Ekologiya lotinda p65


Tuproq eroziyasi yemirilishi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə13/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22

Tuproq eroziyasi yemirilishi


127






Tuproqlarning unumdorlik boniteti ballari


Yengil mexanik tarkibga ega bo‘lgan tuproqlar (qumlar, qumli
tuproqlar va h.k.) quruq iqlim yoki suv bosishi sharoitida bo‘lak-
larga oson ajralib, harakatga keladi. Bunday sharoitda tuproqqa
ishlov berishning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik va yer-
larni shudgorlash natijasida qumlar (qumli tuproqlar) harakatga
kelib, ariqlar va yo‘llarni bosib qolishi mumkin. Ta’kidlash joizki,
Orol dengizining qurigan tubidan har yili atmosferaga o‘rtacha


  1. million tonnadan 75 million tonnagacha tuzli changlar ko‘-
    tariladi va Orolbo‘yi hududidagi ekin ekishga yaroqli bo‘lgan
    yerlarga tushib, ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligi va
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birinchi
darajali ahamiyat kasb etadi. Cho‘l hudud-


lardagi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar tarkibida chirindilar miq-
dori o‘rtacha 0,60—0,95 % ni, qadimdan sug‘oriladigan yer-
larda 0,85—1,1 % ni, o‘tloq tuproqlarda esa 1,25—1,60 % ni
tashkil etadi.


Qabul qilingan tasniflashga muvofiq tuproqlarning unumdorlik darajasi bonitet ballari bo‘yicha aniqlanadi (15.1-jadval).

15.1-jadval

Tuproqlarning unumdorligi bo‘yicha turlari va toifalari:

yomon

tuproqlar

o‘rtachadan past tuproqlar

o‘rtacha

tuproqlar

yaxshi

tuproqlar

eng yaxshi tuproqlar

I

toifa

II

toifa

III

toifa

IV

toifa

V

toifa

VI

toifa

VII

toifa

VIII

toifa

IX

toifa

X

toifa

Toifalarga muvofiq bonitet ballari:

0-10

11-20

21-30

31-40

41-50

51-60

61-70

71-80

81-90

91-100





Tuproqlarning unumdorlik balini hisoblashda quyidagi me- zonlar hisobga olinadi: tuproqning mexanik tarkibi, yerosti suvlarining chuqurligi, tuproqning sho‘rlanishi, tuproq tarkibidagi



Tuproq unumdorligi va ifloslanishi


128





chirindi, tuproqning ekin ekishga yaroqli holga keltirilishi va h.k. Tuproqning unumdorlik boniteti tabiiy (dala) va laboratoriya sha- roitidagi tekshirishlar asosida hisob-kitob qilinadi.


O‘zbekistonning o‘ziga xos tuproq-suv sharoitida sug‘orila- digan yerlarga hamisha bir xil ekin — paxta ekish tuproqlarning yemirilishiga olib keladi. «Paxta-bug‘doy», «paxta-sholi», «paxta- beda» va boshqa ketma-ketlikdagi almashlab ekishlarni joriy etish darajasining pastligi, tuproqlarga organik (mahalliy) o‘g‘it- larning yetarli miqdorda berilmasligi tufayli tuproqlar unum- dorligida jiddiy kamayish holati kuzatilmoqda. Hududda keyingi 30 yil mobaynida tuproqdagi chirindilar miqdori o‘rtacha 1,3—1,5 baravar kamaygan.

Tuproqqa antropogen ta’sirlar natijasida:

  1. pestitsidlar;

  2. ma’danli o‘g‘itlar;

  3. ishlab chiqarish chiqindilari;

  4. sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilgan gaz va tutunlar;

  5. neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi sodir bo‘ladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida

so‘nggi 10—15 yil mobaynida pestitsidlardan foydalanish sezilarli kamayishiga qaramay tuproqning zaharli kimyoviy moddalar qol- dig‘i bilan ifloslanishi hamon jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Masalan, ayrim hududlarda tuproqlardan olingan namunalar tah- liliga ko‘ra, tuproqlarning 10—12 % sanitariya-kimyoviy ko‘rsat- kichlar bo‘yicha gigiyenik me’yorlarga javob bermaydi.

Mustaqillik yillarigacha faoliyat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi aerodromlarining omborlari (shuningdek, dalalardagi eski paxta xirmonlarining dori omborlari) qoldiq pestitsidlarni atrof-mu- hitga tarqatadigan o‘ziga xos obyektlar bo‘lib, ular muhitni zarar- lantiradigan asosiy manba hisoblanadi. Mazkur holatning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hamon eskirgan, qo‘llash taqiqlangan, yo‘q qilinishi belgilangan pestitsid vositalari aholida mavjud bo‘lib qolmoqda.


129





Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini o‘rtacha 40—50 % ga oshirish imkonini beradi. Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini qo‘llashdagi samarasi nafaqat hosildorlikni oshirish va mahsulotni saqlab qo- lishda, balki qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligining sezilarli o‘sishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda mineral va organik o‘g‘itlarni pala-partish, noshudlik bilan ishlatish natijasida hosildorlik sezilarli darajada pasayishi va atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin.


Hududdagi asosiy ekin — g‘o‘zaning unib chiqishidan to g‘un- chalash davrigacha 3—5 % azot va fosfor, 2—4 % kaliy moddala- rini, butun o‘sish davrida, gullashdan to yoppasiga gullash davrigacha 25—30 % azot, 15—20 % fosfor va kaliy hamda yoppasiga gullash davridan to chanoqlar yetilgunga qadar 65—70 % azot va 75—80 % fosfor va kaliy o‘g‘itlarini iste’mol qiladi. O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tekshirish institutida g‘o‘za o‘g‘itlarsiz 10— 12 s/ga, 200—250 kg azot, 140—175 kg fosfor va 100—125 kg kaliy o‘g‘itlari qo‘llanilganda esa gektaridan 30—35 sentnerdan kafolatlangan paxta xomashyosi olinishi mumkinligi allaqachon isbotlangan. Biroq hududda o‘simliklarni oziqlantirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanish juda past darajada bo‘lib qolmoqda.

Hududdagi tuproqlar tabiiy jihatdan gumusga boy emas. Biroq tuproqdagi gumusning 1 % yo‘qolishi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini gektariga 2—3 sentner pasayishiga olib keladi. Ko‘p yillik dukkakli ekinlarni almashlab ekish maydonlarining qisqarishi va organik o‘g‘itlarning yetishmasligi tuproqlarda gumusning kamayishiga olib kelmoqda.

Dehqonchilikda gumus manbayi organik ashyolar, ya’ni chor- vachilik chiqindisi bo‘lmish go‘ng hisoblanadi. Lekin hududda go‘ng manbalari yetarli emas. Ayrim ekin maydonlarida go‘ng mutlaqo ishlatilmaydi yoki ishlatilsa ham gektariga o‘rtacha 2— 3 t.ni tashkil qiladi. Aslida go‘ng solishning eng maqbul me’yori gektariga 20—30 t.ni tashkil etishi kerak. Paxta ekiladigan may- donlarda organik o‘g‘it sifatida, go‘ngdan tashqari, o‘simliklardan chiqqan chiqitlar (o‘simlik poyasi, paxta ko‘sagi chanoqlari va h.k.),


130





sanoat chiqitlari (paxta tozalash, sholi, yog‘ochga ishlov berish chiqitlari va h.k.), shuningdek, najasdan foydalanish ham zarur. Hududlarda ularning yetarlicha zaxiralari mavjud. Organik o‘g‘it- lar ichida eng yuqori samaralisi, bu — parranda go‘ngi hisoblanadi.


O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 100 million tonnaga yaqin sanoat chiqindilari paydo bo‘lib, ularning o‘rtacha 14 % zaharli hisoblanadi. Respublikamizda chiqindilarning asosiy qismi Na- voiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan.

Shuningdek, uy-ro‘zg‘or, tibbiyot, ta’lim va savdo muassasalari va bozorlardan, ko‘chalarni supurib-sidirishdan maishiy chiqindilar to‘planadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘plangan har 10 ming tonna maishiy chiqindilar bilan birga qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan 3600 tonna oziq-ovqat chiqindilari, 1600 tonna qog‘oz va karton chiqindilari, 550 tonna gazlama chiqindilari, 450 tonna plastmassa va boshqa ko‘plab mahsulotlar ham yo‘q qilinadi. Umuman, qattiq chiqindilar tarkibida o‘rtacha 10—25 % qog‘oz-karton, 35—40 % oziq-ovqat chiqindilari, 2—6 % yog‘och, 1—3 % metall, 2—5 % gazlama, 1—2 % charm, rezina, 2—4 % shisha, 1—2 % tosh, 1,5—4 % plastmassa, 10—18 % boshqa jismlar mavjud bo‘ladi.

Chiqindilarni yig‘ish va tashishda yuzaga keladigan qiyinchi- liklar va muammolar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • chiqindilarni olib ketadigan maxsus avtomobillarning yetish- masligi, avtotransport vositalari parklarining eskirganligi;

  • konteynerlar bilan yetarli darajada ta’minlanmaganlik;

  • korxonalar va aholi tomonidan chiqindilarni mo‘ljallanma- gan hududlarga noqonuniy olib chiqish va yig‘ish;

  • aholi istiqomat qiladigan hududlarda chiqindixonalarning tartibsiz ko‘payishi va h.k.

Qattiq maishiy chiqindilar miqdori kam hosil bo‘lsa-da, ularning atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’sir darajasi hozir- gacha yetarli o‘rganilmagan. Havo haroratining yuqori bo‘lishi ayrim toifadagi organik moddalarning tez parchalanishiga va mik- rofloraning, shu jumladan, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm- larning tezlik bilan rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Shu sa-


131





babli, qattiq maishiy chiqindilarni saqlash muddatini keskin ka- maytirish va ularni chiqarib tashlash, zarur hollarda qayta ishlash muhim muammolardan biriga aylangan.


Shaharlarda bir kishi uchun to‘planadigan o‘rtacha qattiq maishiy chiqindilar me’yorlari ishlab chiqilgan: bir kunda — 1,2 kg; bir yilda — 453 kg (1,1 m3); eng ko‘p miqdori kuzda kuniga 1,6 kg; eng kam miqdori qishda kuniga 0,8 kg. Shu sababli, katta shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar to‘planadigan markazlashtiril- gan punktlar tashkil etish, ularni maxsus transport vositasida tashish va zararsizlantirib qayta ishlaydigan korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish tizimini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Chiqindixona-poligonlar chiqindilarni yo‘q qilishning eng oddiy va arzon shaklidir. Bunday poligonlar, asosan, namligi kam bo‘lgan qum-tuproqli yerlarga joylashtiriladi. Biroq maishiy chiqindilarning ko‘pchiligi sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan poligonlarga chiqarilmoqda va ko‘milmoqda. Qishloq hududlaridagi aksariyat chiqindixonalar esa qoniqarsiz ho- latda. Bunday chiqindixonalar tegishli muhandislik-himoya cho- rasi ko‘rilmagan holda tashkil etilgan, ularning atrof-muhitga yet- kazayotgan ta’sirini nazorat qilish esa talablar darajasida olib borilmayapti. Natijada aksariyat chiqindixonalar joylashgan may- donlarda yoqimsiz changlar paydo bo‘lib, qo‘lansa hidlar tarqal- moqda, yaqin suv obyektlari ifloslanib, havoga metan va boshqa zaharli gazlar ajralib chiqmoqda.

Odatda, qayta ishlangan materiallar zararli va zaharli chiqindi hisoblanadi va ular noto‘g‘ri usullar bilan yo‘q qilinsa, atrof- muhit va aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Zaharli chiqindilar, jumladan, margimush, og‘ir metallar va pestitsidlar inson organizmida o‘tkir va surunkali xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tez yonuvchan moddalar, jumladan, turli xil erituv- chilar va bo‘yoqlar qoldig‘i esa tirik organizmlar to‘qimalarini shikastlantiradi. Kimyoviy faol chiqindilarga foydalanish mud- dati tugagan preparatlar va kislotalar mansub bo‘lib, ular suv va havodagi moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, portlash


132





yoki zaharlovchi moddalarning paydo bo‘lishiga olib kelishi
mumkin. Shuningdek, ayrim toifadagi shifoxonalar chiqindilari
ham aholi salomatligiga katta xavf tug‘diradi.


O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning qariyb
50 foizi sho‘rlangan. Quyi Amudaryo hududida esa,
ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida sho‘rlan-
gan va kuchli sho‘rlangan tuproqlar keng tarqalgan.


Tuproqlar mahalliy tabiiy-iqlim xususiyatlaridan (bug‘la-
nish, quruq atmosfera yog‘inlari va h.k.) tashqari sug‘orish
kanallarini gidroizolatsiyasiz qurish, ekin dalalarini kollektor-
zovur tizimisiz minerallashgan suv bilan me’yoridan ortiq su-
g‘orish kabi sabablar orqali ham sho‘rlangan. Masalan, Qora-
qalpog‘iston Respublikasida yuqoridagi omillar ta’sirida sug‘o-
riladigan yerlarda tuzlarning yillik ko‘payishi o‘rtacha 10—30
tonna-gektarni tashkil qiladi. Ekin maydonlari sug‘oriladigan
suvlar tarkibida tuzlarning ko‘payishi va tuproq sho‘rlanishining
ortishi bilan ayrim dala ekinlari hosildorligi ham keskin pa-
sayadi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi yil-
larda paxta hosildorligi gektariga 30—34 sentnerdan 14—24 sent-
nerga, Xorazm viloyatida esa gektariga 39—41 sentnerdan 25—
33 sentnerga kamayib ketgan.


Dehqonchilik ishlarini tashkil etishda mineral va organik
(mahalliy) o‘g‘itlardan foydalanish darajasi yildan yilga pasayib
bormoqda. Bu holat dehqonchilik va ekologik muvozanat talab-
lariga to‘liq javob bermaydi va tuproqlarning yanada yemirilishiga
olib kelishi mumkin.


Quyi Amudaryo hududida dehqonchilik sohasida amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarda, ayniqsa, fermer xo‘jaliklari
faoliyatida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sug‘o-
riladigan yerlar unumdorligini oshirish birinchi navbatdagi vazifa
bo‘lishi lozim.


Sug‘oriladigan yerlarning katta qismini o‘zan-
lardan oqadigan, betonlanmagan ariqlar va
kanallar suvi bosadi. Ariqlar va kanallarda suv-



Yerlarni suv bosishi


Tuproqning

ikkilamchi

sho‘rlanishi


133





ning filtrlanishi natijasida o‘rtacha 40 % suv yo‘qotiladi. Bunday
kanallar va ariqlarning foydali ish koeffitsiyenti juda past bo‘lib,


  1. 6 dan oshmaydi.

Yerlarni sug‘orish (sho‘r yuvish) davrida qishloq xo‘jaligi
ekinlari (paxta, bug‘doy va h.k.) maydonlarini yer yuzasidan
o‘rtacha 1—1,5 metr chuqurlikda joylashgan yerosti sizot suvlari-
ning ko‘tarilishi natijasida sug‘oriladigan yerlarning o‘rtacha 35—
40 % ini suv bosadi.


Hududda yerlarni suv bosish jarayonining oldini olish uchun:

  • sizot suvlari sathini pasaytirish;

  • kollektor-zovur tarmoqlari zichligini oshirish;

  • gidrotexnik inshootlarni loyqalardan tozalash, agrotexnik
    tadbirlarga rioya etish;


  • suv va yer resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirish
    lozim bo‘ladi.


Tog‘ jinslariga antropogen ta’sirlarning aso-
siy turlariga quyidagilar kiradi:


  1. harakatsiz yuklamalar (bino va insho-
    otlar bosimi);


  2. o‘zgaruvchan kuchlar (tebranishlar, silkinishlar, zarblar, portlashlar);

  3. issiqlik ta’siri;

  4. elektrik ta’sirlar.

Yalpi tog‘ jinsli hududlarga antropogen ta’sirlar quyidagi ho- latlarda namoyon bo‘ladi:

  1. o‘pirilish-siljishlar;

  2. karst hodisasi;

  3. suv bosishi (yerosti suvlari sathining ko‘tarilishi);

  4. ichki geologik jarayonlar (zilzila va vulqonlar).

Yerosti makoni — xomashyo va energetika resurslari manbayi, ishlab chiqarish chiqindilari va zararli moddalarni ko‘mish joyi, neft, gaz va boshqa moddalar ombori, alohida muhofaza qili- nadigan hudud, texnik inshootlarni qurish muhiti hisoblanadi. Shu sababli, yer ostini o‘zlashtirish jarayonida atrof-muhitda ro‘y beradigan salbiy o‘zgarishlarga chek qo‘yilishi lozim.


Tog‘ jinslariga antropogen ta’sirlar


134



NAZORAT SAVOLLARI


  1. Litosferaning (tuproqning) ekologik funksiyasi nimalardan iborat?

  2. Tuproq nima? Unga izoh bering.

  3. Tuproqqa antropogen ta’sirlarning qanday turlari farqlanadi?

  4. Tuproq eroziyasi va uning asosiy turlariga tavsif bering.

  5. Tuproqlarning umumdorlik darajasi nima bo‘yicha aniqlanadi?

  6. Tuproqqa antropogen ta’sirlar natijasida qanday turdagi ifloslanishlar sodir bo‘ladi?

  7. Chiqindilar tuproqning ifloslanishida qanday o‘rin tutadi?

  8. Tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishiga misollar keltiring.

  9. Yerlarni suv bosishi deganda nima tushuniladi?

  10. Tog‘ jinslariga antropogen ta’sirlar nimalarda namoyon bo‘ladi?

  1. Yüklə 2,08 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə