Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


VIII.2.6. Chorvachilik mahsulotlarining veterinariya – sanitariya



Yüklə 3,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/274
tarix18.05.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#111184
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   274
chorvachilik kitob

VIII.2.6. Chorvachilik mahsulotlarining veterinariya – sanitariya 
ekspertizasi. 
Go„sht va go„sht mahsulotlari nafaqat hayvonlar balkim, insonlar uchun 
kasallik tarqatish manbai bo„lishi mumkin. Shu sababli, go„shtni qayta ishlaydigan 
korxonalarda doimiy ravishda veterinariya-sanitariya nazorati faoliyat ko„rsatishi 
zarur. 
Veterinariya-sanitariya nazoratining vazifasi, insonlarni va hayvonlarni sifatli 
go„sht va go„sht mahsulotlari bilan ta‟minlab, ularning kasallanishini oldini 
olishdir. Ular, qishloq xo„jalik hayvonlari va parrandalarini so„yish va qayta 
ishlashda muhim tadbirlarni amalga oshirish lozim. Hayvonlarning nimta va 
organlarini diqqat bilan ko„rikdan o„tkazish, nafaqat inson va hayvonlarni 
kasallanishini oldini oladi balkim, so„yim mahsulotlaridan unumli foydadanishni 
ta‟minlaydi. Hayvonning hayotlik davrida, ba‟zi infeksion va invazion kasalliklarga 
chalinganligini bilish mushkullik tug„diradi. 
Veterinariya-sanitariya tadbirlari xo„jalikdan boshlanib, tayyor mahsulotlar 
ishlab chiqarish chiqarish jarayonigacha davom etadi. Bu jarayonni olib borish 
uchun maxsus veterinariya ishlab chiqarish nazorati bo„limi faoliyat ko„rsatadi. 
Ularning bakteriologik va kimyoviy tekshirishlarini o„tkazishga mo„ljallangan 
laboratoriyasi mavjud. Bu tadbirlarni amalga oshirishda veterinariya xodimlari 
“So„yishga mo„ljallangan hayvonlarni veterinariya-sanitariya ko„rigidan hamda 
go„sht va go„sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o„tkazish” 
qoidalariga asoslangan me‟yoriy-texnik hujjatlaridan foydalanadi. 
Ushbu qoidaga binoan, kuydirgi, infezimatoz karbunkul, qutirish, qotma, o„lat, 
brodzot, manqa, botulizm va boshqa kasalliklarga chalingan yoki kasallikka shubha 
qilingan hayvonlarni so„yish man qilingan. Kuydirgi va qutirish kasalligiga qarshi 
emlangan hayvonlar 14 kun vaqt o„tguncha so„yilmasligi lozim. Hayvonlarga 
antibiotiklar qo„llanilgan bo„lsa 3 kun vaqt o„tguncha so„yilmaydi. Yoshi 14 
kunlikgacha bo„lgan hayvonlar so„yishga ruxsat etilmaydi. O‟lik hayvonlar


347 
shuningdek, chaqmoq urgan, suvga cho„kib yoki elektr toki ta‟sirida, muzlab, 
bug„ilib o„lgan hayvonlar go„shti iste‟mol uchun ishlatilmaydi. Ular texnik 
utilizasiyaga yuboriladi, veterinariya vrachi ruxsati bilan cho„chqalarga pishirilib 
yoki yirtqich hayvonlarga xom holida beriladi. 
Go„shtni qayta ishlash korxonasida veterinariya-sanitariya ko„rigidan 
o„tkazish ikki qismga so„yishdan oldin va keyingi qismga bo„lib olib boriladi. 
So„yishdan oldingi ko„rikda katta jussali hayvonlarning har birining tana 
harorati o„lchanadi, cho„chqa va qo„ylarda saralab o„lchanadi. Agar kasallangan 
hayvon aniqlansa, ajratilib, diagnoz qo„yilib so„yishga ruxsat beriladi yoki 
veterinariya-sanitariya tadbirlari olib boriladi. 
So„yishdan keyingi nazorat albatta o„tkazilish shart. Chunki, ba‟zi 
kasalliklarni so„yishdan so„ng aniqlash mumkin. Ko„rikdan o„tkazish hayvonning 
bosh qismidan boshlanadi. So„ngra ichki organlar va nimta ko„rikdan o„tkaziladi. 
Hayvonlardagi patologik o„zgarishlarga qarab diagnoz qo„yiladi va veterinariya-
sanitariya holatiga baho beriladi (go„sht va go„sht mahsulotlari). 
Sog„lom hayvonlardan olingan nimtalar tamg„alanadi. Ko„rikda oziq-ovqat 
maqsadida ishlatishga yaroqsiz deb topilgan nimta va ichki organlar, qishloq 
xo„jalik hayvonlariga ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin yoki umuman yo„q 
qilinadi.
Kasal hayvonlardan olingan go„sht va go„sht mahsulotlari shartli yaroqli deb 
baholanadi. Ular albatta ishonarli darajada zararsizlantirilgan bo„lishi shart. Agar, 
ularda kasallik mikroblari bor deb aniqlansa, veterinariya-sanitariya qoidasiga 
binoan ularni savdoga chiqarish man etiladi. Zararsizlantirishning maqsadi, 
mahsulotlarda mavjud bo„lgan infeksion va invazion kasalliklarining mikroblarini 
to„lig„icha yo„q qilishdir. Bunda, mahsulotlar ozuqaviy qiymatini yo„qotmasligiga 
e‟tibor berish kerak. Zararsizlantirishning asosiy usuli unga yuqori haroratda ishlov 
berish hisoblanadi. Issiqlik yo„li bilan ishlov berishning samarador bo„lishiga 
go„shtni bo„laklanish hajmi, undagi namlik, yog„ miqdori va boshqa omillar ta‟sir 
qiladi. Unda suv miqdori ko„p bo„lsa, semizlik darajasi shuncha past ammo, issiqlik 
o„tkazuvchanligi yuqori bo„ladi. Yog„ va oqsil mikrob hujayralarini nobud 
bo„lishdan ma‟lum darajada asraydi. Shu sababli, patogen mikroblarini halokatga 
uchrashiga olib keladigan issiqlikda ishlov berish maqsadga muvofiq. Veterinariya-
sanitariya qoidalari binoan, zararsizlantirilayotgan mahsulotning diametri 8 sm, 
bo„laklar og„irligi 2 kg gacha bo„lishi lozim. 
Ochiq qozonlarda go„sht, suv qaynagandan so„ng (100
0
Sda) 3 soat qaynatiladi. 
Yopiq qozonlarda esa bug„ bosimi 0,5 kg/sm
2
bo„lganda, 2 soat 30 minut 
qaynatiladi. Go„shtning ichki qismida harorat 80
0
S bo„lganda uni zararsizlantirildi 
deb hisoblash mumkin. 
Quyon va parrandalar go„shti 100
0
S da 1 soat qaynatiladi. Unda salmonillyoz 
va tuberkullyoz kasalliklari mikroblari bo„lsa, qaynatish 1 soat 30 minut davom 
etadi. 


348 
Veterinariya-sanitariya qoidalariga binoan, oqsil, o„lat, pasterellyoz kabi 
kasalliklarga chalingan hayvonlar go„shtini, faqat muskul to„qimasida katta 
o„zgarishlar bo„lmasa, qaynatilgan kolbasa tayyorlashda ishlatishga ruxsat beriladi. 
Bunda kolbasa diametri 5 sm dan oshmasligi kerak. Qaynatish 88-90
0
S da 60 minut 
davom ettiriladi. Batonning ichki qismida harorat 75
0
S dan past bo„lmasligi lozim. 
Finnoz bilan zararlangan go„shtlarni muzlatish yoki tuzlash usulida zararsizlantirish 
mumkin. Bunda muskullar orasidagi harorat -10
0
S ni tashkil qilishi lozim. Tuzlash 
usulida, go„sht bo„laklarning og„irligi 2,5 kg bo„lishi kerak. Unda go„shtning 
og„irligiga nisbatan tuz miqdori 10 % sepiladi. So„ngra 26 % tuzli eritmada 20 kun 
saqlanadi. 

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə