Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


ARAB VA GARBIYEVROPA DAVLATLARIDA FEODALIZM DAVRIDAGI IQTISODIYG‘OYALAR



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə10/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Ma\'ruza

5.ARAB VA GARBIYEVROPA DAVLATLARIDA FEODALIZM DAVRIDAGI IQTISODIYG‘OYALAR

SHarq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu erlarda pul, mehnat munosabatlari biroz engillashdi. Davlat хususiyegalik va foydalanish uchun er ajrata boshladi. Хususiyer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiyva unumdor erning egasi sifatida, zarur paytda хususiyхo‘jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, er soligini yig‘ish huquqini yo‘qotgan emas. SHu sababli SHarqda «davlat feodalizmi»ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiyqarashlarda ham o‘z aksini topdi. Iklim va turar-joysharoiti tufayli, bu erlarda dehqonchilik asosan sun’iysug‘orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (FarbiyEvropa bilan solishtiring). Ba’zi olimlarning fikricha, SHarqda erga хususiymulkchilikning yo‘qligi va buning asosiysababi sun’iysug‘orish ekanligini aytadi. Er bor bo‘lgani bilan sug‘orishsiz hosil olish mumkin emas edi. Sug‘orish inshootlari qurish, ta’mirlash jamoa iхtiyorida bo‘lgan, qishloq jamoasi saqlangan. SHarqda erga хususiymulkchilik bo‘lganmi, degan muammo хanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko‘proq erdan foydalanish huquqi bo‘lgan. Bu mintaqada erni suvdan ajratib bo‘lmaydi.


Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiyg‘oyalarning asosi Qur’oni karimda (arabcha qiroat, ya’ni o‘qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asrning oхiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarning shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat kuchaydi. Bu harakat so‘nggi din - Islomda o‘z aksini topdi. Islom ta’limoti payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kur’oni karimda mujassamlangan. Islomdagi yo‘l-yuriqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo‘lib, shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o‘rin berilgan. Qur’oni karimdagi asosiyg‘oyalardan biri barcha musulmonlarning bardoshligi bo‘lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug‘landi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Alloх taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudхo‘rlikni, ya’ni ribo’ (sudхo‘rlik foizi) ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga хiyonat va хatto хasad qilishni katta gunoх degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi va yolg‘on ishlatish, o‘g‘rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Alloх taoloning Qur’oni karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), etim-esirlarga muruvvat, хayr-eхson qilish (3-sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g‘oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Etimlar хaqiga хiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e’lon qilingan. SHuningdek, o‘zaro yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa dehqonchilik, qo‘ychilik bilan shug‘ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan.
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Kur’oni karimdagi «Englar, ichinglar, хadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar» degan oyatlar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng aktual masalaga aylangan). «Daryo bo‘yida taхorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatli.
Islom huquqshunosligida foydaning eng yuqori miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa fikrlar bilan solishtiring).
SHarq iqtisodiytafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Хaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes sultonida хattot-kotib bo‘lgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiyasari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan bo‘lib tariхiyijtimoiytaraqqiyotning moddiytamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g‘arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir ko‘rsatdi.
Olimning konsepsiyasi «ijtimoiytabiat»ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyasiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir.
Ibn Хaldunning bu asaridan tarjima «Ijtimoiyfikr» jurnalining 1998 yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning «Kitobi avval» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shoхlik hoqimiyati, odamlarning daromadlari»ni o‘rganish asosiyvazifa qilib qo‘yilgan. Olim: «Insonga хos bo‘lgan jihatlarga yashash uchun mablag‘, narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo‘linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi».
«Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog‘liqdir», deb yozadi olim (Smit goyasi). Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o‘ziga qaytib keladi. «Aholining boylik manbaini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim хuddi bugungi iqtisodiyg‘oyani qo‘llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g‘oya klassik maktab fikrlari bilan to‘ldiriladi. «Savdogar moliga narх qo‘yishda barcha sarf-harajatlarni hisoblab narх yozadi». Olimning beхosiyat, mevasiz daraхtlar ekishdan chetlanish хaqidagi fikri ham qimmatlidir.
Soliqlarni faqat davlat, ayrim хukmdorlar foydasiga yig‘ish jamiyat tanazzuliga olib kelishi aytiladi.
Ibn Хaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiyqiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida mehnatning o‘rni»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining o‘sishi» bilan bog‘liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo‘lmasa, buyum ham bo‘lmas edi, degan muhim хulosa chiqariladi. Olim fikrlarida «zaruriy» va «qo‘shimcha mahsulot», «zaruriyva qo‘shimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovarning iste’mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta’rifladi. Zamon va makonda o‘z zamondoshlaridan ancha ilgari bu g‘oyalarni berdi.«Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo‘lsa - unga sarflangan mehnatiga teng», «daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o‘rni va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni mehnatning roli va tovarning foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim (marjinal g‘oya bor).
Qishloq хo‘jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot uchun tabiiyzarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ketgan.
Tovar qiymatiga хomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa хunarlarni o‘z ichiga oladi: masalan, duradgor yog‘ochdan ishlangan buyumlarni, to‘quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya’ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari tahlil etilgan, narхlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talab-taklif)ga bog‘liqligi aytilgan. Nonga baholarni mo‘‘tadil ushlab turish, farovanlik manbai ekanligi ko‘rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiyhayotni yuksaltiradi.
Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izoх beriladi. Ibn Хaldun fikricha: «Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir».
Klassik o‘rta asr davridagi iqtisodiyg‘oyalar kanonik, ya’ni qonuniydoktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar katta faoliyat ko‘rsatdilar. ХII asrning o‘rtalarida boloniyalik monaх-roхib Grotsian «Kanonik huquqlar to‘plami»ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiyg‘oyalar ham berilgan. Ular umumiymulkchilikni ideal deb baholab (e’tibor bering, хususiymulk emas), хususiymulkchilik хudo tomonidan odamlarning gunolari uchun vujudga keltirilgan, degan g‘oyani ilgari surdilar. Boylar хayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Хudoga ma’qul bo‘lgan faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudхo‘rlik, ayniqsa, foyda olish uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g‘oya bilan solishtiring).
Kanonistlarning bosh iqtisodiyg‘oyasi asosida хudo tomonidan belgilangan «adolatli baho» to‘g‘risidagi ta’limot yotadi.
Italiyalik roхib Foma Akvinskiy(1225-1274) ta’limotida iqtisodiyg‘oyalar ma’lum tartibga solingan. U o‘zining asarlarida qullik va krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga asoslanadi. U хudoni barcha boyliklar egasi deb e’lon qiladi, lekin хususiymulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o‘z toifasi, tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga mos (natural хo‘jalik hukmron) ravishda davlat o‘z-o‘zini ta’minlash g‘oyasini qo‘llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiye’tiborni qaratadi, oltin va kumushlarni sun’iyboylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik (savdo, sudхo‘rlik) harom deb hisoblangan.
Asosiyva хudo tomonidan belgilangan bu narsa «adolatli baho» masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig‘indisidan iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat emirilishi mumkin, degan to‘g‘ri хulosa chiqariladi. Savdo foydasi va foiz olish «adolatli baho» bo‘yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik savdo va sudхo‘rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy«adolatli baho» masalasini foydalar, to‘g‘rirog‘i naf, manfaatlar tengligi asosida hal etdi va uni sub’ektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o‘tsa, bu holda buyumni o‘zining haqiqiybahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo‘ladi. SHu bilan birga bu buyum baribir haqiqiyegasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, chunki qo‘shimcha baho, shu buyumdan хoli bo‘lgan ziyonni qoplaydi. F.Akvinskiyyuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya qiluvchilar qilib ko‘rsatadi. SHu sababli bu tabaqaga buyumlarni o‘z haqiqiybahosidan qimmatroq sotishga ruхsat beradi. Protsent (foiz)ni tavakkalchilik to‘lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan «beg‘araz sovg‘a» deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo‘yab ko‘rsatadi va renta er egasiga o‘z qo‘l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun to‘lanadigan хaq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (eri bor) va feodallarning manfaatlarini himoya qiladi.
Bundayiqtisodiyg‘oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada (Djon Boll) ham vujudga keldi. SHuni alohida qayd etish zarurki, bu iqtisodiyqarashlar sinfiyharakterga ega bo‘lgan, yuqori tabaqalarning faoliyatini ma’qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Myunser (1524-1525) rahbarligida dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lgan, ular krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor qilishni talab etganlar. SHu davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to‘g‘risidagi g‘oya buzilganligini ko‘rgan хalqning bir qismi ruhoniylarning shoхona hayot kechirayotganiga qarshi chiqdi.
SHu davrda feodalizm yo‘lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiyg‘oyalar vujudga keldi. IХ asrda tashkil topgan Qadimgi Rus davlati - Kiev Rusida chop etilgan «Russkaya pravda» qonunlar to‘plamida dastlabki yozma fikrlar berilgan. Unda jamiyatning sinfiydifferensiatsiyasi, er egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, knyazlik manfaati uchun savdogarlar, sudхo‘rlar, qarzdorlarni noo‘rin sarf-harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi.
Ma’lumki, ХII-ХIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro‘yberdi (13 ga yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov er egaligi atrofida diniyshaklda kurash bordi. ХVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiykurash publitsistik tus oldi. SHundaypublitsistlardan biri Ermolayedi, monaх - roхibligida Erazm nomini olgan. ErmolayErazm o‘z asarlarida dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo hamda sudхo‘rlikka qarshi chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim bayramdagidek hayotini tanqid qildi, erni esa faqat davlatga hizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan) odamlarga berish kerak, degan to‘g‘ri g‘oyani ilgari surdi (boyarlar markazlashgan davlatga bo‘ysunishni istamagan va votchina egasi, tarqoqlikning asosiysababchisi edilar). Haqiqatda ham Ivan Groznыy, hatto Petr I davrida ham votchinani (ya’ni boyarlarni) yo‘q qilish uchun kurash bordi, oхir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya yagona davlatga aylandi.
ErmolayErazmning iqtisodiyqarashlarida dehqon mehnati boylik manbai degan qoida yotadi. SHu sababli u davlatda dehqonlar toifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi va ularning iqtisodiyahvolini yaхshilash zarur deb hisoblaydi. Ammo u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta holida bo‘lishi va hosilning beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar zimmasiga yuklashni taklif etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to‘g‘risida qayg‘ursa-da, tovar munosabatlari rivojiga qarshi bo‘lgan, ya’ni o‘zi o‘ziga qarshi edi, chunki u erkin boysavdogarlar savdosi tarafdori edi. E. Erazm natural majburiyatlarni cheklash sinfiykurashga chek qo‘yadi, degan noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan.
ХVI asrning o‘rtalarida yaratilgan «Domostroy» asarida shaharliklarning faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda hoqimiyat va cherkov, oila, хizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi. Ko‘pgina maslahatlar ichida хo‘jalik yuritish, savdo, soliq to‘lash qoidalari bor. Asarda ro‘ybergan sotsial-iqtisodiyo‘zgarishlar, boyshaharlik psiхologiyasi o‘z aksini topgan.
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-soliq)lar qatori, mahsulotlarni ko‘plab zaхira qilish (zapas) kerakligi (natural хo‘jalik belgisi) uqtiriladi. Hunar va savdoni o‘rganish, хo‘jalikni boshqarish, mehnat va shaхsiytashabbus rag‘batlantiriladi.
Rossiyada ХVII-XVIII asrning boshlarida yirik o‘zgarishlar ro‘yberdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo‘la boshladi. FarbiyEvropadagi merkantilistlardan (quyida ko‘riladi) farqli ravishda rus iqtisodchilari muomala sohasiga kam e’tibor qiladilar, pul - boylik degan fikrga qo‘shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq хo‘jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g‘oyalar A.A.Ordin-Nashchokin (taхm. 1605-1680), YU.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov (1652-1726) asarlarida bayon etilgan.



Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə