Моҳир педагог ва ажойиб инсон Нишонбоева Мастуранинг ёрқин ҳотирасига бағишланади



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/82
tarix30.04.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#40830
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82

 
49 
yilda  Nobel  mukofotiga  sazovor  bo‘ldilar.  Keyingi  yillarda  irsiy  kasalliklarning 
immunitet tizim bilan bog‘liqligini o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 
To‘qimalarni  ko‘chirib  o‘tkazish  (transplantatsiya)  sohasida  olib  borilgan  tajribalar 
natijasida XX asrning 40-yillarida to‘qimalar mosligi bosh kompleksi — MHC (Major 
Histocompatibility  Complex)  haqida  tushunchalar  paydo  bo‘ldi.  MHC  genetik  tizimi 
tomonidan  nazorat  qilinadigan  antigenlar  immunologik  tanishda  va  immun  javobda, 
hujayralarning o‘zaro ta`sirida katta rol o‘ynashi ma`lum bo‘ldi. 
Keyinchalik  MHC  ichida  faqat  to‘qimalar  antigenlarining  genlarigina  emas,  immun 
javob  kuchini  aniqlovchi  genlar  va  limfotsitlar  yuzasidagi  retseptor  genlari  ham 
joylashishi  aniqlandi.  Odamda  MHC  tizimi  HLA  (Human  leucocyte  antigens)  deb 
ataladi.  To‘qima  antigenlari  shubhasiz  hamma  hujayralarda  bo‘ladi,  lekin  ularni 
o‘rganish uchun eng qulay ob`yekt leykotsitlar hisoblanadi. To‘qima antigenlari oqsil va 
uglevoddan tashkil topgan bo‘lib, hujayraning plazmatik membranasiga joylashadi. 
Birinchi  leykotsit  antigeni  1958-yilda  J.Dosse  tomonidan  aniqlangan.  I  sinf  to‘qima 
antigenlariga  A,  B,  C  guruhlari  antigenlari,  II  sinf  to‘qima  antigenlariga  esa  D  guruhi 
antigenlari  kiradi.  Hozirda  leykotsit  antigenlarining  har  biri  ko‘p  izoantigenlardan 
iboratligi  aniqlandi,  har  bir  antigen  o‘z  harfi  va  raqamlari  bilan  ifodadanadi.  Masalan 
HLA-Al,  HLA-A2,  HLA-B5,  HLA-C1  va  hokazolar.  Yangi  topilgan  antigenlar  xalqaro 
ilmiy  majlislarda  unifikatsiyalanadi.  Yangi  topilgan  antigenlar  xalqaro  majlislarda 
tasdiqdan  o‘tib,  unifikatsiyalanguncha  W  simvoli  bilan  belgilanadi  Wl,  W2,  W17  kabi 
ifodalanadi.  Tasdiqdan  o‘tgandan  keyin  esa  rasmiy  HLA  nomenklaturasi  bilan 
ifodalanadi.  (4-jadval). 
HLA antigenlarini kodlashtiruvchi genlar birikkan guruh hosil qilib 6-autosomaning kalta 
yelkasiga joylashadi (21-rasm). 
Odamda  har  xil  HLA  antigenlarning  uchrashi  turli  irsiy  kasalliklarning  kelib  chiqishi 
mumkinligini  ifodalovchi  ko‘rsatkich  sifatida  katta  amaliy  ahamiyatga  egadir.  Hozirgi 
paytda  HLA  tizimi  bilan  oilaviy  surunkali  virus  infeksiyalari,  autoimmun  va 
immunodefitsit  holatlar  orasidagi  korrelyatsiyalar  (assotsiatsiyalar)  mavjudligi  chuqur 
o‘rganilmoqda (5-jadval). 


 
50 
4-jadval
  
HLA sistemasi antigenlari (BMT, 1980) 
HLA-A 
HLA-B 
HLA-B 
HLA-D 
A1 
A2 
A3 
A9 
A 10 
A11 
Aw19 
Aw23 (9) 
Aw24
 
(9) 
A25 (10) 
A26(10) 
A28 
A29 
Aw30 
Aw31 
A
W
32 
AwZZ 
Aw34 
Aw36 
Aw43 
B5 
B7 
B8 
B 12 
B13 
B14 
B15 
Bw16 
B17 
B18 
Bw21 
B
W
22 
Bw27 
Bw35 
B 37 
Bw38 (w16) 
Bw39  (w16) 
B40 
Bw41 
Bw42 
Bw44(12) 
Bw45(12)                                         
Bw46                                                 
Bw47 
Bw48  
Bw49  (w16) 
Bw50  (w16) 
Bw51 (5) 
Bw52 
Bw53 
Bw54(w22) 
Bw55 (w-22) 
B56 (w-22) 
Bw 57 (w-17) 
B
W
58
 
(
W
-17) 
Bw59 
Bw60 (40) 
Bw61 (40) 
Bw62 (15) 
Bw6Z (15) 
Bw
Bw
 
HLA-C 
Cw
Cw
C
W
Z
 
 
Cw
Cw
Cw 6 
Cw
Cw
Dw.1 
Dw
Dw
Dw
Dw 5 
Dw 6 
Dw
Dw
Dw
Dw10 
Dw11 
Dw 12 
HLA-DR 
Dw1/ 
Dw
Dw
Dw
Dw
Dw
Dw
Dw
Dw
Dw10 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
51 
 
 
21-rasm. 6-xromosomada HLA genlarining joylashishini ifodalovchi sxema. 
 
 Hozirgi  paytda  immunogenetiklar  ma`lum  HLA  izoantigenlari  bo‘lganda  ayrim 
qasalliklar  rivojlanishining  nisbiy  xatari  foizini  hisoblab  chiqishdi.  Masalan  HLA  -  B37 
mavjud bo‘lsa yuvenil artrit xatari 5,4% ga, HLA - B8, HLA - DKZ, HLA - DK4 mavjud 
bo‘lsa, qandli diabet xatari 33,0%ga tengligi aniqlandi.   
Ayrim antigenlar bo‘lganda yomon sifatli o‘sma kasalliklari xatari yuqori bo‘lishligi 
to‘g‘risida talaygina ma`lumotlar to‘plandi. HLA - tizimi ba`zan protektor ahamiyatga ega 
bo‘lishi to‘g‘risida qiziqarli ma`lumotlar bor. Masalan, yaponlar populyatsiyasida HLA 
- B15 qandli diabetga rezistentlikka olib kelishi mumkinliga aniqlangan. Shunday qilib, 
HLA  tizimini o‘rganishda diagnostik maqsadlarda, har xil irsiy kasalliklar nisbiy xatari 
foizini,  ularning  qanday  kechishini  aniqlashda  keng  foydalaniladi.  Immunogenetika 
usuli  antropologik  tekshirishlarda  odam  populyatsiyalarining  bir  xilligi  va 
polimorfizmini  aniqlashda  ham  foydalaniladi.  HLA  tizimi  to‘g‘risidagi  ma`lumotlar 
Yevropa  mamlakatlari  aholisini  o‘rganish  natijasida  olingan  bo‘lib,  umuman  hamma 
insoniyat  populyatsiyalariga  ham  asosan  to‘g‘ri  keladi.  Lekin  ayrim  HLA-genlarning 
tarqalish chastotasi har xil etnik guruhlarda, populyatsiyalarda ancha farq qilishi mumkin. 
Yevropoid va mongoloidlarda har ikkita shaxsdan birida HLA-A2 antigeni mavjud, ammo 
negroidlarda  bu  antigen  2  marta  kamroq  uchraydi.  HLA-A3  har  to‘rtta  yevropoiddan 
bittasida mongoloidlarda esa 100 tadan bittasida uchraydi. HLA-A23, HLA-A30, HLA-B42, 
HLA-B58 faqat negroidlarda uchrashi, A24, AZZ, B52 faqat mongoloidlarda, A1-B9 — 
faqat yevropoidlarda uchrashi to‘g‘risida ma`lumotlar bor (6-jadval).  
 
5-jadval 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə