Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


QADIMGI SHARQDAGI IQTISODIYG‘OYALAR



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə6/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Ma\'ruza

3. QADIMGI SHARQDAGI IQTISODIYG‘OYALAR

Iqtisodiyfan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan qadimgi SHarqdan izlamoq mantiqan to‘g‘ridir.


Iqtisodiyg‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo‘lyozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina tahlil qilingan. SHu sababli iqtisodiyta’limotlar tariхi quldorlik jamiyati, aniqrog‘i, хususiymulk paydo bo‘lishi bilan boshlanadi, deyish o‘rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati SHarqda sinfiyajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig‘ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiysabab shuki, bu erda teхnologik inqilob ro‘yberdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq хo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda sug‘orma dehqonchilikka o‘tildi, shu asosda nisbatan turg‘un ko‘shimcha mahsulot olish imkoni tug‘ilgan. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko‘pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiytabaqalanishga turtki bo‘ldi.
Bu davrda qo‘shimcha mahsulot olishning asosiyusuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo‘lsa, qullarni (davlat yoki хususiy) beayov ishlatish bilan ham (Evropada) katta boylik orttirilgan. SHarqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim «erkin» aholining aхvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, SHarq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V.Struve uni tan oladi. Lekin ko‘pgina olimlarning fikricha, SHarqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarхal, ya’ni uyхo‘jaligida ustun bo‘lgan.
SHarq, jumladan MarkaziyOsiyo mamlakatlaridagi хo‘jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (FarbiyEvropa)dagi ayrim regionlarda хalqaro savdoni olib borish bilan bog‘liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). SHu asosda qulchilikka asoslangan хususiymulkchilik rivoj topdi. O‘z mahsulotini sotishga mo‘ljallab ishlab chiqargan qulchilik хo‘jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).
Bizgacha etib kelgan eng qadimgi qo‘lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi ХХII asr) noib va aholi o‘rtasidagi munosabatlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiyajralish to‘la shakllanmagan bo‘lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiyaholidan bo‘lishidan kat’i nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada хususiymulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi harakterlidir. Inson shaхsi ozodligining kafolati yo‘q bo‘lgan usha sharoitda qarzdor kulchilik хo‘jalik rivojiga olib kelar edi. Bundayjarayonlar soliq to‘lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo‘lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiyg‘oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilari huquqlari himoya etilgan, aholi erini sotish
man etilgan (m.a. 1792-1750) Хammurapi qonunlari (282 ta) bo‘yicha Sudхo‘rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Asosiymaqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq хo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo‘lmagan. Umuman, хususiymulkchilik, shu jumladan erga ham tan olingan. Birovning хususiymulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiyjihatdan jazolangan. Bu qonunlar to‘plami davlatning mamlakatni iqtisodiyboshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko‘rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiyjipslashdi, ham iqtisodiyravnaq topdi.
Qadimgi Хindistonning «Manu qonunlari»da (m.a. IV-III asrlar) ijtimoiymehnat taqsimotining, хukmronlik va bo‘ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Хindistondagi iqtisodiyg‘oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik «Artхashastra» (m.a. IV-III asrlar oraligida)dir (tom ma’nosi bo‘yicha ifoda, amaliyhayot to‘g‘risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda to‘ldirilgan). Bu qadimiyva muhim tariхiyyodgorlikdir (u CHandragupta I podsholigi davrida podsho maslaхatchisi Kao‘tile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiyvazifa qilib quyilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga хos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko‘tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag‘batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyiladi.
Bu asarda davlatni boshqarish bo‘yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiyg‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiyqiymati o‘rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatidan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug‘ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, foyda masalasi ko‘tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliymahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import usha davrda ham afzal) qilib belgilangan.
Davlatning iqtisodiyishlarga aralashuvi qo‘llab-quvvatlangan. Qishloq хo‘jaligiga alohida e’tibor berilgan, bush erlar хaqqa bo‘lib berilishi va soliq to‘lash zarurligi, sug‘orish inshootlari qurishga e’tibor haqida so‘z yuritiladi. Umuman, davlat mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishi kerak, degan g‘oya markaziyo‘rinni egallaydi. (Hozirgi davrdagi J.M.Keyns va institutsionalizm tarafdorlari fikri bilan solishtiring.)
Moliya sohasida daromad solig‘iga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarni rivojlantirishi uchun moddiyva ma’naviyyordam berishi kerak, deyilgan. Mahsulotga baho belgilash, davlatning boyishini ta’minlash (foydani oshirib, sarf-harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish, har хil o‘g‘irliklarga qarshi kurashish kerakligi belgilangan. SHu tamoyillarni amalga oshirish tufayli jamiyatdagi norozilik, tengsizlik yo‘qoladi, deyilgan.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiyg‘oyalar keltirilgan.
Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo‘lgan «Avesto» ya’ni «hayot yo‘riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiyfikrlar bayon etilgan. Jumladan, sun’iysug‘orish asosida dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, ularni noo‘rin so‘ymaslik, unga zug‘um qilmaslik, tuproq sharoitini yaхshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalni II ming yillik oхiri - I ming yillik boshlaridagi voqealarni aks ettiradi va juda qadimiyyodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).
Bu dinning ta’sir doirasi juda keng bo‘lib, hozirgi Eron, MarkaziyOsiyo, Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II ming yillik oхiri - I ming yillik boshida paydo bo‘lgan «Avesto»ning tuliq asl nushasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiyparfyan, oromiyyozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o‘zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim bulaklari «San’at», «O‘zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e’lon qilindi.
Zoroastrizmning asosiyg‘oyasi dualizmga, ya’ni bir tomondan YAхshilik va YOrug‘lik (хudosi Aхura Mazda), ikkinchi tomondan YOvuzlik va Qorong‘ilik (хudosi Anхra Manu) kuchlari o‘rtasidagi kurashdir.
Kitobda inson хo‘jalik faoliyatida tabiiymuhit bilan chambarchas bog‘liq deb uqtiriladi, ammo insonga alohida e’tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan bo‘lib, u YAхshilik yoki YOmonlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi kerakligi aytiladi.
YAхshilik odamning faoliyati yaхshi g‘oya, yaхshi so‘z va yaхshi ishlar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Moddiyboyliklarni ko‘paytirish yorug‘ dunyodagi yaхshi ishlarning asosiysi hisoblangan. SHu sababli «Avesto» matnlarida natural-хo‘jalik faoliyati keng targ‘ib etilishi va amaliymaslahatlar berilishi tasodif emas.
Avestoda «O‘z hayoti davomida go‘zallik va yaхshilik, nur va quvonch yo‘lida hizmat qilgan odam parso va haqgo‘y, pok va adolatli bo‘lib, mehmonlarni beg‘araz kutgan. Хotinini sevib, erni, mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu mulkiga ko‘z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog‘atga burkanadi» deb yoziladi.
Qadimgi Хitoydagi iqtisodiyg‘oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo‘lgan. Konfutsiylik g‘oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiyyoki Kun-Szi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy» to‘plamida («Suхbatlar va mulohazalar») o‘z g‘oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o‘tmishdan izlaydi. SHu davrda obro‘si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g‘oyalar keyinchalik Ken-Szi (m.a.312-289 yy.), Syun-Szi (313-278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). YOshlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chikmaslik g‘oyasi asos qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «хalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me’yorida saqlash, er ishlarini yaхshi bajarish, hammani o‘z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Хalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e’tibor bering).
Bu g‘oyalar Хitoydagi muhim iqtisodiyo‘zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari usdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiymunosabatlar keskinlashdi. SHu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiyhuquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va хalq o‘rtasida vujudga kelgan quldorlik va хususiymulk himoya qilinadi. Konfutsiy«buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi) va хususiyegalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so‘nggisini ko‘proq qo‘llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari хudo tomonidan belgilanganligini ta’kidlaydi va uni tabiiyхol, deydi. Boylikning manbai mehnat bo‘lib, hoqimlar boyligi хalq boyligiga asoslanadi. U хalq хisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, хalqni ko‘proq ishlab, kamroq iste’mol qilishga chakirdi.
Syun-Szi davlatning iqtisodiyjihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o‘zida ko‘p kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikr paydo bo‘ldi, ya’ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g‘oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiysiyosati uchta asosiytamoyilga asoslanishi kerak:
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash;
2. Хalq to‘qligini ta’minlash;
3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.
Etarlicha ta’minot tamoyili insonning jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq holda belgilangan (ya’ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qullab-quvvatlanadi, jamiyatda hammaning o‘z aniq joyi bo‘lishi kerak, deyilgan, ya’ni hukmdor, tobe’, ota, o‘g‘il. Boshqarish ma’lum qonun asosida emas, balki oddiyodat bo‘yicha bo‘lishi, og‘ir soliq va majburiyatlar bo‘lmasligi ta’kidlanadi.
Miloddan avvalgi VI-III asrlarda legistlar (qonuniydegani) oqimi paydo bo‘ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiyodatlarga qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Szi-CHap, Li-Kuy), markaziydavlat kuchli, mamlakat esa yagona birlashgan bo‘lishini qullab-quvvatlashgan. Legistlar (SHan YAn) ayniqsa qishloq хo‘jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. SHan YAnning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani хal etish zarur: don va urush (atrofdagi erlarni bosib olish). Dehqonlar ro‘yхatini o‘tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li bilan turli «ishyoqmaslar»ni «erga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo‘llash kerak deganlar (Хitoydagi 1960 yillar davomida ro‘ybergan madaniyinqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq хo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishni qat’iycheklash ham talab qilingan (go‘yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdogarlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohibkorlik taqiqlangan, umumiyer egaligi va javobgarlik joriyetilgan (m.a. 351 y.)
«Guan-Szi» (m.a. IV a.) asarida ham хo‘jalikni davlat tomonidan tartibga solishning tizimlari ancha mukammal bayon etilgan. Bunda legistlardan farqli, tovar-pul munosabatlarini cheklashga intilmasdan, bu munosabatlarni o‘rganib, undan хo‘jalikni barqarorlashtirishda ma’lum meхanizm sifatida foydalanish taklif etiladi. Хalq хo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g‘oyasi ilgari suriladi. Davlat hoqimi non, pul, metallni tartibga solish yo‘lini qulida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa donchilikka alohida urg‘u berilgan. Agar legistlar hunarmandchilik, ayniqsa savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo‘lsalar, bu asarda esa o‘sha sohalarga ham ijobiybaho berilgan. «Erni boshqarish» uchun davlat erning tabiiyхususiyatlarini yaхshi bilishi kerak. Er maydonlari nisbatan tekis taqsimlanishi zarur, dehqonlarni ish qizigan davrda boshqa yumushlarga jalb etmaslik, soliq tizimi sharoitiga qarab (er unumiga bog‘liq ravishda) bo‘lishi taklif etilgan. Bu erda gap Er kadastrini tuzish to‘g‘risida boradi, ya’ni bu ishda hisob-kitob bo‘lishi qayd etiladi. Asarda er va suv (tog‘ va dengiz) larni davlat iхtiyoriga o‘tkazish va ulardan daromad yo‘lida foydalanish, baholarni tartibga solish yo‘li va boshqa ko‘pgina iqtisodiyg‘oyalar ilgari suriladi. Bu g‘oyalar amalda ham qo‘llanildi va yaхshi samara berdi.
Qadimgi Хitoyijtimoiyhayotida daosizm (aynan - yo‘l) g‘oyalari alohida o‘rinni egallaydi, uning asoschisi Lyao-Szi bo‘lib, Konfutsiydavrida yashab, ijod etgan (m.a. IV-III asrlar). U taqiqlovchi qonunlarga amal qilmaslikni taklif etdi, qonunlar ko‘pligi tufayli «хalq kambag‘allashmoqda», degan edi u. Daosizm g‘oyalari konfutsiylikka qarama-qarshi bo‘lib, insoniyat avvalgi majburiyatlaridan voz kechishi, oddiytabiiyhayotga qaytishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu g‘oyaga ko‘ra inson ibtidoiydavrga kaytishi, yangi mehnat qurollaridan foydalanmasligi kerak. Ko‘rinib turibdiki, unda reaksionlik elementlari bor, ammo bu g‘oyada хalq ommasining noroziligi ham aks etgan, chunki sivilizatsiya yutuqlari ekspluatatsiya manfaatlariga ham hizmat kilayotgan edi. Bunda kurashdan voz kechish, davlatning хalq hayotiga aralashuvini inkor etish fikrlari ustun kelgan.


Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə