Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82

 
41 
yoshiga,  jinsiga,  kasallikning  og‘ir-yengilligiga  qarab  tanlab  olish  lozim.  Umumiy 
populyatsiya tekshirilganda davolash samarasini aniqlashda yanglishish mumkin, chunki, 
har bir preparatga nisbatan turli shaxslarning individual sezuvchanligi turlicha bo‘ladi. 
3.3. Sitogenetik usul. 
Bu  usul  XX  asrning  50-yillaridan  boshlab  qo‘llanilayotgan  bo‘lib,  bu  usul 
xromosomalarni  mikroskopda  tekshirishga  asoslangandir.  Shu  yillarda  leykotsitlarni 
sun`iy o‘stirish  usuli ishlab chiqib, ularda  xromosomalarning  metafaza holatini olish va 
xromosomalarni  mikroskopda  tekshirish  usullari  yo‘lga  qo‘yildi.  Sitogenetik    usulni 
qo‘llashning  birinchi  muvaffaqiyatli  natijasi  1959  yilda  Lejyen  tomonidan  Daun 
sindromida xromosomalar sonining anomaliyasini aniqlanishi bo‘ldi. 
Hozirgi  vaqtda  sitogenetik  usuldan  xromosomalar  tuzilishi  va  sonining 
o‘zgarishlariga  bog‘liq  bo‘lgan  kasalliklarni  o‘rganishda,  xromosomalarni 
kartalashtirishda,  ularning  polimorfizmini  o‘rganishda  va  boshqa  irsiy  muammolarni 
aniqlashda keng foydalaniladi. 
Faqat  tsitogenetik  usulgina  xromosoma  patologiyalarida  tashxis  qo‘yishga  imkon 
beradi,  shuning  uchun  ham  qiyosiy  tashxisda  bu  usul  juda  qulaydir.  Masalan,  Daun 
kasalligining klinik ko‘rinishi aniqlanganda faqat sitogenetik usulning yordami bilangina 
trisomiya  variantini  (47,  XX+21)  translokatsiya  sindromlaridan  (46,XX,t(15+21)) 
ajratish  mumkin.  Buni  aniqlash  esa  kasal  bola  bo‘lgan  oilada  avlod  prognozini  aniq-
lashda juda muhim ahamiyatga egadir. Sitogenetik usulni qo‘llashning asosiy bosqichlari 
quyidagilardir:  
1)  hujayralarni  ajratib  olish  va  sun`iy  o‘stirish;  2)  xromosomalarning  metafaza  holatini 
olish;  3)  metafaza  holatidagi  xromosomalarni  mikroskopda  o‘rganish  va  kariotipni 
aniqlash. 
Hozirgi davrda interfaza holatida ham xromosomalarni ajratib olish usullari ishlab 
chiqilgan,  lekin  ularning  aniq  tuzilishini  faqat  mitoz  yoki  meyoz  metafazalaridagina 
yaxshi o‘rganish mumkin. 
в 
а 


 
42 
Tekshirish uchun hujayralarni suyak ko’migidan, teridan, urug’donlardan olish mumkin, 
lekin  eng  qulay  ob`yekt  –  qonning  yadro  saqlovchi  hujayralaridir.  Periferik  qoning 
leykotsitlarini  (a)  2-3  kun  davomida  FGA  (fitogemagglyutinin)  (b)  qo‘shilgan  muhitda 
sun`iy  o‘stiriladi.  FGA  hujayralarning  bo‘linishini  tezlashtiradi.  Metafaza  bosqichida 
xromosomalar  juda  yaxshi  ko‘rinadi,  shuning  uchun  ham  bo‘linayotgan  hujayralari 
bo‘lgan  oziq  muhitga  kolxitsin  (c)  moddasini  qo‘shamiz.  Bu  modda  bo‘linish  duki 
iplarini  parchalaydi  va  mitozni  metafazada  to‘xtatadi.  Keyin  yadro  membranasini 
parchalash uchun hujayralarga gipotonik eritma qo‘shiladi, fiksatsiyalanadi, buyum 
oynachalariga 
o‘tkazilgan 
hujayralar 
bo’yaladi  va  mikroskopda  (d)  tekshiriladi 
(15-rasm). 
Xromosomalarni bir-biridan ajratish uchun 
avval ularning mikrotasviri tayyorlanadi, 
keyin kariogramma (idiogramma) 
tuziladi (16-rasm). Xromosomalarni 
individual farqlash uchun Parij 
nomenklaturasiga asoslangan xromosomalar 
tasnifidan foydalaniladi (17-rasm). 
Xromosomalar asosan uzunligiga va 
sentromerasining joylanish tartibiga qarab 
(metatsentrik, submetatsyentrik, akrotsyent-
rik, yo‘ldoshli va boshqa tiplar) ajratiladi. 
Oddiy bo‘yash usuli qo‘llanganda 
xromosomalar bir tekis bo‘yaladi, ammo bu 
o‘xshash xromosomalarni ajratishga  
 
imkon bermaydi. Bu kamchiliklarni   tuzatish uchun qiyosiy bo‘yash usuli qo‘llaniladi. 
Hozirgi  davrda  avtoradiografiya,  5  bromdezoksiuridin  bilan  tekshirish,  fluoroxromlar 
bilan  (Q),  Gimza  bo‘yoqlari    (S  —  disklar)  bilan  qiyosiy  bo’yash,  shu  usullarning 
xilma-hil o‘zgartirilgan variantlarini qo‘llash, xromosomalarni ma`lum guruhlarga (A, 
15-rasm. Sitogenetik usul. 


 
43 
B, C, D, E, F, G) aniq ajratishga imkon beradi.  Qiyosiy bo‘yalganda xromosomalarda 
to‘q (geteroxromatin) va och (euxromatin) bo‘yalgan qismlar yaxshi ko‘rinadi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-расм. Sog’lom ayol (а) va erkak (b) xromosomalari to’plami 
(yuqorida),  kariogrammasi (pastda). 
в 
a)  
 b) ♂ 


 
44 
 
17-rasm. Xromosomalarni individual farqlash uchun Parij 
nomenklaturasiga asoslangan xromosomalar tasnifi. 
 
Shunga  qarab  xromosomalarni  bexato  farqlash  mumkin.  Quyidagi  jadvalda 
xromosomalarning  o‘lchami  va  sentromeralarining  joylashishiga  qarab  tuzilgan  tasnifi 
keltirilgan (3-jadval). 
 
в 
а 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə