Jismoniy tarbiya nazariyasi va



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

oddiy va murakkabga
ajratish maqsadga 
muvofiq. Oxirgisi masalan, epchillik va m oljalga olish murakkab 
sifatlarga kiradi. Psixik sifat komponentiga nishonga olish, k o ‘z 
o'lchovining sifati kiradi. Oddiy va murakkab harakat sifatlariga 
basketbolchi rivojlantirish bosqichlari orqali o ‘tadi. Boshlan- 
g ‘ich bosqichda bir sifatni rivojlantirish asosida boshqa bir sifat 
o ‘sishi vujudga keladi. Keyinchalik boshqa bir sifatning o ‘sishi 
ikkinchi bir sifatning (jism oniy m a sh q lar aloqadorligining 
buzilishiga) o ‘sishini torm ozlaydi. Bunday holning vujudga 
kelishida m a ’lum bir mexanizmni anaerob va aerob jarayoni 
o ‘rtasidagi a n to g o n iz m (q a ra m a -q a rs h ilik la r) b ir sifatning 
rivojlanishi ikkinchisining rivojlanishini sekinlashtiradi.
H a rak at sifatlar yoshlarga qarab geteroxronlik (h a r xil 
v aqtd alig i) bilan x ara k te rla n a d i. D e m a k , h ar xil h arak a t 
sifatlar har xil yoshlarda o ‘zining maksimal rivojlanishiga ega 
b o ‘ladi (masalan, tezlik sifatlari 13— 15 yoshda, kuch sifatlari 
25—30 yoshlarda vujudga keladi).
H arakat sifatlari har to m o n g a y o ‘nalishining o ‘zgarishi 
jinsiy organlarning yetilishi davrida ko ‘rinadi. Bu davrda kuch 
tezligi sifatning rivojlanish sur’ati tez ortadi, harakat koordi- 
natsiyasi sekinlashadi yoki vaqtincha to ‘xtaydi. Bu neyrodina- 
mikaning o ‘zgarishi bilan bog‘liq: q o lzg‘alishning ortishi, nerv 
jarayonining harakatchanligi, kuch — tezlik sifatining k o ‘rinishi 
va koordinatsiya imkoniyatini tormozlash.
Kuch va uni rivojlantirish uslubiyoti
Odam ning kuchi deb — tashqi qarshilikni yengib o ‘tishiga 
yoki tashqi kuchlarga qarshi turishiga, yoki foydali harakatni 
bajara olish qobiliyatiga aytiladi. Birinchi navbatda, odam , 
harakatsiz obyektga t a ’sir etishga urinadi (sport asbob-anjom- 
lariga — uloqtirish, sakrash, gimnastik mashqlar), ikkinchi 
navbatda, tashqi kuchlar t a ’sirida dastlabki tana statik holatini 
ushlab qoladi. Tashqi t a ’sirdan ham shunday kuchlar b o ‘lishi 
mumkin. Masalan, boksda raqiblar urishi, tananing og'irligi 
yoki osilib, burchak ushlab turishlik.
Bu sifatning psixofiziologik m exanizm i, muskul kuchla- 
nish regulatsiyasi bilan, ishlash tartibi sharoit bilan bog'liq.
60


Muskullar kuchlanishi, iroda, harakat sisteniasining markaziy 
nerv periferik boMimlari ishiga bog‘liq, um um iy formada qilib 
aytganda, m uskullar kuchlanishi quyidagicha ajratiladi: 1) 
m a rk a z d a n m u s k u lla r g a b o r a y o tg a n im p u ls la r c h a s to ta s i 
(chastota q an ch a ortiq bo'lsa, muskul kuchlanishi sh u n ch a 
ortib boradi); 2) harakat birligiga kiritilgan kuchlanish soni;
3) muskullarning q o ‘zg‘aluvchanligi va u n d a energetik m anba- 
larning mavjudligi.
M u sk u lla r q o ‘z g ‘alishi rejimi a so sid a v u ju d g a kelishi 
m um kin: izom etrik (m uskullar uzunligi o ‘zgarm asd an ), bu 
rejim bir holatni ushlab turishda ishlatiladi; miometrik (izos- 
tatik, m uskullar uzunligi qisqaradi, lekin muskullar k u c h ­
lanishi o ‘zgarmaydi), bu rejim siklik va ballistik harakatlarda, 
muskullar qisqarishi bosqichga taalluqli; pliometrik (muskullar 
c h o ‘zilishida), siltash bilan b o g ‘liq b o ‘lgan, o ‘tirib -tu rish , 
tashlash, depsinish harakatlari u c h u n xarakterlidir.
K uch qobiliyatlarining turlari muskul kuchlanish rejimi- 
ning xarakterli tomonlariga qarab ajratiladi. Statik rejim va sekin 
h arak atlarda shaxsiy kuch qobiliyati, tez h arak at davrida, 
kuch tezligi qobiliyatlariga ajratiladi. Qisqa vaqt ichida ko‘p 
kuchni vujudga keltirish qobiliyatini portlash kuchi deyiladi.
Kuch qobiliyatlarining turlarini 
muskul
kuchlanishi rejimi 
bilan birga olib borish xarakteri b o ‘yicha ajratadi. Statik rejim 
va sekin h ara k a tla rd a , 

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə