Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali


Metamorfizm va metamorfik tog’ jinslari



Yüklə 34,13 Kb.
səhifə8/10
tarix23.01.2023
ölçüsü34,13 Kb.
#99082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
geologiya 2 (15)

Metamorfizm va metamorfik tog’ jinslari
Tog’ jinslarining yuqori harorat, kuchli bosim va gaz hamda erigan komponentlar ta’siridan o'zgarishi metamorfizm deyiladi. Metamorfizm jarayoni natijasida tog’ jinslarining mineralogik tarkibi, yerning strukturasi va boshqa hususiyatlari o'zgaradi. Cho'kindi va magmatik tog’ jinslari ba’zan metamorfik jinslarning o'zi ham metamorfizmga uchraydi. Bularni metamorflangan jinslar deyiladi. Metamorfizm yer ichida 5 km dan 20 km gacha chuqurlikda bo'layotgan fizik-ximiyaviy jarayonlarni biz bevosita kuzata olmaymiz, ularni faqat yer betiga ko'tarilib qolgan tog’ jinslarini tekshirish natijasida bilamiz. M.V.Lomonosov (1711-1965) tabiatdagi umumiy bog'liqlik prinsipiga asoslanib, tog’ jinslarining o'zgarishi butun geologik jarayonning asosi hisoblangan ichki “issiqlik” kuchi ta’sirida ro'y beradi, deb aytgan edi. Keyinchalik tog’ jinslarining metamorfizmi to'g’risida A.A.Inostransev (1877), I.D.Lukashevich (1909) ajoyib fikrlarni aytdilar. Metamorfizm jarayonini o'rganishga petrologlar A.A.Polkanov, N.A.Yeliseyev, V.N.Lodochnikov, Yu.I.Polovinkina, M.A.Usov, D.V.Korjinskiy va boshqalar salmoqli hissa qo'shdilar. Chet el geolog olimlaridan metamorfizm bilan Sederxol'm va uning maktabi, Van Xayz, U.G.Grubenman, Nigli, Bekke, Xarker, Erdmans - dorfer va boshqalar shug’ullandilar. Quyida metamorfizm haqida qabul qilingan ba’zi bir tushunchalar haqida to'xtalib o'tamiz. Yuqorida biz tog’ jinslarini paydo bo'lgan sharoitiga qarab 3 guruhga bo'lgan edik. Bular magmatik, metamorfik va cho'kindi jinslardir. Oldingi ikki xil tog’ jinsi yer po'stining qotishidan hosil bo'lgan, ya’ni yer po'stining eng qadimgi jinslari hisoblangan. Arxey erasining metamorfik jinslarini o'rganish shunday xulosaga olib keladi. Bunday tog’ jinslarini batafsil tekshirish natijalari ularni faqat qadimgi jinslardagina emas, balki yosh jinslar orasida ham uchrashini ko'rsatdi, shu bilan birga cho'kindi jinslarni metamorfik jinslarga, metamorfik jinslarni magmatik jinslarga o'tish joylari sinchiklab o'rganildi. Shularga qaramasdan, ko'pchilik metamorfik jinslarning hosil bo'lish sharoiti va yoshi hozirgacha aniqlangan emas. Yer po'stini mukammal tekshirish Kola yarim orolidan o'ta chuqur kovlangan burg’u qudug’i 13000 m dan oshdi. Lekin 7 km chuqurlikdan metamorfizmga uchramagan gilning chiqishi yana tekshirishni davom ettirishni taqozo qildi. Metamorfizim jarayoni va turlari. Xilma-xil minerallardan tashkil topgan tog’ jinslari ancha uzoq vaqtgacha o'zining dastlabki holatini saqlab qoladi. Yer po'stining harakatlari natijasida tog’ jinslari yangi fizik -ximiyaviy sharoitga uchraydi, bunda yuqori bosim, harorat, gaz va suyuqlik holatidagi komponentlarning ta’sirida ularning tarkibidagi minerallar o'zgaradi, yangi xil mineral va tog’ jinslari hosil bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan bu tog’ jinslari bosim va harorat ta’sirida qaytadan kristallanadi. Yer po'stida bo'ladigan metamorfizm jarayoni quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi. 1. Kataklastik metamorfizm yoki dinamometamorfizm – tog’ jinslarining bir tomonlama asosan bosim ostida o'zgarishidir. Dinamometmamorfizmda tog’ jinslari mexanik deformatsiyasiga uchraydi (slanetslanish, maydalanish va plastik oqish). Bunday metamorfizm tog’ jinslarida qayta kristallanishsiz va ximiyaviy reaksiyalarsiz sodir bo'ladi. Tog’ jinslarining teksturasi, strukturasi va qisman mineralogik tarkibi o'zgaradi. Granitlar kuchli bosim ostida sekin -asta kataklastik, (ortogneysga) aylanadi. Juda kuchli bosim va mexanik metamorfizm natijasida tog’ jinsi o'zining dastlabki holatini yo’qotib, juda mayda strukturaga ega bo'lib qoladi, bunday yo'l bilan paydo bo'lgan jinslar milonit deb ataladi. Shunday kataklastik, brekchiyasimon va milonitlashgan jinslar boshqa jinslardan ham paydo bo'lishi mumkin. Masalan, yer qatlamlarida bosimning ortib borishi natijasida gil-gilli, slanetsga, so'ng fillitga va nihoyat, kristalli slanetsga aylanadi. Bunday gilli slanetslar O'zbekistonning shimoli-g’arbidagi Turkiston va Nurota tog’laridagi ordovik-silur yotqiziqlarida uchraydi.
2. Avtometamorfizm.
Magmatik tog’ jinslarini haroratini pasayishini ulardagi uchuvchan va tez harakatlanuvchan komponentlar hamda gidrotermal suyuqliklar ta’siridan o'zgarishiga avtometamorfizm deyiladi.

Yüklə 34,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə