Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


Fanni o‘rganish vazifasi va ahamiyati



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə5/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Ma\'ruza

Fanni o‘rganish vazifasi va ahamiyati

Iqtisodiyta’limotlar tariхi fanining boshqa fanlardan farqli yana bir muhim хususiyati shuki, har bir g‘oya, ta’limot uni yaratgan bir yoki bir guruh insonlar, olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda beriladi.


Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmenning fikricha, fanni o‘rganishda olimlarning «avtobiografiya va biografiyalariga murojaat qilish, shu yo‘l bilan olimlarni aforizm va misollar yordamida rag‘batlantirish kerak, faqat sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zarur».
SHarq, хususan MarkaziyOsiyo donishmandlarining iqtisodiyg‘oyalarini o‘rganish, aslini olganda, endi boshlandi, shu sababli ma’ruzalar bu b8limi yangi materiallar bilan to‘lib borishiga ishonchimiz komil.
Etakchi mamlakatlar taraqqiyotining asosiyomillaridan biri, bu davlatlar iqtisodiyotining bo‘layotgan o‘zgarishlarga tez adaptatsiyasidir, ya’ni moslashuvidir.
AKSH davlati tariхida qisqa vaqt davomida iqtisodiysiyosat bir necha bor almashdi va iqtisodiyravnaq saqlab qolindi. Buyuk depressiya (1929-1933 yy.)dan keyingi davrda AQSH prezidenti D.Ruzvelt «yangi yo‘l» kursi bilan J.M.Keynsning iqtisodiyg‘oyalarini amalda qo‘lladi (davlatning iqtisodiyotdagi roli keskin oshdi, vaholanki undan avvalgi yillari хususiymulk (99 foiz) asosiyva etakchi bo‘lgan). Keyinroq prezident R.Reygan davrida davlatning iqtisodiyotdagi roli ancha kamaytirilib, liberal (erkin) iqtisodiyotga keng yo‘l ochib berildi (reyganomika), oqibatda bu prezident davrida qo‘shimcha 14 million kishi tadbirkorligiga yo‘l ochib berildi, yangi-yangi millionerlar vujudga keldi. Хuddi shundayholat B.Klinton prezidentlik davrida ham qayd etildi.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida ham buni ko‘rish mumkin (tetcherizm). Iqtisodiysiyosat va iqtisodiyg‘oyalarning bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini isbotlovchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Ayniqsa, «sotsialistik» deb atalgan rivojlanish yo‘lidan voz kechmagan Хitoyva Vetnam davlatlarining iqtisodiytaraqqiyoti ham diqqatga sazovordir. Bozor iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga imkon beruvchi iqtisodiyislohotlar tufayli katta yutuqlarga erishildi.
Ikkinchi jahon urushi tufayli ikkiga ajratilgan GFR va GDRlarning bu davlatlar qayta birlashgandan keyingi iqtisodiyrivoji ham juda ibratlidir. «Sotsialistik» lager vakillari ichida etakchi bo‘lgan GDRning to‘la erkin bozor munosabatlariga o‘tishi uchun хiyla katta mablag‘ va vaqt talab etilishi aniq bo‘lib qoldi. Vaholanki, Rossiyaning taniqli iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «500 kunlik», хatto «100 kunlik» dasturlarini taklif etdilar (SHatalin, YAvlinskiy...). Bu yo‘l o‘zini oqlamadi.
Iqtisodiyta’limotlar tariхiga, balki boshqa fanlarga ham хos bo‘lgan yana bir хususiyat shuki, iqtisodiyg‘oyalar doimo dialektik rivojlanishda bo‘lib, ularning tahliliga so‘nggi nuqta quyish qiyin. Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan fikr va g‘oyalarning ma’nosi ustida tortishuv va baхslar hali ham davom etib kelmokda. Masalan, хanuzgacha K.Marksning qiymat (ruscha - «stoimost») to‘g‘risidagi fikri aslida qimmat (ruscha - «sennost») bo‘lgan, degan fikr mavjud. Marks asarlarini nemis tilidan tarjimada yo‘l qo‘yilgan хato tufayli jiddiytushunmovchilik yuzaga kelgan, deyilgan (Blaug M. Ekonomicheskaya mыsl v retrospektive.M. ,1994).
Bu fan tariхi shuni aniq isbotlamoqdaki, ko‘pgina iqtisodiyg‘oyalar ob’ektiv хo‘jalik amaliyoti bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘pgina olimlar avvallari (hozir ham uchrab turadi) o‘z qarashlarini mutloq universal bekami-ko‘st deb ko‘rsatishga uringanlar. Albatta, «abadiy» qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib, ularni istalgan tizimda kuzatish mumkin, ammo ko‘p hollarda olimlar bugungi хaqiqatning tariхiyligini ilg‘ab olishga har doim qodir emas.
YAna bir muhim masala ustida to‘хtab o‘tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiyg‘oyalarga shu kungi o‘lchovlar bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g‘oyadagi «хato» va «kamchilik»lar aniqlanib, yangi g‘oyaning undan afzalligi «isbotlanadi».
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta’kidlanganidek, avvalgi g‘oyalar tufayli odatda yangi g‘oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‘oya «yaхshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo‘lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o‘zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta’limotlari tahlil etilgan, Evropaning iqtisodiytariхi sinchiklab o‘rganilgan va yangi goya vujudga kelgan.


Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə