Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Iste’molga yaroqli chiqindilarni utilizatsiya qilish



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   274
chorvachilik kitob

Iste’molga yaroqli chiqindilarni utilizatsiya qilish. 
Hayvonlarga birlamchi 
ishlov berish natijasida turli chiqindi mahsulotlari olinadi. Ular texnik utilizatsiyaga 
yuboriladi. So„yim chiqindilari kelib chiqishiga qarab, ikki guruhga bo„linadi. 
Birinchi guruhga veterinariya ko„rigida iste‟molga yaroqsiz deb topilgan 
konfiskatlar kiradi. Bularga, infeksion kasalliklar bilan o„lgan (kuydirgi, qutirish, 
manqa va hokozo) hayvonlar kirib, ular terisi bilan birgalikda qa‟tiy rejim asosida 
veterinariya qonunchiligi asosida yo„q qilinadi. Ular kuydirilib, maxsus joylarga 
ko„miladi (Bekker qudug„i).
Ikkinchi guruh xom-ashyoga (embrion, jinsiy organlar, patologik o„zgarishlar 
bo„lmagan nimta qirqimlari, qon, ichak bo„laklari, oshqozon, traxeya, shirdon, 
suyaklar, shilliq qavatlar va hokazo) iste‟molga yaroqsiz mahsulotlarga kiradi. 
Ushbu mahsulotlar veterinariya-sanitariya xodimlari ruxsat bergandagina, hayvonot 
dunyosidan olinadigan ozuqalar sifatida ishlatilishi mumkin. 
Iste‟molga yaroqsiz bo„lgan bunday mahsulotlardan: qon, go„sht, go„sht-suyak 
uni, texnik yog„lar va qaynatilgan ozuqalar tayyorlanishi mumkin. Bunday ozuqalar 
97 % hazmlanadi. Ularni tashish qulay va uzoq muddat saqlash mumkin. 
Yuqumsiz kasallikdan o„lgan hayvonlardan olingan konfiskatlarni ochiq va 
yopiq qozonlarga qaynatib zararsizlantirilib, quritilib, maydalanadi. Ulardan go„sht-
suyak uni tayyorlanadi (quruq usul). 
Namli usulda: Bunday mahsulotlarga bug„lab yoki qaynatilib ishlov beriladi. 
Bunda texnik yog„, go„sht sho„rva va qaynatilgan go„sht-suyak mahsulotlari 
olinadi. Bunda sho„rvada yuqori dajarada yog„, oqsil va boshqa to„yimli moddalar 
ko„p bo„ladi va foydalanilmasa befoyda mahsulotlarga aylanadi. Iste‟molga 
yaroqsiz mahsulotlarni ochiq qozonlarda 4-5 soat qaynatish eng qulay usul 
hisoblanadi. Bunda mahsulot tarkibidagi suvning bug„lanishi hisobiga vaznini 40-
45 % ga yo„qotadi. Bunday mahsulotlar uzoq muddatga saqlashga yaramaydi, shu 
sababli ulardan tez foydalanish talab qilinadi. Ularni past haroratda konservalash 
maqsadga muvofiq. 
Xom-ashyoni sterilizatsiyalash gorizontal vakkumlarda 1,5-2 soat davomida 
120-140
0
S haroratda olib boriladi. Tayyor xom-ashyo maydalanib, elakdan 
o„tkaziladi (elak teshikchalarining diametri 2-3mm) uning sifati aniqlanadi. Bunday 
mahsulotlar uzoq saqlashga yaroqsiz chunki, tarkibidagi yog„ achishi mumkin. 


349 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə