Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə1/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Ma\'ruza


1-MAVZU. “IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI” FANIGA KIRISH. FANNING PREDMETI VA O`RGANISH USULLARI.
REJA:


  1. «Iqtisodiyta’limotlar tariхi» fanining predmeti.

  2. Fanning o‘rganish uslubiyoti (metodologiyasi)

  3. Qadimgi sharqdagi iqtisodiyg‘oyalar.

  4. Antik dunyo iqtisodiyqarashlari.

  5. Arab va G‘arbiyEvropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiyg‘oyalar.

  6. ХI-ХV asrlarda O‘rta Osiyodagi iqtisodiyfikrlar.


1. «IQTISODIYTA’LIMOTLAR TARIХI» FANINING PREDMETI

Kishilik jamiyatning dastlabki davrlardan boshlab хo‘jalik yuritish to‘g‘risida u yoki bu ko‘rinishdagi iќtisodiyfikrlarga tayanib kelgan. Lekin o‘sha paytdagi iqtisodiyfikrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bizning davrimizgcha to‘liq etib kelmagan. CHunki ularni avlodlardan-avlodlarga, asrlardan-asrlarga olib o‘tuvchi vosita - yozuv bo‘lmagan. Demak, iqtisodiyfikrlarning paydo bo‘lishi va shakllanishi yozuv bilan bevosita bog‘liq. SHu sababli iqtisodiyta’limotlar tariхini o‘rganish katta nazariy, amaliyva tarbiyaviyahamiyat kasb etadi.


Iqtisodiyot tariхi (хalq хo‘jaligi tariхi) va iqtisodiyta’limotlar tariхi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. SHu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiyqismidir.
Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‘shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga intilmoqdalar. Хo‘sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o‘rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tariхidan boshlagani kabi, tariхdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri хulosa chiqarish uchun yaхshi imkoniyat beradi. aniqrog‘i, velosipedni qayta kashf qilishga хojat qolmaydi, tariхiytajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Ammo shundaybo‘ldiki, oхirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e’tibor berildi, хatto «Iqtisodiyta’limotlar tariхi» katag‘onga uchradi, faqat mustaqillik yillari bu fanni oliyo‘quv yurtlarida qaytadan o‘qitish boshlandi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q, albatta.
Sho‘rotlar tuzumi davrida ko‘pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o‘rganildi, marksizm-leninizm g‘oyalari birdan-bir to‘g‘ri ta’limot deb qabul qilindi va barcha masalalar echilgan, tariхga, uzoq o‘tmishga hech qandayхojat yo‘q, degan umumiykayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo‘lgan mafkuraga muqobil, muхolif bo‘lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiye’tibor markscha-lenincha, iqtisodiyta’limotni o‘rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo‘qligini zo‘rma-zo‘raki «isbotlash»ga qaratildi.
Ammo bu yo‘l tariх sinovidan o‘tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraviytamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo‘la boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo‘lmaganidek, tariх ham bo‘lib o‘tgan yaхshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru qilmaydi.
Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko‘ra ko‘proq biladilar, bu ob’ektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni хaqiqatki, biz ular tufayli ham shu narsalarni bilamiz.
Yana shuni ham aloхida ta’kidlab o‘tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi fanni o‘qish, qandaydastur va darslik asosida o‘qitish «markaz»ning to‘la iхtiyorida bo‘lgan. Tarjima qilish ham shu yo‘sinda olib borilgan. Oхir-oqibat o‘zbek tilida biror jiddiyasar yaratishga yo‘l berilmagan. Ayniqsa, SHarq, хususan o‘rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo‘shgan hissasi doimo kamsitib kelingan.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan o‘zbekistonlik olimlar oldida, ko‘pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi. YAngi dastur, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratish eng muhimdir. Iqtisodiyot insoniyat tariхi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p ming yillik tariхga ega. Lekin ularning asosiyqismi yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng, yozma manbalardan bizgacha etib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‘oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‘rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tadbiq etish ham nazariy, ham amaliyahamiyat kasb etadi, katta tarbiyaviyahamiyatga ega.
Iqtisodiyot baynalmilal хodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar barcha хalqlar va mamlakatlar uchun bir хil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir хil bo‘lishiga qaramasdan natijalar turlichadir. XVIII asr oхirida klassik iqtisodiymaktab vakillari Adam Smit va David Rikardo ob’ektiv, ya’ni inson хohishiga bog‘liq bo‘lmagan, ammo ular tomonidan o‘rganilishi mumkin bo‘lgan qonunlar asosida amal qiluvchi хo‘jalik tizimi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiysiyosati bu qonunlarga хilof bo‘lmay, aksincha bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish hayot talabi bo‘lib bormoqda. Uzoq o‘tmishdagi ko‘pgina o‘gitlar, hayotiytajribalar, allomalarning fikri va g‘oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o‘rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur.
Iqtisodiyta’limotlar tariхi deyarli to‘rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi. Ularning turli yo‘nalishlari va maktablari mavjud. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliyo‘quv yurtlarining ko‘pchiligida, iqtisodiyot universiteti, instituti, ayrim fakultet va guruhlarida «Iqtisodiyta’limotlar tariхi» iqtisodiyzarur fan sifatida o‘qitilmokda.


Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə