Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   274
chorvachilik kitob

Tuxumning tovar xususiyati. 
Tuxumlar ikki toifagaga bo„linadi. Tovuq 
tuxumi parhezbop, sovutgichlarda saqlangan va ohaklangan tuxumlarga bo„linadi.
Parhezbop – tuxum olingandan 7 kungacha tabiiy holatda saqlangan tuxumlar 
kiradi. 
I.toifaga - og„irligi 54 g, havo bo„shlig„i 4mm, sariq qismi o„rtada joylashgan 
va qattiq zich oqsil qismdan iborat bo„lgan tuxumlar kiritiladi. 
II toifaga – og„irligi 44 g dan kam bo„lmagan tuxumlar kiritiladi. 
Yangi tuxum deb, sovuqxonalarda 30 kungacha -1 -2
0
S da saqlangan 
tuxumlarga aytiladi va ular 1 va 2 toifaga bo„linadi. 
I.toifaga – tuxumning og„irligi 48 g dan kam bo„lmagan, qobig„i toza, qattiq 
va sinmagan, zich oqsilli, havo bo„shlig„i qimirlamagan (4-7mm) tuxumlar kiradi. 
II.toifaga–43 g dan yuqori, qobig„i biroz ifloslangan, siljigan havo 
bo„shlig„ining balandligi 13 mm katta bo„lmagan sariq qismi biroz bo„shashgan va 
oqsili biroz suyuqlangan tuxumlar kiradi.
Sovutgichlarda va ohak suvda saqlangan tuxumlar ham ikki toifaga 
bo„linadi(1 va 2 toifa) 
I.toifaga -qobig„i toza, qattiq va butun, havo bo„shlig„i biroz siljigan balandligi 
1 mm dan (ortiq emas), sarig„i zich, biroz o„rtadan siljigan, 48 g vaznli tuxumlar 
kiradi. 
II.toifaga -og„irligi 43g, toza, qattiq va qobig„i butun bo„lgan (biroz 
ifloslangan bo„lishi mumkin) tuxumlar kiradi. Uning havo bo„shlig„i biroz 
kattalashgan 13 mm, sarig„i aniq bilinib, qimirlaydi. Oqsili yaxshi bilinib, biroz 
suyuqlashgan bo„lishi mumkin.
43 g dan kam bo„lgan sifatli tuxumlar kichik tuxumlar guruhiga kiritiladi va 
umumiy ovqatlanish korxonalariga beriladi. 


346 
Tuxumlar unda uchraydigan kamchiliklariga qarab; oziq-ovqatbop, oziq-
ovqatbop to„la qiymatsiz va texnik chiqindi tuxumlarga bo„linadi.
Oziq-ovqatbop to„laqiymatsiz tuxumlar guruhiga havo bo„shlig„ini balandligi 
1/3 qism tuxum balandligini egallagan, qobig„i siniq, ba‟zan sariq va oqsil qismi 
aralashgan, biroz qurigan va qobig„ida oz miqdorda dog„lari bo„lgan tuxumlar 
kiritiladi. Bu tuxumlar zudlik bilan qandolat korxonalariga jo„natiladi. Texnik 
chiqindi tuxumlarga qon halqasi paydo bo„lgan, chirish hidi kelgan va boshqa 
salbiy omillar aniqlangan tuxumlar kiritiladi. 
Savdoga chiqariladigan parranda tuxumlari albatta veterinariya ko„rigidan 
o„tkazilishi shart. Infeksion kasalliklar bilan zararlangan parrandachilik 
xo„jaliklaridan keltirilgan tuxumlarga 100
0
S dan yuqori haroratda 13 minut 
davomida ishlov beriladi yoki bunday tuxumlar veterinariya hodimlari tomonidan 
tekshirilgandan so„ng hulosalari asosida ishlatishga ruxsat etilish mumkin. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə