O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

 

 
1.2. Muammoli o„qitish takomillashgan o„qitish texnologiyasi sifatida.
Hozirgi oliy maktabdagi samarador o„qitish texnologiyasi - bu muammoli 
o„qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-
tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o„qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi 
maqsadlariga mos keladi.
 
Muammoli o„qitish jarayonida o„quvchining mustaqilligi o„qitishniig
reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o„sib boradi. 
Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o„qitishning turli tarif va 
tavsiflar bor. Biznpngcha, nisbatan to„liq va anik ta‟rif M.I.Maxmudova tomonidan 
berilgan bo„lib, unda muammoli o„qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, 
umumlashtirish) hisobga olingan o„rgatish va dars berish usullarini qo„llash 
qoidalari va o„quvchilarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli 
vaziyat, bilishga bo„lgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi. 
Muammoli o„qitishning mohiyatini o„qituvchi tomonidan o„quvchilarning o„quv 
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o„quv vazifalarini, 
muammolarini va savollarini hal qilish orkali yangi bilimlarni o„zlashtirish 


16 
bo„yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni 
o„zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. 
Ma‟lumki, o„qitishning har qanday asosida inson faoliyatining muayyan 
qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning 
tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish 
ziddiyatlarini hal qilishda obektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi.
O„qitishning hozirgi jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash 
muammoli vaziyat, kutilgan xayrat va mahliyo bo„lishdan boshlanadi, degan 
xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini ko„rsatadi. O„qitish sharoitida insonning
o„sha psixik, emotsional «hissiy holati unga fikrlash va aqliy ishlash uchun o„ziga 
xos turtki vazifasini bajaradi. 
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil 
etiladigan o„ziga xos o„qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o„rganilgan 
mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus 
usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o„qitishda muammoli vaziyat 
shunchaki «fikr yo„lidagi kutilmagan to„siq» bilan bog„langan aqliy mashaqqat 
holati emas. 
U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. 
Bunday vaziyat negizida avval o„zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan 
vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. 
Bunda har 
qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog„liq bo„la bermasligiii ta‟kidlash 
o„rinli bo„ladi. Yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog„lanmasa, aqliy mashaqqat 
muammoli bo„lmaydi. Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlamaydi. 
Muammoli vaziyat 
har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o„quvchi 
mashaqqat talab qilgan obekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda 
ma‟lum bo„lgan vazifa, masala bo„yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. 
Shunday qilib, 
muammoni xosiyatining 
mohiyati shundaki, u o„quvchi tanish 
bo„lgan ma‟lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va 
tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o„rtasidagi ziddiyatdir. Ziddiyat 
bilimlarni ijodiy o„zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. 


17 
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar: 

o„quvchiga notanish faktning mavjud bo„lishi;

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə