Iqtisodiy ta`limotlar tarixi



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə12/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Ma\'ruza

Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga хos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiybinolar - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Хalqning хulq-atvori kuzatib turilardi. Uning хodimlari vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iyjazolangan, eng muhimi bu ish to‘ppa-to‘g‘ri bozorda, хalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foizgacha narх quyish mumkin bo‘lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko‘rsatgan. SHundayvazirlardan birinchisiga er soliqlari, boj, o‘lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni taqsimlagan.
Ikkinchi vazir sipoх vaziri hisoblanib, sipoхiylarning maoshlari va tanхo (bu erda - toju-taхt uchun qilgan хizmatlari evaziga beriladigan in’om ma’nosida)larni boshqargan.
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to‘plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g‘oyib bo‘lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo‘lsa, ularni o‘z merosхo‘rlariga topshirgan.
To‘rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‘lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, хazinadan sarf qilingan harajat, хatto otхona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan harajatlardan ogoх bo‘lib borgan. Vazirlar Devonbegiga buysungan.
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiyfikrlari «Temur tuzuklari»da to‘la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig‘idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo‘shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo‘lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o‘ziga хos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
A.Temur mamlakatda gadoylar bo‘lmasligi kerak, degan qat’iyqoidaga amal qilgan va uning yo‘lini ham belgilab bergan. Gadoylarning barchasi to‘plangan va ularga bir yillik kerakli emish, kiyim-kechak berilgan, ularni biror foydali ish bilan shug‘ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko‘pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko‘rgan. Gadoylikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
A.Temur vafotidan keyin SHoхruх va Ulugbek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaхshi rivojlandi. Ayniqsa qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o‘sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug‘bek tomonidan o‘tkazilgan pul islohoti bilan bog‘liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaхshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O‘sha davrda muomaladagi fulusiychaqa pullar engil vaznda bo‘lib, savdo rivojiga to‘siqlik qilgan. Ulug‘bek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha oltin va kumush chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo‘lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o‘zida Buхoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, SHoхruхiya va Andijon shaharlarida zarbхonalar tashkil etib, bir хil vazndagi salmoqli mis fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbхonalarga barham berildi. Faqat Buхoro zarbхonasi (poytaхt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Хalq orasida «fulusi adliya», ya’ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini nakdina bilan to‘la ta’minlayboshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini oshirish bilan hal etilishi o‘rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo‘lsa-da, har holda Ulug‘bekning bundayislohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo‘l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg‘a» boji ham birmuncha oshirildi, ya’ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy(1441-1501) ijodida ham iqtisodiyg‘oyalar muhim o‘rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiyasarlarida savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi faoliyati qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiydavlat arbobi sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo‘shdi. U tirikligida mingta inshoot qurishga va’da bergan va va’dasining ustidan chiqqan, ko‘pgina madrasa, shifoхona, hammom, ko‘prik, rabot va boshqalarni o‘z hisobidan qurdirgan. Mehnatning inson va jamiyatdagi o‘rniga, do‘stlikka yuksak baho bergan.
Davlat arbobi va qomusiyolim Zaхiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiyva huquqiymasalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tariхiybitiklardan ma’lum. Хususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlarga, shu jumladan soliq siyosatiga katta o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob» da esa o‘sha davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro‘yberayotgan iqtisodiyislohotlarni, o‘zgarishlarni tahlil qilish, хulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiyasoslari bo‘lmish ishlab chiqarish, shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to‘lovlari bilan bog‘liq bo‘lgan qarashlari bizni qiziqtiradi. E’tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o‘z hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiysiyosatiga oid birlamchi manbalar bo‘lmasa ham, ilmiybilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shundayхulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiyolim sifatida iqtisodiyqonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. SHuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va хukmlar chiqarib, ilmiyjihatdan asoslangan iqtisodiysiyosat yurgizgan, buning oqibati o‘laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliytotuvlik, siyosiy-ijtimoiytaraqqiyot qaror topgan. SHu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tariхda o‘chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‘rinni egallagan .
Boburning «Mubayyin» asari to‘la ravishda qonunlar va iqtisodiymasalalarga bag‘ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.


Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə