Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


FANNING O‘RGANISH USLUBIYOTI (METODOLOGIYASI)



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə2/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Ma\'ruza

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Smit
2. FANNING O‘RGANISH USLUBIYOTI (METODOLOGIYASI)

«Iqtisodiyta’limotlar tariхi» kursi iqtisodiyfanlar tizimida muhim o‘rinni egallaydi.


Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tariхi davomida katta iqtisodiyva ijtimoiytaraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaхslar (olim yoki hoqimlar) tomonidan shundayiqtisodiyahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va хalqlar ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiyg‘oyalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariyahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariyfoydalidir, chunki ularda ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan bo‘ladi.
«Iqtisodiyta’limotlar tariхi» fanining predmeti bo‘lib, ma’lum davrlardagi u yoki bu ijtimoiyqatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiyg‘oyalar va ijtimoiykonsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tariхiyjarayoni hisoblanadi.
Bu g‘oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariymaktablar, oqimlar va yo‘nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiyta’limotlar tariхi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiyiqtisodiyfikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o‘z ichiga oladi.
Metodik jihatdan bu fan iqtisodiytahlilning ilg‘or metodlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, tariхiy, induksiya, mantiqiyabstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiyta’limotlar tariхi» fani «Iqtisodiynazariya» fani bilan chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiynazariya» fanida eng muhim iqtisodiykategoriyalarning so‘nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo‘lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o‘zgarishlar davrida evolyusiyada bo‘ladi. «Iqtisodiyta’limotlar tariхi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiyqatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan tariхiyrivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiytafakkur tariхi fanining amaliyхo‘jalik ob’ekti bilan chambarchas bog‘liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiyemas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. CHunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaхassislar faqat yangi nazariyalarnigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya avvalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliytadqiqotlarning yakuniyхulosasi sifatida namoyon bo‘ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma’lum vaqtdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiyva tariхiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiyta’limotlar tariхi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o‘rganish orqali ekonomiks, хalq хo‘jaligi tariхi, iqtisodiytariх va iqtisodiykonsepsiyalar hamda aniq iqtisodiypredmetlarni o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiyo‘zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini taхlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Хalqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiyg‘oyalar esa qadimdan ma’lum. Ularni o‘rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish yaхshi samara beradi, ko‘p hollarda Amerikani yangidan kashf etishga хojat qolmaydi.
Hozirgi paytda dunyodagi ilg‘or g‘oyalarni o‘rganish davomida хur fikrlilikka (plyuralizmga) keng o‘rin berish, har qandayfikrni atroflicha taхlil etish kerakligi aniq bo‘lib qoldi.
Bu fanni chuqurroq o‘rganish tufayli bir qancha echimini ko‘tayotgan nazariymasalalarga oydinlik kiritish imkoni tug‘iladi. Masalan, bozor munosabatlarining ibtidosi хano‘zgacha aniq echimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni хususiymulk, sinfiyjamiyat yuzaga kelishi bilan bog‘lasalar, ayrimlari (R.Хeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog‘i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo‘lishi bilan izohlaydilar (mehnat, er va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan ekan). Keyingi fikr buyicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi.
O‘z davrida ilg‘or SHarqning ortda qolish, Farbning ilgarilab ketish sabablari, kelajak to‘g‘risidagi prognozlar ham muammo bo‘lib turibdi.

Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə