“Himoyaga tavsiya etilsin”


-darsda ‘‘Ko‘rsatish olmoshlari’’ haqida



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/50
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107218
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

13-darsda ‘‘Ko‘rsatish olmoshlari’’ haqida

Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, s o‘z birikmasi o‘rnidaqo‘llanib, unga 
ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari 
hisoblanadi. 
so‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin 
qo‘llanadi. Masalan, 
Bu daftar meniki.
Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana 
kabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi 
tabdilidagi qoida va o’quvchilarni qiziqtirish uchun mashqlar berilganini 
ko‘rishimiz mumkin. 
14-dars ‘‘ Ko‘rsatish olmoshlarining talaffuzi va imlosi’’haqida. 
Yozuvda 
mana bu, mana shu, ana bu, ana shu 
olmoshlari ajratib yoziladi. 
Ba’zan bu olmoshlar og‘zaki nutqda 
manavi, anavi 
tarzida talaffuz qilinishi va 
shunday yozilishi mumkin.


43 
Ushbu mavzuda olmosh turkumidan uchraydigan fonetik o‘zgarishlar haqida 
o‘quvchilarga ma’lumot berib o’tilganini ko‘rishimiz mumkin. 
Egalik, kelishik hamda 
-day, -dek, -aqa, -cha 
qo‘shimchalariqo‘shilganda, 
asos bilan qo‘shimcha o‘rtasiga bir 

tovushiorttirib talaffuz qilinadi va shunday 
yoziladi. Masalan: 
shunday,o‘shanaqa, buncha.
31
15-dars ‘‘Kishilik olmoshlari’’ haqida. 
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari 
hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari 
barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. 
Men, biz 
birinchi shaxs, 
sen, siz 
ikkinchi shaxs, 
u, ular 
uchinchi shaxs kishilik 
olmoshlari hisoblanadi. Bulardan 
men, sen, u 
birlik, 
biz, siz (lar), ular 
ko‘plik 
ma’nosini biidiradi. 
Ba’zan 
biz, siz, ular 
birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz birlik ma’nosida 
qo‘llanganda kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. 
Masalan, 
Mening uyim 
o‘rniga 
Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim 
o‘rniga 
Biz 
g‘olib chiqdik.
Shuningdek, 
siz, ular 
yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini bildiradi. 
Masalan, 
Sen kelding 
o‘rniga 
Siz keldingiz, U keldi 
o‘rniga 
Ular keldilar. Siz 
hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga 
-
lar 
qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan, 
Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin.
Men, sen 
olmoshlariga 
-ni, -ning, -niki 
qo‘shimchalariqo‘shilganda, talaffuzda 
bir 

tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə