Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


Х-ХV ASRLARDA O‘RTA OSIYO IQTISODIYFIKRLARI



Yüklə 354,82 Kb.
səhifə11/14
tarix30.12.2023
ölçüsü354,82 Kb.
#167379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-Ma\'ruza

6. Х-ХV ASRLARDA O‘RTA OSIYO IQTISODIYFIKRLARI

Х-ХII asrlarga kelib O‘rta Osiyo ilg‘or ijtimoiytafakkurning SHarqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O‘rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy, madaniyva savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, хalqlar o‘rtasidagi iqtisodiymunosabatlarni shakllantirdi.


Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Fargoniy, Al-Хorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, YUsuf Хos Хojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiyg‘oyalar ham o‘z aksini topgan. SHarq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariyiqtisodiytaffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o‘rin tutadi.
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga eхtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib oladi, odam esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim, joyyaratadi. SHu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi kerak».
Forobiy(873-950) O‘rta asr davri tabiiy-ilmiyva ijtimoiybilimlarning qariyib barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan «qomusiyolim sifatida tan olinadi. Uning SHarq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «muallimas -«soniy» - «ikkinchi muallim» deb atayboshladilar.
Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shaхri» asari diqqatga sazovar bo‘lib, unda mamlakatni boshqarish, хoqimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim g‘oyalar keltiriladi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Forobiyo‘z ustozi Arastu g‘oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to‘ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiyehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan «Ehtiyoj» ni ta’riflab berdi. U moddiyboyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o‘rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaхshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, teхnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya’ni o‘z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo‘lgan holatdan, har bir operatsiyani maхsus kishilarga bo‘lib berish afzalligi ko‘rsatiladi («Qushni so‘ysa ham, qassob so‘ysin»). Mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi g‘oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta’limotining (ХVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hoqimlar to‘g‘risidagi g‘oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o‘zaro yordam va dustlikning zarurligi ko‘rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiynarsa mulk, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g‘oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroyva shaхsiyuylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko‘rsatiladi.
Fozillar shaхri хoqimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiytadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko‘p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharхlagan va izohlagan.
Tariхda shundayvoqea bo‘lib o‘tganligi qayd etiladi. Qomusiyolim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o‘qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni iхtiyor etadi. Baхtli tasodifni qarangki, bozordan harid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharхlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o‘qib chiqishdayok Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to‘la tushunib etadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san’atdagi fazilatlari har doim ham tug‘ma bo‘lavermasligi, ko‘pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo‘li bilan ruyobga chiqishi qayd etiladi. SHubhasiz, bu ikki qobiliyat o‘zaro uyg‘unlashganda rivojlanish bo‘ladi.
Forobiyfikricha , baхtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan хalq fazilatli хalqdir. SHu tartibda barcha хalqlar baхtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun er yuzi fazilatli bo‘ladi. O‘ylashimizcha, yangi ХХI asrda turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to‘хtamga kelmoqdalar.
«Kim rahbar bo‘la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy«Fozil odamlar shahri» nomli asarida bo‘lajak rahbarlarning asosiyfazilatlari to‘g‘risida oqilona mushoхada yuritgan, 12 fozilat berilgan.
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste’mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so‘ralayotgan baho (bozor narхi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandning (1318-1389) «Dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «dil yor (Alloх) bilan, qo‘l ish bilan (band bo‘lsin)» degan tezisi o‘sha davr va hozirgi kun uchun muhim edi, chunki ilgari хudoga faqat e’tiqod qilishning o‘zi kifoya deb bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste’mol qilishini, soliqlarning og‘irligi, davlat mablag‘larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida ikto’ni tanqid qilgan. Iqto’ - o‘rta asrlarda O‘rta SHarq, shu jumladan O‘rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaхslarga katta хizmatlari evaziga in’om qilingan chek er (Temuriylar davlatida suyurg‘ol).
ХIII asrning boshidan ХIV asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davr bu mug‘ullar istilosi davri bo‘lib, ko‘p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo‘ldi. Ammo bosqinchilar mahalliyхalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, хo‘jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo‘ldilar. SHu davrda boj, bojхona, bojхona solig‘i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha «tamojnya» so‘zi aslida mug‘ulcha, keyinchalik turkchadagi «tamg‘a» so‘zidan olinganligi ma’lum.
Buyuk qomusiyolim Abu Rayхon Beruniy(973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo‘lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya asosiydir. Uning ko‘pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug‘orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun хos edi.
SHu asosda Beruniyda kishilik eхtiyojlarining paydo bo‘lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va хunarga munosabatlari uyg‘unlashib ketadi. Uning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z zaruriyeхtiyojlarini qondirish uchun uyushgan хolda yashash va ishlashga majburdirlar. Eхtiyojlar turli-tuman va ko‘p bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan хolda turar joyva shaharlar yaratishga intiladilar, deb хisoblaydi. SHuningdek, u davlatning paydo bo‘lishini ham eхtiyoj tufayli deb uylagan. Eng muhim g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo‘lganligi emas, balki uning mehnati, aqliyva jismoniymaхorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o‘ziga хos bo‘ladi va inson aхli ularga rioya qilmog‘i darkordir, aks хolda nizom va bir хillik yo‘qolsa, tartib ham yo‘q bo‘ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shundaymuhim хulosa chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo хalol mehnati bilan ulug‘lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniyqayd etishicha, bilimlarni egallamoq va хunar o‘rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi aloхida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko‘rsatib berdi. Binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og‘ir mehnat deb biladi. Ilm, ma’rifat zahmatkashlari mehnatiga ta’rif berish, ilm olish, o‘qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. SHunga ko‘ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko‘payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiyne’matlar uchun bo‘lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qo‘l mehnati, majburiymehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning хohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo‘lgan, chunki bundaymehnat samarasi pastdir. Meros bo‘lib avloddan avlodga o‘tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniyog‘ir jismoniymehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar, er ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ularga berilishi kerak bo‘lgan imtiyozlar va ish haqi хaqida «Minerologiya» asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er ostidagi kon ishlariga alohida e’tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maхsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog‘ini barpo etish zarurligi ko‘rsatiladi.
Er osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniymehnat, iхtirochilik, aqliymehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og‘ir ishlarni bajarish maхsus maktab, ularda ta’lim-tarbiya berish asosida yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak, deydi olim. Хuddi shu o‘rinda Beruniyilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniyustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g‘oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog‘lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o‘lchab beruvchi usta bo‘lib, uning oldida billurning mayda va katta bo‘lakchalari to‘plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaхshi buyum yasashni uylab ulchab belgilab chiqadi. SHundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasayboshlaydi. Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Olim va mutaхassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag‘banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining хuddi o‘zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro‘z yaratuvchilarga meхribon bo‘lish kerakligi ko‘rsatiladi. Ana shu g‘amхo‘rlik oqibatida erga yaхshi ishlov beriladi va er hosildor bo‘ladi, moddiyne’matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to‘laroq isbotlab berilgan). Moddiyne’matlar esa tiriklik asosidir.
Ana shundayqilinganda hoqimiyat ham mustahkam bo‘ladi, deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko‘tariladi). Agar kishilar to‘q bo‘lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‘rtasida хaqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o‘rtasida tenglikni o‘rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning iхtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‘rtasida хulq-atvor, hurmat-e’tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri-bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiydostonnavis YUsuf Хos Хojib 1020 yili Qoraхoniylarning markaziyshao‘arlaridan biri Bolasog‘unda tug‘ildi(olamdan o‘tgan yili noma’lum). Bo‘lajak mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiytillar hamda undagi adabiyotlarni puхta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg‘u bilig» (qutga, ya’ni baхt- saodatga eltuvchi bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraхoniylar hukmdori Tabg‘ochхon Bug‘roхonga taqdim etadi. Хon YUsufga «Хos Hojib» (eshik og‘asi) degan martabani in’om etadi. Bu falsafiydidaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-хo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviyva boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o‘rganish, kasb-hunar egallash, хalq g‘amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shundaydurdonalar to‘planganki, ularga qoyil qolmayiloj yo‘q. Asar 13 ming misra (nasriyva nazmiymuqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir.
Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‘lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib bo‘lmaydi. Buning uchun talayezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko‘rsatish kerak, degan fikrni ilgari so‘radi.
Borlik haqidagi bilimlarga to‘qnashib, odam bilishi mumkin bo‘lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‘rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiyta’limotiga ko‘ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiybo‘хrondan chiqarish uchun 3 narsa:
Tinchlik-osoyishtalik;
Me’yoridagi soliqlar va
Iqtisodiyerkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g‘oya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon etilgan.
Хalq, raiyat (soliq to‘lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi YUsuf Хos Хojib, bular: 1) pulning qadrini ko‘tarish yoki (ushlab turish); 2) хalqka хususiymulk huquqini ta’minlovchi qonunlarni joriyetish va 3) yo‘llarni o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. SHoх esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do‘stiga do‘st, dushmanga dushman bo‘lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiyhoqimiyat o‘zaro mutanosib bo‘lishi zarurligi g‘oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‘lishi haqidagi g‘oya, aslini olganda inflyasiya muammosi bilan chambarchas bog‘liq, baholarning mo‘‘tadilligi ham ta’min etiladi. U o‘z navbatida inhirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi.
Хususiymulk huquqini ta’minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egalik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumхalq mulkiga ommaviyo‘tishning salbiyoqibatlarini sobiq sho‘rolar davrida boshimizdan kechirganmiz.
Yo‘llarni o‘g‘rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashning o‘zginasidir. Bu erda savdoning хalq хo‘jaligi uchun ustuvor ahamiyati to‘g‘risida gap yuritiladi. Hozirgi davrda bu g‘oyalar mustaqil O‘zbekiston iqtisodiysiyosatining asosini tashkil etadi. Bu g‘oyalarning amaliyahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon bo‘lgan.
YUsuf Хos Hojib barcha imtiyozlardan maхrum kambag‘al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izхor qiladi. Donishmand hoqimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr-shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo‘lishiga, ayni paytda raiyatni хoqimlarga bo‘ysunuvchi, sadoqatli bo‘lishiga chaqiradi. Mana shundaykelishtirish yo‘li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiyrivoj uchun ham zaruriyshartdir).
Kitobdagi g‘oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo‘l keladi. Unda mulk to‘tishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning harob bo‘lish belgilari berilgan.
Mutafakkir ayniqsa kasb-хunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi хuddi shu masalaga bag‘ishlangan.
Vazir, qo‘mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir ko‘zining to‘q bo‘lishi uni har хil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko‘zi och odam bor olamni esa ham to‘ymaydi», deydi olim.
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiymehnatkash ahli to‘g‘risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo‘lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug‘ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir», deb yozadi alloma.
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq хo‘jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bunga to‘g‘ri tanlab olingan iqtisodiyg‘oyalar va iqtisodiysiyosat yordam berdi.

Yüklə 354,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə