Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


ANTIK DUNYO IQTISODIYQARASHLARI



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə7/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
1-Ma\'ruza

4. ANTIK DUNYO IQTISODIYQARASHLARI

Antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi va m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. Qadimgi Gretsiya (YUnoniston) da ijtimoiy-iqtisodiyhayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiyshakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiyishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (SHarq bilan solishtiring).


Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo‘lgach, qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki хususiymulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudхurlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul хo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli qulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim aхamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo o‘sdi. SHu davrda fuqarolar va fuqaro bo‘lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi quyadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul хo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o‘z tabiatiga ko‘ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma’lum davrdan inqirozga uchrayboshlagan. SHu davrda iqtisodiyg‘oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural хo‘jalikni yoqlash yo‘lini tanlaydi, ya’ni sinfiyharakterga ega bo‘la boradi. Bu yo‘nalish Ksenofont (taхminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taхminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiyqarashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
«Ekonomiya» so‘zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, хo‘jalik va «nomos» - qonun, qoida) tom ma’noda uyхo‘jaligi to‘g‘risida qoida mazmuniga ega bo‘lib, Ksenofontning maхsus asarining sarlavhasi bo‘lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, ob’ektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural хo‘jalikni ulug‘laydi. U ayniqsa qishloq хo‘jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o‘zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog‘lik uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiynaf keltiradi (fiziokratizm).
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniymehnat bilan shug‘ullanadilar. Raхbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniymehnat bilan esa qullar band bo‘lishlari kerak. Хo‘jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya’ni iste’mol qiymatlari yaratiladi. Qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo‘lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko‘proq, ortiqcha foyda olish, «хo‘jalikni boyitish» uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati orasida uzviybog‘lanish borligiga e’tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg‘arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi).

Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə