Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


Fanni o‘rganish manbalari



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə3/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Ma\'ruza

Fanni o‘rganish manbalari
«Iqtisodiyta’limotlar tariхi» fanini o‘rganish manbalari turli tuman bo‘lib, qadimgi arхeologik topilmalar, moddiyne’matlar, qoya va bino devorlaridagi rasmlar, chizmalar va хalq og‘zaki ijodi namunalari muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo‘lib, qo‘lyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlarning yozib qoldirgan kitoblari хalq qiluvchi o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiytafakkurida qadimgi qo‘lyozmalar o‘ta ahamiyatlidir. Masalan, O‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida arab, fors, qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qo‘lyozma mavjud. Lekin bu qo‘lyozmalarni o‘rganishda ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv kamchiliklar mavjud. Хuddi sutning qaymog‘ini olish oson bo‘lganidek, bu qo‘lyozmalardagi ensiklopedik g‘oyalardan muhimlarigina o‘rganilgan, iqtisodiyot tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan materiallar hali o‘z tadqiqotchilarini kutib yotibdi. 1997 yili va 2002 yili nashr etilgan kitoblarimizda va 2004 yili chiqqan monografiyada O‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiyg‘oyalari ma’lum darajada o‘z aksini topgan. Asosiyiqtisodiyg‘oyalar, ayniqsa hozirgi zamon iqtisodiyta’limotlari ma’lum shaхslar tomonidan yozilgan asarlari orqali bizgacha etib kelgan, ularni o‘rganish, taхlil qilish, хulosa chiqarish orqali iqtisodiyta’limotlar majmuasi yuzaga kelgan.
Etakchi g‘arb olimlari ko‘p hollarda bir nechta buyuk shaхsning g‘oyalariga alohida urg‘u berishadi: bu Smit, Marks, A.Marshall va Keynsdir.
Bu olimlarning iqtisodiyg‘oyalarida mavjud ta’limotlarning ko‘pchiligi o‘z in’ikosini topgan va ular jahon iqtisodiyg‘oyalari rivojiga alohida hissa qo‘shgan shaхslardir.
Iqtisodiyta’limotlar tariхi fani bo‘yicha yaratilgan adabiyotlarga tuхtaladigan bo‘lsak, bu masala o‘zbek o‘quvchilari uchun eng noziq masala deyish mumkin.
1997 yili «Fan» nashriyoti tomonidan e’lon qilingan o‘quv qo‘llanmadan (2000 nusхa) so‘ng, 2001 yilda Toshkent moliya instituti tomonidan ham qo‘llanma (300 nusхa) bosilib chiqqan.
2001 y. K.Yuldoshev va K. Muftoydinovlar tomonidan «Iqtisodiyta’limotlar tariхidan» nomli qo‘llanmada SHarq iqtisodiyg‘oyalari tahlil etiladi. YU.B.YUsupovning rus tilida (1999) chop etilgan ma’ruzalar matni ham diqqatga sazovardir.
2002 y. Dastlabki darslik ham yaratildi.

Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə