O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Muammoli o‘qitishni tashkil etishning birinchi sharti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

Muammoli o‘qitishni tashkil etishning birinchi sharti 
o„quv axborotlarining 
takomillashib borishi tizimidir. 
Muammoli o„qitshshning ikkinchi shartida 
muammoli o„qitish amalga oshiriladi va 
unda axborotning o„quv vazifasiga o„tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash 
imkoniyati ko„zda tutiladi. 
Muammoli o„qitishning uchinchi sharti 
talim oluvchining subektin mavqei, 
ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal 
qilish va natijani qo„lga kiritish uchun o„zlarining ihtiyorida bo„lgan vositalarni 
baholay bilishidir. 
Muammoli o„qitishga asoslangan o„quv mashg„ulotlarini o„tkazish metodikasi 
unda qo„llanadigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda: ijodiy, qisman-
ijodiy evristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli 
boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi. 
Ijodiy metod 
ta‟lim oluvchining ijodiy mustaqilligini to„la amalga oshiradi. Unda 
o„quvchi o„qituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda o„zlari ham o„quv 
muammosini shakllantiradi, o„zlari mustaqil gipotezani yechishga harakat qiladilar, 
izlanishni amalga oshiradi va provard natijaga erishadilar. Shu tariqa ijod metodi 
qo„llash bilan o„quvchilar faoliyati olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga 
yaqinlashadi. O„qituvchi faqat o„quvchilarning ilmiy izlanishlariga umumiy 
rahbarlik qiladi, vazifalar esa ularning mustaqil o„quv-bilish xatti-harakatlarining 
to„la davriyligiii ko„zda tutadi: yo tahlilgacha axborotlar tekshiri
ladi
yoki 
yechilishiga qadar o„quv muammosi qo„yiladi hamda yechimlar tekshirib ko„riladi 
va yangi bilimlar joriy qilinadi. 


21 
Ijodiy metoddan o„rganilayotgan kursning umumiy asoslarini qamrab olgan eng 
muhim mavzularni o„tishda foydalanish tavsiya qilinadi. Bu esa boshqa barcha 
materiallarning tobora ongli o„zlashtirilishiga olib kelishi lozim. Shuningdek
bunday metodda mashg„ulot o„tkazish uchun o„qituvchi tanlangan bo„lim yoki 
mavzu o„quvchilarning idrok qilishlariga qulay bo„lishini nazarda tutishi lozim 
bo„ladi. 
Ijodiy metod ta‟lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab 
qiladi. 
O„quvchilarning ijodiy ishlari shakliy jihatdan rang-barangdir. Ular ma‟ruza 
matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik ko„rish, u yoki bu masalaning 
nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivdan o„rganish) 
o„rganish, ko„rgazmali qurollar, didakgik materiallar tayyorlash va boshqalardir. 
Qisman ijodiy metod murakkab muammoni bo„laklarga ajratib, uning qulay 
masalalarinn bosqichma-bosqich aniqlab olishda qo„llanadi va unda hal qilingan 
har bir bosqich (qadam) masalaning keyingi bosqichini yechishda asos bo„lib 
xizmat qiladi. Bunda o„quvchilar o„quv mummosining qo„yilishida, gipotezani 
taxmii qilish va isbotlashda faol kirishadilar. Ularning faoliyati reproduktiv va 
ijodiy unsurlarini o„zida qamrab oladi. Bunda o„qitishning qidiruv (izlanish) 
suhbat, o„quvchilarning javoblari va to„ldirishlariga qo„shimcha qilgan holda 
o„qituvchining faktlarini kuzatish va umumlashtirish usullari qo„llanadi. Bu 
hollarda o„quvchilarning reproduktiv va qidiruv (izlanish) faoliyatining 
munofiqligiga muhim ahamiyat kasb etadi. Ular biror bosqichdagi o„quv 
muammosining mustaqil hal qilishdan to ulardan aksariyati yechilgunga qadar 
kuchli o„zgarib turishi mumkin. 
Mashg„ulotlarda ijodiy suhbatni qo„llash maqsadga muvofiq topiladi. O„quvchilar 
bunday suhbat jarayonida o„zlarida avvaldan mavjud bo„lgan bilimlari, ijodiy 
faoliyati tajribasiga asoslangan holda o„qituvchi rahbarligida muammoni izlaydi va 
mustaqil ravishda uning yechimini topadilar. O„quvchilar o„z tashabbuslari bilan 


22 
savollarga javob beradilar yoki o„z chiqishlarida turli mulohazalarni bildiradilar, 
muammoning yechilishidagi o„z variantlarini ilgari suradilar, hodisalar o„rtasidagi 
rang-barang, aloqalarar borasida bahslashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy 
munosabat bildiradilar. Bu jarayoida o„qituvchining o„quvchilarga yordam berish 
darajasi ularning mashg„ulotlarga tayyorgarlik ko„rish darajasiga bog„liq bo„ladi. 
Ijodiy suhbatga tayyorlashda o„qituvchining unga o„ta mas‟uliyat bilan 
yondoshishi talab qilinadi. O„qituvchi bunday suhbatga oldindan jiddiy 
tayyorgarlik ko„rishi lozim: avvaldan shunday savollar o„ylab topishi kerakki, ular 
o„quvchining u yoki bu hodisaning mohiyatini anglab yetish va uning yechilish 
yo„llarini bashorat qila olsin. O„qituvchi o„quvchilarning umuman muammoni 
yechish uchun yetarli darajada tayyorgarlik ko„rib kelmasligini ham ko„zda tutishi 
va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi qo„shimcha savollarni 
tayyorlab qo„yishi lozim, bunday savollar orqali o„quvchilar ijodiy hal qilishi shart 
bo„lgan vazifalarni qismlarga ajratish ham zarur bo„ladi, yani muammo kichik 
muammolarga bo„linadi va muammoli vazifa yechiladi. O„qituvchi bunday 
vaziyatda vazminligini saqlashi, o„quvchilarga tezroq yordam berish, kamchiliginn 
tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbeh berishga shoshilmasligi, balki 
qo„shimcha savollar bilan o„zlarining xatosini anglashga va to„g„ri qaror qabul 
qilishga erishish maqsadga muvofiqdir. 
Ijodiy suhbat davomida kamroq tayyorgarlik ko„rgan, jonli fikr olishuvlarda, 
shuningdek, indamaslikni xush ko„radigan o„quvchilarga alohida axamiyat berish 
lozim. Bunday o„quvchilarning hulqlarini ko„zda tutgan holda ulardan ham «nido 
chiqishi»ga erishish maqsadida ular uchun ham avvaldan savollar tayyorlab 
qo„yish ma‟qul bo„ladi. 
Ijodiy xarakterdagi suhbat o„quv-tadqiqot ishlarining zaruriy bosqichi hisoblanadi. 
Unda o„quvchilarning o„zida tadqiqot ishlari unsurlari mavjud bo„lgan qisman-
ijodiy faoliyatning bajarilishini talab qiladigan muammoli xarakterdagi mantiqiy 
masalalar diqqatni jalb qiladi. 


23 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə