, sachratqi va h.k.), qandli boshqa ekinlar (shakarqamish va h.k.) biologik guruhlariga;

  2. ohorli ekinlar — tugunak mevali ekinlar (kartoshka, topinambur va h.k.) biologik guruhiga;

  3. narkotik, dorivor va insektitsid ekinlar — ular narkotik ekinlar (tamaki, jo‘n tamaki va h.k.), dorivor ekinlar (valeriana, ko‘knori va h.k.), insektitsid ekinlar (qorabaroq-boltiriq va h.k.) biologik guruhlariga bo‘linadi.

  1. Yem-xashak ekinlari guruhi ildizmevali va bargmevali ekinlar (lavlagi, sabzi, sholg‘om, xashaki karam va h.k.), bir yillik duk- kakli o‘tlar (xashaki no‘xat, shabdar, bersim va h.k.), ko‘p yillik dukkakli o‘tlar (beda, sebarga, esparset, qashqarbeda va h.k.),


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə