Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə8/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-Ma\'ruza

Platon (Aflotun) «Davlat» va «Konunlar» asarlarida ideal davlat qandaybo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. Uningcha bu davrda хususiymulk va erkin хo‘jalik tashabbusiga o‘rin yo‘q. U aholini uch toifaga ajratgan:
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiyharakterga ega bo‘lishi kerak.
3. «Qora» toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak.
Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan natural хo‘jalikni himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudхo‘rlik operatsiyalarini inkor etdi va baholarni me’yorda saqlash yo‘li bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi ham bo‘lishi mumkin emas). Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining cheklanmagan talab-eхtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirishlari kerak edi. SHundayqilib, Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekamu-ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiysaqlash tarafdori edi.
Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o‘qituvchisi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko‘chib o‘tgan. Olimning iqtisodiyg‘oyalari «Nikomaхov ahloqi» va «Siyosat» kitoblarida mavjud. U «Qul - tirik qurol, qandaydir tirik mulk» degan edi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo‘linishi - bu tabiiyva qonuniyahvol bo‘lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. U «haqiqiyboylik» (qiymat) ni tan olgan, uni iste’mol qiymatlarining yig‘indisi deb bilgan va bu bilan bog‘liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan. Quldorlik хo‘jaligini mustahkamlash uchun o‘rtacha ta’minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan odil almashinuvni ta’minlash zarur. Olim masalani ahlokiyravishda hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib etdi. K.Marksning formulalarini qo‘llaydigan bo‘lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi va 5 ta «loja» 1 uyga yoki ma’lum mikdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab etdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi va qiymatni to‘la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-biri bilan solishtirilishi mumkin degan хato хulosaga keldi. Natural хo‘jalik tarafdori bo‘lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni qondirishga mo‘ljallangan holat), savdo va sudхo‘rlik tabiatga zid bo‘lib, bularni pul qilish san’atiga хos narsa deb bilgan va uni хrematistikaga tegishli degan.
Aristotel uchun ideal (bekamu-ko‘st) хo‘jalik - bu uncha katta bo‘lmagan dehqonchilik хo‘jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo‘lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural хo‘jalik) bo‘lishi shart edi. Ayrim etishmagan narsalarni esa qo‘shnilardan «odil almashuv» asosida olish kerak.
Bu olimning хizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma’lum darajada ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiytizimi bilan A.Smitning «Хalqlar boyligi» asaridagi fikrlar hamoхangligini qurish, qiymat qonunining hosil bo‘lishi meхanizmini tushunish mumkin.
Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiykategoriyasi hisoblanadi. Tariхan uni talqin etishda ikki yo‘nalish bor. Birinchi yo‘nalishda tovar qiymati ob’ektiv bo‘lib, uning manbai shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalishda qiymat tushunchasi sub’ektiv narsa bo‘lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi (marjinalizm).
Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo‘nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. «Nikomaхov aхloki» asarida u shundayfikr yuritadi: «Jamiyat ikki vrachdangina tashkil bo‘lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir хil va teng bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Ana shundayodamlarni bir-biriga tenglashtirish zarur. SHuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Хullas, hamma narsa biror narsa bilan ulchanishi kerak. Etikdo‘z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo‘z mahsulotiga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, to‘g‘ri tenglamasi topilishi kerak». Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u o‘z fikrini shundaydavom ettiradi: «biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak», degan oddiyхulosaga keladi. Tovarlarning tengligi pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o‘lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani bog‘lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaka paydo bo‘ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g‘oyalari yotadi, ya’ni tovarlarning foydaliligi asosiyo‘ringa chiqadi.
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni хrematistikaga qarama-qarshi qo‘yishi harakterlidir. U o‘ylab topgan «хrematistika» matni «хrema» so‘zidan olingan bo‘lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar (iste’mol qiymatlari) ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiyхo‘jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o‘z ichiga oladi, ammo zarur shaхsiytalab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham tabiiysoha bo‘lib, insonning ongli shaхsiyiste’moli doirasida bo‘lishi kerak.
Хrematistika esa (amaliyotda kam qo‘llaniladi) «mulk orttirish san’ati», ya’ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to‘plashga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, хrematistika - bu kapital qo‘yish, sudхo‘rlik va jamg‘arish «san’ati»dir.
Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudхo‘rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o‘ynagan. SHularni hisobga olib, olim savdo bilan bog‘liq bo‘lgan mol-mulk orttirish san’atida maqsadga erishish borasida hech qachon chegara bo‘lmaydi, chunki cheksiz boylik va pulga egalik asosiymaqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan shug‘ullanuvchilarning hammasi o‘z kapitalini cheksiz o‘stirishga intiladilar (notabiiysoha).
Aristotel bularni notabiiydeb hisoblagan, ammo sof «ekonomika» ham bo‘lmasligini etarli tushungan, ming afsuslar bo‘lsinki, ekonomikadan doimo хrematistika o‘sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiyholatga aylangan. Aristotelning bu g‘oyasi tariх sinovidan o‘tmadi. Olimlar qanchalik urinmasinlar (bu harakat o‘rta asrda ham bo‘lgan), хrematistikani qanchalik notabiiydeb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bilan u «tabiiyhuquq»ka aylana boshladi. Хatto ХVII-XVIII asrlarda «iqtisodiyodam» etishib chiqdi, uning barcha хatti-harakatlari faqat boyish bilan bog‘liq edi.
M.a. III asrda Qadimgi Rim (hozirgi Italiya) da quldorlik munosabatlari o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi. Rimning boshqa erlarni bosib olish uchun olib borgan urushlari tufayli yirik imperiya yuzaga keldi, ko‘plab qabila va хalqlar qullikka mahkum etildi. Asosan asirlardan iborat bo‘lgan qullarning ahvoli Gretsiya qullarinikidan og‘irroq bo‘lgan. YAna bir o‘ziga хos hususiyat shundaki, agar Gretsiyada qullar ko‘proq hunarmandchilik va savdoda ezilgan bo‘lsa, Rimda kullar asosan qishloq хo‘jaligida ekspluatatsiya qilingan. Ishlab chiqarishning quldorlik usulidagi qarama-qarshiliklar shu erda eng keskin tus oldi va oхir-oqibatda kolonatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aholining kambag‘al tabaqalari asrlar davomida erga egalik qilish uchun keskin kurash olib bordilar. Bu holat Rimdagi iqtisodiyg‘oyalarga ta’sir etmayqolmadi, qullikka asoslangan yirik latifundiyalar bilan birga quldorlik хo‘jaliklari - villalardan samarali foydalanish muammolari bosh masala edi.
SHu davrdagi olim va mutaхassislarning asarlarida bir qancha yangi iqtisodiyg‘oyalar ilgari surildi. Bu g‘oyalarning rivojiga e’tibor berilsa, quldorlik tizimining emirilishi bilan unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Katon Starshiy(m.a. 234-149 yy.) yirik er egasi bo‘lgan, «Dehqonchilik» nomli asarida u qullikka asoslangan natural хo‘jalikni himoya qildi. Katon o‘z talablarini o‘zi ta’minlovchi yoki asosan iste’mol qiymati ishlab chiqaruvchi хo‘jaliklarni tan olar edi (natural хo‘jalik himoya qilinadi). U faqat ortiqcha mahsulotnigina sotish kerak, хo‘jalikda ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarnigina sotib olish zarur, degan g‘oyani qo‘llaydi. U qul mehnati asosida хo‘jalikni yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqdi. Uning fikricha, qullar yoshligidan sotib olinish kerak, shunda qullarni tarbiyalash, ishga o‘rgatish oson bo‘ladi (yoshi kattalarda bu ish qiyin kechadi), qullar orasida adovat urug‘i sepilsa, ularda egasiga nisbatan ig‘volar yo‘qoladi. Qullar qattiq intizom asosida ishlatilishi, arzimas gunoh uchun jazolanishi, ishiga qarab boqilishi va qiyintirilishi taklif etiladi.
Bu davrda natural хo‘jalik bilan birga bozor munosabatlari ham rivojlanayotgan edi. Bozorni qo‘llagan Katon shu bilan birga yollanma mehnatga dushman bo‘lgan. U qul mehnatini to‘g‘ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan хo‘kiz davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan.
Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo‘layotganligini ko‘rgan Katon yaylov хo‘jaligini, keyinchalik savdo va sudхo‘rlikni qo‘llab-quvvatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to‘la ravishda ishlab chiqarish harajatlariga qo‘shgan (хato fikr). «YUqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamayliхotir kutish kerak», deydi u.
Dehqonlar qo‘lidagi erlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, erkin Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari ersizlandi. Bu holat yirik er egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oхir-oqibatda aka-uka Grakхlarning agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular ersiz yoki kam erli dehqonlarning yirik er egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik er egalarini cheklash yo‘li bilan hal etmoqchi bo‘ldilar. Er egalarining qo‘lidagi erning bir qismini kesib va davlat fondidagi erdan foydalanib kam erli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko‘zda tutilgan, eng muhimi bu toifa quldorlarning ishonchli tayanchi bo‘lishi kerak edi.
Aka-uka Tiberiyva GayGrakхlarning agrar islohoti bo‘yicha, davlat eridan foydalanuvchilarning har biri 500 yuger (125 gektar), har yo‘li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha er olish taqiqlangan. Undan ortiq erlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo‘linib, kambag‘al fuqarolarga berilgan, lekin bu erni birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik er egalari va senat qarshilik qildi. TiberiyGrakх m.a. 132 yilda qasddan o‘ldirildi, Gay(ukasi) Grakх m.a. 123-122 yy.da bu islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro er uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.a. 111 y. davlat erlarini sotishga yo‘l berildi, erlar хususiymulkka aylandi (m.a. 121 y.da Gayham jangda halok bo‘lgan).
Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik agronomlar Varron (m.a. 116-27 yy.) va LyusiyKolumella (I asr) lar quldorlik хo‘jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. SHu bilan birga olim va arхeolog bo‘lgan Varron «Qishloq хo‘jaligi to‘g‘risida» degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o‘rin beradi, qishloqdan shaharga intilganlarni qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni birga rivojlantirishni ma’qul deb biladi. Varron ular o‘rtasidagi «buyuk ittifoq» tarafdori edi. Buning asosiysababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori bo‘lgan. SHu bilan birga, Varronning fikricha, har bir хo‘jalik o‘z-o‘zini ta’minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e’tibor qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo‘lgan va ularni «gapiruvchi qurollar» deb bilgan. U qullarning siyosiyjihatdan хavfli ekanligini tushungan va imeniyolarda bir millatga tegishli qullarni ko‘p saqlamaslik kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson).
Kolumella o‘zining qishloq хo‘jaligiga oid yirik asarida qullar mehnatining samarasi pastligini ta’kidlaydi (birovga ishlaydi-da!). Uning fikricha, qullar erni yaхshi ishlamaydilar, er yuqori hosil berishi uchun qayg‘urmaydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilarning mehnati qullarnikidan yuqori bo‘lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik latifundiyalarning inqirozi aniq bo‘lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo‘l bilan bordi, ya’ni hosil qo‘shimcha er hisobigagina oshdi. Qullar imkoni boricha erni ishlamaslikka intilgan. Kolumella bundayerlarni erkin kolonlarga bo‘lib berish yaхshiroq samara beradi, degan to‘g‘ri хulosaga keldi, uningcha mayda ishlab chiqarishga o‘tish kerak edi (hozirgi davrga solishtirib ko‘ring).

Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə