O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

Materialni muammoli bayon qilish. 
Bunda ijod o„qituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi va tobora faollashtirib boriladi. O„qituvchi yangi materialni bayon 
qilishda uning yechilishini o„zi taminlaydi. Bunda o„qituvchi ziddiyatlarni 
ta‟kidlaydi, uni barchaga eshittirb muhokama qiladi, o„z mulohazalarini bildiradi, 
haqiqatni faktlar, mantiqiy isbotlar tizimi yordamida asoslaydi. O„qituvchi bu 
tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsa, o„quvchilar uning fikrlari borishiga 
diqqat bilan qo„shilib boradi, muammolarnpng yechilish oqimiga qo„shilib ketadi, 
birga fikr yuritadi, birga hayajonlanadi, shu tariqa mashg„ulotning qatnashchisiga 
aylanadi. Bunda o„qituvchi o„quvchining bilish jarayonini savollar berish, savolga 
savol berish yo„li bilan boshqaradi va shu orqali auditoriyadagi o„rganilayotgan 
materiallar bo„yicha ziddiyatlarga diqqatni jalb qiladi va o„quvchilarni o„ylab fikr 
yuritishga majbur qiladi. O„qituvchi tushunilmagan savolni hal qilishidan oldinoq 
o„quvchilar o„zlaricha o„z javoblarini tayyorlab qo„yadilar va uni ma‟lum muddat 
o„tgach o„qituvchining fikri va xulosasi bilan taqqoslaydilar. 
Materialni muammoli bayon qilish axborotni bayon qilishdan tubdan farq qiladi, 
chunki unda u yoki bu hodisaning belgilari, xossalari, tushunchalari, qoidalari 
shunchaki tasvirlab bsriladi, tayyor xulosalar bayon qilinadi. 
O„quv axborotlarining muammoli bayoni metodidan foydalanishning boshqa 
varianti fan taraqqiyoti tarixidagi u yoki bu qonunning olimlar tomonidan kashf 
etilishi yo„lini yoritib berish bo„lishi ham mumkin. 
O„quv jarayonida keng tarqalgan metodlardan biri - 
shartli ravishda o„quv 
axborotlarining bayonini muammoli boshlash 
dsb nomlanadigan metoddir. 
Materialni muammoli bayon qilish mstodidan bu metod muammoli kam faqat 
materialni bayon qilish boshidagina yaratilishi bilangina farqlanadi. Keyinchalik 
material axborot usulida bayon qilinadi. Albatta, bu metod yuqorida o„quvchiing 
ijodiy izlanish faoliyati, ayniqsa, ijodiy metodida ko„ringan ko„nikmalarni hosil 
qilishga imkoniyat bermaydi, lekin o„quvchilarning mashg„ulot ibtidosida olgan 
ilxomlari barcha materialni faol idrok qilishga, unga yuqori qiziqish uyg„otishga 


24 
bevosita turtki beradi. Yuqoridagi barcha metodlar orasida bu metod o„zinnng 
oddiyligi bilan ajralib turadi. 
Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi ehtimol ko„ringan didaktik 
maqsadlarni hisobga olish zarur: o„quv materialiga o„quvchilar diqqatini jalb 
qilish, ularning bilishga bo„lgan qiziqishini uyg„otish, o„quvchilarning bilish 
faoliyatini jonlantirish, ularni intellektual zo„riqish mashaqqatlariga olib kelish, 
o„quvchilar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va ko„nikmalar kelajakda 
yuzaga keladigan bilishga bo„lgan talablarini qondira olmasligini ko„rsata bilish, 
o„quvchilarga o„quv muammolariii tahlil qilishga, uning yechilishidagi eng 
ratsional yo„llarni aniqlashda yordam berish kerak. 
O„quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi: 
1. O„quvchilar qo„yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli 
savolga javob berolmaydilar. 
2. O„quvchilar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda foydalanish zaruriyatiga 
duch keladilar. 
3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin bo„lgan yo„li va tanlangan 
usulning amaliy jihatdan qo„llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi. 
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va o„quvchilarda uni nazariy 
jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi o„rtasida ziddiyat yuz beradi. 
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko„p uchraydigan usullari 
qayd qilinadi: 

hodisalar, o„rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun
muammoli vazifalar ko„yish; .

olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa 
qo„yish;


25 
• o„quvchilarni hodisalar va xaraktlar orasidagi ziddiyatlar va
nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;
• ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni
keltirib chiqaradigan fakt va xodisalarni tahlil qilishga undash;
• o„quvchilarni fakt, xodisa, xatti-xarakatlar, xulosalarni solishtirish,
qiyos qilishga undash; 
• 
o„quvchilarni go„yo tushunib bo„lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy 
muammoning ko„yilishiga sabab bo„lgan faktlar bilan tanishtirish.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning 
boshqa variantlariga chek qo„ymaydi. Har bir o„qituvchi o„zining amaliy 
faoliyatida o„quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishniig 
turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin. 
O„quvchilarning fikrlari tobora kiyomiga yeta borib, 
muammoli vaziyat 
ularda 
ma‟lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi, mustaqil amalga oshirilgan bilish 
jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Xayratga tushish, tushkunlik 
yoki shodlik hissiyotlari muammoli vaziyatni to„g„ri tashkil qilish belgilari bo„lib 
xizmat qiladi. Ma‟lumki, yuqori ko„tarinkilik bilimlarni samarali o„zlashtirish, 
haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi. 
Muammoning murakkabiligi, o„quvchilarning bilim saviyasi na malakasi, ularning 
ijodiy faolligi ko„nikmalari, didaktik maqsadga yo„nalganligiga qarab muammoli 
o„qitishda o„quvchi va o„qituvchi o„zaro munosabatlarining turli variantlari 
bo„lishi mumkin, yani 
muammolilikniig turli sohalari 
amalda bo„lishi mumkin. 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sohasi haqida fikr 
yuritiladi: 
Birinchi -
o„qituvchi o„zi muammoni qo„yadi, uni shakllantiradi va o„quvchilarni 
mustaqil ravishda uning yechilish yo„lini qidirishga yo„naltiradi. 


26 
Ikkinchi
o„qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, o„quvchilar esa 
muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar. 
Uchinchi 
- oliy sath bo„lib, unda o„qituvchi shunday qoidani ko„zda tutadi: 
muayyan muammoni ko„rsatib bermaydi, balki unga o„quvchilarni «ro„baro„» 
qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyagga yo„naltiradi, ularni boshqaradi va 
iatijani baholaydi. O„quvchilar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni 
shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar. 
O„quv muammosinipg qo„llanish jarayonini osonlashtirish uni muayyan tartibga 
rioya qilishi lozim bo„ladi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin 
o„quvchilarning sabab-oqibat aloqalarini o„rnata olish usullarini egallaganligiga 
ishonch hosil qilish, o„quvchilarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish 
darajasini o„rganish shartdir. Shuningdek, o„qituvchi o„quvchilar e‟tiboriga faqat 
ular uchun qulay bo„lgan muammolarni qo„ymasligi ham mumkndir. Shu bilan 
birgalikda muammoning yechilishi uni to„g„ri qo„ya bilishga ko„p jihatdan bog„liq 
ekanligini unutmaslik zarur. 
Bu qoidalarni amalga oshirish avvalo o„quv materialining mazmun xususiyati bilan 
bog„liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo„yish mumkin. 
O„quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi: 
• 
yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yaigi belgilar, xususiyatlar, nooma‟lum 
tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari);
• 
faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko„rinishidagi materiallarni 
qamrab olgan ma‟lum va yangi bilim o„rtasidagi ziddiyat;
• 
umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning 
metodologik asoslari materialni mavzuga muqofik bayon qilish.


27 
Shuni ta‟kidlash lozimki, o„qitish jarayoni faqat «muammoli» yoki «nomuammoli» 
metodlar yordamidagina amalga oshmaydi, balki uning samarali borishi uchun 
xilma xil metodlarni qo„llash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə