Ekologiya lotinda p65


Ijtimoiy-ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə10/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22

Ijtimoiy-ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri


102



hajmining ortishi); abiotik omillar ta’sirida biologik maromlarning
buzilishi
(yoritilish bilan bog‘liq fotodavrning o‘zgarishi); allergen-
larga (ayrim mineral va organik moddalarga) organizm sezgirli-
gining buzilishi tufayli yuqumli (mikroblar, viruslar) yoki yuqum-
siz (chang, jun, dori vositalari, kimyoviy moddalar va h.k.)
aller-
gik kasalliklarning
paydo bo‘lishi; kanserogen moddalar (kimyo-
viy birikmalar, ayrim mahsulotlar) tufayli
onkologik kasalliklar
(to‘qimalarning ortiqcha o‘sishi, undagi hosilalar) yuzaga kelishi
kabi holatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.


Yuqorida ta’kidlangan aksariyat salbiy
holatlar odamning sog‘lom turmush tarzi va
gigiyenik me’yorlarga qay darajada rioya
etishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan.


Gigiyena — sog‘lom turmush tarzi haqidagi fan. U muhitdagi xilma-xil omillarning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganadi. Ularga tabiiy omillar, maishiy sharoitlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosa- batlar kiradi. Xususan, quyidagi sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilish talab etiladi:

  1. tuproq, atmosfera havosi, oziq-ovqat mahsulotlari, joy havosi, suv bilan ta’minlash manbalari, aholi tomonidan mada- niy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suv havzalarini kimyo- viy, fizikaviy, biologik va boshqacha tarzda ifloslantirmaslik;

  2. oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etish, tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun xavfi bo‘lgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy va boshqa moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena me’yorlaridan yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ovqatga ishlatmaslik;

  3. oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish chog‘ida sanitariya-gigiyena me’yorlarini buzmaslik;

  4. qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlari o‘sishini tezlashtira- digan moddalarni, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga tegib turadigan idishlar, boshqa mate- riallar, yem-xashakka qo‘shib beriladigan oziqa moddalarini eh- tiyot choralari bilan qo‘llash;


Gigiyena va inson salomatligi


103





  1. suv havzalaridan ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda foy- dalanganda, suvning sifati sanitariya talablariga mos kelishiga alo- hida e’tibor qaratish;

  2. aholi punktlari va hududlarini saqlashning, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xo‘jalik ro‘zg‘or chiqitlarini, shu jumladan, radio- aktiv va zaharli moddalarni to‘plash, saqlash, tashish va qayta ishlashning sanitariya qoidalarini buzmaslik;

  3. atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlarini buzmaslik;

  4. ta’lim muassasalarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalari, boshqa muassasa hamda korxonalarda sanitariya qoidalariga rioya etish;

  5. yuqumli, parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatish chora-tadbirlarini bajarish;

  6. tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tib turish va h.k.

Demak, har bir fuqaro ekologik qulay sharoitlarda yashash,


faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgani holda bu boradagi mas’uliyatini ham unutmasligi kerak.


NAZORAT SAVOLLARI


  1. Ibtidoiy odamning yashash muhitida qanday cheklovchi omillar mavjud bo‘lgan?

  2. O‘lat, vabo, bezgak, Sibir yarasi, ichburug‘, bo‘g‘ma, qizilcha kabi kasalliklar nima uchun tabiiy o‘choqli kasalliklar guruhiga kiritilgan?

  3. Hozirgi kunda sun’iy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qaysi kasalliklar ko‘proq uchramoqda?

  4. Shahar muhitining ekologik omillari qaysi yo‘nalishlarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda?

  5. Biologik maromlarning buzilishi, allergik va onkologik kasalliklarning yuzaga kelishi nimalarga bog‘liq?

  6. «Gigiyena» nima? Uning mohiyatini izohlang.

  7. Shaharlarda aholi zichligining yuqori bo‘lishi qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin?

  8. Odamdan qanday sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilish talab etiladi?

  9. Ekologik qulay sharoit deganda nimani tushunasiz?

  10. O‘zingizni gigiyenik madaniyatli odam deb hisoblaysizmi?


104



Ikkinchi qism. AMALIY EKOLOGIYA


IV bo‘lim. BIOSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR
12-bob. BIOSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRNING
ASOSIY TURLARI


Biosfera — doimo o‘sish va harakatda
bo‘lgan sayyoraviy ekotizim bo‘lib, turli
xil tabiiy jarayonlar ta’sirida muntazam
o‘zgarib turadi. Unda uzoq davom etgan


evolutsiya natijasida o‘z-o‘zidan tartibga solinish va salbiy jara-
yonlar ta’sirini yo‘qotish xususiyati shakllangan. Bu vosita orqali
biosferada moddalar almashinuvining murakkab mexanizmlari
vujudga kelganki, kitobning birinchi bo‘limida ular haqida bayon
etilgan.


Biosfera evolutsiyasi jarayonida vujudga kelgan organizmlar- ning tur ichidagi o‘zgarishlar orqali tashqi muhitga moslashishi eng asosiy hodisa bo‘lgan. Uyushma va ekotizim ko‘rinishidagi ta- biiy biotalar milliard yillar davomida biosfera barqarorligining kafolati bo‘lib kelgan.

Biroq ovchilik, dehqonchilik madaniyati va sanoat inqilobi kabi yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi oqibatida tabiiy omillar ta’siriga moslashgan sayyoraviy ekotizimning yanada yuqori darajadagi ta’sirotlarga duch kelishi yuz bergan. Bu ta’sirotlar odam tufayli vujudga kelgan va shu sababli antropogen ta’sirlar deb yuritiladi. Antropogen ta’sirlar deyilganda odamning iqtisodiy, harbiy, madaniy va boshqa maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida atrofdagi tabiiy muhitga fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa o‘zgarishlar kiritishi bilan bog‘langan faoliyati tushuniladi.

Taniqli ekolog B. Kommoner tomonidan odamning ekologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatilishining besh asosiy turi ajratib ko‘rsatilgan:


Biosferaga antropogen ta’sirlar haqida tushuncha


105



  • ekotizimlarning o‘zgarishi va biologik davriylikning bu-
    zilishi;


  • issiqlikdan ifloslanish ko‘rinishida tarqoq energiyaning
    to‘planishi;


  • kimyoviy ishlab chiqarishdan zaharli chiqindilar miqdorining
    o‘sishi;


  • ekologik tizimga yangi turlarning kiritilishi;

  • o‘simlik va hayvon organizmlarida genetik o‘zgarishlarning
    paydo bo‘lishi.


Antropogen ta’sirlarning aksariyati maqsadli ravishda amalga
oshirilsa, ayrimlari beixtiyor o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Ma-
salan, muayyan hududdagi maydonning qurilishdan keyin isish
jarayoni va h.k.


Antropogen ta’sirlarning ekologik oqi-
batlarini tahlil etish ularni ikki turga: ijo-
biy va salbiy ta’sirlarga ajratish imkonini
beradi. Odamning biosferaga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishiga quyidagilarni kiritish mum-


kin: tabiiy resurslarni takror ishlab chiqish, yerosti suvlari za-
xirasini tiklash, daraxtlar ekish va parvarishlash, tuproqlar re-
kultivatsiyasi va boshqa chora-tadbirlar.


Odamning biosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi quyidagilarda
namoyon bo‘ladi: katta maydonlardagi o‘rmonzorlarni kesish,
yerosti chuchuk suv zaxiralarining tugashi, tuproqning sho‘r-
lanishi, yerlarning cho‘lga aylanishi, o‘simlik va hayvonot turlari
sonining keskin kamayishi, ayrim turlarning yo‘qolishi va h.k.


Atrof-muhitning ifloslanishi inson to-
monidan biosferaga ko‘rsatilayotgan salbiy
ta’sirlarning eng asosiy turi hisoblanadi.
Jahonda vujudga kelgan keskin ekologik


vaziyatlarning aksariyati atrof-muhit ifloslanishi bilan bog‘liq.
Shu sababli «ifloslanish» tushunchasini batafsil qarab chiqamiz.


Ifloslanish — odam, hayvonlar, o‘simliklar va ekotizimlar holati uchun zararli bo‘lgan istalgan qattiq, suyuq va gazsimon


Atrof-muhitning

ifloslanishi


Biosferaga ijobiy va salbiy antropogen ta’sirlar


106





moddalar, mikroorganizmlar yoki energiyaning (tovush, shovqin,
nurlanish ko‘rinishida) atrofdagi tabiiy muhitga kelib qolishi. Bosh-
qacha aytganda, ifloslanish atrof-muhitdagi noqulay o‘zga-
rishlardir.


Ifloslanish obyektlariga ko‘ra yerusti va yerosti suvlari iflos-
lanishi, atmosfera havosining ifloslanishi, tuproq ifloslanishi va
shu kabilar farqlanadi.


Istalgan organizmlar populatsiyasi uchun birmuncha xavfli
bo‘lgan antropogen ifloslanish manbalari quyidagilar hisobla-
nadi: sanoat korxonalari (kimyo, metallurgiya, selluloza-qog‘oz,
qurilish materiallari sanoati korxonalari va h.k.), issiqlik ener-
getikasi, transport, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va boshqa
texnologiyalar. Urbanizatsiya ta’sirida yirik shaharlar va sanoat
aglomeratsiyalari hududlari u yoki bu darajada ifloslanadi. Chang
to‘fonlari, vulqonlar kullari, sel oqimlari kabilar tabiiy ifloslan-
tiruvchilar bo‘lishi mumkin.


Ifloslanish turlariga ko‘ra: kimyoviy,
fizikaviy
va biologik ifloslanish farqlanadi.
O‘zining miqyosi va tarqalishiga ko‘ra
mahalliy, mintaqaviy va umumiy ifloslanish
farqlanadi.

Dunyoda ifloslantiruvchi moddalar miqdori juda katta bo‘lib, ularning soni yangi texnologiyalarning rivojlanishi natijasida to- bora ortib bormoqda. Eng asosiy ifloslantiruvchi moddalar sira- siga quyidagilarni kiritish mumkin: oltingugurt dioksidi (oltingu- gurt kislotasi, sulfat), og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, si- mob), kanserogen moddalar (benzapiren), okean va dengizlar- dagi neft va neft mahsulotlari, pestitsidlar (qishloq hududlarida), uglerod va azot oksidlari (shahar hududlarida), radionuklidlar, dioksinlar.

Bugungi kunda odamning atrof-muhitga, uning ayrim tarkibiy qismlariga (atmosfera, gidrosfera, litosfera va biotik uyushmalar) ta’siri misli ko‘rilmagan miqyoslarda kuchayib bormoqda. Bu salbiy jarayonlarning oldini olish har bir fuqaroning muqaddas burchidir.


Atrof-muhitning fizikaviy, kimyoviy va biologik ifloslanishi


107



NAZORAT SAVOLLARI


  1. «Biosferaga antropogen ta’sir ko‘rsatish» tushunchasining mohiyati ni- mani ifodalaydi?

  2. B. Kommoner odam tomonidan ekologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsa- tilishining qaysi turlarini ajratib ko‘rsatgan?

  3. Odamning biosferaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi nimalarda namoyon bo‘ladi?

  4. Odamning biosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi nimalarda namoyon bo‘ladi?

  5. Antropogen ifloslanishning asosiy manbalarini keltiring.

  6. Atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi nima?

  7. Atrof-muhitning fizikaviy ifloslanishi mohiyatini izohlang.

  8. Atrof-muhitning biologik ifloslanishi nima?

  9. Atrof-muhitning mahalliy, mintaqaviy va umumiy ifloslanishiga oid misollar keltiring.

  1. bob. ATMOSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR


Odamning atmosferaga ta’sir ko‘rsatishi masalasi dunyo eko-
loglari va keng jamoatchiligining diqqat markaziga aylangan.
Zero, hozirgi kunda ro‘y berayotgan sayyoraviy ekologik muam-
molar — «parnik effekti» (bug‘li gazlar samarasi), ozon qatla-
mining buzilishi, kislotali yomg‘irlarning yog‘ishi kabilar aynan
atmosferaning antropogen ifloslanishi bilan bog‘liqdir.


Atmosfera havosini muhofaza qilish — atrofdagi tabiiy mu-
hitni sog‘lomlashtirishning bosh omillaridan biri. U biosferaning
boshqa tarkibiy qismlari ichida alohida o‘rin tutadi. Atmosfera
havosining tirik organizmlar hayotida tutgan o‘rnini baholash juda
qiyin. Odam ovqatsiz besh hafta, suvsiz besh kun yashashi mum-
kin bo‘lsa, havosiz besh daqiqa yashay oladi, xolos.


Atmosfera havosining ifloslanishi deyil-
ganda havo tarkibi, xossalarining odam va
hayvonlar sog‘lig‘iga, o‘simliklar va ekoti-
zimlar holatiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan


darajada o‘zgarishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, atmosfera
ifloslanishi havo tarkibi va xossalaridagi noqulay o‘zgarishlardir.
Atmosfera havosi tabiiy va antropogen (texnogen) ifloslanishi mumkin.



Atmosfera havosining ifloslanishi


108



Atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi vulqonlar faoliyati, tog‘ jinslarining yemirilishi, shamol eroziyasi, o‘simliklarning yalpi gullashi, yong‘in tutunlari va boshqalar ta’sirida yuz beradi.

O‘zbekistonda Qizilqum sahrosi, Orol dengizining qurigan qismi (Orolqum) kabi atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan aerozollar (qattiq zarralar)ning yirik tabiiy makonlari mavjud. Uchib yuruvchi bu aerozollarning asosiy tarkibini tuproq va mineral zarrachalar tashkil etadi.

Orol dengizining qurigan qismidan shamol ta’sirida yiliga o‘rta hisobda 40—45 million tonna tuzli qum atmosferaga ko‘tariladi. Shamol ta’sirida qum-tuzlarning ko‘chishi hozirgi Orol dengizi qirg‘og‘idan o‘rtacha 100 kilometr uzoqlikda bo‘lgan hududlarda sodir bo‘ladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, chang-tuz ko‘chishining doirasi sohilbo‘yidan 300 km oraliqda kuzatiladi. Orolbo‘yidan ko‘tariladigan chang-to‘zonlar tarkibida sulfat tuzlari 25—48 % ni, xlorid tuzlari 18—30 % ni, karbonat tuzlari 10— 20 % ni tashkil etadi.

Atmosfera havosining antropogen (texnogen) ifloslanishi odam faoliyati jarayonida turli xil ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur ifloslanish o‘z miqyoslariga ko‘ra, tabiiy ifloslanishdan ancha ustun turadi.

Atmosfera havosining ifloslanishi tarqalish miqyoslariga ko‘ra mahalliy, mintaqaviy va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy ifloslanish uncha katta bo‘lmagan hududlar (shahar, sanoat mar- kazi, qishloq xo‘jaligi hududlari) havosida ifloslovchi moddalar miqdorining ortishi bilan tavsiflanadi. Mintaqaviy ifloslanishda salbiy ta’sir doirasiga birmuncha katta hududlar (masalan, Far- g‘ona vodiysi) atmosferasi tortiladi, umumiy ifloslanish esa yer atmosferasi havosining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.

Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar agregat holatiga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:

  1. gazsimon moddalar (oltingugurt dioksidi, azot oksidi, ug- lerod oksidi, uglevodorodlar va h.k.);

  2. suyuq moddalar (kislotalar, ishqorlar, turli tuzlar erit- malari va h.k.);


109





  1. qattiq moddalar (kanserogen moddalar, qo‘rg‘oshin va uning
    birikmalari, organik va noorganik changlar, qurum, yelim va h.k.).


Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy moddalarga qu-
yidagilar kiradi:


  1. odamning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq holda —
    oltingugurt dioksidi
    (SO2), azot oksidi (NO2), uglerod oksidi
    (CO), qattiq zarrachalar va h.k.;

  2. shaharlar havosi bilan bog‘liq holda formaldegid, ftorli
    vodorod, qo‘rg‘oshin birikmasi, ammiak, fenol, benzol, uglerod
    sulfid va h.k.;


d) zaharli moddalar bilan bog‘liq holda qo‘rg‘oshin, simob,
kadmiy hamda avtomobillar va eritish sexlaridan chiqariladigan
boshqa og‘ir metallar, uglevodorodlar
(C2 H2), aldegidlar, zaharli
uchuvchan eritmalar (benzin, spirt, efir), radioaktiv moddalar
(radionuklidlar) va h.k.


Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manba-
larga quyidagi tarmoqlar kiradi: issiqlik ener-
getikasi (issiqlik va atom elektr stansiyalari,
sanoat va shahar bug‘ qozonlari), qora va rangli
metallurgiya, neft qazib chiqarish va neft


kimyosi, avtotransport va qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalari.


Issiqlik elektr stansiyalari, sanoat va shahar bug‘ qozonlaridan qattiq yoki suyuq yoqilg‘ining to‘liq yonish jarayonida — uglerod oksidi, suv bug‘lari hamda yarim yonish jarayonida — oltingugurt, azot va uglerod oksidlari, uglevodorodlar atmosferaga tutun bilan chiqariladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 5000 t ko‘mir yoqilganda atmosfera havosiga taxminan 170 t SO2 va SO3, 30—35 t qattiq zarrachalar (chang, qurum) va 50 t NO2 chiqariladi. Suyuq yoqilg‘i (mazut) ishlatilganda birmuncha kam, gaz yoqilg‘isi ishlatilganda esa ko‘- mirga nisbatan 5 marta, mazutga nisbatan 3 marta kam zararli moddalar chiqariladi.

Qora metallurgiya korxonalarida 1 t po‘lat quyishda atmosferaga 0,04 t qattiq zarrachalar, 0,03 t oltingugurt oksidi va


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə