Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82

 
38 
shkalalari  ishlab  chiqilganligiga  qaramasdan,  bu  usulda  sub`yektiv  xatoliklarga  yo‘l 
qo‘yish mumkin. 
 
Zigotalikni aniqlashda anketalar to’ldirish usulidan ham foydalanish mumkin. 
Anketaga:  "Sizlarni  ota-onalaringiz,  qarindoshlaringiz,  yaqin  do‘stlaringiz 
adashtiradilarmi?", va shunga o‘xshash savollarni kiritish mumkin. Zigotalikni aniqlashda 
yaxshi natija beruvchi yordamchi usullardan biri dermatoglifika usulidir. Bu usulda faqat 
sifat ko‘rsatkichlarinigina emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish mumkinligi, 
ko‘pincha aniq natijalarni beradi. 
Hamma  tekshiriladigan  holatlarda  monozigotalik  yoki  dizigotalikni  aniqlashda 
asosan ularning o‘xshashligi emas, balki o‘xshamasligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 
Ilgari  ko‘p  qo‘llanilgan  zigotalikni  xorionlar  va  yo’ldoshlar  soniga  qarab 
aniqlash usuli ko‘pincha aniq natija bermaydi, chunki MZ larda 20% holatda 2 ta xorion 
uchrashi  mumkin,  undan  tashqari  ko‘pincha  bunday  ma`lumotlarni  olish  ham  qiyin. 
Bunda  shuni  ham  e`tiborga  olish  zarurki,  egizaklar  tug‘ilish  chastotasi  1%ga  yaqin 
bo‘ladi  (ulardan  -1/3-1/4-  qismi  monozigotalardir).  Har  xil  populyatsiyalarda  bu 
ko‘rsatkich  o‘zgaruvchan  bo‘lishi  ham  mumkin.  Bunday  o‘zgarishlar  asosan 
dizigotalilarga  bog‘liq.  Shuning  uchun  ham  ishni  boshlashdan  avval  Vaynberg  usuli 
yordamida  o‘rganilayotgan  populyatsiyada  MZ  lar  va  DZ  lar  nisbatini  aniqlab  olish, 
keyin  esa  o‘rganilayotgan  guruhni  ajratib  olish  zarur.  Bu  ayniqsa  irsiy  kasalliklarni 
o‘rganilayotganda katta ahamiyatga ega. 
Egizaklar  usulining  oxirgi  bosqichi  MZ  lar  va  DZ  lar  guruhlarini  o‘zaro  va  bir-
birlari bilan solishtirishdir. 
Konkordantlikni sifat va miqdoriy belgilariga qarab hisoblashga imkon beradigan 
maxsus formulalar mavjud. Muhitning va irsiyatning rolini aniqlash uchun ham maxsus 
formulalardan foydalaniladi. 
Masalan,  Xoltsingyer  formulasi  irsiyat  (H)  va  muhit  (E)  rolini  aniqlashga  imkon 
beradi. 
H = 
100
100
x
DZC
DZC
MZC
   
Bunda: H — irsiylanish koeffitsiyenti 
             MZC — monozigotalar konkordantligi 


 
39 
            DZC - dizigotalar konkordantligi 
E=100-H 
             E — muhit ta`sirining ko‘rsatkichi. 
Masalan,  qon  guruhi  misolida  muhitning  va  irsiyatning  rolini  ko‘rib  chiqamiz. 
Monozigotalilarda  qon  guruhi  konkordantligi  100%  yoki  1  ga  teng,  dizigotalilarda  esa 
40% ga (0,4) teng. 
Demak,    H 
100
40
100
40
100
x
 =100% 
                                          
E = 100 – H=100-100= 0 
 
Shunday  qilib,  qon  guruhi  kabi  belgi  asosan  genotip  orqali  aniqlanadi.  Ko‘pchilik 
belgilarning  rivojlanishi  uchun  irsiy  axborot  mavjudligidan  tashqari  muhit  omillarining 
ta`siri  ham  zarurdir.  Agar  H=70%  (0,7)  dan  yuqori  bo‘lsa  belgining  rivojlanishida 
irsiyatning  roli  hal  qiluvchi  bo‘ladi,  H  ko‘rsatkichi  40%  dan  70%  gacha  bo‘lganda 
belgining  rivojlanishida  irsiyat  ham  muhit  ham  qatnashadi:  H=40%  (0,4)dan  kam 
bo‘lganda  esa  belgi  asosan  muhit  omillari  ta`sirida  rivojlanadi.  2-jadvalda  ba`zi 
kasalliklarning  konkordantligi  va  diskordantligi  keltirilgan.  Mavzuni  o‘zlashtirishda, 
masalalar yechishda shu ma`lumotlardan foydalanish mumkin. Bu ma`lumotlar odamning 
har xil kasalliklarida muhitning va irsiyatning rolini aniqlashga imkon beradi. 
Egizaklar  usuli  yordamida  hatto  yuqumli  kasalliklarda  (ko‘k  yo‘tal,  sil)  tashqi 
muhit omillari (infeksiya) ta`siri aniq bo‘lganda ham kasalliklar patogenezida ozgina 
bo‘lsa ham irsiyatning roli borligini anglash qiyin emas. 
Chuqur  solishtirish  natijalarini  puxta  o‘rganish  shu  narsani  ko‘rsatadiki  faqat  
kasallikning  o‘zi  o‘xshash  bo‘libgina  qolmasdan  ularning  klinik    ko‘rinishlarida  va 
kechishida ham o‘xshashlik kuzatiladi. 
Shuning uchun ham egizaklar usulida  multifaktorial kasalliklarga irsiy  moyillikni 
o‘rganishda keng foydalanish mumkin. 
 
 
2-jadval 
Egizaklarda irsiy kasalliklar konkordantligi 


 
40 
Kasallik  
Konkordantlik  
MZ 
DZ 
Sonning tug‘ma chiqishi 
41 

Qizamiq  
98 
94 
Maymoqlik  
32 

Parotit  
82 
74 
Sil  
67 
23 
Revmatizm  
47 
17 
Qandli diabet 
65 
18 
Shizofreniya  
69 
10 
Epilepsiya  
67 
23 
 
Pedagoglar  va  pediatr  shifokorlar  egizaklar  usuli  yordamida  muhit  va  irsiyatning 
intellekt, ruhiy qobiliyatlarni rivojlanishidagi rolini aniqlash mumkinligini unutmasliklari 
kerak.  Bolaning  tabiiy  tug‘ma  qobiliyatlari  faqat  muhitning  ma`lum  sharoitlari  mavjud 
bo‘lgandagina  yuzaga  chiqishi  mumkin.  Shuningdek  eng  qulay  muhit  sharoitlari 
bo‘lganida ham qobiliyatning irsiy jihatdan genotipda belgilovchi genlari bo‘lmaganida 
yuzaga chiqishi mumkin emas. Shuning uchun ham avval bolada qanday qobiliyatlar bor-
ligini ma`lum testlar yordamida aniqlash, undan keyin esa uning rivojlanishi uchun zarur 
sharoitni  yaratish  lozim.  Hozirgi  davrda  egizaklar  usuli  farmakogenetikada  keng 
qo‘llanilmoqda. Bu egizak-sherik bo‘yicha nazorat usulidir. Usulning mohiyati shundan 
iboratki,  bunda  kasal  MZ  lar  guruhi  ikkita  kichik  guruhlarga  ajratiladi.  Bitta  kichik 
guruhni  yangi  preparat  (samaradorligi  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan)  bilan  ikkinchi  kichik 
guruhni esa eski qo‘llanib kelinayotgan preparat bilan davolanadi. 
MZ  lar  bir  xil  genotipga  ega  bo‘lganligi  uchun  ulardan  olingan  ma`lumotlar 
umumiy  populyatsiyadagi  nazorat  guruhidan  olingan  natijalarga  nisbatan  shubhasiz 
ishonchli  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  bu  usul  qo‘llanilganda  tekshirilayotgan  guruhlar 
soni MZ lar uchun kam (20 juft), umumiy populyatsiya uchun esa juda ko‘p bo‘lishi lo-
zim.  Bundan  tashqari  umumiy  populyatsiya  olinganda  tekshirilayotgan  shaxslarni 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə