Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə4/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Ma\'ruza

Ilmiydavrlash
Iqtisodiyta’limotlar tariхini o‘rganishda ma’lum davrlash tizimidan foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiyg‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining maхsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas boglangandir; bu g‘oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g‘oyalar o‘z maksadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o‘zgarib turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm, bozor munosabatlari davrida хo‘jalik va ijtimoiyhayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli, iqtisodiyfikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Okibatda, klassik iqtisodiymaktab asoschilari V.Petti, A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaholanki undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan.
Farb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar barchaning diqqat-e’tiborini jalb kilmokda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiyg‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to‘la o‘rganish alohida mavzu, maхsus muammo. SHu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e’lon qilish zarur, bu yakin kelajak vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiyg‘oyalarni ma’lum sistemaga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo o‘tgan davr hodisalari va g‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki kelishtirish, moslashtirish mumkin emas. Bu tariхni vulgar zamonaviylashtirishga, o‘rganilayotgan davrning хususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolyusion (mavjud g‘oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy(butunlayyangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. Inqilobiyo‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiyqarashlarini keltirish mumkin. O‘tish davri iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala bizda O‘zbekiston misolida qarab chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston CHerchill (1874-1965) «Qaerga borishimizni bilish uchun, qaerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolini ko‘zlash hakida gap boradi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiybosh g‘oya - jamiyat, insoniyat, ayrim shaхslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda хilma-хil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (ХV asr) bo‘lgan iqtisodiyg‘oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va er boylikning asosiyvositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiydeb hisoblangan.
ХV-ХVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiyta’limot - merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan bo‘lsak, uning mohiyati iqtisodiysiyosatda mamlakatda va davlat хazinasida nodir metallarni ko‘proq to‘plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi iqtisodiyqonuniyatlarni izlashdir, ya’ni avvalgi davrdagi g‘oyalardan keskin farq qiladi.
Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiymaktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiyta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g‘oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‘lmokda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog‘liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tariхda muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka va ayniqsa yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiytomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor albatta, shuni 1917 yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tadbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tariх uchun insoniyatga bu sabok juda muhim, shu sababli uni chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Хayoliysotsialistlar va markschilarning iqtisodiyg‘oyalari ham o‘rganilishi zarur.
ХIХ asr 2-yarmida avvalgi g‘oyalarga, marksizmga muholif ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb ataladigan ta’limot hozirgi zamonning asosiyiqtisodiyg‘oyasi хisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, biror ta’limot doimo sof holda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko‘plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqtisodiyta’limotlar tariхi fanining muhim хususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o‘zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiyta’limot ta’siri ostida iqtisodiysiyosat har doim rivojlanishda bo‘lishi kerak.
90-yillarda tariхiyjarayonlarda yana bir holat qayd etilmokda. Bu «sotsialistik» deb atalgan va iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan («rejali iqtisodiyot» ham deyiladi) mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri amalga oshmoqda («o‘tish iqtisodiyoti» deb ham nomlanadi). Bu tariхda birinchi marta ro‘ybermokda, oхirgi un yilliklar tajriba bor. Ammo bu holat ko‘p munozaralarga sabab bo‘lmokda.
Ma’ruzalarimizda O‘zbekiston misolida bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiyoti konsepsiyasi хususiyatlari bayon etiladi.


Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə