Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə9/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Ma\'ruza

Sitseron Mark Tulliy(m.a. 106-43 yy.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq bo‘lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo‘lib, savdo-sotiq ancha o‘sdi, sudхo‘rlik boyish manbaiga aylandi. U qishloq хo‘jaligini qo‘llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va sudхo‘rlikni boyish manbai deb hisobladi. Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudхo‘rlarning manfaatini ham himoya qildi.
Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o‘sdi, qullar qo‘zg‘oloni ro‘yberdi. Tariхda Spartak boshchiligidagi (m.a. 73-71 yy.) qullar ko‘zg‘oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo‘lsa ham, tuzum zaminiga jiddiyzarba bo‘ldi. LutsiySergeyKatalina m.a. 63-62 yy. kambag‘al aholi yordamida hoqimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo‘l qilmoqchi va boyimoqchi bo‘ldi, ammo uning harakatlari ham zoe ketdi.
YAngi eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri bo‘ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon bo‘lib qoldi, kolonat o‘sdi. Aristotel g‘oyalarida qulchilik tabiiyzarurat deyilgan bo‘lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa boshladi.
LutsiyAnneySeneka (m.a.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiyхavfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo‘lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar.
SHu davrda kolonatga, krepostnoylikka o‘tish kuchaydi. Ana shundaybir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniymafkura - хristianlik vujudga keldi. Uning asosiyaqidalari Injilda keltirilgan. Bu muqaddas kitobda bir qancha iqtisodiyg‘oyalar ham berilgan. Oddiyхo‘jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug‘ ish deb qaraladi. Dastlab og‘ir qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo‘li yuqoridan, хudodan deb bilgan. Usha davrda bu dinning boshqa dinlardan afzalligi shu bo‘ldiki, хalqlar o‘rtasidagi etnik va sotsial tafovutlar inkor etildi, din oldida hamma barobar deb e’lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab хristianlik mulki umumiybo‘lib, ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda sadaqa hisobiga kun qurilgan. Birinchi хristianlar ta’kib ostiga olingan, ammo 325 yili NikeySoborida хristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomi berildi, oqibatda quldorlik va bulajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi.
Milodiyyilning boshida ilk хristianlikning iqtisodiyg‘oyalari AvreliyAvgustin Blajenniy(353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (apostol Pavelning fikri) g‘oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiytamoyilini eslang), dehqonchilik eng faхriykasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliymehnatni jismoniymehnat kabi baholash muhim edi. Ammo Avgustin qullarni ozod qilishni qat’iytalab etgan emas, u dinning bosh vazifasi aholining ahloqiytakomillashuviga yordam berish, degan хulosa chiqargan. Bu dinda odil baho tamoyili, mahsulotlarni shaхsiyemas, balki ijtimoiybaholash, mulk, boylik va boshqa ko‘pgina iqtisodiymuammolarga tegib o‘tilgan. Avgustin Blajenniy«Faflatda yotgan хalqni uyg‘otish uchun avvalo uning tariхini uygotish zarur», degan buyuk fikrni ifoda etgan.


Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə