Ekologiya lotinda p65


Ekinlarning xilma-xilligi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə17/22
tarix14.04.2018
ölçüsü2,08 Mb.
#38322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

Ekinlarning

xilma-xilligi


169





ko‘p yillik g‘allasimon o‘tlar (ajriqbosh, yaltirbosh, oqso‘xta va
h.k.) biologik guruhlariga bo‘linadi.


  1. Sabzavot va poliz ekinlari guruhi ikki kichik xo‘jalik gu-
    ruhiga ajratiladi:


  1. sabzavot ekinlari — ular mevali ekinlar (pomidor, karam,
    baqlajon va h.k.), karamsimon ekinlar (oqbosh karam, gulkaram
    va h.k.) biologik guruhlariga;


  2. poliz ekinlari — ular ildizmevali ekinlar (sabzi, osh
    lavlagi, turp, sholg‘om va h.k.), piyozli ekinlar (piyoz, sarimsoq
    va h.k.), oziqa poliz ekinlari (tarvuz, qovun, oshqovoq va h.k.),
    xashaki poliz ekinlari (xashaki tarvuz, xashaki oshqovoq va
    h.k.), boshqa poliz ekinlari (dastmolqovoq va h.k.) biologik
    guruhlariga bo‘linadi.


Yuqorida keltirilgan har bir guruh o‘simliklari o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning tashqi muhit omillariga bo‘lgan
talablari har xil. Dala ekinlari ekologiyasini o‘rganish o‘simliklar-
ning biologik mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Masalan,
yovvoyi qandlavlagi tarkibida 5—6 % shakar moddasi bo‘ladi.
Olimlar qandlavlagining tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabla-
rini yetarlicha ta’minlash orqali tarkibida 20—23 % shakar bo‘lgan
yangi serhosil navlarini yaratishdi.


Dalada yetishtiriladigan barcha ekin turlari-
ning hayot faoliyati tashqi muhit omillari bilan
mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Tashqi muhit
omillari ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi va hosil
berishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.


Issiqlik. Har bir ekin o‘sish va rivojlanishning turli bosqichla- rida muayyan miqdordagi haroratni talab qiladi. Agar bu harorat ta’minlanmasa, o‘simlik me’yorida rivojlanmaydi. Masalan, g‘o‘- zaning chigiti 10—12°C da unib chiqa boshlaydi. 14—16°C da bir tekis maysa hosil qiladi. G‘o‘za uchun maysa hosil qilish va sho- nalash davrida 10°C dan, gullash va hosilga kirish davrida esa 13°C dan yuqori harorat (foydali harorat) talab etiladi. G‘o‘zaga vegeta- tsiya davrida jami 1560—2000°C samarali harorat zarur bo‘ladi.


Ekinlarga

ekologik

omillarning

ta’siri


170





Demak, g‘o‘za har bir hududning ob-havo (harorat) sharoiti qat’iy hisobga olinib ekiladigan ekin hisoblanadi.


Barcha dala ekinlari issiqlik omiliga bo‘lgan talabga ko‘ra ikki guruhga: issiqlikni kam va ko‘p talab qiluvchi ekinlarga bo‘- linadi.

Issiqlikka kam talabchan ekinlarga bug‘doy, javdar, arpa, suli, no‘xat va shu kabilar kiradi. Ularning urug‘lari 1—3°C da una boshlaydi, 4—5°C da maysa hosil qiladi, maysalari 5—8°C li qisqa muddatli sovuqlarga chidaydi. 10—12°C harorat gullashi uchun, 10—20°C harorat hosilga kirish uchun eng qulay hisoblanadi.

Issiqlikka ko‘p talabchan ekinlarga tariq, makkajo‘xori, jo‘- xori, sholi, soya, loviya, g‘o‘za va shu kabi ekinlar kiradi. Ularning urug‘lari 7—8°C da una boshlaydi, 8—12°C da maysa hosil qiladi va ular qisqa muddatli salqin haroratlarga (3—5°C) bardosh beradi. Pishib yetilishi uchun 18—27°C harorat talab etiladi.

Suv. Har qanday ekinning o‘sish va rivojlanish jarayoni mod- dalar almashinuvi asosida kechadi. Suv — moddalar almashinu- vini ta’minlaydigan bosh omil bo‘lib, ekinlar hayotining manbayi hisoblanadi.

Ekinlarning suvga bo‘lgan talabi tashqi muhit sharoiti va ularning turiga bog‘liq. Ekinlar suv sarfi (transpiratsiyasi) quruq moddalar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Transpiratsiyaga harorat, shamol va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikning suv bilan yetarli darajada ta’minlanishi fotosintez uchun zarur bo‘ladi. Kun- duzi fotosintez jarayonida ekinlarda organik moddalar to‘planadi. Suvning yetishmasligi yoki ortiqchaligi ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ayrim hollarda hosil kam bo‘lishiga olib keladi. Masalan, g‘o‘za parvarishida suvning yetishmasligi shona, gul va tu- gunchalarining to‘kilib ketishiga sabab bo‘ladi.

Havo. O‘simliklar ham boshqa mavjudotlarga o‘xshab, havo- dan nafas oladi: kislorod qabul qilib, karbonat angidrid chiqaradi. Nafas olishda oksidlanish jarayoni ro‘y beradi. Bu jarayonda ekinlar organik moddalar to‘plamaydi, aksincha, ularning o‘sishi va rivojlanishiga sarflanadi. O‘simliklar kecha-kunduz davomida nafas oladi. O‘simliklar kechasi nafas olayotganida (fotosintez jarayoni


171





bo‘lmaganligi uchun) organik moddalarning sarflanishi eng ko‘p
holatda bo‘ladi. O‘simliklar nafas olishi uchun kislorodni atmo-
sfera va tuproqdan oladi. Tuproq havosi tarkibida ekinlar uchun
zarur bo‘lgan bir qancha oziq elementlari: kislorod, uglerod,
azot mavjud bo‘ladi. Demak, tuproq havosi ekinlar uchun oziq
moddalari manbasi hisoblanadi. Tuproqda
CO2 miqdori oshib ketsa,
ekinlar ildizi zaharlanishi mumkin, uning miqdori 5—7 % bo‘lsa,
urug‘ unmaydi, aerob bakteriyalar faoliyati yomonlashadi.


Yorug‘lik. Ekinlarning yorug‘likka bo‘lgan talabi yil fasllari
bilan bog‘langan. Ekinlar ortiqcha isib ketmasligi va havoning
harorati eng qulay darajada bo‘lishi lozim. Yorug‘lik va harorat-
ning pasayishi ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli yorug‘lik
ta’sirida ekinlarning bo‘yi past bo‘lib qolishi mumkin. Yorug‘lik
o‘simlik barglariga qanchalik to‘g‘ri tushsa, uning yutilishi
shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bir tomonlama tushgan yorug‘lik
o‘simlikning egilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa uning tuzilishi va
hosildorligining kamayishiga olib kelishi mumkin. Fotosintez
jarayoni aynan yorug‘lik ta’sirida amalga oshadi.


Ekinlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga qarab, uzun kunli va qisqa
kunli ekinlar guruhiga bo‘linadi. Uzun kunli ekinlar kunduzi
uzun, kechasi qisqa bo‘lgan sharoitda, qisqa kunli ekinlar esa
aksincha, kunduzi qisqa, kechasi uzun bo‘lganda tez gullaydi va
hosil beradi. Uzun kun o‘simliklariga bug‘doy, arpa, javdari, suli,
no‘xat, yasmiq, karam, kartoshka, turp, sholg‘om, lavlagi, ta-
maki, pomidor, loviya va shu kabilar mansubdir. Qisqa kunli
o‘simliklarga tariq, makkajo‘xori, jo‘xori, sholi, tarvuz, qovun,
baqlajon, bodring, topinambur, g‘o‘za, choy, olma va shu kabilar
mansubdir. Ayrim ekinlarga kunning uzun-qisqaligi ta’sir qil-
maydi. Masalan, beda va kartoshkaning ayrim navlari.


Agroekotizimlarga antropogen ta’sirlarning


Pestitsidlar


ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Pestitsidlar
ekinlarni kimyoviy himoya qilish mo‘ljallangan,


u yoki bu zararli mavjudotlarni yo‘qotish uchun ishlatiladigan
kimyoviy vositalardir. Ular qo‘llanilish obyektlariga ko‘ra, quyi-
dagi guruhlarga bo‘linadi:



172



  1. Bakteritsidlar — bakteriyalarga qarshi ishlatiladigan moddalar.

  2. Gerbitsidlar — begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.

  3. Zootsidlar — kemiruvchilarga qarshi ishlatiladigan moddalar.

  4. Insektitsidlar — hasharotlarga qarshi ishlatiladigan moddalar.

  5. Fungitsidlar — zararkunanda zamburug‘larga qarshi ishla-
    tiladigan moddalar.


  6. Antigelmintlar — parazit chuvalchanglarga qarshi ishlatila-
    digan moddalar.


  7. Afitsidlar — o‘simlik shiralariga qarshi ishlatiladigan moddalar.

  8. Auksinlar — o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishini boshqaradi-
    gan kimyoviy moddalar va h.k.


Shuningdek, kimyoviy vositalar ekinlar urug‘ini dorilashda —
ekishdan oldin bakteriya va zamburug‘lar keltirib chiqaradigan
kasalliklarga qarshi kurashda ham ishlatiladi. Ayrim pestitsidlar
maxsus maqsadlarda ishlatiladi. Masalan, defoliantlar — o‘simlik
barglarini to‘kishda, dessikantlar — o‘simliklarni quritishda, re-
tardantlar — o‘simliklarning o‘sish sur’atini pasaytirishda ishla-
tiladigan kimyoviy moddalardir.


Pestitsidlarning parchalanish tezligi har xil bo‘ladi. Ayrim
pestitsidlarning parchalanishi 18 oygacha (xlor organik birik-
malar) davom etadi. Ular tuproq florasi va faunasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.


O‘g‘itlar — ekinlarning o‘sishi va rivojlanishi
uchun zarur bo‘lgan mineral va organik mod-
dalardir. Ular kelib chiqishi bo‘yicha organik,


mineral va aralash, tarkibiga qarab azotli, kaliyli, fosforli va ara-
lashtirilgan o‘g‘itlar farqlanadi. Ular ekinlar uchun zarur bo‘l-
gan oziq moddalariga ko‘ra, makro- va mikroo‘g‘itlarga bo‘linadi.
O‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanilsa, ya’ni o‘z vaqtida, maromida berilsa,
ekinlar hosilining sifati yaxshilanadi va oshadi. Agar noto‘g‘ri
foydalanilsa, ya’ni barvaqt yoki kech, yuqori maromlarda berilsa,
hosilga va uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.


Masalan, maromidan ortiqcha berilgan azotli o‘g‘itlar o‘simlik mevalarida to‘planib, sifatsiz mahsulot yetishtirilishiga olib keladi va uni iste’mol qilgan odamlarni zaharlanishga, hatto o‘limga olib


O‘g‘itlardan

foydalanish


173





kelishi mumkin. Fosforli, kaliyli va boshqa o‘g‘itlarni ko‘p miq-
dorda ishlatish ham xavfli hisoblanadi. Bu o‘g‘itlar oqova suvlari
(sizot suvlari) va yog‘in suvlari bilan birga suv havzalariga tushadi
va evtrofikatsiya (suvning «gullashi») hodisasi ro‘y berishiga olib
keladi. Natijada bunday suv havzalarida baliqlar va boshqa mav-
judotlar nobud bo‘lishi mumkin.


Madaniy o‘simliklarga beriladigan o‘g‘itlar va ularning tarki-
bidagi ayrim elementlarning yetishmasligi yoki maromidan ortiqcha
berilishi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan,
oziqlar tarkibida u yoki bu modda yetishmasligi ekinlarda turli xil
morfologik o‘zgarishlar sodir qiladi. Bu holat, ko‘pincha, tuproqning
turi, holati va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, ekinlarga
azot yetishmasa, eng avvalo, ularning yashil rangi o‘zgaradi, xlorofill
hosil bo‘lishi sustlashadi va o‘simlik barglari och yashil rangga kiradi.


Madaniy ekinlar ekologiyasining umumiy jihatlarini eng keng
tarqalgan ekin — g‘o‘za misolida qarab chiqamiz.


G‘o‘za — o‘sish va rivojlanish jarayonida,
ya’ni chigitni ekishdan to ko‘saklar pishib yetil-
gunga qadar besh asosiy fazani (davrni) o‘taydi:


1. Unib chiqish. 2. Chinbarg chiqarish. 3. Shonalash. 4. Gullash.

  1. Pishish.

Bu fazalarning o‘tish tezligi g‘o‘za navining biologik xusu- siyati, harorat, namlik va boshqa sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq harorati 13—14°C, namligi 70 % bo‘lganda chigit ekishdan to unib chiqquncha 5—7 kun, bu sharoitlar yetarli bo‘lmasa 10—15 kun davom etishi mumkin. G‘o‘zaning shonalash mud- dati ham haroratga bog‘liq. Masalan, havoning o‘rtacha harorati 25—28°C bo‘lganda g‘o‘zaning chinbarg chiqarishidan shonala- shigacha 25—30 kun kerak bo‘ladi. Agar qulay sharoit bo‘lsa, shonalashdan gul ochilguncha 25—30 kun, gullashdan ko‘saklar pishishigacha 50—60 kun o‘tadi. O‘rta tolali g‘o‘za navlari uchun chigit ekilgandan to ko‘saklar pishguncha taxminan 125—150 kun, ingichka tolali g‘o‘za navlari uchun esa 145—160 kun kerak bo‘ladi. G‘o‘zadan mo‘l hosil olish uchun uning o‘sish va ri-


G‘o‘za

ekologiyasi


174



vojlanish davrlari va fazalarini puxta bilish juda katta ahamiyat kasb etadi.

G‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish davrida asosiy ekologik omillarga bo‘lgan talabi turlicha bo‘ladi.

Issiqlikka talabi. G‘o‘za issiqlikka talabchan o‘simlik hisoblanadi. Sababi u tropik mintaqadan kelib chiqqan. Uning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 25—30°C hisoblanadi. Agar harorat 20°C dan past bo‘lsa, g‘o‘zaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.

Chigit tuproq harorati 10—12°C bo‘lganda una boshlaydi. U me’yorida unib, maysasining yer yuziga chiqishi uchun ka- mida 19—20°C issiqlik bo‘lishi zarur. Harorat juda pasaysa, g‘o‘za kasallanadi. Uning maysasi bahorda 1—2°C sovuqdan, voyaga yetgan g‘o‘zalar esa kuzda 3—5°C sovuqdan zararlanadi. G‘o‘zaning me’yorida rivojlanishi uchun yuqori harorat 35—37°C hisoblanadi. Agar harorat 40°C dan oshib ketsa, gul urug‘lanmay to‘kilib ketadi.

Foydali haroratga talabi. G‘o‘zaning turli rivojlanish fazala- rida turlicha harorat talab etiladi. Biroq ma’lum rivojlanish faza- sini to‘la o‘tash va tugallash uchun ham ma’lum harorat, ya’ni samarali foydali harorat mavjud bo‘lishi kerak. Samarali foydali haroratni hisoblash uchun havoning o‘rtacha sutkalik haroratidan g‘o‘zaning muayyan rivojlanish fazasini o‘tashi mumkin bo‘lmay qoladigan harorat olib tashlanadi. Odatda, chigitning unib chiqishi hamda g‘o‘zaning shonalash-gullash bosqichlari uchun shartli ravishda qabul qilingan eng past harorat 10°C, gullash- pishish fazasi uchun esa 13°C olinadi.

Masalan, g‘o‘zaning shonalash-gullash bosqichida o‘rtacha sutkalik harorat 30°C, past harorat esa 13°C. Bunda foydali samarali harorat 30°C—13°C = 17°C bo‘ladi. G‘o‘zaning har bir o‘sish va rivojlanish fazasi uchun samarali foydali harorat shunday hisoblab chiqiladi. Umuman, o‘rtacha tolali g‘o‘za navlarida chigitdan maysa unib chiqishi uchun o‘rta hisobda 84°C—100°C, shonalaguncha 485°C—500°C, gullaguncha 900°C—1200°C foydali samarali harorat talab qilinadi.


175



Yorug‘likka talabi. G‘o‘za yorug‘sevar o‘simliklar qatoriga kiradi. Shu sababli g‘o‘za barglari kun bo‘yi quyoshga qarab o‘z holatini o‘zgartirib turadi. Quyosh botishi bilan g‘o‘za barglari pastga egiladi. Agarda yorug‘lik yetishmasa, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Jumladan, yorug‘lik yetishmasligi natijasida g‘o‘za barglarida assimilatsiya jarayoni pasayadi. G‘o‘zaning yorug‘- likka bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun dalada paykallarni to‘g‘ri joylashtirish, g‘o‘zalarning gektariga o‘rtacha tup sonini ta’minlash, o‘z vaqtida sug‘orish va begona o‘tlardan tozalash lozim.

Suvga talabi. G‘o‘za me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun suv bilan yetarli darajada ta’minlanishi kerak. Shunda u yaxshi o‘sib rivojlanadi hamda serko‘sak bo‘ladi. Bu — hosilning garovidir. Tuproqdagi suv g‘o‘zaning ildizlari orqali shimiladi. Shimilgan suv va ma’danli moddalar g‘o‘zaning bosh poyasi orqali shox, shona, gul va tugunchalarga boradi. Natijada butun o‘simlik tanasi suv va boshqa oziqa moddalar bilan ta’minlanadi. Aks holda, g‘o‘za suv bilan yaxshi ta’minlanmasa, uning o‘sishi va rivojlanishi sekinlashadi. Dalaning umumiy suv sarfini 100 % deb olsak, uning 60—80 % g‘o‘za iste’moli hisobiga bo‘lsa, qolgan 20—40 % tuproqdan bug‘lanib ketadi. Tuproqdan suv bug‘lanishining oldini olish agrotexnologik tadbirlarga bog‘liq. Agar tuproqqa yaxshi ishlov berilsa, suv tuproqdan shuncha kam bug‘lanadi. G‘o‘zani sug‘orish soni va uning me’yorlarini belgilashda bular e’tiborga olinishi kerak.

Oziq moddalarga talabi. G‘o‘za me’yorida o‘sishi hamda rivojlanishi uchun yetarli miqdorda oziqa moddalar kerak bo‘ladi. O‘rta tolali g‘o‘za navlari 1 t paxta hosili uchun 30—70 kg azot,

  1. 20 kg fosfor va 30—80 kg kaliy o‘g‘iti talab qilinadi. G‘o‘za o‘zining rivojlanish fazalarida tuproqdan turli miqdorda azot va fosfor moddalarini oladi: chigit unib chiqqandan shonalaguncha 7 % azot,

  1. % fosfor; shonalashdan gulga kirguncha 48 % azot, 35 % fosfor; gullashdan hosil pishguncha 44 % azot, 50 % fosfor; to‘la hosilga kirish davrida 3 % azot, 10 % fosforni oladi.

G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishida azotning tutgan o‘rni katta. Agar g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish davrida azot yetishmasa,


176





hosil shoxlari kamayadi, barglari mayda och yashil rangda bo‘ladi. Shuningdek, g‘o‘zani ortiqcha azot bilan o‘g‘itlash ham zarar keltiradi. Jumladan, azot ko‘p solinsa g‘ovlab ketadi, hosil tugishi kamayadi, ko‘saklarning pishishi kechikadi.


G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishida fosforning ham tutgan o‘rni katta. Fosfor yetarli bo‘lsa, ko‘saklar yiriklashadi, hosil ko‘payadi, chigit va tolaning sifati yaxshilanadi. Fosfor yetish- masa, ildizning rivojlanishi sekinlashadi, g‘o‘za past bo‘yli, ko‘sagi mayda bo‘ladi.

Agarda g‘o‘zaga kaliy yetishmasa, u zaiflashadi, kasallikka chalinadi, barglari quriydi va tushib ketadi.

Tuproqqa talabi. G‘o‘za soz, qumoq, o‘tloqi va boshqa xil tuproqlarda o‘sa oladi, biroq kuchli sho‘rlangan tuproqlarda o‘sa olmaydi. Sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holati yaxshilansa, ya’ni sho‘ri yuvilsa, bunday yerlarda ham paxtadan hosil olish mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Markaziy Farg‘ona sharoitida tuproqning sho‘rlanish darajasiga qarab paxta hosildorligi keskin o‘zgarib turadi.

G‘o‘za o‘stirishning o‘ziga xos agrotexnologiyasi mavjud.

Almashlab ekish — tuproqning tuzilishi va tarkibini yaxshi- laydi, hosildorlikni oshiradi. G‘o‘za asosan beda ekini bilan almashlab ekiladi. Buning foydali tomoni shundaki, 2—3 yillik beda har bir gektar yerda o‘rtacha 200—400 kg azot to‘playdi. Shuningdek, g‘o‘zaga tushadigan kasallik va zararkunandalarni yo‘qotadi. Paxtachilikda 9 dalali 3:6 almashlab ekish tartiboti qo‘llaniladi. Bunda maydonning 66,7 % ga g‘o‘za, 33,3 % ga beda ekiladi.

Yerni ekishga tayyorlash — muhim agrotexnologik tadbirdir. Yerni ekishga tayyorlash deganda daladan g‘o‘zapoyalarni yi- g‘ishtirish, yerni tekislash, go‘ng solish, kuzgi shudgorlash, yaxob suvi berish, sho‘r yuvish, boronalash, haydash kabi tadbirlar majmuasi tushuniladi. G‘o‘za ekiladigan dalalarga gektariga 15— 25 tonna go‘ng, 500 kg superfosfat aralashtirib solinadi. Keyin 30—40 santimetr chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Ko‘proq nam saqlash maqsadida shudgor qilingan dalalarga yaxob suvi be-


177





riladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish hamda nam saqlash maqsadida yer borona qilinadi. Keyin 12—14 sm chuqurlikda haydaladi.


Chigit ekish. Chigitlar ekishdan oldin saralanib dorilanadi. Uning unuvchanligini oshirish maqsadida ekish oldidan 16—20 soat namlanadi. Tuproqning 10 sm qalinligidagi harorati 12—13°C bo‘lganda chigit ekiladi. Ekish chuqurligi 3—5 sm bo‘ladi. Chigit ekish me’yori va tartibi g‘o‘za navining xususiyati, tuproq unum- dorligi va chamalangan hosilga qarab belgilanadi.

Yaganalash g‘o‘zani yorug‘lik, issiqlik, namlik va oziqa moddalar bilan me’yorida ta’minlash imkonini beradi. Yaganalash g‘o‘za maysalari bir tekis unib chiqqandan so‘ng o‘tkaziladi va eng yaxshi rivojlangan, shikastlanmagan, baquvvat nihollar qoldiriladi. Qatorlar orasi 60 sm.li dalalarda har bir metr uzunlikda

  1. 9 tupdan nihol qoldiriladi. Bu gektariga 120—130 ming tup ko‘chatni tashkil qiladi. Qatorlar orasi 90 sm.li dalalarda gektariga 120—130 ming tup ko‘chat bo‘lishi uchun har bir metrda 10— 12 tupdan nihol bo‘lishi lozim.

Qator oralariga ishlov berish muhim agrotexnologik tadbir hisoblanadi. G‘o‘za qator oralariga ishlov berish tufayli tuproq mayinlashadi, uning suv, oziqa, havo va issiqlik rejimi yaxshi- lanadi, begona o‘tlar yo‘qotiladi, tuproqning nam saqlash xossasi tiklanadi, qisqasi, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Qator oralariga birinchi va ikkinchi ishlov be- rishda himoya zonasining kengligi 7,5—8 sm, uchinchi va to‘r- tinchi ishlov berishda esa 10—12 sm bo‘lishi lozim. G‘o‘zaga dastlabki ishlov berishda qatorlarning ikki yonboshi 6—8 sm, o‘rtasi esa 10—12 sm chuqurlikda, keyingi ishlov berishlarda esa, ya’ni sug‘orilgandan so‘ng qatorlarning ikki yonboshi 8—10 sm, o‘r- tasi 14—16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Vegetatsiya davrida g‘o‘za qator oralari 4—5 marta kultivatsiya qilinadi.

Sug‘orish. G‘o‘za to‘g‘ri va tejamli sug‘orilsa mo‘l hosil beradi. G‘o‘zani me’yoridan ortiq sug‘orish tuproqda namlik miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Natijada g‘o‘za g‘ovlab ketadi. G‘o‘za g‘ovlaganda issiqlik va quyosh nuri yetishmaganligi sababli shona, gul, tugunchalar to‘kiladi hamda ko‘saklar kech


178





ochiladi. G‘o‘za kech sug‘orilsa shonalash, gullash va meva tugish bosqichlari kechikib ketadi hamda hosil kamayadi. Shu sababli g‘o‘za o‘z vaqtida qondirib sug‘orilishi lozim.


Umuman, g‘o‘zaning suvga bo‘lgan talabi uch davrga bo‘linadi:

  1. Gullashgacha bo‘lgan davr. 2. Gullash-meva tugish davri.

  1. Hosilning yetilish davri.

G‘o‘zaning me’yorida o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq namligi dala sig‘imiga nisbatan 65—70 % bo‘lishi kerak. Tuproq namligi bundan kamayib ketsa, g‘o‘zani sug‘orish talab etiladi. G‘o‘za gullashgacha bo‘lgan davrda 1—2 marta (gektariga 600—800 m kub), gullash-meva tugish davrida 3—4 marta (gektariga 800—1100 m kub), hosil yetilish davrida 1—2 marta (gektariga 500—600 m kub) sug‘oriladi. Suvni egatlar orqali jildiratib oqizish yaxshi natija beradi: pushtani suv bosmaydi va qatqaloq hosil bo‘lmaydi. Egatlar chuqurligi nishabi katta bo‘lmagan maydonlarda 20—22 sm, nishabi katta bo‘lgan maydonlarda 14—16 sm bo‘lishi kerak.

O‘g‘itlash. G‘o‘zaga o‘g‘itlarning qaysi turini qaysi rivojlanish bosqichida solishni bilish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. G‘o‘za o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida fosfor va azotni, shonalash davrida azot va kaliyni, gullash davrida esa fosfor va azotni ko‘p talab qiladi. G‘o‘zani butun rivojlanish davrida oziq moddalar bilan ta’minlash maqsadida o‘g‘itlar ekishdan oldin, ekish vaqtida hamda vegetatsiya davrida solinadi. Sho‘rlanmagan dalalarga fos- forli o‘g‘it yillik me’yorining 60—70 % kuzgi shudgor oldidan go‘ng bilan aralashtirilib solinadi.

Azotli o‘g‘itning yillik me’yori gektariga 200 kg bo‘lsa, uning

  1. 25 % ekish oldidan beriladi. Chigitni ekish jarayonida bir yo‘la ham azotli, ham fosforli o‘g‘itlar berilsa, paxta hosildorligi

  1. 3 sentnerga ko‘tariladi. Shu sababli chigit ekish vaqtida bir yo‘la gektariga 20 kg azot, 20—30 kg fosfor aralashtirib solinadi. Azotning qolgan qismi ikkiga bo‘linib, shonalash va gullash davri boshlanishida beriladi. Ma’danli o‘g‘itlarni go‘ng bilan aralashtirib solish yaxshi natijalar beradi. Birinchi oziqlantirishda o‘g‘itlar o‘simlik tubidan 15—16 sm, ikkinchisida 20—22 sm uzoqlikda

  1. 18 sm chuqurlikka solinishi kerak.


179



Chekanka qilish natijasida shona, gul va tugunchalar to‘ki- lishining oldi olinadi hamda ko‘saklar soni, undagi paxtaning massasi oshadi. Chekanka jarayonida asosiy poya va yon shoxlar- ning uchki qismi chilpib tashlanadi. Natijada g‘o‘za o‘sishdan to‘xtaydi va unga sarflanadigan oziqa moddalar shona, gul va ko‘saklarga o‘tadi. G‘o‘za o‘z vaqtida chekanka qilinsa o‘rta tolali g‘o‘za navlarida 2—3 ta, ingichka tolali g‘o‘za navlarida esa 3—4 ta qo‘shimcha ko‘sak hosil bo‘ladi. Ko‘saklarning massasi oshib, ochilishi 3—8 kunga tezlashadi. Chekanka g‘o‘zada 12—16 hosil shoxi paydo bo‘lganda, ya’ni 20-iyuldan 10-avgustgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi. G‘o‘zani chekanka qilish qo‘lda yoki maxsus mashinalar yordamida o‘tkaziladi.

Paxtani terish qo‘lda va mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Paxtani mashinalar yordamida terish paxtachilikdagi eng dolzarb masala hisoblanadi. U mehnat unumdorligini bir necha marta oshirib, terim tannarxini kamaytiradi. Paxtani mashinada terish uchun dalalar defoliatsiya qilinib, g‘o‘za barglari to‘kiladi yoki g‘o‘zalar mashinabop qilib o‘stiriladi. Agarda paxta qo‘lda teriladigan bo‘lsa, birinchi terimga g‘o‘za tuplaridan 2—3 tadan ko‘sak ochilganda, ya’ni tupdagi 20—25 % ko‘sak ochilganda; ikkinchi terimga qolgan hosilning 35—40 % ochilganda; uchinchi terimga esa ikkinchi terimdan keyin havoning holatiga qarab 10—15 kundan keyin kirishiladi.

Paxta qo‘lda terilganda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:

  1. eng avvalo, to‘liq pishgan, kasallanmagan, sog‘lom ko‘- saklarda ochilgan paxtalar terib olinadi;

  2. kasallangan, shikastlangan ko‘saklarda ochilgan paxtalar alohida terib topshiriladi;

  3. paxtaga har xil xas-cho‘plar, barg, chanoq va boshqa iflos narsalar hamda chala ochilgan ko‘saklardagi xom paxta aralashib ketmasligi kerak. Bu qoidalarga rioya qilinmasa, paxtaning sanoat navi pasayib ketadi;

  4. chanoqlarda paxtani umuman qoldirmaslik kerak. Jumladan, bir gektar paxta maydonida 100 ming tup g‘o‘za bo‘lsa, har


180





bir tupda atigi 0,50 g paxta qolib ketsa, bir gektar maydonda 50 kg paxta yo‘qotiladi. Agar kasb-hunar kollejining o‘quv-tajriba xo‘jaligiga ekilgan paxta maydoni 10 gektar bo‘lsa, unda jami 500 kg xomashyo kam yetishtiriladi. Shuncha paxtadan o‘rtacha 175 kg tola, 55 kg yog‘, 130 kg kunjara, 90 kg sheluxa, 8 kg sovun va boshqa mahsulotlar olish mumkin. Shu sababli, paxta nobudgarchiligiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.


G‘o‘za yetishtirishda atrof-muhit omillari qat’iy hisobga oli- nishi va uning yemirilishi, ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə