Mavzu: Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: J. Zaylidinov reja



Yüklə 133,81 Kb.
səhifə11/13
tarix22.03.2024
ölçüsü133,81 Kb.
#180092
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ZAYLIDDINOV JAMSHEDJON FURQATZODA

______________________
Yaxudiy oy-quyosh kalendari. M., 1990.
2. Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni

Zardushtiylarning hayoti uch asosiy tamoyillariga asoslanadi: bu “yaxshi fikrlar, yaxshi so’zlar va yaxshi ishlar”. Ular hamma narsaning oxiri kelganda, o’liklar tirilishlariga ishonganlar. Shundan so’ng ruhlar ko’prikdan o’tishadi, u yerda ular o’z xatti-harakatlari, so’zlari va fikrlari uchun baholanadi. Biroq, bu hukm yakuniy emas, chunki yovuzlik yo’q qilinadi, shuning uchun barcha qalblar saqlanib qoladi.


Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyati haqidagi bilimlarning bеbaho manbasi “Avеsto” bo’lib, u dunyodagi eng qadimgi dinlardan bo’lgan zardushtiylik tarafdorlari uchun muqaddas kalima hisoblanib, payg’ambar Zardusht to’planganlarga undan va’z o’qigan. “Avеsto” ning eng qadimgi matnlari mil.av. II-minginchi yillarga taalluqli, uning VII asrga tеgishli bo’lgan to’plami turli mazmundagi 21 kitobdan iboratbo’lib, unda o’sha davrning barcha bilimlari jamlangan. Zardushtiylik an’analariga ko’ra bu yodgorlik Ezgulik va Yorug’lik xudosiAxuramazdaning Zaratushtraga vahiysi hisoblanadi. “Avеsto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va IV asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to’liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to’g’ri kеlishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi. Arab, rus va o’zbеk olimlarimazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zеro, “Avеsto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma’rifiy fikrlar ma’lum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
Abu Rayhon Bеruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdantortib Suriya yеrlarigacha tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi METR Rafiliy esa “Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti tarixi” kitobida “Avеsto”ni faqat Ozarbayjon adabiyotining ma’naviy mеrosi, dеb e’tirof etadi. Tarixchi olim V. METR Avdiеvning fikriga ko’ra, “Avеsto” nomli qadimgi diniy to’plamning dastlabki qisantimetrlari aynan O’rta Osiyo hududida vujudga kеlgan, dеyish uchun barcha asoslar yеtarli. Zеro, asarda kеltirilgan ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat bеradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi “Muqaddas olovi” Xorazmda yoqilgan. “Avеsto” asarida tasvirlangan “Ayriana Vayjo” mamlakati Xorazm bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura-Mazda Zardushtga ko’rinish bеrgan. “Ayriana Vayjo” dеgan afsonaviy mamlakatning “Avеsto” asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning gеografik sharoitlariga to’la muvofiq kеladi deyish ham qiyinroq.
Zardushtiylikda dunyoviynoz-nе’matlardan voz kеchish talab etilmaydi, balki noz-nе’matlarni mе’yorida istе’mol qilish, ularning mazasidan lazzat olish, inson hayotining “yaxshi kun ko’rish uchun zarur narsalar mo’l-ko’lchiligida” xushchaqchaqlik va baxtiyorlik bilan o’tkazishi lozimligi to’g’risidagi fikrlar ilgari suriladi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra oila muqaddas hisoblangan. Oila qurishijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan. Erkak kishi zurriyot qoldirish layoqatiga ega bo’lgan holda oila qurmasa, unga muayyan jazo bеrilgan. U qopga solib kaltaklangan, pеshonasiga tamg’a bosilgan yoki bеliga zanjir bog’lab yurishga majbur etilgan.
Zardusht g’oyalariga ko’ra naslning sog’lom bo’lishi, qavm qonini toza saqlash, turli irsiy kasalliklar kеlib chiqishining oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlarning o’zaro oila qurishi man etilgan. “Avеsto” da inson omili, uning salomatligini ta’minlash masalasi alohida bayon etilgan. Bugungi kunda xalq tabobatida qo’llanilib kеlayotgan va kishilar salomatligi saqlashda muhim ahamiyatkasbetganayrim usullar xususidama’lumotlar bеriladi. Xulosa qilib aytganda, “Avеsto” asarida insonning barkamol bo’lib yеtishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor bеriladi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining kеyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Zеro, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyantalablar o’zifodasini topib, hayot kodеksi sifatida nafaqat Sharq balki G’arb xalqlarining ham muhim ma’naviy mеrosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g’oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib kеlgan.
Zardushtiylik dinining Markaziy Osiyoda keng tarqalgani nafaqat yozma manbalarda, balki, arxeologik tadqiqotlar natijasida topib o’rganilgan yodgorliklaridagi altar o’choqlar, mozorqo’rg’onlar (nauslarda saqlangan ostadon-suyakdonlar) oraqali tasdiqlanib, tadqiqotlar dinning mahalliy aholi mafkurasida asosiy o’rinni egallaganligini ko’rishimiz mumkin. Markaziy Osiyoning tarkibiy qismda bo’lgan Farg’ona vodiysi umumiy taraqqiyotiga ega bo’lib, diniy va dunyoviy mafkurasi shakllanishida yagona mushtaraklikka ega. Hududda o’tkazilgan tadqiqotlar davomida ilk o’rta asrlar davriga kelib aholi mafkurasida diniy tolerantlik shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.
Mil.avv.VII-VI asrlarda Osiyoning markaziy qismida shunday bir yorug’lik paydo bo’ldi-ki bu narsa o’sha davr insoniyat taraqqiyotiga ta’sir o’tkazmay qolmadi. Sharqiy Eron va Markaziy Osiyo qabilalarinig ijtimoiy tuzumi o’zgarayotgan va diniy qarashlari hamda jamiyatga ro’y berayotgan tabaqalanish davom etayotgan bir paytda Turon pasttekisligida, aniqrog’i Amudaryo bo’ylarida yangi ta’limot vujudga keldi. Bu ta’limot o’lkada shakllangan ko’pxudolik va oshiqcha sarf harajatlarga, atrof muhitni ifloslanishiga hamda insonlar hayotida muhim o’rin tutgan jonli hayvonlarni qirib, ko’p qurbonliklar qilinishiga qarshi turoladigan ta’limot edi. Bu ta’limotga amal qilgan inson butun umri davomida ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal kabi g’oyalarni qalbiga joylashi kerak edi. Bu din zardushtiylik dini edi.
________________________
Kulakov A.YE. Religii mira. M., 1996.ss 150-173.
Ushbu din dualizmga asoslangan, ya’ni olam ikki ibtido; yorug’lik va qorong’ulik, yaxshilik va yomonlikning to’xtovsiz kurashidan iborat deb uqtiradi.
Zardushtiylik dini eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, bu din miloddan avvalgi VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Bu dinning paydo bo’lishiga oid turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht asli Midiyalik (hozirgi Eron hududida faoliayt yuritgan) bo’lgan deb hisoblashadi. Ularning fikricha ushbu din hozirgi Eron hududida paydo bo’lgan. Tadqiqotchi M.Toysning fikricha Zardusht mil. avv. 1500-1200-yillar oralig’ida yashab o’tgan va Markaziy Osiyoda [1](ya’ni Xorazm hududida) mavjud bo’lgan diniy e’tiqodlarni isloh qilib yangi bir din boʻlmish zardushtiylik diniga asos soldi.
Mil. avv. VII-VI asrlarda Markaziy Osiyoda qabilaviy ittifoqlar va urug’-aymoqchilik munosabatlariga asoslangan Xorazm va Baqtriya qadimgi davlat birlashmalari vujudga kelgan. Bu mamlakatlar mintaqada uzoq vaqt davom etgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy madaniy jarayonlarning hosilasi bo’lgan. Ular ta’sirida jamiyatda tutgan o’rni, imkoniyatlari va ahamiyatiga ko’ra bir-biridan farq qiladigan guruhlar, tabaqalar va sinflar yuzaga kelgan.
Davlat esa mavjud ijtimoiy munosabatlarni himoya qiluvchi siyosiy tashkilot hisoblangan. Ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz bergan o’zgarishlar talablariga ibtidoiy madaniyat va ibtidoiy e’tiqod mos kelmagan. Shu bois diniy e’tiqodni ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlarga muvofiqlashtirish zarur edi. Zardushtiylik dini esa mazkur talablarga mos diniy ta’limot va o’ziga xos dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan.
Zardushtiylik dinining vujudga kelish sabablari quyidagilardan iborat - tabiat kuchlari, mavjudotlar va ruhlarni muqaddaslashtiruvchi, o’z qiyofasiga ega, ishlab chiqarish sohalariga homiylik qiladigan, kuch va imkoniyatlariga ko’ra guruhlashtirilgan qudratli xudolar bilan almshtirish zarur edi; - jamiyat ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, sinflar va davlatning yuzaga kelishi natijasida eski munosabatlarni aks ettiruvchi ibtidoiy din shakllarining yangi davr talablariga mos kelmay qoldi; - ma’naviy tajribani umumlashtirish va ularga ilohiy tus berish bilan jamiyat va davlatni yanada mustahkamlash zarur edi.
Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto”“ da ushbu dinning nomi “Mazdayasna” dini deb atalgan. Bu so’zni “Mazdaga sig’inmoq” deb tarjima qilish mumkin. “Mazda” so’zi “donish, oqil, donishmand” kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana “Behdin”, ya’ni “Eng yaxshi din” deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. “Mazda” so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi “Axura” so’zi qo’shilishi natijasida Zardushtiylik dini oliy xudosi hisoblanmish Axura-Mazda nomi paydo bo’ldi. Zardushtiylik dini paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik jamiyati davri endi paydo bo’layotgan davr edi.
U urug’chilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avvalo O’rta Osiyodan tashqari Eron, Afg’oniston, Ozarbayjon, Yaqin va O’rta Sharqning bir qancha mamlakatlariga tarqalgan edi. Zardushtiylik dinini paydo bo’lgan zamin Xorazm vohasidaqadimdan bir qancha turkiy elatlar yashab kelgan. Bu din mil. avv. VII-VI aslarga xos din sifatida o’zidan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan din hisoblanadi. Zardusht nomi ham turli tadqiqotlarda turlicha keltiriladi. Masalan, Zaratushtra (ma’nosi- “sariq tuya sohibi”, “zarg’in yorug’lik egasi”), Zarduts, Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi.
Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi to’g’risida ham aniq yechimga kelinmagan. Ba’zi tadqiqotchilar uni tarixiy shaxs deya e’tirof etishsa, ba’zilari esa ularda farqli o’laroq uni afsonaviy shaxs deya ta’kidlashadi. U Quyi Amudaryo hududlarida yashovchi oriy qabilasining yirik urugʻlaridan boʻlmish Spitama urug’idan bo’lgan. U 23 yoshidan boshlab jamiyatdagi kamchiliklarga turli xil qabilalarning turli xudolarga sig’inishi natijasida ular o’rtasidagi urushlarning ko’payishiga, qolaversa, har xil xudolar uchun qilinadigan qurbonlik (qurbonlikka odamlar ham ishlatilgan)larni sabab qilib ko’rsatadi va 30 yoshidan boshlab yagona oliy xudo Axura-Mazdaga sig’inish kerakligini targ’ib qila boshlaydi[4 ]. Zardusht o’z g’oyalarini jamiyatdagi barcha tabaqalar orasida qo’rqmasdan targ’ib qilgan. Zardusht Balx shahrida ibodat chog’i ko’pxudollikka sig’inuvchi Bratarvaxsh tomonidan pichoqlab o’ldirilgan.
Zaratushtra (yunoncha–Zaroastr, forscha–Zardusht) qadimgi dunyo mualliflari ma’lumotlariga ko’ra afsonaviy shaxs deya e’tirof etilgan. Ammo Avestoning “Goxlari” va “Yasht” boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Abu Rayhon Beruniy ma’lumot berishicha Zaratushtraning tug’ilgan sanasi Makedoniyalik Iskandargacha bo’lgan 258 yil hisoblanadi. Zaratushtra 77 yoshida vafot etgan va uning hayot sanasi miloddan avvalgi VII-VI asrga to’g’ri keladi. Zardushtning tug’ilgan joyi haqida Avestoda hech qanday ma’6lumotlar yo’q. Manbaga ko’ra Zardushtning diniy nasihatlari o’z vatanida tarafdorlarini topmagan. Shuning uchun ham yangi din asoschisi o’z yurtidan qochishga majbur bo’ladi. Avestoning “Goxlari” bobida shunday deyilgan; “Qay tomonga, qaysi yurtga qochib qutulsam, meni kohinlardan va jangchilardan ajratib qo’ydilar, jamoa meni quvnatmaydi, mamlakatlarning yovuz sardorlari meni qabul qilmaydilar”. Oxir – oqibat Zardushtni Baqtriya hukmdori Kavi Vishtaspa qabul qiladi. Vishtaspaning uzoq va yaqin qarindoshlari Zardusht ta’limotiga juda ham qiziqqanlar va uning e’tiqodini qabul qilishgan.
Shunday qilib Baqtriya davlati O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Zardushtiylik dinini qabul qildi. Shoh Vishtaspa farmoniga binoan Zardushtning 1200 bobdan iborat pandnomasi Avestoning qadimiy qismi hisoblanmish “Got” yozilib shohning otashkadasiga topshirilgan.

______________________________


Isxoqov M. Xalk daxosining qadimgi ildizlari va kurtaklari. Til va adbiyot ta’limi jurnali №2 1992 y.
Zardushtiylik ta’limoti O’rta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Zardushtiylik dini O’rta Osiyodagi so’g’diy va turkiy qabilalar orasida keng tarqaldi. Xususan so’g’diylar butun O’rta Osiyo bo’ylab tarqalgan bo’lib ularning shimoli-sharqiy hududlarda tarqalgan guruhi turkiy xalqlarni doimiy ravishda Zardushtiylikka targ’ib qilib kelgan va ular bilan diniy amallarni bajargan.
Markaziy Osiyoda turkiy va so’g’diylar yonma-yon yashagan manzilgohlar misolida bu ikki qavmning Zardushtiylik ta’sirida umumiylikka ega bo’lgan urf-odati mavjud bo’lganligini ko’rishimiz mumkin. Keyingi davrlarda turkiy va soʻgʻdiy qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aynan zardushtiylik dinining oʻrni nihoyatda katta. Markaziy Osiyodagi zardushtiylik Erondagi Sosoniylar davlatidagi zardushtiylikdan farq qilgan.
Chunonchi, Sosoniylarda zardushtiylik rasmiy davlat dini maqomida, siyosiy vositalar orqali belgilangan qat’iy qoidalar asosida rivojlangan. Markaziy Osiyoda esa diniy tolerantlik negizida unga amal qilingan. Yaʼni insonlar zardushtiylik diniga oʻzining xohishiga koʻra eʼtiqod qilganlar. Mavjud siyosiy kuchlar aholini mazkur dinga sigʻinishiga majburlamagan desak mubolagʻa boʻlmaydi. So’g’dlar Zardushtiylik dinini Mazdachilik yoki Mazdayasna dini deb yuritganlar. Shu tariqa Zardushtiylik dini O’rta Osiyoda ancha yaxshi rivojlandi va keng yoyilib, insoniyat sivilizatsiyasiga katta hissa qoʻshdi.
Qolaversa Zardushtiylik dininig muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto” kitobida yaratilgan makoni sifatida biz bemalol O’rta Osiyo ko’rsatilgan. Bu haqida rus sharqshunos olimi Dyakanov ham o’z asarlarida ta’kidlab o’tgan. Bu bugungi O’zbekiston, xususan, Xorazm va unga tutash o’lkalardir. “Avesto” kitobidagi geografik- tarixiy ma’lumotlar shundan dalolat beradi-ki, Qadimgi Baqtriya va Eronga oid ba’zi geografik nomlar “Avesto” ga Zardushtiylik O’rta Osiyodan chiqib shu o’lkalarga tarqalgan paytda kirganligi shubhasizdir [6] Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha “Avesto”da Xorazm, Gava (So’g’d), Marg’iyona (Marv), Baqtriya (Balx), Orol dengizi (Vorukasha yoki Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) kabi O’rta Osiyoga tegishli nomlarning sanab o’tilganligi, shubhasiz, Zardushtiylik dinining O’rta Osiyoda paydo bo’lganligiga yana bir isbot bo’la oladi. Shuni aytib o’tish joiz-ki, “Avesto”da O’rta Osiyoda yashovchi ko’chmanchi, chorvador qabilalarning turmush tarzi ham keng yoritilgan.
Zardushtiylik dini O’rta Osiyoda yashovchi qabilalar ijtimoiy hayotinig barcha jabhalariga juda katta ta’sir ko’rsatgan. Zardushtiylik dini Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan uzoq vaqt davomida raqobatlarga bardosh bergan. Bu borada muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsa-da, boshqa diniy e’tiqodlarni to’liq siqib chiqarib, o’z hukmronligini o’rnatishga intilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanmaganligi, viloyatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan kam rivojlanganligi bunga imkon bermagan. Odamlar yangi dinni qabul qilish bilan birga o’zlarining an’anaviy e’tiqodini ham saqlab qolgan. Muayyan mintaqada Zardushtiylik keng tarqalgan bo’lsa-da boshqa diniy e’tiqodlar ham saqlanib qolgan. Zardushtiylik dini ta’limotiga ko’ra inson faqatgina pok yurishi afzal hisoblanadi. Yana bir qiziq tomoni shunda-ki ushbu din ta’limotiga ko’ra dunyo sinovlardan emas, balki yovuzlikka qarshi kurashdan iborat hisoblanadi. Ta’limotda inson yashayotgan dunyo muhim hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki dunyo lazzatlaridan oxirat uchun voz kechish g’oyasi ilgari surilmaydi.

_________________


Bibliya. Moskva, 1997.

Yüklə 133,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə