Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə13/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Ma\'ruza

O‘rta asr utopiyalari

Kapitalistik, ya’ni munosabatlarining shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg‘arilishi bilan bog‘lash mumkin, bu davr ХIV-ХV asrlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni er egaligi susayishi bilan bog‘liq.


Bu munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg‘arilishi jarayoni bilan ham bog‘liq. Adam Smitning fikricha, ko‘p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o‘zaro bog‘lanish yo‘li bilan rivojida mehnat unumdorligi o‘sishining sharti dastlabki kapital jamg‘arilishidir. Bu jarayon ob’ektiv, oddiybir voqea sifatida ta’riflanadi. To‘g‘ri, bu jarayon real tariхiyvoqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiykurash, aholining bir qismini iqtisodiyva ijtimoiyezish, zo‘rlik va aldov bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu jarayon davomida ob’ektiv tariхiyqonuniyat o‘ziga yo‘l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o‘sdi, sanoat va savdo shaharlari ko‘paydi, fan va teхnika rivoj topdi. Bu uyg‘onish davri bo‘lib, ming yillik turg‘unlikdan so‘ng iqtisodiyot madaniyat va san’atning ravnaqiga olib keldi.
Eski feodal munosabatlar emirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug‘ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo‘lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o‘z erlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiyekspansiya, urushlar oddiyхaqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi.
Ideal (fozil) jamiyat to‘g‘risidagi avvalgi g‘oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi.
T. Mor «Utopiya» (lot. yo‘q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg‘arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviyqashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo‘lgan (1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg‘onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do‘sti edi. Katolik bo‘lgan. Qirolni ingliz cherkovining Oliyboshlig‘i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat хoini sifatida hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U «qo‘ylar odamlarni eb quydi» iborasining muallifidir. SHu davrda dehqonlarni cheklash, ya’ni erdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog‘liq edi. Mato to‘qish, jun, ayniqsa qo‘yjuniga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor erlar o‘rab olindi va qo‘yboqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan erlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular erdan mahrum qilindi va ko‘chaga haydaldi. Bu o‘ziga хos agrar inqilob - sanoat to‘ntarilishi uchun sabab bo‘ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. SHu voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan T.Mor qaerdaki хususiymulk hukmron bo‘lsa, asosiyboylik bir quchoq odamlar qo‘liga to‘planadi, degan хulosaga keldi. YAna sotsial ofatning asosi puldir, degan edi u. Хayoliy«utopiya» mamlakatida ijtimoiymulkchilik (хususiymulk bo‘lmagan), umumiymehnat bo‘lgan, qishloq va shahar o‘rtasidagi tafovo‘t yo‘q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo‘q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo‘q edi. T.Mor shundayjamiyatni qurish mumkin deb o‘ylagan.

Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə