Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə12/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22





117





Suvning bakteriyali ifloslanishi suvda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar, viruslarning (700 turdan ortiq) paydo bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Ifloslanishning bu turi vaqtinchalik bo‘ladi.


Suvning radioaktiv ifloslanishi g‘oyat xavfli bo‘lib, radioaktiv moddalarning juda kichik miqdori ham katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, suvga stronsiy-90, uran, radiy- 226, seziy kabi radioaktiv moddalarning tushishi.

Suvning mexanik ifloslanishi suvga turli xil mexanik aralash- malar (qum, loy, balchiq) tushishi bilan tavsiflanadi. Ular suvning sifat ko‘rsatkichlarini yomonlashtirishi mumkin. Shuningdek, suvning qattiq chiqindilar (axlatlar, supurindilar), maishiy va sanoat chiqindilari bilan ham mexanik ifloslanishi kuzatiladi.

Suvning issiqlikdan ifloslanishi suvning birmuncha isigan yerusti suvlari yoki texnologik suvlar bilan aralashuvi natijasida harorati ko‘tarilishida namoyon bo‘ladi. Bunday ifloslanish mikroorganizmlar uchun alohida sharoit tug‘dirib, suvning «gul- lashi», natijada suv ekotizimining boshqa unsurlariga salbiy ta’sir ko‘rsatilishi mumkin.

Yerusti va osti suvlari ifloslanishining asosiy manbalari:

  1. tozalanmagan oqar suvlar;

  2. yog‘inlar ta’sirida zaharli kimyoviy moddalarning yuvilishi;

  3. gazlar va tutunlar;

  4. neft va neft mahsulotlarining oqib-chiqib ketishi hisoblanadi.

Yerusti va osti suvlari ifloslanishi asosiy manbalarining suvga

ko‘rsatadigan salbiy ta’siriga oid misollarni kundalik hayotimizda har qadamda uchratishimiz mumkin.

Suv resurslari antropogen ifloslanishining quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:

  1. qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida ifloslanish;

  2. sanoat ishlab chiqarishi natijasida ifloslanish;

  3. shahar va qishloqlardagi maishiy xo‘jalik tufayli ifloslanish.

Masalan, Quyi Amudaryo mintaqasida qishloq xo‘jaligi

faoliyati natijasida ifloslanish agrokimyoviy vositalarni qo‘llash va chorvachilik fermalaridan ifloslangan oqova suvlarning yer- usti va sizot suvlariga tushishi natijasida ro‘y beradi. Shuningdek,


118






14.2-jadval

Yerusti suvlarining sifati va ifloslanish indeksi


kollektor-zovur suvlari bilan eng ko‘p ifloslanish ham aynan Amudaryoning quyi qismlarida kuzatiladi.


Yerusti suvlari sifatini baholash uchun suv ifloslanishi in- deksidan foydalaniladi. Respublikada qabul qilingan tasniflashga ko‘ra, yerusti suv obyektlari sifati bo‘yicha besh tur va toifaga bo‘linadi (14.2-jadval).

Yerusti suvlarining sifati bo‘yicha turlari va toifalari:

yaxshi

qoniqarli

yomon

xavfli

o‘ta xavfli

I

toifa

II

toifa

III

toifa

IV

toifa

V

toifa

Toifalarga muvofiq suv ifloslanishi indeksi:

0—1,0

1,1—3,0

3,1—5,0

5,1 — 10,0

10,0 dan yuqori

Suv ifloslanishining majmuaviy tavsifi:

Inson ta’siri sezilarli, lekin tabiiy xususiyatlari saqlangan. Ichish uchun yaroqli

Oqova suv cho‘kmalari va suvning tabiiy sifati o‘zgargan, baliqchilik xo‘- jaligida va za- monaviy toza- lash usullarini qo‘llagan holda, ichimlik uchun foydalanish mumkin

Sanoat va kommunal oqova suvla- rining sug‘o- riladigan yer- lardan qayt- gan oqovalar qo‘shilishi natijasida ifloslangan. Aholi suv ta’minoti va kommunal xo‘jaligida foydalanish uchun yaroq- siz. Sug‘orish uchun foydalanish mumkin

Sanoat va kommunal oqova suvlar bilan eng yuqori dara- jada ifloslan- gan. Quyi chegaralarida ayrim ekin- larni sug‘o- rish uchun foydalanish mumkin

Sanoat va kommunal suvlarining o‘ta ifloslan- gan doimiy va davriy oqimiga ay- langan. Xo‘- jalik maq- sadlarida foydalanish uchun yaroqsiz





119





Gidrosfera ifloslanishining ekologik
oqibatlari barcha tirik organizmlar, xu-
susan, odam uchun katta xavf tug‘ilishida
namoyon bo‘ladi.


Chuchuk suv havzalarining antropogen evtrofikatsiyasi bunga
yorqin misol bo‘ladi. Evtrofikatsiya jarayoni suv havzasiga turli xil
biogen moddalar — azot, fosfor va boshqa moddalarning mineral
o‘g‘itlar, yuvish vositalari, chorvachilik chiqindilari, atmosfera
aerozollari ko‘rinishida tushishi bilan bog‘langan. Bu jarayonda
ham suvning «gullashi» kuzatiladi va ekotizimning boshqa un-
surlariga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.


Dengiz ekotizimlari ifloslanishining ekologik oqibatlari qu-
yidagilar orqali namoyon bo‘ladi:


  1. ekotizim barqarorligi buziladi;

  2. evtrofikatsiya jarayoni kuchayadi;

  3. biotada kimyoviy zaharlovchilar to‘planadi;

  4. biologik mahsuldorlik pasayadi;

  5. dengiz muhitida mutagenez va konserogenez paydo bo‘ladi;

  6. qirg‘oqbo‘yi hududlarining mikrobiologik ifloslanishi
    kuzatiladi.


Yerosti va usti suvlarining kamayishi
muayyan hudud doirasida suv zaxirala-
rining qisqarishi yoki suv oqimining eng
past darajada kamayishida namoyon bo‘-


ladi. Ushbu holatlarda bu jarayonlar ekotizimlar faoliyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.


O‘zbekistondagi mavjud suv resurslari miqdori o‘rtacha 59209 mln m3 bo‘lib, shundan o‘rtacha 35104 mln m3 Amudaryo havzasiga tegishlidir. Amudaryo havzasidagi jami suv resurslari- ning 32493 mln m3 Amudaryoga, 301 mln m3 yerosti suvlariga tegishlidir. Qolgan 2310 mln m3 kollektor-zovur tarmog‘idan foydalanish uchun taklif etiladigan suvni tashkil qiladi.

Amudaryo havzasining tog‘ qismidagi suv to‘planadigan maydon 230000 km2.ni tashkil qiladi. Amudaryo oqib o‘tadigan


Yerosti va usti suvlarining kamayishi


Gidrosfera ifloslanishining ekologik oqibatlari


120





1200 kilometr uzunlikdagi tekislik qismida suv oqimini qabul
qilmaydi va u o‘z suvini sizilish, bug‘lanish hamda xo‘jalik eh-
tiyojlari, asosan, qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun ishlatilishi
natijasida yo‘qotadi.


Respublikamizda suv resurslarining taqchilligi va ifloslanishi
ekologik xavfsizligini ta’minlashda eng asosiy muammo hisobla-
nadi. Zaruriy suv miqdorining bo‘lishi iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari hamda mavjud tabiiy va antropogen ekologik tizimlarni
saqlab qolishda eng muhim omildir. Masalan, Quyi Amudaryo
hududidagi tabiiy muhit holati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa-
rishi samaradorligi mazkur hududning suv bilan ta’minlanish im-
koniyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.


Hududda iqlimning keskin kontinentalligi, bug‘lanishning juda
yuqoriligi, yog‘ingarchilikning juda kamligi, yoz faslida havo
haroratining o‘ta yuqoriligi suvsiz dehqonchilik qilib bo‘lmaydi-
gan sharoitni keltirib chiqargan. Tuproqlarda tuzlar miqdorining
tez ko‘payishi iqlimning quruqligi hamda tuproq tabiiy sho‘rla-
nishining yuqoriligi bilan izohlanadi. Shu sababli dehqonchilik
ishlarini yuritishda suvdan nafaqat ekinlarni sug‘orishda, balki
tuproqlarning sho‘rini yuvishda ham foydalaniladi.


Qadim-qadimdan Orol dengizini Marka-
ziy Osiyodagi ikki buyuk daryo — Amu-
daryo va Sirdaryo to‘yintirib kelgan. Sobiq
Ittifoq davrida paxta dalalarining kengayti-


rilishi ikki daryo suvlaridan keng miqyosda foydalanishni ta-
qozo qilgan. 1913-yilda O‘zbekistondagi paxta ekiladigan may-
donlar 441600 gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, 1987-yilda bu ko‘r-
satkich 2,1 mln gektardan iborat bo‘lgan. Suv va undan isrofgar-
chilik bilan foydalanish oqibatida Orol dengiziga kam hajmda
suv quyilgan va natijada u quriy boshlagan. XX asrning 90-yilla-
riga qadar Orol dengizining yuzasi deyarli 2 marta, suv hajmi
esa 3,5 marta kamaygan.


Orol dengizining qurishi Quyi Amudaryo mintaqasi iqlimi va biologik xilma-xilligi uchun uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib


Orol dengizi va Orolbo‘yidagi ekologik vaziyat


121





keldi. Chang bo‘ronlari boshlanib, hudud maydonlari millionlab tonna zararli tuzli qumlar bilan qoplandi. Tuproq va suvning sho‘rlanishi ro‘y beradi. Mintaqada ekologik vaziyatning yomonlashishi Quyi Amudaryo hududini inson yashashi uchun noqulay joyga aylantirdi.


Orol dengizida suvning to‘xtovsiz bug‘lanishi va unga daryolar suvining yetarlicha kelmasligi uni mayda qismlarga bo‘lib yubordi va suv populatsiyasi halok bo‘lib, dengiz sho‘r suv havzasiga aylandi. Betakror o‘simliklar va hayvonot olamiga ega bo‘lgan Orolbo‘yi tabiiy landshafti tanib bo‘lmas darajada tanazzulga uchrab, o‘zining ilgarigi hayotiy jozibadorligi va tabiiy qadriyatini yo‘qotdi.

Amudaryoda suv oqimining deyarli yo‘qolishi natijasida avvallari 350 ming ga yerni egallagan delta ko‘llaridan asar ham qolmayapti. Mintaqada atrof-muhitga, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ulkan zarar yetkazildi. Hatto suvning kamayishi natijasida aholi ehtiyojlari uchun yaroqli bo‘lgan chuchuk yerosti suvlari ham qurib qoldi.

Qoraqalpog‘istonda vaqt-vaqti bilan ro‘y beradigan qurg‘oqchilik va cho‘lga aylanish jarayonlari bilan birgalikda Amudaryo oqimining haddan tashqari pasayishi toza suvning o‘ta tanqisligiga olib kelmoqda. Shuningdek, Orol dengizining pestitsidlar, defoliantlar va mineral o‘g‘itlar qoldiqlari bilan ifloslangan sobiq tubida ro‘y berayotgan zaharli chang to‘zonlari, dengiz sathining yanada pasayib ketishi bilan bog‘liq iqtisodiy tangliklar va sizot suvlari sathining barqaror emasligi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.

2007-yilga kelib Orol dengizi chuqurligi 29 metrga pasaydi, suv akvatoriysi maydoni 5,8 baravarga, suv hajmi esa 13,3 marta pasaydi. Dengiz suvining sho‘rligi g‘arbiy qismda 110—112 g/l, sharqida esa 280 g/l.ga yetdi. Dengiz dastlabki sohilidan (Mo‘y- noq shahridan) 120—200 km.ga uzoqlashdi va uning qurib qolgan qismida 45 ming km2.dan ortiq tuzli cho‘l paydo bo‘ldi.

Orolbo‘yidagi yerusti suvlari tarkibida organik moddalar (benzol, ksilol va fenol) va og‘ir metallar (nikel, qo‘rg‘oshin, simob va ruh) alohida hududlar bo‘yicha vanadiy, mis, kadmiy, xrom miqdori ortganligi kuzatilmoqda. Yerosti suvlarining minerallashuvi

  1. dan 46 g/l.gacha bo‘lgan keng oraliqda o‘zgaryapti. Mazkur


122





suvlarda benzol, ksilol, metanol kabi moddalar miqdori oshib bora- yotir. Orol dengizi tanazzuli hisobiga Quyi Amudaryodagi yerusti ko‘llarining umumiy maydoni 20 baravardan ortiq qisqargan.


Orolbo‘yi hududi bo‘yicha ichimlik suvining minerallashuvi, qattiqligi, tuzlar tarkibi bo‘yicha sifati yomonlashgani qayd etil- moqda. Orolbo‘yidagi o‘ta suv tanqisligi va uning sifatining yomon- lashishi tuproqlar va o‘simlik qoplamining tanazzulga uchrashiga, flora va faunada keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi. Mo‘ynachilik, baliqchilik, baliqni qayta ishlash tarmoqlari in- qirozga yuz tutdi. Hududda 23 turdagi yovvoyi o‘simliklar butun- lay yo‘qoldi, boyalish, qandim, efedra kabi turlar yo‘qolish ara- fasida turibdi. Sizot suvlari va tuproqning sho‘rlanishi tufayli buta- simon daraxtlar bir yillik sho‘ralar bilan o‘rin almashdi.

Qamishzorlar 1200 ming gektardan 15—20 ming gektargacha, to‘qaylar 300 ming gektardan 125 ming gektargacha, tabiiy yay- lovlar 348 ming gektardan 125 ming gektargacha qisqardi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 498 turdagi umurt- qali hayvonlar, shu jumladan, sutemizuvchilarning 68, qushlar- ning 307, sudralib yuruvchilarning 33, amfibiyalarning 2, ba- liqlarning 49 turi ro‘yxatga olingan edi. Shulardan hozirgi kunda 23 turdagi sudralib yuruvchilar, 186 turdagi qushlar, 35 turdagi sutemizuvchilar ro‘yxatga olingan. Jayron, manul, hind asalxo‘ri, qoraquloq, qushlarning 15 turi, barcha turdagi sudralib yuruvchilar «Qizil kitob»ga kiritilgan.

Bir paytlar Amudaryo o‘zanida minglab to‘ng‘izlar, o‘n ming- lab sayg‘oqlar, yuz minglab ondatra va suvda suzuvchi qushlar yashagan. Biroq dengizning qurishi, ko‘llarning yo‘qolishi tufayli ularning soni keskin qisqargan. Yaqin o‘tmishda yiliga 25—27 ming tonna baliq ovlangan, 2 mln dona atrofida ondatra mo‘ynasi tay- yorlangan, o‘rtacha 18—20 mln shartli banka baliq konservalari ishlab chiqarishiga ega bo‘lgan hududda mazkur tarmoqlar to‘la inqirozga yuz tutdi. Bu ham Orol dengizining qurishi va Amu- daryoda suv taqchilligi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanadi. Hozirgi kunda faqat Orolbo‘yi ko‘llarida oz miqdorda baliq ovlanadi.


123





So‘nggi 10 yilda Orolning qurigan tubidagi qumli yerlarda saksovul va boshqa o‘simliklardan iborat 200 ming gektardan ortiq maydonda himoya daraxtzorlari tashkil etilgan. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tomonidan ekologik loyihalar hisobiga umumiy suv sathi 100—120 ming gektar bo‘lgan suv havzalari yaratilgan. Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha Germa- niya, Fransiya, Turkiya kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari ham o‘rnatilmoqda. Loyihalar doirasida Orol dengizining qurigan tubida himoya daraxtzorlarini tashkil etish rejalashtirilgan.


Quyi Amudaryo sharoitida ihota daraxtzorlarini tashkil etish cho‘lga aylanish hamda shamollar ta’sirida qum va tuzlar ko‘- chishining oldini olishda eng samarali uslublardan biri hisobla- nadi. Bu daraxtzorlar yaxshi parvarish qilinsa, 3—4 yildan so‘ng qum ko‘chishi va mayda qattiq zarrachalarning yer yuzasidan havoga ko‘tarilishining oldi olinadi. Ayni paytda bunday daraxtzorlar boshqa tabiiy o‘t-o‘lanlarning o‘sib rivojlanishiga yordam beradi, bu esa kelgusida chorvachilik uchun yaylovlar vujudga kelishiga zamin yaratadi.

Orol dengizi va Orolbo‘yidagi ekologik vaziyatning atrof-mu- hitga salbiy ta’sir darajasini yanada pasaytirish uchun yaqin ke- lajakda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

  • hududning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligida yerlardan oqilona va samarali foydalanishga yo‘naltirilgan yerdan foydalanish tizimini joriy qilish;

  • qishloq xo‘jaligida suvdan pulli foydalanishni joriy etish, sug‘oriladigan yerlarni bir nishabda tekislash, dehqonchilikda yom- g‘irlatib, tomchilab sug‘orish kabi ilg‘or suvni tejovchi texnologiya- larni joriy etish yo‘li bilan suv resurslaridan oqilona foydalanish;

  • kollektor-zovur tizimlarini doimiy tozalash, qayta tiklash va qurish yo‘li bilan ularning samaradorligini oshirish;

  • ekin dalalari atrofida ihota daraxtzorlari barpo etish, Amu- daryoning qirg‘oqbo‘yi hududlarida shamol va suv eroziyasining oldini olish uchun, qirg‘oqni mustahkamlaydigan o‘rmon-me- liorativ ishlarni amalga oshirish;


124





  • o‘simlik va hayvonot olami tabiiy genofondining saqlanishini ta’minlash, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizim- larini rivojlantirish;

  • ekologik xatarli bo‘lmagan uslub va materiallardan keng ko‘- lamda foydalanishni ta’minlash;

  • tuproqlarni rekultivatsiyalash;

  • Orol dengizining qurigan tubi va Amudaryo deltasida ko‘llar tizimini tashkil qilish, Orol dengizining g‘arbiy qismi ekotizimlari mahsuldorligini oshirish;

  • Orolbo‘yi hududida atrof-muhit monitoringining samarali tuzilmasini yaratish va rivojlantirish;

  • chiqindilarni to‘plash, ularning hosil bo‘lishini kamaytirish, barcha turdagi chiqindilardan ikkilamchi foydalanish;

  • keng jamoatchilikni Orol dengizi va Orolbo‘yi ijtimoiy- ekologik muammolarini hal qilishga jalb etish, ular bilan barqa- ror taraqqiyot yo‘lida iqtisodiy-ekologik ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish;

  • transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha birgalikdagi davlatlararo bosh- qaruvni takomillashtirish.

Orol dengizi va Orolbo‘yidagi suv ekologik tizimlarining eh- tiyojlarini ta’minlash maqsadida mahalliy ekologik tizimlarni himoya qilish uchun asosiy e’tiborni quyidagi tadbirlarga qaratish lozim:


  • faqat kollektor-zovur suv manbalaridan to‘yinadigan suv havzalari oqimini ta’minlab turish;

  • baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan ko‘llarda suvning minerallashuvi darajasini 7 g/l.dan yuqori bo‘lmagan va suv sathini 1,5 m.dan past bo‘lmagan darajada saqlab turish;

  • uvildiriq sochish davrida suv sathining keskin pasayishi va qishki davrda keskin ko‘tarilishining oldini olish;

  • o‘simliklar o‘sishi uchun sayoz suv akvatoriylarini va suv havzalarining gidrobiologik rejimini shakllantiruvchi baliqlar, qushlar va boshqalarni oziqa bilan ta’minlovchi ko‘l havzalarini saqlab qolish.


125



NAZORAT SAVOLLARI


  1. Suv havzalarining ifloslanishi nimalar bilan tavsiflanadi?

  2. Suvni ifloslantiruvchi moddalar qaysi guruhlarga ajratiladi? Ularga izoh bering.

  3. Yerusti suvlarining sifati va ifloslanish indeksi nimani ifodalaydi?

  4. Gidrosfera ifloslanishining ekologik oqibatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  5. Chuchuk suv havzalarining antropogen evtrofikatsiyasi hodisasiga izoh bering.

  6. Dengiz ekotizimlari ifloslanishining ekologik oqibatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  7. Yerosti va usti suvlarining kamayishini Amudaryo misolida tushuntirib bering.

  8. Hozirgi Orol dengizidagi ekologik vaziyatga baho bering.

  9. Orolbo‘yi hududida vujudga kelgan ekologik vaziyatni baholang.

10. Orol dengizi va Orolbo‘yidagi ekologik vaziyatning atrof-muhitga salbiy ta’sir darajasini pasaytirish borasida yaqin kelajakda qanday chora- tadbirlar amalga oshirilishi lozim?

  1. bob. LITOSFERAGA (TUPROQQA) ANTROPOGEN TA’SIRLAR

Biosferaning mineral asosi hisoblangan litosferaning yuqori qismi eng ko‘p va katta antropogen ta’sirga duchor bo‘lgan. Masalan, umumlashgan hisob-kitoblarga ko‘ra, XXI asr boshlanishiga qadar litosferani qayta o‘zgartirish jarayonida undan 125 mlrd t ko‘mir, 32 mlrd t neft, 100 mlrd t boshqa foydali qazilmalar qazib olingan. 1500 mln ga yer haydalgan, 20 mln ga yer bot- qoqlashgan, 2 mln ga yer eroziyaga uchragan, jarliklar 25 mln.ga ko‘paygan. Terrikonlar (konlardan chiqqan yaroqsiz jinslar uyumi) balandligi 300 m.ga yetgan bo‘lsa, oltin koni shaxtalari

  1. km, neft quduqlari 6 km chuqurlikka cho‘zilgan. Keltirilgan misollar shundan dalolat beradiki, litosferaning ustki va ostki qismlari «ilma-teshik» qilinib, barqaror relyef shakllari kuchli morfologik o‘zgarishlarga uchragan.


126





Demak, yer po‘sti yuzasi va yer ostining texnogen buzilishi
muayyan hududlarda butun boshli biotsenozlarning yo‘qolishiga
olib kelgan.


Tuproq — atrofdagi tabiiy muhitning eng
muhim tarkibiy qismlaridan biri. Tuproqning
asosiy ekologik vazifasi uning bitta umumlash-


gan ko‘rsatkichi — tuproq unumdorligida o‘z aksini topadi. Tup-
roq deyilganida yer qobig‘ining tiriklik uchun foydalaniladigan va
o‘simliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami
tushuniladi. Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda
tabiiy va madaniy o‘simliklardan hosil olish uchun foydalaniladi.


Tuproqqa antropogen ta’sirlarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:

  1. tuproq eroziyasi;

  2. tuproqning ifloslanishi;

  3. tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi;

  4. cho‘lga aylanish;

  5. yerlarning turli maqsadlarda ajratib berilishi.

Tuproq eroziyasi — unumdor qatlamining shamol va suv oqimi ta’sirida buzilishi yoki olib ketilishi. Tuproq eroziyasining ikki turi farqlanadi: shamol eroziyasi va suv eroziyasi.

Shamol eroziyasi — kichik tuproq zarralarining shamol ta’sirida nurashi, boshqa joyga ko‘chirilishi va to‘planishidir. Suv eroziyasi — vaqtinchalik suv oqimlari ta’sirida yuza qismining yuvi- lishi, boshqa joyga ko‘chirilishi va to‘planishidir.

Tuproqlar eroziyasi (yemirilishi) tabiiy hamda antropogen omillar ta’sirida ro‘y berib, tuproqlarning biologik va iqtisodiy unumdorligi pasayishi yoki yo‘qolishini anglatadi. Bu jarayon ko‘p omilli bo‘lib, yerlarni keng ko‘lamda o‘zlashtirish, agrotexnika va texnologiyalardan noto‘g‘ri foydalanish, chorva mollarini ortiqcha o‘tlatish, ko‘chma qum barxanlarining paydo bo‘lishi, tuproqlar yuza qatlamining yuvilishi va sug‘orish natijasida yemirilishi, tuproqlarning zaharli va zararli moddalar bilan ifloslanishi va boshqa texnogen ta’sirlar bilan bog‘liqdir. Sug‘oriladigan yerlari asosan shamol ta’siri ostida ko‘proq deflatsiyasiga uchraydi.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə