O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


III Bob. “Boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilish faoliyatini tashkil



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

III Bob. “Boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilish faoliyatini tashkil 
etishda muammoli ta‟lim imkoniyatlaridan foydalanish mavzusi bo„yicha
tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari. 
3.1. Boshlang„ich sinf o„quvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda 
muammoli ta‟lim imkoniyatlaridan foydalanish mavzusi bo„yicha tajriba-
sinov ishlari . 
Bob bо„yicha xulosa 
Umumiy xulosa 
Foydalangan adabiyotlar rо„yxati 



Kirish. 
Mavzuning dolzarbligi.
Muammoli ta‟lim bu-o„quvchiga beriladigan 
bilimning qaysi qismini, qanday yo„l bilan berish muammosini samarali hal 
qilishga qaratilgan o„qituvchi faoliyatidir. Muammoli ta‟lim darsda bir vaqtning 
o„zida o„qituvchi va o„quvchilarning hamkorlikdagi harakati bo„lib, u o„quvchi 
shaxsidagi muhim belgi-ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. N.G. Dayri 
aytganidek, 

“Darsda o„rganiladigan mazmunning murakkab qismini 
o„zlashtirishda o„qituvchining faoliyati qanday bo„lsa, o„quvchi faoliyatini ham 
shu darajaga yetkazish muammoli ta‟limning asosiy maqsadidir”
1
. Muammoli 
ta‟lim- o„quvchilarning erkin fikrlashlariga, o„zining fikrini erkin bayon qila 
olishlariga va fikrlarini yanada rivojlantirishlariga ta‟sir etishdir. Bunda o„quvchi 
diqqat bilan tinglashi, mustaqil va yolg„iz fikrlashi, jamoa bo„lib fikrlashi, tahlil 
qilishi, ko„pchilik bo„lib muhokama qilishi va to„plangan fikrni bayon qila olishi 
kerak. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim Vazirligining 2003-yil
28-may «Ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan 100 innovatsiyalar to„g„risidagi
xay‟at qaroriga ko„ra, 2003/2004 – o„quv yili «Ta‟lim sifatini oshirish yili»,
2
deb 
belgilandi. Oliy ta‟lim isloxatining xozirgi sifat bosqichida professor-o„qituvchilar 
oldida yangi muhim vazifa qo„yildi. O„bekiston Oliy va o„rta maxsus ta‟lim 
Vazirligining 2003-yil 28-may 5/1 sonli Buyrug„iga muvofiq fanlar bo„yicha 
muammoli ma‟ruzalar matnini ishlab chiqish va ularni 2003/2004 o„quv yilidan 
boshlab izchillik bilan o„quv jarayoniga tadbiq etish belgilandi.
Muammoli ta‟lim o„qituvchidan aniq harakat qilishni, darsning har bir 
minutini hisobga olishni, ushbu vaqtda kerakli samara hosil bo„lishi uchun 
o„zining barcha imkoniyatlarini va mahoratini ishga solishni talab etadi. Bu 
masalani hal etishning muhim sharti o„qituvchining bo„lajak o„quv mashg„ulotiga 
tayyorgarligidir. 
Tayyorgarlik 
jarayonida 
muammoli 
ta‟limning barcha 
1
R.Safarova. О„quv predmetlarini parametrlari.T., 2013. “Fan va texnologiyalar”. 
2
О„zbekiston Respublikasi Oliy va о„rta maxsus ta‟lim Vazirligining 2003-yil 28-may «Ta‟lim sifatini oshirishga 
qaratilgan farmoyishi. 



ko„rinishlarini hisobga olish va uni uslubini ishlab chiqish zarur. Muammoli 
ta‟limga tayyorgarlik ko„rishda o„qituvchilar qator qiyinchiliklarga duch keladilar. 
Bu qiyinchiliklarni yengishda o„qituvchini innovatsion ijodiy laboratoriyasining 
ahamiyati katta.
Ana shunday qiyinchiliklardan biri darsni muammoli tashkil qilish va 
muammoni o„rganish usulini tanlashdadir. Chunki tanlangan usul faqat o„quv 
materialini o„zlashtirishni ta‟minlabgina qolmay, balki o„quvchilar faoliyatida 
mustaqillikni ham ta‟minlashi zarur. 
Ikkinchi qiyinchilik esa muammoli ta‟limni ko„rinishini aniqlashda yuzaga 
keladi, ya‟ni o„qituvchi muammoni yechishga sinfdagi barcha o„quvchilarni jalb 
qiladimi yoki vazifani ayrim guruh o„quvchilariga bajartiradimi? Bu qiyinchilik 
o„qituvchida muammoli vaziyat va muammoning bayoni haqidagi tasavvurlvrni 
yetishmasligidan kelib chiqadi. 
Uchinchi qiyinchilik esa darsda o„quvchilarni qiziqishini uyg„otish va uni 
uzluksiz rivojlantirib borishida ko„rinadi. Chunki o„quvchilar diqqatini bir nuqtaga 
muntazam to„plashga o„qituvchining tajribasi va mahorati yetmasligi mumkin.
Muammoli ta‟lim haqidagi to„plangan ma‟lumotlarga asoslanib, shuni 
ta‟kidlash lozimki, bu ta‟lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 ko„rinishga ega. 
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish, Muammoning qo„yilishi, Muammoning 
yechimini topish. 
Muammoli vaziyatni o„quv mashg„ulotlarining barchasida shakllantirish 
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko„p shallantirish o„qituvchiga bog„liq. 
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki u o„quvchilar diqqatini bir joyga 
(muammoga) qaratadi va o„quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o„rgatadi. 



Muammoli o„qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. 
Dyui (1859-1952) g„oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shaxrida o„qitish asosini 
o„quv rejasi emas, balki o„yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini 
tashkil qilgan. O„qish, hisoblash, yozish bo„yicha mashg„ulotlar bolalarning 
fiziologik balog„atiga qarab o„z- o„zidan paydo bo„lgan ehtiyojlariga muvofiq 
o„tkazilgan. Dj. Dyui o„qish uchun to„rt ehtiyojni ajratgan: ijtimoiy, 
konstruksiyalash, badiiy ifoda, tanqidiy. Bilish manbalari sifatida bolalarga 
quyidagilar taqdim etilgan: so„z, san‟at asarlari, texnik qurilmalari. Bolalar o„yin 
va amaliy faoliyat- mexnatga jalb etilganlar. Bu maktabda qo„llangan o„qitishning 
yangi uslublari, yo„llari va tamoyillari nazariy asoslanmagan va konsepsiya sifatida 
ifodalanmagan edi.
Dj. Dyui g„oyalari bo„yicha bola bilishda insoniyat yo„lini qaytaradi
bilimlarni o„zlashtirish spontan, boshqarilmaydigan jarayon bo„lib, bola o„zida 
hosil bo„lgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni o„zlashtiradi. Dj. 
Dyuining 
fikricha 
o„qitish 
samaradorligi 
shartlari 
o„quv 
materialini 
muammolashtirish bola faolligi bilan bog„liq bo„lishi kerak.
Shularga asosan biz bitiruv-malakaviy ishimizni “Ta‟lim jarayonida 
zamonaviy dars loyihasi va uning ayrim didaktik muammolari ” mavzusida olib 
bordik. 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə