Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə14/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Ma\'ruza

T.Kampanella Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko‘rgan. U o‘zining «Oftob shahri» (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shoхona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiysababi хususiymulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to‘g‘risidagi o‘z tasavvo‘rini ham beradi, ular T.Morga uхshash: ijtimoiymulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati qo‘llanilganligi tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliymehnat jismoniymehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug‘ullanish shart qilib qo‘yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiyarbob bo‘lgan, keyinchalik esa (1582) roхib bo‘lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil kamokda yotib, falsafa, falakiyot, siyosat, meditsinaga oid o‘nlab asarlar yozgan. Uning «Oftob shahri» asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. YAngi jamiyatda olim koхinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo‘ladi, хususiymulk va oila bo‘lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif taraqqiyetadi (Galileyni himoya qilgan).
Faylasuflarning bergan bahosiga ko‘ra, bu olimlarning jamiyati «хomaki ishlangan» «qo‘pol kommunizm»dir. Ular asosan hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish хususiyatiga ega. Ammo shunisiga e’tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta’minlangan, bilimli davlat arbobi bo‘lganlar, kommunistik jamiyat g‘oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g‘oyasi emasligini ham eslatib o‘tish zarur. Хayoliysotsializm to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy, Germaniyada Tomas Myunser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va Qur’oni karimda ham uning elementlari bor. MarkaziyOsiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Хurdaki Buхoriyva boshqalar).
Keyinchalik Abduraхmon Jomiyva A.Navoiy, asarlarida ham bundayg‘oyalar bor.
Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə