O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

psixologik asoslari. 
1.1. Boshlang„ich sinf o„quvchilari bilish faoliyati tuzilishi va uning motivlari 
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan 
iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o„zimizni bilishimizga imkon beruvchi 
ongni o„rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo„lib o„rgana boshlaganlar. 
Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu 
jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog„liqki, birini ikkinchisiz tasavvur 
qilishning o„zi qiyin. Masalan, ko„rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay 



ko„ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko„rgan yoki o„qigan 
tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to„g„risida fikrlash uchun bizga bir 
vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki 
nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo„ladi. Hattoki, tasodifan qo„limizga kirib 
ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o„sha 
narsaning bu yerda qanday paydo bo„lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini 
keltirib chiqaradi. 
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o„z psixik 
jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma‟lumotlarni qabul qilish (an‟anaviy 
idrok deb ataluvchi jarayonga o„xshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o„xshash) 
va uni saqlash (xotira) haqida ko„p gapiradigan bo„lib qoldik. Lekin bu insondagi 
tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko„tardi. 
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan ko„ra murakkabligi va odam 
anglagan ma‟lumotlaridan ko„prok narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. 
Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko„rmayotgan, his qilmayotgan 
juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd 
etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko„rayotganda bir sekundda 24 
kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko„z o„ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday 
eksperiment qilishdi: kunlarning birida o„ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr 
o„rniga 25 kadr berib, o„sha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan yozuv berildi. 
Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg„amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu 
ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu 
ma‟lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro„y bermagan ekan. 
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro„y beradi. Kimnidir uchratib 
qolamizda, o„ylanamiz: qayerda ko„rgan ekanman? Hech eslolmaysiz, lekin yuzi, 
ko„zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam 
ko„rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina 
chiqara olamiz. Faqat, kasal bo„lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga 



tushganimizda kallamizga har xil uy-fikrlar kelaveradi. O„shalar aslida bor 
narsalarning beixtiyor tiklanishi. 
Ongdagi ma‟lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy 
sababi - odam har qanday ma‟lumotni 
saralab, tanlab qabul qiladi,
o„zi uchun 
«ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. 
U o„z ongida barcha mavjud ma‟lumotni o„ziga xos tarzda qayta ishlaydi
o„zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o„ziga xos va qaytarilmasdir - 
individualdir, deyiladi. 
Odatda, kichik yoshdagi o„quvchilar bilish faoliyatini shartli ravishda 2 ga bo„lish 
mumkin. Biri dars vaqtida, ikkinchisi o„quvchilarning uyda bajarish uchun berilgan 
topshiriqlarni bajarish jarayonida sodir bo„ladi. 
Agar o„quv faoliyati o„qituvchi rahbarligida amalga oshirilsa, o„quvchilarning 
bilish faoliyatini quyidagicha taqsimlash mumkin: 

O„qituvchi tomonidan taklif etilgan o„quv vazifalarini va harakatlar rejasini qabul 
qilish. 

Qo„yilgan vazifalarni hal etish uchun o„quv faoliyati va operatsiyalarni bajarish. 

O„qituvchi nazorati ostida va o„z-o„zini nazorat qilish orqali o„quv faoliyatini 
yo„naltirish. 

O„qituvchi rahbarligida o„quv faoliyati natijalarini tahlil etish. 
O„qituvchi rahbarligisiz mustaqil o„quv faoliyatini amalga oshirishda: 

O„z o„quv faoliyatining vazifalarini konkretlashtirish va rejalashtirish. 

O„quv faoliyati metod, vosita va shakllarini rejalashtirish. 

O„quv faoliyatini o„zi tashkil etish. 

O„quv jarayonida o„z-o„zini nazorat qilish va baholash. 


10 

Bilishda o„z-o„zini yo„naltirish. 
O„quv faoliyatining tuzilish elementlari hal etish zarur bo„lgan masalalar 
xarakteriga ko„ra, qo„llanilayotgan yetakchi metodlarga bog„liq holda birmuncha 
o„zgarishi mumkin. 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə