O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 368,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix22.03.2024
ölçüsü368,86 Kb.
#182292
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
boshlangich sinf oquvchilarida bilish faoliyatini tashkil etishda muammoli talim imkoniyatlaridan foydalanish

Bob bo„yicha xulosa 
Ta‟limda tafakkur о„stirish о„quv-tarbiya jarayoni xususidagi qarashlarni 
о„zgartirishni, pedagogik amaliyotni yangicha yо„lga qо„yishni taqozo etadi. 
Bunday yutuqqa о„quvchilarni faollashtirish yо„li bilan erishiladi. Bizga 
ma‟lumki, tafakkuri rivojlangan inson muammolarni hal qilish uchun rang-barang 
javoblar izlaydi, о„z javobiga ishontirishga harakat qiladi, atrofida sodir 
bо„layotgan о„zgarishlarni mohirlik bilan har tomonlama tahlil qila oladi, о„zgacha 
fikr yurita oladi, bilim olishga ehtiyoj sezadi. 
Bugungi kun milliy ta‟lim-tarbiyamizning asosiy vazifalaridan biri ham 
о„quvchilarning milliy tafakkurini о„stirish, milliy ongini yuksaltirishdan iborat. 
Buning uchun esa ta‟lim tizimining barcha bosqichlarida bо„lgani kabi 
boshlang„ich sinflarda о„tiladigan ona tili fanining о„z о„rni va ahamiyati mavjud. 
Zero, shu tilda tili chiqqan о„z dardu tashvishlari, quvonchu-shodliklarini shu til 
orqali ifodalovchi shaxslarni dastlab maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalasa, 
keyingi asosiy bosqich sifatida boshlang„ich ta‟limni olishimiz mumkin. 
Boshlang„ich sinflarda о„quvchining tafakkurini о„stiradigan, ularni mantiqiy 
fikrlashga chorlaydigan vositalardan biri shubhasiz, bu fanning mashqlari 


28 
hisoblanar ekan. Bu mashqlarni tо„g„ri о„quvchi tо„g„ri bajarishida esa biz bо„lajak 
о„qituvchilarning yoki umuman pedagoglarning roli juda kattadir. 
 II Bob.Boshlang„ich sinf o„quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishda 
muammoli ta‟limdan foydalanish. 
2.1.Boshlang„ich sinf o„quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirishda 
muammoli ta‟lim darajalarining roli. 
Muammoli ta‟lim boshlang„ich ta‟lim tizimida ta‟lim – tarbiya jarayonini 
faollashtirish, o„quvchilarning o„quv – biluv jarayoniga extiyoji, qiziqishi va 
hoxishlarini ortirishga sabab bo„ladi. 
Agar o„quvchi muammoli ta‟limning mazmun – mohiyatini yaxshi o„zlashtirib 
olsa, o„quv jarayonining shakl va metodlarini, texnik jixatdan jixozlanishini 
amalda qo„llay olsa, u o„z – o„zidan muvaffaqiyat keltiradi.
O„qituvchining didaktik jixatdan tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki muammoli 
ta‟limning nazariy va amaliy jixatlarini atroflicha o„rganish – o„quv jarayonini 
san‟at darajasiga olib chiqish demakdir. U o„z navbatida o„quvchining ta‟lim 
mazmunini to„la o„zlashtirib olishga kafolatdir. 
Muammoli ta‟limni muvaffaqiyatli kechish shartlari. 
1.
O„quv materialini muammolashtirish. 


29 
2.
O„quvchining faol ishtirok etishini ta‟minlash. 
3.
O„qitishning bola hayoti, yashash, turmush tarzi bilan, mehnati, o„yin bilan 
o„zaro aloqasini bog„lash. 
Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari. 
1.
O„qituvchi bolalarni ziddiyatni tug„dirish holatiga keltiradi va o„zlariga 
yechimni topishni taklif etadi. 
2.
Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to„qnashuvini vujudga keltiradi. 
3.
Bir xil savolning o„ziga javobni berishda har xil fikrlarni bildiradi. 
4.
Hodisani har xil pozitsiyadan turib, ko„rib chiqishni taklif qiladi. 
5.
Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi. 
6.
Aniq savollarga aniq yechimlarni topishni so„raydi. 
7.
Muammoli topshiriqlarni qo„yib, yechimini topishga har bir o„quvchini o„z 
shaxsiy fikr va qarashlarini so„raydi. 
Umumta‟lim maktablari oldida turgan bosh maqsad o„quvchilarning har 
tomonlama garmonik rivojlanishini ta‟minlashdan iborat. O„qituvchi, o„quvchi 
shaxsini har tomonlama va garmonik rivojlanishini ko„rsatuvchi asosiy faktor, 
uning yuqori darajada mustaqil fikrlash, o„z nuqtai nazarini himoya qilishda 
namoyon bo„ladi. 
Agar o„quv jarayoni o„quvchi – o„quvchini mustaqil fikr yurita olishga o„rgatsa, 
unday ta‟limni rivojlantirishga asoslangan o„quv – biluv jarayoni deb qabul qilish 
mumkin.
O„quvchini fikrlashga yo„naltirilgan maxsus vositalarni qo„llab, uni fanga 
qiziqtirish, erkin fikrlashga o„rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni 
muammoli ta‟lim deyish muumkin. 


30 
O„quvchini faollashtirishda samarali ta‟lim metodini amalga oshirishda yangicha 
didaktik yondashuv asosida olib borilishi tushuniladi.
O„quvchilarning aqliy fikrlashlarini tayyor, avvaldan tayyor, mavjud bo„lgan 
yo„llar bilan o„stirish maqsadga erishishning oddiy usuli bo„lib, u ijodkorlikka, 
izlanuvchanlikka olib kelmaydi. 
Muammoli ta‟lim jarayonida o„quvchi tahlillar asosida qo„llash, sintez qilish
umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o„zi mustaqil, yangi axborot oladi. 
Boshqacha aytganda, ilgari olgan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, 
o„zlashtiradi va amalda qo„llay bilishga harakat qiladi.
Olgan bilimlarini hayotda qo„llashda o„qituvchi qo„llanma, darsliklardan tayyor 
bilim olishni bermaydi, u o„quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holatda 
izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko„nikmalari shakllanib boradi.
Aqliy izlanish – juda murakkab jarayon bo„lib, u asosan muammoli vaziyat 
vujudga keltirilganda, aniq muammolar ko„rsatilgandagina vujudga keladi. Agar 
o„qituvchi o„quvchiga topshiriq berib, uni qanday bajarish yo„lini aytib, uni 
bajarishga undasa, bu muammoni yechishga kirmaydi. Bu o„quvchini tanxo o„zini 
yagona yechishga o„rgatadi xolos.
O„quvchini haqiqiy faollashtirish, uni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy va 
amaliy tamoyillarini hisobga olish, tahlil orqali muammo yechimini o„zi 
o„ylaganidek yakun toptirishga olib kelishi kerak. 
Muammoli ta‟lim an‟anaviy ta‟limdan o„zining maqsad, prinsiplari, metodlari, 
vazifalari jixatidan keskin farq qiladi. An‟anaviy ta‟limning bosh maqsadi 
ilgaritdan fanga ma‟lum bo„lgan, bilimlarni o„zlashtirish, o„quvchini fanga ma‟lum 
ma‟lumot bilan qurollantirish, ular haqida tushuncha, ko„nikma va malakalar hosil 
qilishdan iborat.
Muammoli ta‟lim darajalari.


31 
Birinchi bosqich. O„qituvchi muammoni to„liq yoritadi va uni yechimini topib 
beradi. Qarshi savollar yordamida o„quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi. 
Ikkinchi bosqich. O„qituvchi muammoni qo„yib, uning mazmun – mohiyatini 
ifodalaydi. Keyin o„quvchilarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo„naltiradi. 
Uchinchi bosqich. O„qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat 
yaratadi. O„quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo„llarini 
izlab topadilar. 
To„rtinchi bosqich. Bunda o„qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, 
muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni yoki yechimini 
ko„rsatmaydi. O„quvchini mustaqil faoliyatga yo„naltiradi. 
Muammoli ta‟limda o„qituvchi o„quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan 
tanishtirish jarayonida unga sistemali ravishda muammolar qo„yib boradi, 
o„quvchiga axborot beradi, o„quvchi mustaqil xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi 
va o„qituvchi yordamida ma‟lum tushuncha, qoidalar, xulosalar chiqaradi. 
Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning subektiv 
shaklidir. 
O„qitish – shunday holatki, o„qituvchi o„z faoliyatida ta‟lim mazmunini bayon 
qilishda qator muammoli vaziyatlarni keltiradi. Bir vaqtda shu yangi bilimlarni 
o„zlashtirish jarayonida muammoni hal etishga undaydi. 
Muammoli o„qish – o„quvchilar o„quv – biluv jarayonida muammoli vaziyatni 
tahlil etish, sintez qilish, umumlashtirish asosida uning yechimi bo„yicha takliflar, 
farazlar, keltiradilar, qarashlarning to„g„riligini isbotlashga harakat qiladilar. 
Muammoli vaziyat – bu insonning intelektual qiyinchilikda paydo bo„lgan 
vaziyatdan chiqish jarayoni, bunda ma‟lum va noma‟lum faktlarga suyanib, 
maqsad sari intilish, vaziyatdan chiqa olishga intilish, qiziqishlar orqali 
ijodkorlikka, pirovard natijani olishga intiladi. 


32 
Psixologlar tomonidan muammoli vaziyatlardan chiqishda sermahsul ishlay olish, 
chiqa olish ketma – ketligi aniqlangan. U quyidagi ko„rinishga ega: 
Muammoli vaziyatlardan aqliy harakat orqali chiqish ketma – ketligi bir qancha 
bosqichlardan iborat: 
-
muammoning vujudga kelishi; 
-
qiyinchilik nimadan iborat ekanligini tushunib olish; 
-
uning yechimi yo„llarini qidirib topish, bunda yechim bo„yicha fikr, 
takliflarni keltirish, isbotlash; 
-
taxminlarni isbotlash; 
-
muammoning yechimi to„g„riligini tekshirish. 
Muammoli ta‟limning bosqichlari 
1.
Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; 
2.
Muammoli vaziyatni asoslash, tushuntirish; 
3.
Muammoli vaziyatni o„quvchilar bilan tahlil qilish; 
4.
Muammoli vaziyat yechimining bir necha usullarini aniqlash; 
5.
Muammoli vaziyatning samarali yechimini dalillar bilan asoslash; 

Yüklə 368,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə