O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Boshlang„ich ta‟lim tizimida muammoli ta‟lim texnologiyalarni



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

2.2. Boshlang„ich ta‟lim tizimida muammoli ta‟lim texnologiyalarni 
amaliyotda qo„llash qonuniyatlari. 

Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muhim talablardan biri 


ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o„quvchilarga yetkazib 
berish, ularda ma‟lum faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish
shuningdek, o„quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim 
ko„nikma hamda malakalar darajasini baholash o„qituvchidan yuksak pedagogik 
mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba 
to„plangan bo„lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol 
metodlar nomi bilan yuritilmokda. Quyida boshang„ich ta‟lim amaliyotida 
foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan 
foydalanish borasida so„z yuritamiz. 
«Qarorlar shajarasi» («Qarorlar qabul qilish texnologiyas») 
metodi 
«Qarorlar shajarasi» metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab 
mavzularni o„zlashtirish, ma‟lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish 
asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida 
bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to„g„risini topishga 
yo„naltirilgan texnik yondoshuvdir, ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda 
qabul qilingan qaror (xulosa) lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni 
mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh yoki sinf o„qituvchilari ishtirokida 
qo„llaniladigan «Qarorlar shajarasi» bir necha o„n nafar o„quvchilarning bilimlari 
darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta‟lim 
jarayonida mazkur metodning qo„llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona 
qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o„quvchilar tomonidan bildirilayotgan har 
bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish 
imkoniyatini yaratadi. Mashg„ulot jarayonida o„quvchilar quyidagi chizma asosida 
tuzilgan jadvalni to„ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv 
taxtasidan foydalanadilar): 


37 
«Qarorlar shajarasi» metodi quyidagi shartlar asosida qo„llaniladi: 
1. O„qituvchi mashg„ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun mavzuga 
oid biror muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosa (qaror) 
larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. 
2. O„qituvchi o„quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga
ajratadi. Muammoning hal etilishi u borada eng maqbul qarorning qabul 
qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. 
3. Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a‟zosi tomonidan
bildirilayotgan variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil 
muhokama qilinadi. Har bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari
yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoni ijobiy hal etishga xizmat 
qiluvchi usul xususida guruh a‟zolari bir to„xtamga kelib oladilar. 
4. Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a‟zolari
o„z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o„qituvchi
rahbarligida barcha o„quvchilar bildirilgan xulosa (qaror) larni bir biri
bilan qiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida
savollar tug„ilgudek bo„lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi,
noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo 
yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo„lsa, o„qituvchi buning sababini 
izohlaydi. 
«Qarorlar shajarasi» metodi quyidagi loyihaga asoslanadi: 
«QARORLAR SHAJARASI» metodi 
UMUMIY BAHO 
1-qaror varianti
2-qaror varianti
3-qaror varianti
MUAMMO
QAROR
3-G„OYA 
2-G„OYA 
1-G„OYA 


38 
Afzalligi
Kamchiligi Afzalligi
Kamchiligi Afzalligi
Kamchiligi
QAROR:

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə